A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan
uchinchi - yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqa-
ruvchi xulosa chiqarish usulidir. 
Bunda dastk bki mulohazalardan 
biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza 
bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan
235


umumiyroq bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka 
asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi 
mulohazalar berilgan bo‘lsin:
Hamma baliqlar suvda yashaydi.
Sazan — baliq.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda — Sazanlar suvda yashay­
di, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi 
oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy 
sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi 
xulosa asoslari (praemissae) va xulosa 
(conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu ­
shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S
— kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — 

— kat­
ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun 
umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M
— (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta 
term inni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik term inni 
o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos- 
larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket- 
ma-ketlikda kelishiga bog‘liq emas.
S — kichik termin;
M — o‘rta termin;

— katta termin.
0 ‘rta termin katta va kichik term inni bog‘lovchi mantiqiy ele­
ment hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul 
qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr 
va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo- 
salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi 
quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda 
joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning 
ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning
236


ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda 
joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan 
tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan 
tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor­
damida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi 
munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak- 
siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi 
to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi 
barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal- 
luqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan 
uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, 
hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; 
buyum, hodisa belgisiga zid bo'lgan narsalar buyum, hodisaning 
o‘ziga ham ziddir.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish