Yer madonlarini bir joyga to‘planish qonuni
yer munosabatlariga ta’siri
alohida korxona, muassasa, tashkilotlar maydonlarining o‘zgarishida ham, ular yer
maydonlarini to‘planishi va assotsiatsiyalar (birlashmalar) tashkil etishida ham
namoyon bo‘ladi. Jumladan, masalan, birgalikda suvdan foydalanish assotsiatsiyasi,
qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va
qayta ishlash obyektlari (paxta punktlari, paxta tozalash, konservalash va boshqa
zavodlar) va qishloq xo‘jalik korxonalarining assotsiatsiyalari doirasidagi boshqa
servis xizmat ko‘rsatish korxonalarining har biri va umuman butun bir tizimi resurs
salohiyatidan foydalanishning ancha yuqori samaradorligini ta’mirlaydi. Bundan
tashqari, bugungi kunda respublikada fermer xo‘jalik maydonlarini yanada
yiriklashtirish-40-150 gektargacha etkazish vazifasi qo‘yilgan, negaki maydon
xo‘jaliklar resurs salohiyatidan foydalanishnig yuqori samaradorligini ta’minlay
olmaydi.
Yer resurslarini kengaytirilgan qayta tiklash qonunining ta’siri yer-agrar
munosabatlarini rivojlantirishda ancha yorqin namoyon bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik
maxsulotlarini etishtirish tuproq unumdorligini ishlab chiqarish “iste’moli” bilan
bog‘liq. Jamiyatning doimiy o‘sib boruvchi talablarining iqtisodiy qonuni yer
resurslarini umuman hamda, qishloq tuproq unumdorligini kengaytirilgan qayta
tiklashni obyektiv ravishda talab qiladi. Bu tuproqlar unumdorligini tiklash va
oshirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish, qishloq xo‘jalik oborotidan yerlarni
ajiratib olishni to‘xtatish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkazishni talab qiladi.
Noqishloq xo‘jalik sohasida yer resurslarini miqdoriy qayta tiklash cheklangan
hamda bu yangi qurilishlar uchun yerni iqtisod qilgan holda ajratish, eski obyektlarni
maydonlarini qisqartirilgan holda rekonstruksiya qilishda aks etgan.
Jamiyatdagi mavjud yer munosabatlarining asosiy qonuniyatlari shundaydir.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakllari, o‘z navbatida, har qanday ishlab
chiqarishning umumsharti, bozor munosabatlarining obyekti sifatidagi Yerdan
foydalanishning mohiyati va xususiyatlaridan kelib chiqadi. Yer munosabatlarini
namoyon bo‘lishining umumlashgan, umumiy va xususiy turlari ajratiladi.
Markaziy masala, yer munosabatlarining qirrasi, yerga bo‘lgan mulkchilik
shakli hisoblanadi. Mulkchilik jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning mohiyatini
aniqlagani kabi, yerga bo‘lgan mulkchilik ham yer munosabatlarining butun tizimiga
kirib ketadi va uning xarakterini aniqlaydi, negaki yer har qanday ishlab
chiqarishning umumiy sharti, qishloq xo‘jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi
hisoblanadi. Yer munosabatlari jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy
o‘ziga hos qismi hisoblanadi. Yer kimning mulkchiligida bo‘lishiga qarab yer
munosabatlarining harakteri ham o‘zgaradi. Yer munosabatlari tizimida renta
145
munosabatlari ularni ichki asosiy mazmuni sifatida qonuniy tarzda qaraladi, negaki
ular yerga bo‘lgan mulkchilikni yoritishning iqtisodiy shakli hisoblanadi. yer doimo
kimningdir
mulkchiligida
bo‘lganligi
sababli
renta
munosabatlari
yer
munosabatlariga real iqtisodiy mazmun beradi, usiz yer munosabatlari o‘zining
mohiyatini yo‘qotadi. Real sharoitda renta munosabatlarini namoyon bo‘lish shakli-
bu yer rentasi hisoblanadi. Yerga mulkchilikning xususiy shaklida yer rentasi
(absolyut, tabaqalangan I - hamda II- bir qismi, monopol) mehnatsiz daromad sifatida
yerning mulkdori tomonidan o‘zlashtiriladi. Yerga davlat mulkchiligi sharoitida
tabaqalangan I, mehnat va boshqa sarf-harajatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan
qo‘shimcha daromad yerdan foydalanuvchilardan olinadi va bu davlat byudjetiga
tushadi.
Ijara yer munosabatlari yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlari bilan
daolektik birlikda namoyon bo‘ladi: Yerga mulkchiliksiz ijara munosabatlari ham
mavjud bo‘lmaydi. Yer har doim ham kimningdir mulkchiligida bo‘ladi. Mulkdor
yerni yoki o‘zi foydalanishi mumkin, yoki uni ma’lum bir haq evaziga va ma’lum
muddatga boshqa birovga foydalanishga berishi mumkin. Shunday qilib, ijara haqi,
shuningdek ijarachi tomonidan yer uchastkasidan foydalanishning aniq shartlari ijara
yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘ladi.
Voqeylikning sirtida, real hayotda yer munosabatlarini namoyon bo‘lishinig
muhim shakli yerda xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy
shakllarining birligini yorituvchi xo‘jaliklarning tashkiliy-huquqiy shakllari
hisoblanadi. Yer davlat tomonidan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga
beriladi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishining
asosiy shakllari quyidagilar: fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari, fermerlar,
xo‘jaliklararo birlashmalar, chorvachilik fermerlari, o‘quv-tajriba va xo‘jaliklari,
ilmiy-eksperimental
dalalar,
o‘rmon
xo‘jaliklari.
Iqtisodiyotning
boshqa
tarmoqlaridagi yerdan foydalanuvchilarga noqishloq xo‘jalik tipidagi korxonalar,
tashkilotlar va muassasalar kiradi. Yerdan foydalanuvchi subekttlarni yuritish uchun
yer uchastkasiga, bog‘ uchastkasiga, uy-joy qurish hamda uy-joy qurilmalariga
xizmat ko‘rsatish uchun yer uchastkasiga, xizmat yuzasidan yer uchastkasiga,
mollarni boqish va pichan o‘rish uchun yer uchastkasiga ega bo‘lgan respublika
fuqarolari tashkil etadilar.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining navbatdagi shakli-bu yer
uchastkasiga huquq turi va servitutdir. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksiga
binoan yer uchastkasi mulk, umrbod merosiy egalik, doimiy va muddatli foydalanish,
ijara huquqlari asosida beriladi. Servitut ham yer uchastkasiga huquq turiga kiradi.
2007 yildan boshlab ishlab chiqarish va tijorat ahamiyatidagi obyektlar tagidagi yer
uchastkalaridan foydalanuvchi subekttlar, shuningdek 2008 yildan boshlab yakka
tartibda uy-joylar tagidagi yerlardan foydalanuvchi fuqarolar mulk huquqiga ega
146
bo‘lishlari mumkin. Mulk huquqi asosida yer uchastkalari O‘zbekistonda
akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarga beriladi. Umrbod merosiy
egalik huquqidagi yer uchastkalari asosan jismoniy shaxslarga beriladi, ammo ular
yer uchastkalariga meros huquqini (tomorqa yer uchastkasiga, bog‘dorchilik yer
uchastkasiga, uy-joy qurilishi tagidagi yer uchastkasiga) boshqa birovga berish
huquqigagina egadirlar, yer uchastkasini tasarruf qilish bo‘yicha ular boshqa
huquqlarga ega emaslar. Davlat obyektlari tagidagi yer uchastkalari (ma’muriy
binolar, ijtimoiy obyektlar va bir qator boshqalar) doimiy foydalanish huquqida
bo‘ladilar. Yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanadigan yuridik shaxslar-
noqishloq xo‘jalik va noo‘rmon xo‘jalik tipidagi korxona, muassasa va tashkilotlar,
noqishloq xo‘jalik turidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslar, shuningdek yer uchastkasini mulk sifatida sotib olgan, xizmat yuzasidan yer
bo‘laklariga ega bo‘lmagan fuqarolar. Yer ijara huquqi qishloq xo‘jaligi tovar
mahsulotlarini etishtirish uchun fermer xo‘jaliklariga beriladi. Fermerlar o‘zlarining
yer uchastkalariga ijara huquqini kredit olish maqsadida garovga qo‘yish huquqiga
egadirlar, ammo yerlarni tasarruf qilish bo‘yicha ular boshqa huquqlarga ega
emaslar.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining navbatdagi shakli yerning
xususiyati, ya’ni uni kenglikda chegaralanganligi bilan bog‘liqdir. Bu xususiyati
yerlarni qat’iy asoslangan va belgilangan miqdorlarda ajratish va foydalanish
zarurligini e’tirof etadi. Shuning uchun ham foydalanish uchun berilgan yer
uchastkalari maydonlarini o‘lchash va chegaralarini qat’iy belgilashga obyektiv
zaruriyat tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining
shakllaridan biridir.
Yerlardan kenglik-operatsion asos hamda ishlab chiqarish vositasi sifatida
foydalanish yer uchastkalarining barqarorligi bilan, doimiy bir joyda joylashganligi
bilan bog‘liq, ularni kenglikda ko‘chirib bo‘lmaydi, ular sifat bo‘yicha bir xil emas.
Shulardan kelib chiqqan holda uchastkalarini aniq maqsadli foydalanishini hamda
ma’muriy-hududiy bo‘ysunuvini hisobga olgan holda taqsimlashga obyektiv zaruriyat
tug‘iladi. Yerlarni yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida, iqtisod
tarmoqlari, viloyatlar, tumanlar va yer uchastkalari o‘rtasida taqsimlash makon va
zamonda bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan tadbir emas, albatta. Yer resurslarini
qayta tiklash va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish zaruriyati qonunining ishlash
yerni kenglik va zamonda doimiy ravishda qayta taqsimlashni talab qiladi. Bu ham
yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining shakllaridan biridir.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining keyingi shakli umuman
mamlakatning yagona yer fondi, yer kategoriyalari, iqtisodiy tarmoqlari, tarmoq
ichidagi yerdan foydalanishlarning tarkibi bilan bog‘liqdir. Jamiyatning moddiy va
boshqa turdagi boyliklariga doimiy o‘sib borayotgan talabini ta’minlash ko‘p jihatdan
147
uni yerdan foydalanishining tarkibiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uning barcha
darajalaridagi yerdan foydalanishlar tarkibini maqbullashtirish yer munosabatlarini
namoyon bo‘lishining shakllaridan biridir.
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yerdan foydalanish tuproq unumdorligi bilan
bog‘liqdir. Tuproq unumdorligini iste’moli uni qayta tiklashni obyektiv tarzda talab
qiladi. Bu birlik maydondan mumkin qadar ko‘proq mahsulot olish maqsadida
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maxsus tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan
erishiladi. Bu ham yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining shakli hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda yer turlari va ekin maydonlarining tarkibi
bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari va xajmlari, uning tannarxi, ishlab
chiqarishning rentabelligi, foyda va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar uzviy bog‘liqdir.
Bular ham yerlardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha yer munosabatlarini
namoyon bo‘lish shakli hisoblanadi.
Yerdan foydalanishning pullilik tamoyili yer solig‘i, ijara haqi, yer
uchastkalarini ajratishda o‘rnini qoplash, ijara huquqining garovi asosida kreditlar,
yer uchastkalariga umrbod merosiy egalik huquqining qiymati, Yerlarni kadastr
qiymati kabi to‘lov turlarini o‘z ichiga oladi. Bular ham yer munosabatlarini
namoyon bo‘lishining shakli hisoblanadi.
Yer bozorini mavjud bo‘lishi yoki yer uchastkasiga huquqlar sharoitida yer
uchastkalari bilan yoki ularga bo‘lgan huquqlar bilan harakatlar sodir etiladi: oldi-
sotdi, sovg‘a, almashish, garov, meros, ijara, foydalanish, qaysiki bular ham yer
munosabatlarini namoyon bo‘lishining bitta shakli bo‘ladi. Bugungi kunda
respublikada yer qonunchiligi asosida quyidagilar ruxsat berilgan: fuqarolar
tomonidan yer uchastkalariga umrbod egalik huquqini meros qilish; kreditlar olish
maqsadida fermerlar tomonidan huquqini garovga qo‘yish, dehqon xo‘jaligini
yuritish va uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini umrbod merosiy egalik huquqi
bilan konkurs asosida auksionlarda sotib olish. Noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarish va
uy-joylar ahamiyatidagi yerlarni ko‘zda tutilgan xususiylashtirishga kelsak, ular
uchun bozor harakatlarining barcha turlari ruxsat etiladi.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining ratsional shakllaridan farqli o‘laroq
irratsional shakllarini ham ajratish mumkin. Yer tabiiy tarixiy tana sifatida, inson
mehnatining mahsuli bo‘lmaganligi sababli qiymatga ega emas. Demak, uning
“baho”si yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining irratsional shakli bo‘ladi. Yer
munosabatlarini namoyon bo‘lishining ratsional va irratsional shakllari ana shunday.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining boshqa qator xususiy shakllari
ham mavjud. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: qishloq xo‘jalik tabiiy
rayonlashtirish, yer uchastkalarini ajratishda yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash va
boshqalar.
148
Yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish jamiyat yerdan
foydalanishini boshqarishning birinchi, ustuvor kichik tizimi hisoblanadi. Ushbu
kichik tizimning muhimligi va o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning vositasida
davlat yer siyosati amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan yer resurslaridan foydalanish
va qayta tiklashning barcha qirralarini boshqarish amalga oshiriladi. Bundan tashqari,
davlat ijtimoiy munosabatlarning, shu jumladan yer munosabatlarining bosh
islohotchisidir.
Yer munosabatlari-bu jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning o‘ziga xos
sohasi, u yerga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish bo‘yicha huquq
munosabatlaridagi (davlat, yuridik va jismoniy shaxslar) subekttlar o‘rtasida sodir
bo‘ladi. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |