Mehnatning unumdorligi darajasi. Mehnat unumdorligining mutlaq (absolut) darajasini aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami ish vaqti miqdorini shu davrda ishlab chiqilgan mahsulot miqdoriga, qiymatiga hamda bajarilgan ish hajmiga taqsimlash zarur. Bu mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabi. Amaliyotda esa u haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish vaqtiga taqsimlash natijasida aniqlanmoqda. Bunday usulda ular bir- birlarini inkor etmaydi, balki to'ldiradi.
M ZpLyoJdb. (9?)
m my
bunda: Mu — mehnatning unumdorlik darajasi, kishi-kuni, kishi- soati, so‘m;
Tmy — mahsulot yetishtirish, xizmat ko'rsatish uchun sarflangan ish vaqti, kishi-kuni, soatda;
Yra - sarflangan vaqt ichida yetishtirilgan mahsulot, s, so'm.
Bu ko'rsatkich yetishtirilayotgan bir birlikdagi (sentner, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha vaqt sarflanganligini yoki sarflangan bir birlikdagi vaqt evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Mahsulot birligiga sarflangan jonli mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko'paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi. Bu ko'rsatkich qishloq xo'jaligida ayrim ish, mahsulot turlari, davrlari hamda xo'jalik miqyosida natural hamda qiymat ko rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko'rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Shunda qishloq xo'jalik mahsulotlari baholari o'zgarishining ta’siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlar yordamida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida qatnashayotgan mehnat
•esurslaridan qanday foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan Mehnatning unumdorhk darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Mehnat unumdorligi ko'rsatkichiga asoslangan holda mehnat jAsurslaridan foydalanish darajasi, uni yaxshilash va sarflanishi zarur . o'lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni Kshlab chiqish kerakligi belgilanadi.
Qishloq xo'jaligida mehnat bozori, uni rivojlantirish va boshqarish
Iqtisodiyotning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri mehnat Azorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Ijtimoiy va iqtisodiy u'imlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan ongli ravishda foydala- lUsh mehnat bozorining rivojlanishiga olib keladi.
Mehnat bozori — ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti va 'J imoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, ko‘p jihatli va o'suvchi "imchasi bo‘Ub, ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va ,Usbatini shakllantiruvchidir.
Mazkur bozor ishchi kuchi talabi va aholining taklifini tartibga ■°lishda bevosita ishtirok etadi va oqilona bandlikning shakllanishi 'ia4ida ishsizlikni kamaytirishga ko‘maklashadi.
Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan lAndligini oshirishni hal qilishni eng samarali yo‘llaridan bid boigan llUihnat bozori quyidagi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlaming iaQbatga olinishini taqozo etadi:
— respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60 foizdan ortig‘i fllshloq joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning 17 foizdan
Prog'ini ishlab chiqaradi;
" noqishloq xo'jaligi ishchi joylarining yetishmasligi sababli ish ® **П band bo'lmagan qishloq mehnat resurslarining ulushi respubli- »uUng ish bilan band bo'lmagan butun aholisining katta qismini tashkil etacH, ulaming soni o'smoqda;
" mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo'lmagan mehnatkashlaming tfAakasi va safarbarligining pastligi ulaming yashash joylaridan shaharga vi Aamlakatning kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda davlatlar obyektlariga qarab harakat qilishlariga asosiy to'siq b° Imoqda;
" mehnat resurslarining sonini mehnatga tatbiq etishga nisbatan te'roq o'sishi yashirin ishsizlikni, ayniqsa, qishloq xo'jaligida ishchi kuchini taklif etish, unga talabdan oshib ketadigan darajada ko'payi- shiga bevosita ta’sir etadi.
Qishloq hududlarida sanoat, qurilish va xizmat ko'rsatish korxonalari hamda xususiy xo'jaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yo'li bilan ishchi kuchi talabi va taklifi o'rtasidagi ratsional nisbatni ta’min- lash uchun haqiqiy imkoniyatlar mavjud.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar
kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat.
Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa xalq xo'jaligi sohalarining mehnat bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo'jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi.
Taklif yollanma sharti bilan ishga ega bo'lishdan manfaatdor bo'lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, kelib chiqishi, daromadi va boshqalar bo'yicha) tarkibini ifodalaydi.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlari
)
Do'stlaringiz bilan baham: |