A rafiyev, G. Muxamedjanova


O‘zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda



Download 1,17 Mb.
bet42/75
Sana22.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#839243
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
66091 882562357dec6a14c6ded7926fc9db00 (1)

O‘zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda


O‘zbekiston sportining an’anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g‘ururga to‘ldiradi. Biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p. Ularning orasida „Turon“ kurashi, „O‘zbek jang san’ati“, „Uloq“, „Ko‘pkari“, „Chovgon“,

„Belbog‘li kurash“ va „Kamondan o‘q otish“ turlari alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, „O‘zbek jang san’ati“ga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi yoshlardan abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, o‘tkir zehnli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutadi.
Uyga vazifa. O‘zbekiston sporti haqida 8 – 9 gapdan iborat bog‘la- nishli matn tuzing.
  1. dars


4- topshiriq. Savollarga javob bering.

    • Ayting-chi, bolalar, siz sportga qiziqasizmi?

    • Sportning qaysi turlarini bilasiz?

    • O‘zbekiston qadimiy sport turlaridan qaysilarini bilasiz?

    • O‘zbekistonda sportning qaysi turlari rivojlangan?

    • O‘zbek bokschilaridan kimlarni bilasiz?

    • Siz sportning qaysi turini yoqtirasiz?

    • Siz o‘zbek chempionlarini bilasizmi?

70
5- topshiriq. Matnni ifodali o‘qing. Savollar va lug‘at tuzing.

Milliy sport turining ahamiyati


Milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. Turli o‘yinlar va mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik, yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab avaylashda ularning o‘rni beqiyos. Ushbu sport turlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi shakllanib boradi, xalqimizning an’ana va urf-odatlarini e’zozlash hissi yanada kuchayadi.




  1. mashq. Nuqtalar o‘rniga maqsad ma’nosini ifodalovchi so‘zlar va qo‘shimchalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.

    1. Yozning issiq bir kunida, qo‘zi bordi suv ich… . 2. Inshoni bugun yoz… edim. 3. Kuz kelgach, dehqon daladagi hosilni tezroq yig‘ish… shoshildi. 4. O‘qituvchi bir-ikki soat dars berish … qancha tayyorlanishi kerak. 5. Chol daryo yoqasiga baliq ovla… ketibdi.

  1. Uni yaxshilab davolatish … shahardan yaxshi shifokorlarni chaqirishdi. 7. Xayrulla o‘qish … Toshkentga ketdi.

  1. mashq. Gaplarni o‘qing. Maqsad holining qanday vositalar bilan

ifodalanganini aniqlang.

    1. Biz ilmning qal’asini olmoqqa keldik, baxtimizning sozini chalmoqqa keldik. 2. Xolidaxon opamni ko‘rish uchun keldi.

71
3. U Farg‘onadan Toshkentga o‘qish uchun kelganini aytdi. 4. Tun bo‘yi uxlamaganligi uchun ko‘zlari qizargan edi. 5. Shodligidan qul Tarlon, to‘xtamadi yig‘idan. 6. Yerlar suvsizlikdan qaqrab yotar edi.



  1. Ko‘rgali husningni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga.

  1. mashq. Berilgan gaplardan hollarni ma’nosiga ko‘ra turlarini aniq- lang. O‘rin va payt holi qatnashgan gaplarni daftaringizga ko‘chi- ring.

    1. O‘n marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal. 2. Bunda bulbul kitob o‘qiydi (H.O.) 3. Men o‘ylagan darajada qili- sharmikan. 4. Olim stadionga bordi. 5. U orqadan qochdi.

6. Qaytishda kutubxonaga kirib o‘tamiz. 7. Boshini eggan holda kelardi. 8. Eshikni sekin ochib, ichkariga qaradi. 9. Qaytarish sharti bilan oldi. 10. Yig‘ilish uchda bo‘ladi.
6- topshiriq. Maqollarni o‘qing va mazmunini tushuntiring.
Vatan ostonadan boshlanadi.
Sog‘ tanda sog‘lom aql. Bilagi zo‘r birni yiqar, Sport – salomatlik garovi. Bilimi zo‘r – mingni.
Uyga vazifa. „Men yoqtirgan sport turi“ mavzusida kichik matn yozing.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish