A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Ekvivalentlik munosabatidagi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Ekvivalentlik munosabatidagi 
mulohazalar hamma vaqt chin 
bo‘ladi, Chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. 
Masalan, «А. Oripov 0 ‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining 
muallifi» va «А. Oripov — 0 ‘zbekiston Qahramoni» mulohazalari
226


o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil 
predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir.
Mulohazalarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi 
yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda va xulosa chiqarishda 
katta ahamiyatga ega.
Murakkab mulohazalar, ularning turlari va chin bo‘lish shart-
lari. Mulohazalarni inkor qilish. 
Mulohaza tarkibidagi mantiqiy 
ega va/yoki mantiqiy kesimni ifodalovchi terminlar soni birdan 
ortiq bo‘lsa, murakkab mulohaza deb ataladi. Murakkab mulo­
hazalar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, in­
kor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq 
oddiy mulohazalarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. M an­
tiqiy bog'lovchisining mazmuniga ko‘ra murakkab mulohazalar 
quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: birlashtiruvchi (konyunktiv), 
ayiruvchi (dizyunktiv), shartli (implikativ) ekvivalent.
Birlashtiruvchi mulohazalar 
ikki va undan ortiq oddiy mulo­
hazalarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar 
vositasida birikishidan hosil bo‘ladi. Masalan, 1. Ustozining ber­
gan topshiriqlarini bajardi va a’lo baho oldi. 2. Yaxshi niyat va 
yaxshi so‘z insonni saodatga yetaklaydi. 3. Mantiq ham amaliy, 
ham nazariy fandir.
p
q
chin
chin
chin
chin
yolg'on
yolg‘on
yolg‘on
chin
yolg‘on
yolg‘on
yolg‘on
yolg‘on
0 ‘zbek tilida birlashtiruvchi mulohazalar «ammo», «lekin», «bi- 
roq» kabi bog‘lovchilar va bog‘lovchilarsiz ohang vositasida ham 
tuziladi. Mantiqiy boglamalar konyunksiya belgisi «Л» (&) orqali 
ifodalanadi. Formulasi: 
Konyunktiv (birlashtiruvchi) mulohaza
tarkibidagi oddiy mulohazalarni «р» va «q» shartli belgilari bi­
lan belgilasak, ular orasiga konyunksiya belgisini «л» (&) qo‘ysak, 
unda bu mulohaza p л q (p & q) formulasi orqali ifodalanadi. 
Konyunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar chin yoki
227


yolg‘on bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar 
chin boisa, birlashtiruvchi mulohaza ham chin bo‘ladi. Boshqa 
hamma holatlarda esa yolg‘on bo‘ladi. Masalan, «Yolg‘on gapirish 
va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» mulohazasidagi birinchi oddiy gap 
«Yolg‘on gapirish jinoyatdir» chin bolmaganligi uchun bu mulo­
haza chin bolmaydi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish