siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va
ekologik qirralarini
o‘z ichiga oladi. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish amalda
hamda maxsus adabiyotlarda, asosan ularning huquqiy qirrasi nuqtai nazardan
ko‘proq qaraladi. Bizning fikrimizcha, bunday hol unchalik asoslangan yondoshuv
emas.
Birinchidan
, huquqiy qirrasi asosiy belgilovchi bo‘lishiga qaramasdan yer
huquqi munosabatidagi subekttlarning harakatiga faqat huquqiy ta’sirini belgilaydi.
Ikkinchidan
, yer munosabatlari eng avvalo yerga mulkchilik bilan bog‘liq, nisbatan
ancha chuqur iqtisodiy mohiyatga egadir. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
rivojlanishi
hamda
ekologik
muammolarni
kuchayganligi
sharoitida
yer
munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy va ekologik qirralari ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Shu sababli yer munosabatlarini muvofiqlashtirish huquqiy
qirrasi bilan bir qatorda jamiyat rivojlanishining harakatidagi iqtisodiy qonunlari va
tabiat qonunlaridan foydalanishga asoslanadigan, yuqorida sanab o‘tilgan boshqa
qirralarini ham albatta o‘z ichiga oladi. Demak,
yer
munosabatlarini
muvofiqlashtirish qirralari yer resurslaridan foydalanishga o‘zlarining ta’sirini
ajralmas birlik holda, butun bir majmua holatida ko‘rsatadi.
Yer munosabatlarining mavjud tizimini boshlang‘ich sifatda qabul qiladigan
bo‘lsak, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning keyingi zaruriy
o‘zgarishlari yer munosabatlarini ham o‘zgarishini talab qiladi, ya’ni yerdan
foydalanish tizimi ham o‘zgaradi. Jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlariga mos zaruriy yerdan foydalanish tizimini yaratish muvofiqlashtirishning
yuqoridagi sanab o‘tilgan qirralarini hisobga olishga asoslangan yer munosabatlarini
muvofiqlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ular yer resurslaridan foydalanish
tizimining zamonaviyligini, barqarorligini va samaradorligini ta’minlaganlari holda
rivojlanib borayotgan jamiyatning talablariga muvofiq berilgan sifat va tarkibiy
darajada yer munosabatlari va yerdan foydalanish tizimini ushlab turadilar. (24-
rasm).
149
Iqtisodiy
Siyosiy
Huquqiy
Ekologik
24-rasm. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish qirralari
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish qirralari umumiy ta’sir ko‘rsatibgina
qolmasdan, bu ta’sir ma’lum bir nisbatlar va ketma-ketlikda sodir bo‘ladi. Bunda
majmuadagi
boshlang‘ich qirrasi iqtisodiy qirrasi bo‘ladi, negaki yer
munosabatlarining markazi yerga bo‘lgan mulkchilikdir, va yer-huquqiy
munosabatlar shakllari masalalari esa hukumatning siyosiy nufuzi va qarorlarining
natijasidir (25-rasm). Jumladan, respublikada noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarish
mohiyatidagi yer uchastkalarini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu siyosiy
qaror bilan yerga davlat mulkchiligiga asoslangan mavjud yer munosabatlari isloh
qilinadi. Shu bilan bir vaqtda yerga mulkchilik shakli to‘g‘risidagi siyosiy qarorning
qabul qilinishi, so‘zsiz, jamiyatni doimiy o‘sib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
talablarini maksimal tarzda qondirish talablari bilan aniqlangan, ya’ni birinchi
navbatda iqtisodiy xarakterdagi talablar bilan aniqlangan. Shunday qilib,
muvofiqlashtirishning siyosiy qirrasi yer munosabatlari tizimining asosiy,
fundamental iqtisodiy asoslarini yaratish uchun manbaani ta’minlaydi. Ular esa
keyinchalik yerdan foydalanish tizimiga talab qilinadigan tartibni berish maqsadida
boshqa qirralari bilan muvofiqlashtiriladi, ammo doimiy ravishda jamiyat
rivojlanishining iqtisodiy sharoitiga asoslanadi. U uzoq vaqt davomida
o‘zgarmaydigan jamiyat yer munosabatlarining fundamental asoslarini barqarorligi,
saqlanishi ta’minlanadi. Dekretlar qabul qilish, referendumlar o‘tkazish va boshqalar
uni amalga oshirish mexanizmidir. Yer munosabatlari va yerdan foydalanish
asoslarini muvofiqlashtiruvchi siyosiy qirrasini amalga oshirishda davlatning roli
benihoya yirikdir.
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy qirrasi deganda yer
munosabatlari subekttlari o‘rtasida o‘rnatilgan huquq munosabatlariga rioya qilish
maqsadida yer huquqiy munosabatlari subekttlarining aniq huquqiy rejimini o‘rnatish
vositasida yer munosabati ishtirokchilarining holatiga, yer munosabatlarini namoyon
bo‘lishining nufuzli
shakllariga
ta’sir ko‘rsatish tushuniladi.
Huquqiy
munosabatlarining mazmuni esa, o‘z navbatida, butun jamiyatni hamda alohida
tarzda har bir yerdan foydalanuvchining manfaatlari uchun yer resurslaridan
foydalanishda oldiga qo‘yilgan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga
bo‘ysundirilgan. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy qirrasini amalga
oshirish mexanizimi bo‘lib yer qonunchilik ijodi hisoblanadi. Ushbu funksiyaning
YeMning
boshlang’ic
h tizimi
Yerdan
foydalanishga
doimiy
o’zgaruvchan
YeMning
zamonaviy
tizimi
Yer
munosabatlarini
o’zgarishi
150
asosiy vazifalari-mamlakat oliy qonunchilik organi-O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan ishlab chiqadigan yerdan foydalanish sohasida Qonunlarni
tayyorlashdir.
Yerdan foydalanish sohasidagi Mamlakat Prezidentining Farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ham yer qonunchilik
ijodiga kiradilar.
Muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasi-bu jamiyat rivojlanishining harakatdagi
qonunlarini bilishga asoslangan yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining iqtisodiy
shakillariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’siridir. Yer munosabatlari tizimida yerga
mulkchilik munosabatlari o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Mulkchilik, umuman hamda
yerga bo‘lgan mulkchilik, xususan, nihoyatda muhim iqtisodiy toifa hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilindiki, yer mulkchilikni ifodalash shakli-bu barcha turlardagi yer
rentalarini o‘z ichiga olgan renta munosabatlaridir. yer rentasi va yer solig‘i, yerga
baho va yer uchastkalariga huquqlarning qiymati, yerdan foydalanish samaradorligi
yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining muhim iqtisodiy shakillaridir. Yerlardan
oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarining
iqtisodiy qirralarini muvofiqlashtirish jarayonida ushbu shakllarga ta’sir amalga
oshiriladi. Ba’zan yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning asosiy qirrasi bo‘lib
huquq keng o‘rin oladi, negaki, ushbu qirrasi yer-huquqiy munosabatlarning
qatnashchilariga yirik ta’sirini o‘tkazadi.
Ammo yer-huquqiy munosabatlari qatnashchilariga bo‘ladigan bunday ta’sir
uning asosiy maqsadi emas, u yerlardan foydalanish uchun maqbul iqtisodiy sharoitni
ta’minlash maqsadida oshiriladi va yuqori miqdorlarda moddiy boyliklarni olish bilan
namoyon bo‘ladi. Demak, muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasi yer munosabatlarini
namoyon
bo‘lishini
iqtisodiy
shakllariga
ta’sir
etish
vositasi
bilan
muvofiqlashtirishning barcha boshqa qirralariga obyektiv tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Bu
ta’sir yer munosabatlarining iqtisodiy shakllarini o‘zining imkoni boricha foydali
amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Aynan shu yer
munosabatlarini muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasini chuqur, ustuvor rolidir.
151
25-rasm. Yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakillari va ularni
muvofiqlashtirish qirralari
Yerdan
foydalanish
tizimini
boshqarishning
quyidagi
funksiyalari
munosabatlarini muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasining mexanizimi hisoblanadi:
yer resurslaridan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, yer resurslarini
taqsimlash va qayta taqsimlash, yer uchun to‘lovlar (yer bozori va yerga huquqlarni
qo‘shgan tarzda), yer resurslarini qayta tiklash, yerdan foydalanishning
samaradorligi.
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning ekologik qirrasiga talab yerni tabiiy
majmuaning tarkibiy qismi sifatida egallagan o‘rni bilan belgilanadi. Yer
resurslaridan nooqilona va samarasiz foydalanishdan antropogen jarayonlar ta’sirini
o‘sib borayotgan intensivligi yerni tabiiy majmua sifatida o‘zaro ta’sirini buzilishiga
olib keladi. Yerlardan tizimsiz foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, shu jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |