Ish haqining shakli — haq to'lash tizimlarining muayyan toifasidan iborat bo'lib, ish haqi to'lash maqsadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini hisobga olishning asosiy ko'rsatkichi bo'yicha guruhlarga ajratilgan bo'ladi. Mehnat natijalari, mehnat me’yorlari ishlangan ish vaqti, tayyorlangan mahsulot miqdori, mahsulotning (bajarilgan ishning) sifati, ishlab chiqarish resurslari (materiallar, yarim mahsulotlar, energiya, asbob- uskunalar, asboblar)dan foydalanish darajasi, mehnat unumdorligi kabi turli ko'rsatkichlarda aks etadi.
Aytib o'tilgan bu ko'rsatkichlar qiymat, natura yoki shartli (yoki shartli natural oMchagichlariga ega bo'lishi va mehnatning yakka tartibdagi, guruh (jamoa) ish natijalarini ifodalashi mumkin. Xodim erishgan mehnat natijalariga, shu bilan birga ularga sarflangan mehnatning miqdori va sifatiga baho berish uchun ish beruvchi bajarilgan ishni hisobga olib borishi va uni nazorat qilishi, bunda belgilangan mehnat normasining bajarilishi va oshirib ado etilishini hisobga olishi lozim.
Korxonalarda mehnatga haq to'lash tizimlariga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri teng mehnatga teng haq to'lashdir.
Mehnatga haq to'lashning ishbay va vaqtbay tizimlari mehnatni tashkiliy-texnikaviy me’yoriashga turlicha yondashish bilan ajralib turadi, bunda ayni bir xil me’yoriashga amal qilinadi. Vaqtbay haq to'lashda mehnatning asosiy me’yori qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo'lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko'rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o'rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalarni ado etishi lozim.
Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to'lash o'lchovi — tarif stavkasidir. Agar xodim me’yorda nazarda tutilgan vaqtdan kamroq ishlagan bo'lsa, unga tarif stavkasidan kamroq haq to'lanadi.
Mehnatga haq to'lashning u yoki bu tizimini qo'llash ko'pgina shart- sharoitlar bilan bog'liqdir, lekin, awalo, xodimning mehnat natijalarini hisobga olish uchun asosiy ko'rsatkichga nimalar ta’sir qilishiga, ya’ni mazkur tizim ishbay yoki vaqtbay tizimga kirish yoki kirmasligiga bog'liqdir.
Ish beruvchiga mehnatga haq to'lash tizimini tanlash huquqi berilgan. U mazkur tizimlami korxonaning kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari bilan yoki ishlovchilarning boshqa vakillari bilan kelishib olishi lozim. Bu huquq qonun yo'li bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida va kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonunda mustahkamlangan. Ish beruvchi mehnatga haq to'lash tizimidan foydalanib kelinayotgan barcha ko'rsatkichlarni hisobga olishi hamda ta’min etishi lozim.
Mehnatga haq to'lash tizimlari vositasida xodimlarning moddiy manfaatdorligiga muayyan tarzda ta’sir ko'rsatish — hozirgi zamon iqtisodiyotidagi ish haqini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |