36-rasm. Yerdan foydalanish funksiyasini joriy qilishga yer solig‘ini
rag‘batlantiruvchi qismini taqsimlash sxemasi [66].
Tuproqlar unumdorligini qayta tiklashning ajralmas qismi-bu tadbirlarning
samaradorligi hamda ularni baholash mexanizmi to‘g‘risidagi masaladir. Tuproq
bonitetining ballarida tadbirlar samaradorligini qanday baholash kerak, berilgan ball
miqdorlariga qarab yer sifatini oshirish uchun tadbirlar qanday hajmlarda amalga
oshirilishi zarur, bunda qanday vositalarni sarflash zarur?. Bu masalalar bugungi
kunda amaliy jihatdan javobga ega emas. Masalan, bir tomondan, kollektorlarni
tozalash bo‘yicha ishlar hajmi bilan chiqarib tashlanadigan yer osti grunt suvlarining
hajmi, ikkinchi tomondan, yerlarni sho‘rlanishi va yer osti suvlarining pasayish
darajasi o‘rtalaridagi bog‘liqlik ma’lum. Ammo bu tadbirlar tuproq unumdorligini,
tuproqlar bonitet ballini qanchaga yaxshilaydi-javob berish mushkul. Jumladan, uch
yillik bedadan so‘ng paxtaning hosildorligi, birinchi yil 5,0-7,0, ikkinchi yil o‘rtacha
4,0 s/ga oshadi va hokozo, ammo YER sifatini ushbu tadbir bilan matyematik
bog‘liqligi mavjud emas.
Yer kadastrini
yuritish
Yer tuzish
Yer solig’ini
rag’batlantiruvchi
roli
рағбатлантирувч
и роли
Ер мониторинги, назорат,
муҳофаза қилиш
Subyektlarni
rag’batlantirish
Yer resurslarni qayta
tiklash
237
Amaliyot uchun o‘ta muhim bo‘lgan qator masalalarga javob beradigan
korrelyasion bog‘liqlikni o‘rnatish talab qilinadi:
1) yerning sifatini bir ballga ko‘tarish uchun qanday hajmlardagi tadbirlarni
o‘tkazish zarur bo‘ladi;
2)u yoki bu tadbir turi bo‘yicha tuproqning bonitetini 1 ballga ko‘tarish uchun
qanday harajatlar zarur;
3) u yoki bu tadbir turi tuproq bonitetini 1 ballga oshirishning qiymati bilan
qanday taqqoslangan bahoga ega;
4) tuproqlar bonitet balli hamda ularga sarflanadigan harajatlarni dasturlashning
imkoniyatlari qanday;
5) aniq bir yer uchastkasi, massiv tuproq bonitet ballini o‘sishiga sarflanadigan
moddiy-texnik va moliyaviy resurslarini nazorat qilish imkoniyatlari qanday?
Bu joyda yerlar sifatining monitoringi muhim rol o‘ynaydi. Uni yuritish nainki
tuproqlar unumdorligini qayta tiklashda zarur, balki sug‘oriladigan yerlarni butun
qayta tiklanishlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning vakolatidir. Ular
yerlarni miqdori va holati to‘g‘risidagi har yillik hisobotlarni taqdim etishlari;
Yerlardan foydalanishning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik samaradorliklarini
aniqlashlari; Yerlardan foydalanish samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan
uslubiyatlariga ega bo‘lishlari; tegishli yer-kadastr axborotli ta’minotga va
avtomatlashtirilgan yer axborotli tizimga chiqish, yer monitoringi tizimiga chiqish
imkoniyatlariga ega bo‘lishlari; tegishli davlat rejalashtirish tashkilotlari bilan
birgalikda o‘z idorasiga tegishli tarmoqda Yerdan foydalanish dasturini ishlab
chiqishlari; Yerdan foydalanishni va ularni sifat holatini, ularni muhofaza qilishni va
qayta tiklanishini istiqbolga yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishlari zarur. SHu
sababli yuridik va jismoniy shaxslar Yerlardan foydalanishlari va muhofaza
qilishlarini davlatning vakolatli organlari tomonidan nazorat qilish obyektiv
zaruriyatdir. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘rib chiqilayotgan funksiyani amalga oshirish
zaruriyatini belgilab beradi.
Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazorat funksiyasi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qaysi vazirlik va idoraga, yer toifasiga mansubligidan
qat’iy nazar barcha yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan yerdan
foydalanish, yerlardan foydalanishdagi kamchiliklarni aniqlash va ushbu aniqlangan
kamchiliklarni tugatish hamda bartaraf etishga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish,
shuningdek yerlardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish va yerdan foydalanish
bo‘yicha yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarning majburiyatlari bajarilmagan
taqdirda ularga tegishli jarima sanksiyalarini qo‘llash uchun ham zarurdir, negaki,
yerlardan foydalanishda ham, ular sifatini qayta tiklashda ham tuproqlar unumdorlik
darajasini o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar zarurdir.
238
Do'stlaringiz bilan baham: |