rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ax-
loqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog‘langan. Ular xalqimizning
turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy
merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish,
yubileylarini ni-
shonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har
tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoq-
da. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalar-
ning
merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib etish xalqimizni is-
lomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo‘l ochdi.
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
Kasb etikasi
(odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan
o‘zaro munosabatlarning axloqiy yig‘indisidir. Tarixda kasb odo-
bining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma’naviy
talablarni qadimgi Misrda paydo bo‘lgan «Pxatotep o‘gitlarida»
uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va
yuqori mavqega erishish uchun o‘z vazifasini vijdonan bajarish
lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda pay
do bo‘lgan Gippokrat qasami ham kasb
odobi kodeksi zaruriyati,
unga ehtiyoj avvaldan bo‘lganligi, birinchi navbatda, u kasbiy
faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, ma’lum qoidalar doirasida
ish yuritish, turli murakkab holat va
vaziyatlarda kasbiy-insoniy
nuqtayi nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat qilish mezonlarini yara-
tish, Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, salo-
hiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bo‘lganidan dalolat
beradi.
Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e’tibor qaratil
gan. Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari
beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n
oltinchi
fasllari turli kasb egalari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n
to‘rtinchi fasl «Kasb-ког va savdo-tijorat odobi haqida» deb nom-
lanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odo
bi qonun-qoidalarini bayon etadi. ««Bilgilkim, hamma kasblarga
birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har
bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun
312
zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb ayt-
gil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin;
rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin,
kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish,
yaxshi
nom chiqarishning sababi, deb
bilsin; moli
harom odam-
lar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar,
kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...»1.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat-
korlar) odobi, maddohlar odobi singari
masalalarda ham xuddi
shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib
olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida
xaridorga muloyim gapirish, dag‘allik qilmaslik, o‘lchovdan, ya’ni
tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib o‘tadi.
Sotib olish
odobida esa
molni halol
pulga sotib olish, qalbaki,
soxta
pul bermaslik, sotuvchiga qo‘pol gapirmaslikni ta’kidlab
o‘tadi2. Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblan-
magan, balki muayyan kasb-kor egalarigagina mansub bo‘lgan
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi»
atamasi «kishilar o‘rtasidagi kasb faoliyati bilan bog‘liq munosa-
batlarga m a’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir»3.
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chun
ki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori
asos bolsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy
axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning
kasbiy burchlari o‘z kasbiga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan
axloqiy m e’yorlar majmuyi bo‘lib, u kishilarni u yoki bu kasbga
mansubligiga qarab birlashtiradi.
Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash
joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda
emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi.
Rahbar
xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida 0 ‘zbekiston Prezidenti
Do'stlaringiz bilan baham: