A rafiyev, G. Muxamedjanova



Download 1,17 Mb.
bet48/75
Sana22.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#839243
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
66091 882562357dec6a14c6ded7926fc9db00 (1)

3-dars

Adabiy o‘qish


4- topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.

Odobli bo‘ling


O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joy- larda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib ketsa, uni darhol olib bering.
Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmang.
79
Xushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan kattalarni ko‘rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l berib ko‘rishing.
„Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qilaman“, „kechi- rasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon, uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘zlab bering.

  2. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima deya olasiz?

  3. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?

  4. Matn asosida o‘z fikringizni bildiring.

(Donolar bisotidan)
5- mashq. Gaplarni yozing. Vositali to‘ldiruvchilarni aniqlang va ular-
ning qaysi so‘z turkumida kelayotganini izohlang.

    1. Beshdan ikkini ayirish kerak. 2. Nima uchun uzr so‘rash kerak?

3. Kecha kelmaganlarga xabar berish kerak. 4. Masalani qalamda yozdi. 5. Chizmani kitobdan daftarga ko‘chirdim. 6. Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo‘rqdi. 7. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. (Maqol)

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish