Bilimni anqlash uchun savollar
:
1.Yer munosabatlariga qanday tushuncha beriladi?
2.Yer munosabatlarini rivojlanish qonuniyatlarini aytib bering?
3.Xo‘jaliklar ijtimoiy-iqtisodiy shakllari va ular maydonlarini iqtisodiy
munosabatlar xarakteriga moslik qonunining mohiyati qanday?
4.Yerlarni doimiy va proporsional taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi
qonunining mohiyati qanday?
5.Yer maydonlarini bir joyga to‘plash qonunining mohiyati qanday?
6.Yer resurslarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish (qayta tiklash)
qonunining mohiyati nimadan iborat?
153
7.Real hayotda yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakli nima?
8. Yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakillarini sanab bering?
9. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish qirralarini aytib bering?
10.Yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish funksiyalarini
sanab bering?
3.4 O‘zbekistondagi yer islohotlarining mazmuni
O‘zbekistonda milliy mustaqillikka erishish hamda bozor iqtisodiyotiga
o‘tilishi sharoitida keng miqyosdagi iqtisodiy islohotlar boshlandi. Ular yer
munosabatlarini tub isloh qilishga, ya’ni yer islohotlarini o‘tkazishga obyektiv
zaruriyat tug‘dirdi. Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar davlat mulkchiligiga,
markazlashgan, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan oldingi iqtisodiy
munosabatlarni yangi, bozor munosabatlariga almashtirishga yo‘naltirildi. Islohot
jarayonida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ko‘p ukladli
iqtisodiyotni yaratish, xo‘jalik yuritishni turli-tuman tashkiliy-huquqiy shakllarini
rivojlantirish, yerga mulkchilik shakllari va huquq turlarini rang-barangligini
ta’minlash, yer va ko‘chmas mulk bozorini yaratish va boshqa qator masalalar
amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov
qayd
qiladi:
“.......markazlashgan,
ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotidan
bozor
iqtisodiyotiga
o‘tish-bu xo‘jalik yuritishning eski
mexanizmlarini modernizatsiyalash yoki takomillashtirish emas, bu-bitta sifat
holatidan ikkinchisiga o‘tkazishdir”[27]. Shunday qilib, bu yerda xo‘jalik yuritish
mexanizmini bitta fragmentli yoki qalbaki o‘zgartirish emas, balki chuqur iqtisodiy
islohotlar to‘g‘risida, oldingi mavjud iqtisodiy munosabatlarni tubdan isloh qilish
to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Yer munosabatlari uning eng muhim o‘ziga xos sohasi
bo‘lganligi sababli ularni o‘zgartirish iqtisodiy islohotlarining obyektiv zaruriyatidir.
Shuning uchun nazariy jihatdan ham amaliy jihatdan ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davrida yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning mohiyatini
o‘rganish, ular qonuniyatlarini, bosqichlari va xususiyatlarini aniqlash juda
muhimdir.
“Islohot” termini qat’iy ma’noda “o‘zgartirish, o‘zgarish, mavjud ijtimoiy tartib
asoslarini yo‘q qilmaydigan, ijtimoiy hayotning qandaydir bir tomonini qayta qurish,
deb tushiniladi”[29]
. Zamonaviy ta’limotlarga ko‘ra islohot-“tubdan qayta yaratish,
o‘zgartirish, qayta qurish, iqtisodiy siyosatning srategik maqsadlarini amalga oshirish
mexanizimidir. Islohotni o‘tkazishda, strategik siyosiy o‘zgarmagan holda, iqtisodiy
siyosatning maqsadi tubdan o‘zgaradi”[29]
. Sharq mamlakatlari sharoitida umuman
demokratlashtirish jarayonining rivojlanish xarakateri va xususiyatlarini tahlil qilgani
xolda respublika Prezidenti I.A.Karimov yozadi: “Islohot-bu ham qayta tashkil etish,
ammo ushbu jamiyatga va insoniyatning oldingi tajribalariga asoslangan ancha
154
organik tarzdagi o‘zgartirishdir”[26]
.
Demak, yer islohotiga nisbatan hulosa qilish
mumkinki, mamlakatdagi yerdan foydalanishning tarixiy tajribalari va an’analarini
hisobga olgan holda jamiyatdagi ilg‘or o‘zgaruvchan (islohot qilinayotgan) iqtisodiy
munosabatlarga mos tarzda amalga oshirilayotgan yer islohotlari oldingi yer
munosabatlariga nisbatan ancha-muncha ilg‘or o‘zgarishlardir.
Yer islohotining mohiyati asosan yer munosabatlarining mohiyatiga uning
qanday qirralari (tomonlari) hamda uning o‘zi qay darajada tegib o‘tishi va
o‘zgartirilishi bilan aniqlanadi. Yer islohoti jarayonida yer munosabatlarini
mohiyatining alohida qirralari yoki bo‘lmasa uning chuqur mazmunini o‘zgartirish
mumkin.
Har bir mamlakatda, uning ijtimoiy rivojlanish xarakteriga, an’analariga
bog‘liq, ma’lum bir qonuniyatlar va tamoyillarga mos tarzda rivojlanayotgan yerdan
foydalanishning ma’lum bir tizimi mavjuddir. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishiga
qadar hamda hozirgi kungacha O‘zbekistondagi yer munosabatlarining mohiyatini
yerga davlat mulkchiligi tashkil etadi. Mulkchilikni ushbu tipda bo‘lishining asosiy
argumenti-bu o‘z vaqtida yerlarni musodara qilinishi, yerdan foydalanishni kollektiv
xarakteri, ya’ni xo‘jalik yuritishning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy shakllari-kolxozlar va
sovxozlar, keyinchalik esa qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar)ning mavjud
bo‘lganligidir. Bu yerda yer-suv munosabatlari nihoyatda bir-biri bilan bog‘lanib
ketgan. Ular davlat tomonidan muvofiqlashtirilgan hamda muvofiqlashtirib
kelinmoqda. Yuqori tovar ekini hisoblangan paxtani etishtirish yirik va murakkab
sug‘orish tarmoqlarini hamda dala jarayonlarini mexanizatsiyalash uchun shularga
mos hududiy sharoitlarni talab qilgan.
Bu esa, o‘z navbatida yerga, suvga va
sug‘orish tarmoqlariga mulkchilikning davlat shakliga asoslangan, maydonlari
bo‘yicha yirik xo‘jaliklarni yaratish zaruriyatini tug‘dirgan. Darhaqiqat,
o‘tkazilayotgan yer islohotining mohiyatiga nisbatan quyidagilarni hulosa qilish
mumkin: o‘tish davridan buyon u mamlakatdagi yerdan foydalanishning alohida
muhim qirralarini o‘zgartirdi, bunda 2009 yilga qadar yer munosabatlarining eng
chuqur mohiyati o‘zgarmasdan qoldi. Ammo mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish yer munosabatlarini chuqur isloh qilishni obyektiv tarzda
talab qildi. Iqtisodiyotni va jamiyat faoliyatining boshqa sohalarini dinamik hamda
barqaror rivojlantirish zaruriyati yer munosabatlarining eng markaziy qismini-yerga
mulkchilik munosabatlarini isloh qilishini talab qiladi.
Mamlakatda iqtisodiy o‘zgarishlarning boshlanishidan buyon yer islohotining
asosiy mazmuni va bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Uning boshlang‘ich bosqichidagi
muhim tarkibiy qismi-bu yerlarni ajratish, asosan sug‘oriladigan yerlani ajratish
hisobiga respublika fuqarolarining tomorqa yer uchastkalari moydonlarini keskin
oshirish va bog‘dorchilik-uzumchilik uchastkalari uchun yer ajiratib berish bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini (1989yil 15 avgustdagi) amalga
155
oshirish umuman islohot uchun muhim siyosiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan,
negaki bu, “......aholining ishsiz qismini mehnatga jalb qilish, ...ishsizlikni o‘sib
ketish havfini yo‘qotish, aholini real daromadlarini o‘stirish, hayotiy muhim oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, industrial uy-joy qurilishi masshtablarini ancha
kengaytirish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash”
5
imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risidagi qonuni” (1990y) Yer
uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kengaytirish, yerdan foydalanishni pullilik
tamoyillari kabi yerdan foydalanishga prinsipial yangiliklarni o‘z ichiga oldi.
“Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va respublikadagi
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1991yil 29.11.dagi Farmonida mamlakatda xususiy
Yerdan foydalanishni rivojlantirishga huquqiy asos yaratildi hamda ushbu maqsadlar
uchun yer fondidan 200 ming gektarga yaqin yer ajratilishi ko‘zda tutildi. Yer
islohotlarining boshlang‘ich bosqichida sovxozlarni xo‘jalik yuritishning istiqbolsiz
shakli sifatida qayta tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning
natijasida 1995 yilga kelib ular xo‘jalik yuritishning kollektiv, aksiyadorlik va ijara
shakllariga o‘zgartirildi. Aynan ushbu davrda paxta ekinlarining solishtirma
miqdorlari (50-60 %gacha) qisqartirildi va mamlakatda don mustaqilligini ta’minlash
maqsadida bir vaqtning o‘zida g‘alla ekinlarining maydonlari ko‘paytirildi. Bir
vaqtning o‘zida mamlakatda yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda mavjud
sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul
qilinganidan so‘ng (1993y) mamlakatda 1994 yildan boshlab aholi punktlari va
sanoat toifalaridagi, 1995 yildan boshlab esa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi
toifalaridagi yerlardan foydalanishlarga haq to‘lash tamoyilini joriy etish boshlandi.
Ushbu maqsadlar uchun qishloq xo‘jalik yerlarida tuprov bonitirovkasi hamda
shaharlar va pasyolkalar hududlarini soliq mintaqalari bo‘yicha mintaqalash
o‘tkaziladi.
Iqtisodiy islohotlarni yagona chuqurlashtirish yerdan foydalanishning
qonunchilik asoslarini tubdan yangilashni talab qildi. O‘zbekiston Respublikasining
YER koddeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkati)
to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi,
(30.04.1998y) Qonunlari qabul qilindi. Ushbu vaqtga kelib respublikada qishloq
xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari-qishloq xo‘jalik
kooperativlari (Yerga ulush nisbati bilan) hamda mustaqil xususiy yerdan
foydalanishga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari yaratildi. 2000 yilga kelib kolxozlarni
qishloq xo‘jalik kooperativlariga, fermer xo‘jaliklari va ijara jamoalariga aylantirish
tugadi, dehqon xo‘jaliklari yer egaliklari ancha mustahkamlandi. Yer islohotlarini
tezlashtirish hamda mamlakatda yerdan foydalanishni samarali boshqarish maqsadida
156
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1998y).
Iqtisodiy islohotlar boshlanishidan buyon mamlakat yerdan foydalanishida
o‘tkazilgan o‘zgarishlar yer resurslaridan foydalanishning samaradorligiga kuchli
turtki berdi, qishloq xo‘jalik korxonalaridagi taqsimlash tizimini tugatdi, mamlakatda
xususiy yerdan foydalanishga yo‘l boshladi, yerdan foydalanishga bozor tamoyillarini
kiritishga imkon berdi, amalda buni yer islohotining alohida bosqichi deb ajratish
mumkin.
1999-2000y.y. davlat yer kadastri doirasida mamlakatda rivojlanayotgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida yer munosabatlari subekttlari huquqlarini davlat tomonidan
muhofaza qilish, shuningdek, tug‘ilayotgan ko‘chmas mulk bozorini zaruriy
axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni
ro‘yxatga olish ishlari boshlandi. Yer-kadastr axborotlarining kompyuterli
avtomatlashtirilgan tizimi (EKAKAT) ni yaratish bo‘yicha tajriba ishlari boshlandi.
Yerlardan foydalanishni tartibga solish, va ayniqsa, birdaniga yer uchastkalariga
bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish bilan aholi punktlari va sanoat toifalari Yerlaridan
foydalanishni tartibga solish bo‘yicha yirik hajmlardagi ishlar o‘tkazilmoqda. Tuproq
bonitirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholash bo‘yicha hujjatlar tayyorlandi va
yangilandi.
Shu vaqtdan boshlab respublikada ishlab chiqarish tajribasi tariqasida qator
zarar ko‘rib ishlayotgan va rentabelligi past qishloq xo‘jalik kooperativlari fermer
xo‘jaliklariga aylantirila boshlandi. Islohotning ushbu davrida uncha yirik bo‘lmagan
o‘lchamlarda yangi yerlarni meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha yirik hajmlardagi
ishlar boshlandi, g‘alla ekinlarining maydonlari ancha kengaytirildi (2000-2005
yillarga mo‘ljallangan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash dasturi).bir vaqtda, bir
tomondan, kooperativlar (shirkatlar) faoliyatining samarasizligi, hamda xo‘jalik
yuritishning
ilg‘or shakli-fermer xo‘jaliklarining tezlik bilan rivojlanib
borayotganligi, ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jalik korxonalarini yanada qaytadan
tarkiblash zaruriyatini tug‘dirdi. 2003yil 24 marta O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-3226 sonli “Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishning
muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan
2004 yildan boshlab barcha qishloq xo‘jalik korxonalari qishloq xo‘jalik Yerlaridan
foydalanishning ijara shakliga o‘tishi ko‘zda tutildi, shuningdek yaqin yillarga fermer
xo‘jaliklarini rivojlanish Konsepsiyasini ishlab chiqish vakolatli organlarga
topshirildi. Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3242-
sonli “2004-2006 yillarga fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2003yil 30 oktyabrdagi 476-sonli, “2004-2006 yillarga fermer
xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori bilan esa 2004-2006 yillari belgilangan shirkat xo‘jaliklarini
157
qayta tashkil etish hamda ular orasida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha aniq
tadbirlar ishlab chiqildi. Shuni qayd qilish kifoyaki, 2006yil 1.05 ga respublikada 175
mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyati ko‘rsatgan. 2007 yilga kelib qolgan shirkat
xo‘jaliklarini ham qayta tashkil etish nihoyasiga etdi, natijada mamlakatdagi fermer
xo‘jaliklarining soni 217 mingga yaqinni tashkil etdi.
Yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohalarida boshqarish tizimini
yanada takomillashtirish, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish va oqilona Yerdan
foydalanishni ta’minlash, davlat kadastrlarining yagona tizimini yuritish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 15 oktyabrdagi PF-3202-sonli
Farmoni bilan tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasi
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya,
kartagrafiya va davlat kadastri Bosh boshqarmalari negizida O‘zbekiston
Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat
qo‘mitasi (O‘zyergeodezkadastr) tashkil etildi. Bunda yerlardan oqilona foydalanish
va muhofaza qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishini ta’minlash,
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat nazoratini amalga
shirish, tuproqlar unumdorligini ashirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, davlat yer
kadastrini yuritish O‘zyergeodezkadastrning asosiy vazifalaridan biridir, deb
aniqlandi.
Ko‘p profilli idorani yaratish o‘zining ijodiy tomonlari bilan birga yerdan
foydalanish, geodeziya va kartografiya, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish va
oqilona yerdan foydalanishini ta’minlash, davlat kadastrlarining yagona tizimini
yuritish sohalarida boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, fikrimizcha,
ma’lum kamchiliklarga ham egadir.Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza
qilish, yerdan foydalanish tarkibini va ayniqsa qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish
tarkibini maqbullashtirish bo‘yicha davlat siyosatining yo‘qligi, tuproqlar
unumdorligini pasayishini davom etayotgan jarayon, yer resurslarini maqsadga
muvofiq qayta tiklash bo‘yicha maxsus dasturning yo‘qligi, davlat yer kadastirini,
ayniqsa, shaharlar va posyolkalarda yuritish muammolarining mavjudligi, yerdan
foydalanish samaradorligini to‘la mamlakat bo‘yicha, qisman faoliyat sohalari va
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha, baholash metodologiyasi va uslubiyatini mavjud
emasligi, yerdan foydalanishda qator boshqa muammolarning mavjudligi
fikrimizning yaqqol dalilidir.
Tashkil etilgan fermer xo‘jaliklar o‘zlarining o‘lchamlari bo‘yicha yer-suv
resurslaridan, qishloq xo‘jalik texnologiyalaridan samarali foydalanish talablariga
javob bermadi, ekin maydonlarining o‘lchamlari ishlab chiqarishning yuqori
rentabelligini ta’minlamadi. SHu sababli 2008-2009 yillar respublikada fermerlar yer
uchastkalarini yiriklashtirish amalga oshirildi. Buning natijasida ular maydonlari 2-3
158
barobar o‘sdi va ekin yerlarining maydonlari 40-80 gektarga etdi. Yer uchastkalarini
kengaytirish bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik texnologiyalarini sotib olish uchun
kreditlar ham ajratildi. Bu hol ishlab chiqarishga va moddiy-texnika resurslaridan
foydalanish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Haqqoniy ravishda e’tirof etish mumkinki, nihoyasiga etkazilgan qishloq
xo‘jali korxonalarini qayta tarkiblash hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or tashkiliy-
huquqiy shakli-fermer xo‘jaliklarini yaratish, shuningdek dehqon xo‘jaliklarini
mustahkamlash jarayoni yer islohotining muhim bosqichini-mamlakatda yer-agrar
munosabatlarini isloh qilishni yakunlaydi. Iqtisodiy o‘zgarishlar boshlanganidan
buyon yer islooti agrar xarakterga ega bo‘lgan, negaki agrar sohani isloh qilishga
ustunlik roli berilgan edi. Shunday qilib, respublikada bugungi kunda yer-agrar
munosabatlar qishloq xo‘jalik yerlariga davlat mulkchiligiga hamda ijara shklida
foydalanishga asoslanadi. Qishloq xo‘jaligi yuritishning asosiy tashkiliy-huquqiy
shakllari fermer xo‘jaliklari (asosiy tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) va
dehqon xo‘jaliklari (mayda tovar xo‘jaligi) hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklari 10 yildan
50 yilgacha muddatga ijaraga olingan, yer ijarasi shartnomasini keyinga cho‘zish
huquqidagi yerda tashkil topadi. Dehqon xo‘jaliklari eng yaqin qarindoshlariga meros
qilinadigan egalik huquqini berish bilan oila boshlig‘iga umrbod merosiy egalikda
beriladigan yer uchastkasida tashkil topadi. Shu bilan bir vaqtda qishloq xo‘jaligida
urug‘chilik va naslchilik yo‘nalishlaridagi uncha ko‘p bo‘lmagan shirkat xo‘jaliklari
ham faoliyat ko‘rsatadi. Suv, temir yo‘l va boshqa qator xo‘jaliklardagi
xizmatchilarida bo‘lgan yer bo‘laklari muddatli foydalanish huquqida foydalaniladi.
Fuqarolardagi yakka tartibdagi bog‘ (dacha) uchastkalariga xususiy mulkchilik
mavjud emas.
Yerdan foydalanishni isloh qilish bo‘yicha hukumatning keyingi vazifalari
faoliyatning sanoat va uy-joy sohalarida yer munosabatlarini tubdan isloh qilishdan
iborat bo‘ldi. Bu yer islohotining yangi, uchinchi bosqichidir. Sanoatda, transportda,
uy-joy sektorida investitsiyalarni ko‘paytirishga talab, mamlakat iqtisodiyotida
xususiy mulkchilik ulushining ko‘payishi, tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish
ishlab
chiqarish
va
uy-joy
(yakka
tartibdagi)
ahamiyatdagi
yerlarni
xususiylashtirishni talab qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24
iyulidagi PF-3780-sonli Farmoni bilan ishlab chiqarish mohiyatidagi obyektivlar
tagidagi yerlarni xususiylashtirish 2007yil 01.01dan va yakka tartibdagi uy-joylar
tagidagi yerlarni 2008yil 01.01dan boshlash belgilandi. Ushbu Farmon hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining keyingi, 2006yil 26.07dagi qarori
bilan respublikada yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha Yergeodezkadastr Davlat
qo‘mitasining vazifalari belgilandi.
Shunday qilib, respublikada o‘tkazilayotgan yer islohotining asosiy mazmuni
quydagilardan iborat bo‘ldi. Yagona yer fondining toifalari o‘rtasida, xalq xo‘jaligi
159
tarmoqlari o‘rtasida va yer-huquqiy munosabatlarining su’bektlari o‘rtasida yerlarni
qayta taqsimlash, qishloq xo‘jalik korxonalarini qayta tashkil etish, xususiy yerdan
foydalanishni joriy etish, yerdan foydalanishda haq to‘lashni joriy etish, yerga
bo‘lgan xuquq turlarini tenglashtirish, yerdan foydalanuvchilarni yerlarni tasarruf
etishning qator huquqlari bilan qurollantirish, fermer xo‘jaliklari uchun zahira yer
fondini ajratish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllari maydonlarini asoslash, ular
chegaralarini belgilash va maydonlarini tashkil etish, yerdan foydalanishlarni
tarkibga keltirish va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, ekin
maydonlari tarkibini o‘zgartirish va ularni hisob-kitob qilish, yer resurslarini qayta
tiklash, inistitutsional o‘zgarishlar, me’yoriy hujjatlar hamda yerdan foydalanish
sohasidagi qator boshqa ilg‘or yangiliklar. Mamlakatda boshlangan iqtisodiy
o‘zgarishlar asosida o‘tkazilayotgan yer islohotlari yerdan foydalanishning mazmun
va mohiyatini tubdan o‘zgartirdi, yer munosabatlarining mohiyati-yerga bo‘lgan
mulkchilik munosabatini isloh qilishni ko‘zda tutadi. Yerga davlat mulkchiligi bilan
bir qatorda xususiy shakli ham joriy etiladi. Hukumatning ushbu siyosiy qarori
O‘zbekiston yerga bo‘lgan mulkchilikning tupli shakllarini joriy etishini boshlanishi
bo‘ladi.
O‘tkazilayotgan yer islohotining mazmunida uning alohida ba’zi-bir
xususiyatlarini ajrati maqsadga muvofiqdir. Birinchi xususiyati shundan iboratki, bu
uning tarkibiga ega ekanligi, bosqich xarakteridir. U bitta xo‘jalik yuritish shaklidan
boshqa, ikkinchisiga birin-ketinlikda o‘tishi bilan qayd qilinadi, natijada yer
islohotini o‘zini qator bosqichlariga imkon yaratadi: sovxozlarni tugatish, kolxozlarni
tugatish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini-kooperativlar, fermer xo‘jaliklari,
dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish. Islohotning ikkinchi xususiyati-bu mavjud jamoa
va shaxsiy (tomorqa uchastkalari) yerdan foydalanish bilan bir qatorda respublikada
xususiy yerdan foydalanish (fermer xo‘jaliklari)ni joriy etilishidir. Yer va suv
munosabatlarini isloh qilishni o‘zaro uzviy bog‘liq xolda amalga oshirishini yer
islohotining navbatdagi xususiyatiga kiritish zarur. Yer islohoti davomida yer
munosabatlari bozor xarakterini oldi: Yerdan foydalanishga to‘lov joriy qilinishi,
xususiy yerdan foydalanish, yerga xususiy mulkchilikni hamda yer bozorini joriy
etish rejalashtirilmoqda, ijara yer munosabatlari joriy etildi.
Navbatda qisqa muddatlarda yer munosabatlarida o‘tkazilgan ilg‘or
o‘zgarishlar mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga nihoyatda yirik ta’sir
o‘tkazdi va ularni o‘zgartirdi hamda, so‘zsiz, yer munosabatlarini “oddiy yoki
operativ” muvofiqlashtirish chegarasidan chiqarib yubordi. Bunda mamlakatdagi
iqtisodiy islohotlar davom etmoqda, bugungi kunda ularni yanada chuqurlashtirish
bosqichi ketmoqda. Demak, yer islohotlari ham davom etmoqda. Barcha
o‘zgarishlardan asosiy maqsad-ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurishdir.
Uning asosiy komponenti ko‘chmas mulk, shu jumladan yer bozori bo‘ladi. Davom
160
etish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish davrida yerga
mulkchilik munosabatlari masalasi ushbu yerlarga davlat mulkchiligi saqlanib qolgan
holda qishloq xo‘jalik yerlariga uzoq muddatli ijara huquqining bozorini istiqbolda
yaratish imkoniyatlarini o‘zida jamlangan tadqiqotlar va o‘zaro almashuvlar predmeti
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |