A samatov, I. B. Rustamova


Ф Ishchi kuchiga talab



Download 0,77 Mb.
bet133/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Ф

Ishchi kuchiga talab







Ishchi kuchiga taklif




Ishchi kuchi qiymati




Ishchi kuchi bahosi

\ ✓

Ishchi kuchini yollashdagi raqobat

  1. rasm. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlari.

Mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uning tarkibiy qismlarining tadqiqoti mazkur bozomi o'tish davrida bajaradigan asosiy vazifalarini aniqlab beradi:

  • ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;

  • bozor uslubida xo'jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;

—mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta'sir ko'rsatish;

  • ishsizlami ish topishga va ularning malakasi hamda raqobat qobiliyatini oshirishga ko'maklashish;

—ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o‘zgartirish.

Mehnat bozori sanoat, xizmat ko'rsatish va boshqa mehnatni qo'llovchi sohalarga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidan ozod bo'lgan xodimlami raqobat asosida jalb qilishni rag'batlantiradi, shuningdek, muomala sohasida ishchi kuchi zaxirasini shakllantirib, band bo'lmas- dan qolishiga imkon beradi.

Qishloq xo'jaligidagi tarkibiy o'zgarishlar hozirgi sharoitda qishloq joylarida mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlardan hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko'rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o'zga- rishlarini asoslab beradi. Bunday sharoitlarda, bir tomondan, mehnat bozorining yangi infratuzilmasining ko'p sonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish bo'g'inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlanadi.

Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xo'jaligi tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo'llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modemizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalami jalb qilish, yangi yerlarni o'zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoUyati ko'lamini kengaytirish, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi. Bular — shaxsiy yordamchi xo'jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o'z-o'zini band qihshning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflatsiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning safarbarligi hamda malakasini oshirish va boshqalardan iboratdir.

Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko'maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to'lash qobiliyatiga ega bo'lmagan yoki ekologik zararli korxonalami yopish, yangi yerlarni o'zlashtirish ko'lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo'llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur hudud- larda ishchi kuchi taklilini oshiruvchi omillar mavjud bo'lib, ular kadrlarning malakasi, ma’lumoti, mobillik va eksportga moyillik darajasining pastligi, mehnat resurslari sonini o'sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo'jahgida ishlovchilami ish joyidan ozod etishning ko'payishi, mehnatni qo'llash mintaqa- larining yetishmasligi va boshqalardir.

Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifming shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko'rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilaming tabiiy va mexanik harakatlari; turmush

uchun zarur bo'lgan mablag'lar jamg'armasi; yollangan xodimlaming pul daromadlari; nafaqaxo'rlar va yosh bolalik ayollaming mehnat va ijtimoiy nafaqalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo'lgan shaxslarni mablag'lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo'jaligida va yollanmasdan «uy mehnati»da band bo'lganlarning soni; qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlami takomillashtirish va hokazo.

Ishchi kuchiga talabning o'sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko'rsatkichlarining o'zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo'lgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar; mulkchilik shakllarining turli- tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to'lovga qodir emasligi (bankrotligi) va hokazolar.

Ishchi kuchlari taklifmi rag'batlantirish xodimlami ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qo'llash orqali amalga oshiriladi.

  1. Mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari

Qishloq hududlarida, jumladan, qishloq xo'jalik korxonalarida mavjud bo'lgan mehnat resurslarining real miqdorini aniqlash, aholining mutlaq (absolut) o'sishini e’tiborga olgan holda mehnat resurslarining ko'payish yoki kamayish jarayonini aniqlash, mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan aholining harakatini ham hisobga olish, qishloq xo'jaligida mavjud bo'lgan ish joylarining hozirgi hamda istiqboldagi sonini real aniqlashga asoslangan holda mehnat balansi ishlab chiqish natijasida qishloq xo'jaligida band bo'lgan mehnat resurslari miqdori va salmog'ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi natijasidir.

Respublika qishloq xo'jaligidagi mavjud bo'lgan mehnat resurslaridan yil davomida to'liq va samarali foydalanish natijasida ularning mehnatlari unumdorligini keiajakda yuksaltirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli hal etish keng miqyosda tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Mehnat resurslaridan foydalanishni rivojlantirish maqsadida ularni takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya’ni malakalarini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash tadbirlarini ham belgilab olib, amalga oshirilishiga e’tibor berish zarur.

Iqtisodiy barqaror fermer xo'jaliklari sonining ko'payishi, qishloqda mulkdorlar sinfining mustahkamlanishi, pirovard natijada, qishloq xo'jaligida mehnat bandligi muammolarini hal qilinishida mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fermer xo'jaliklarini yuritishda zarur bo'lgan yetarli bilim va tajriba- ga ega bo'lish xojalikda ishlab chiqarish va moliyaviy hoiatni mustah- kamlash, iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bilan birga mehnat resurslarining bandligini oshirish yo'lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

—kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

—uy mehnati-kasanachilikni rivojlantirish;

  • qishloqda yangi ish joylarini tashkil etish;

  • sanoatni qishloqqa olib kirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish darajasini oshirish;

  • tarmoqda mahsulot yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, sotish va xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish;

  • fermer xo'jaliklarini muayyan turdagi qishloq xo'jaligi mahsulot- lari yetishtirishga ixtisoslashtirish va ekinlar tarkibini maqbul joylashtirish;

  • fermer xo'jaliklarida xo'jaliklararo kooperatsiya va agrosanoat integratsiya tizimini rivojlantirish;

  • tarmoqda ishlab chiqarishning maqbul hajmlarini belgilash va intensiv rivojlantirish imkoniyatini yaratish.

Qishloq xo'jaligidagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Buning uchun xo'jaliklar ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlaming ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil davomida to'liq foydalanishga erishish tadbirlarini shakllantirish lozim. Eng awalo, ularni malakali kadrlar, ta’mirlash ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo'jaliklaming ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zarur. Buning uchun esa moliyaviy resurslar bilan ta’minlash choralarini aniqlab, ulaming bajarilishini ta’minlash kerak.

Mehnat unumdorligining oshishi:

~ birinchidan, ishlab chiqarishning texnika bilan qurollanish darajasiga hamda ishlab chiqarishdagi ilm-fan yutuqlari va mehnatning energiya bilan ta’min etilish darajasiga;

  • ikkinchidan, xodimlaming kasbiy tayyorgarlik darajasiga;

—uchinchidan, ishlab chiqarishning texnika bilan qurollanish darajasi va yuqori texnologiya darajasi o'z-o'zidan kutilgan natijalarni bermaydi, buning uchun xodim lozim darajadagi malakaga ega bo'lishiga;

—to'rtinchidan, ma’lum darajada ishlab chiqarishdagi mehnatning tabiiy, sanitariya-gigiyena sharoitlari kabi omillarga bog'liq bo'ladi.

Qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to'liq va samarali foydalanish hamda ulaming mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir:

  • tamioqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo'shimcha ish joylarini tashkil etish;

  • tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy- texnika ta’minotini yuksaltirish;

  • qishloq xo'jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish;

  • qishloqda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;

—qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;

  • mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;

  • kadrlami tayyorlash, malakalarini oshirish, ulami moddiy, ma’na- viy rag'batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.

Bu kabi chora-tadbirlarning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga joriy etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat unumdorligining oshishiga ijobiy ta’sir etadi.

  1. Qishloq xo'jaligida mehnat motivatsiyasi va xodimlarni moddiy rag'batlantirish

Umuminsoniy nuqtayi nazardan mehnatni motivatsiyalash mexanizmi bu insonni uning mehnat faoliyati natijasida о ‘zining o ‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga undovchi, jismoniy, aqliy va та ’naviy-ruhiy xatti-harakatlarinifaollashtirishgayo‘naltirgan tadbirlar majmuidir.

Insonlaming mehnatga faol, foydali va yuqori unumdorlikka ega bo'lgan mehnat faoliyatiga intilishlarini, qaysidir ma’noda, qonuniy ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy hodisa deb ta’kidlash mumkin.

Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining har bir muayyan tarixiy davrida, insonga, uni ko'proq yoki kamroq darajada faol, unumli va samarali mehnat qilishga undaydigan iqtisodiy va siyosiy qoidalar tizimi, ijtimoiy, ishlab chiqarish va boshqalar o'z ta’sirini o‘tkazadi. Oxir oqibatda, aynan jamiyatning rivojlanishini, turli xil tovar va resurslarni jamg'arilishini ta’minlaydi.

Mehnat motivatsiyasi omillarini ularning butun ishlab chiqarishga ta’siri darajasi bo'yicha ham guruhlarga bo'lish mumkin. Birinchi navbatda, bu faollashtiruvchi omillar — mehnat afzalhklari va obro'si, tabiatga yaqinligi, kasbiy bilimlar va malaka, tashabbuskorlik, epchillik va mas’uliyat, xo'jalik yuritish shakli; yuqori soliq va kredit stavkalari foizlari, narxlar dispariteti; moddiy-texnik resurslaming past texnik va sifat darajasi; mehnat jarayonlari mexanizat-siyasining past darajasi; moliyaviy vositalar yo'qligi va boshqalar.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish