A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Halollik 
- vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik me- 
zoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosa­
bati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qiladigan 
axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga 
kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy 
xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo‘lib 
amal qilgan, uning ziddi — harom diniy nuqtayi nazardan sal­
biy hisoblangan xatti-harakatlarga nisbatan qo‘llanilgan. Ko‘rib 
o‘tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yota-
288


di va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih banda- 
lar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir. 
Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan 
chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy 
me’yorga aylandi, teran m a’naviylik kasb etgani holda, kundalik 
hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib 
qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti- 
ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida 
biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar 
haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka 
nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga 
solib kelgan. Chunonchi, Imom G ‘azzoliyning harom yeyish 
haqida to‘xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi, 
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo- 
ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul 
ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon- 
ning niqobi deb ataydi».
Kamtarlik 
— shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga samimiy mu- 
nosabatini ifoda etadigan axloqiy hodisa, inson axloqini bezay- 
digan fazilatlardan biridir. Kamtarlik o‘zini o‘zgalardan yuqori 
qo‘ymaslik, o‘z kuch-qudratini namoyish qilib maqtanmaslik, 
o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblamaslik.
Kamtarlikning ziddi manmanlik, takabburlik eng tuban il- 
latdir. Kamtarlik insonni yuksaklikka ko‘taradi, manm anlik esa 
tubanlashtiradi. M anmanlik, takabburlik jamiyatning olg‘a in- 
tilishiga to‘siq bo‘ladigan illatlardan biridir. M anman kishi o‘zi 
haqida juda yuqori fikrda bo‘ladi, atrofdagilarni mensimaydi, 
o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan yuqori qo‘yadi va oqibatda 
shuhratparastlik, xudbinlik to'riga ilinadi, jamiyatda obro‘sini 
yo'qotadi.
Kamtar inson o‘zgalardan kamchilik axtarmaydi, o‘z kam- 
chiliklarini ko‘ra biladi, uni bartaraf etishga harakat qiladi. Kam­
tarlik bilan sabr-toqat yonma-yondir. Kamtar inson yaxshi-yo- 
mon kunga sabr-qanoat qiladi, o‘zligini yo‘qotmaydi. Xalqimiz 
orasida «Kamtar kam bo‘lmas», «Kamtarga kamol, manmanga
289


zavol» kabi maqollar ushbu axloqiy fazilat insonni yuksaklikka 
ko‘tarishi, xalq hurmatiga sazovor etishini anglatadi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish