Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
O‘zbekistonda sportning qaysi turi rivojlangan?
Olimpiada va Paralimpiada g‘oliblari haqida ma’lumot topib keling.
Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? 4 ta misol yozing.
1999- yilda Toshkentda kurash bo‘yicha 1-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Uyga vazifa. Holning ma’nosiga ko‘ra qanday turlari bor? Misollar yozing.
75
dars
1- topshiriq. Suhbat matnini davom ettiring.
– ......................... .
Komil inson qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak?
– ......................... .
Barkamol avlod deganda nimani tushunasiz?
– ......................... .
Bilib oling!
Gapning biror bo‘lagini (ko‘pincha, kesimni) to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. Masalan: Omon menga qaradi, men unga qaradim.
U vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarga ajratiladi:
Agar to‘ldiruvchi tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni bilan ifodalansa, vositasiz to‘ldiruvchi deyiladi. Ular kimni?, nimani? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigini olgan so‘z, kimga?, nimaga?, kimda?, nimada?, kimdan?, nimadan?, kim uchun?, nima uchun?, kim haqida?, nima haqida?, kim bilan?, nima bilan? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladiganlarni vositali to‘ldiruvchilar deyiladi.
Vositali to‘ldiruvchi uchun, orqali, to‘g‘risida kabi ko‘makchilar bilan birga kelgan so‘zlar orqali ham ifodalanadi. Masalan: Bu kitobni ukam uchun oldim.
1- mashq. Ko‘chiring. Berilgan gaplardan vositali va vositasiz to‘ldi- ruvchilarni aniqlang.
1. Birni kessang, o‘nni ek. 2. Yashashni istasang, ishlashni o‘rgan.
Yaxshini yomondan farqla. 4. Beshga uchni qo‘shsa, sakkiz bo‘ladi. 5. Bu ko‘ylakni singlimga sovg‘a qildim. 6. Yaxshidan bog‘
76
qolar, yomondan dog‘. 7. Til qilichdan o‘tkir. 8. Yaxshilik istasang, yaxshilarga qo‘shil.
mashq. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan qo‘shimchalarni qo‘yib yozing.
Yaxshi... maqtasang yarashur, yomon... maqtasang adashur.
Bir... birov beradi, ko‘p... mehnat. 3. El... el qo‘shilsa – davlat, el... el kelsa – mehnat. 4. Tiling bilan diling... bir tut. 5. Salimaga kitob... men keltirdim. 6. To‘g‘ri so‘z tosh... yoradi, egri so‘z bosh...
7. Kitob o‘qish kishining so‘z boyligi... oshiradi. 8. Dangasa... ish buyursang, sen... aql o‘rgatar.
topshiriq. Matnni o‘qing va ona tilingizga tarjima qiling. Mazmuni- ni so‘zlab bering. Savol va topshiriqlarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |