A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


Yerlardan foydalanishni davlat boshqaruvi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

3.2 Yerlardan foydalanishni davlat boshqaruvi 
Yerlardan foydalanishni davlat boshqaruvi jamiyat yerdan foydalanish 
tizimining ikkinchi kichik guruhi hisoblanadi. U o‘z navbatida ikkita kichik guruhni 
o‘z ichiga oladi
: yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish hamda 
yer resurslaridan foydalanishni ma’muriy boshqarish.
Bugungi kunda yerdan 
foydalanishni boshqarish tizimiga davlat jamoat tashkilotlari (qishloq kengashlari, 
qishloq fuqarolar yig‘inlari, mahalla kengashlari) tomonidan yer resurslaridan 
foydalanishni boshqarish muammosi ham kiradi.
Boshqarish deganda boshqariladigan tizimlarga ta’sir jarayoni tushuniladi. Har 
qanday murakkab tashkil etilgan boshqariladigan tizimlar, shu jumladan yerdan 
foydalanish tizimi ham, boshlang‘ich holatni ushlab turish, shuningdek berilgan sifat 
holatga ma’lum maqsadli erishish uchun ularni boshqarishni talab qiladi. Boshqacha 
so‘z bilan aytganda, boshqarish boshqariladigan tizimlarni ularning ichki mazmuni 
bilan birgalikda mavjud bo‘lishining obyektiv zaruriyati hisoblanadi. U ushbu 
tizimlarning o‘zlarini rivojlanish qonuniyatlariga mos tarzda amalga oshiriladi, 
boshqaruvsiz tizimning o‘zi amaliy jihatdan bo‘linib ketadi. 
Yerdan foydalanishning maqsadi berilgan sifat holatida uni boshqariladigan 
tizim sifatida ushlab turishdan iboratdir. Bunda tizimning berilgan darajasi uning 
qandaydir bir boshlang‘ich davridagina emas, balki uning butun berilgan davrida 
ta’minlangan bo‘lishi zarur. Shu sababli ma’lum bir mexanizmlar yordamida uni to‘la 
ishlash jarayonida berilgan o‘lchamlardan ko‘zda tutilmagan farqlarni bartaraf qilish 
uchun davriy yoki doimiy ravishda zaruriy tuzatmalar kiritib turiladi. Umumiy 
ko‘rinishda boshqarish-bu “mavjud tizimga mos obyektiv qonunlardan foydalanish 
asosida uni yangi sifat holatga o‘tkazish maqsadida tizimga ta’sir ko‘rsatish 
jarayonidir. Tizimni o‘zgartiruvchi manba odatda ushbu tizimning o‘zida yotadi” 
[33,17b] 
Ammo, boshqarishni faqatgina yangi sifat holatga o‘tkazish maqsadida tizimga 
ta’sir etuvchi sifatida tavsiflash unchalik to‘la bo‘lmaydi. Murakkab boshqariladigan 
tizimlardagi muhim e’tirof shundan iboratki, boshqarish ularni maqbul holatda ushlab 
turilishini ta’minlaydi hamda shu bilan bir vaqtda tizimni o‘zini ham tashkil etishga 
yo‘naltirilgan, ya’ni boshqarishning mohiyati tizimni to‘g‘rilash uchun unga ta’sir 
etibgina qolmasdan, balki uni tashkil etish uchun ham ta’sir etishdan iborat. Demak, 
boshqarish tizimni o‘zini tashkil etishga ham xizmat qiladi. Yana bir muhim tomoni 
shundan iboratki, boshqarish yordamida boshqariladigan tizimni barqarorligi, bir 
xilligi, tartibga solib turilishi ta’minlanadi [33,25b]. 


135 
Maxsus adabiyotlardan ko‘rinadiki, umuman barcha mualliflar tomonidan 
“YER resurslarini boshqarish”ning mazmuniga deyarli bir xil ta’rif beriladi. 
Jumladan, prof. S.A.Tkachuk “Yer resurslarini boshqarish”ni oqilona Yerdan 
foydalanishni tashkil etish vositasi sifatida qaraydi, ya’ni uni “......ushbu tizimga mos 
obyektiv qonunlardan foydalanish asosida yangi berilgan holatga o‘tkazish 
maqsadida tizimga ta’sir ko‘rsatish jarayoni” deb tushuntiradi [32,19b]. Bunda u 
e’tirof etadiki “Yana bir muhim tomoni shundan iboratki, bu-boshqarish yordamida 
boshqariladigan tizimni barqarorligini, bir xilligini tartibga solinib turishini 
ta’minlashdir” [32,19b]. Bundan ko‘rinadiki, “Yer resurslarini boshqarish” deganda 
yer resurslaridan foydalanishni tashkil etish tizimiga ta’sir etish, ya’ni yer 
munosabatlarini muvofiqlashtirish tushuniladi. Va nihoyat, u hulosa qiladiki, 
“Boshqarish-bu nainki ta’sir etish, balki ko‘p qirrali faoliyatdir. Boshqariladigan 
tizimga ta’sir etish-bu faoliyatining bir qismidir. Bu faqatgina “aynan boshqarish” 
deb nomlanadi”. [32,19b]. “Yer resurslarini boshqarish”, “ta’sir etish” holatidan 
tashqari boshqariladigan tizimning bir xilligini, barqarorligini, tartibga solib turishni 
ta’minlash bo‘yicha ko‘p qirrali faoliyatni ham bu yerda e’tirof etadi. 
Prof. A.A.Varlamov va boshqalar tomonidan “Yer munosabatlarini davlat 
tomonidan muvofiqlashtirish”ga quydagicha ta’rif beriladi. “Yer munosabatlarini 
davlat tomonidan muvofiqlashtirish deganda tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy harakatlar 
majmuasini amalga oshirish yo‘li bilan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni 
ta’minlashga, uni muhofazalashga, tuproq unumdorligini qayta tiklash va oshirishga, 
insonlar uchun maqbul atrof-muhitni yaratish va uni saqlashga, yerlarga mulkchilik, 
egalik va foydalanish huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga 
aytiladi” [22,52b]. Shu bilan bir vaqtda, yer munosabatlarini davlat tomonidan 
muvofiqlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishning asosiy talablariga yer resurslarini 
boshqarish zaruriyati ham kiradi. Mualliflar buni shunday tushuntiradilar “bu-ulardan 
foydalanishni 
rejalashtirish, 
Yerlarni 
mintaqalash, 
tabiiy-qishloq 
xo‘jalik 
rayonlashtirish, yer tuzish, yer monitoringi hamda davlat yer kadastri” [22,54b]. 
Bundan ko‘rinadiki, yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish-bu 
ma’lum bir tadbirlar tizimi hamda harakatlar majmuasidir, “yer resurslaridan 
foydalanishni 
boshqarish” 
esa 
yer 
munosabatlarini 
davlat 
tomonidan 
muvofiqlashtirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo yer munosabatlarini 
muvofiqlashtirish hamda yer resurslaridan foydalanishni boshqarish terminlari 
turlicha maxsus terminlar bo‘lib turlicha mazmunga ega, ammo ularning ikkalasi ham 
bitta maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni yerlardan oqilona va samarali foydalanishni 
ta’minlashni ko‘zda tutadilar. Shuning uchun ham yerdan foydalanishni boshqarish 
sohasida, yerdan foydalanishni davlat boshqaruvi tizimidagi ularning nisbatlarida 
(statusida), va nihoyat ularni ta’riflashda ushbu ikkita muhim tushunchalar o‘rtasida 
anchagina aniqroq chegarani ajratishi zarur bo‘ladi. 


136 
“Har bir hukmron sinf o‘zining asosiy manfaatlariga mumkin qadar mos 
keladigan yer munosabatlari tizimini hamda uni muvofiqlashtirish uslublarini 
shakllantiradi” [22,19b]. Bunda “Yer munosabatlarining muhim qirrasi yer 
resurslarini boshqarish shakllari hisoblanadi, qaysiki u yerga bo‘lgan mulkchilik 
shakllariga yuqori darajada bog‘liqdir”[22,9b]. Bu yerda ham ikkita tushuncha 
keltiriladi-yer munosabatlarini muvofiqlashtirish va yer resurslarini boshqarish. Shu 
bilan bir vaqtda ushbu turlicha tushunchalarga hech bir tushuntirish keltirilmaydi.
Yuqorida keltirilgan ma’lum tushuncha va qoidalardan “Yerlardan 
foydalanishning davlat boshqaruvi” tushunchasiga quyidagicha hulosalar keltirish 
mumkin: 

bugungi 
kunga 
qadar 
“yer 
munosabatlarini 
davlat 
tomonidan 
muvofiqlashtirish” va “yer resurslaridan foydalanishni boshqarish” tushunchalari 
o‘rtasida aniq bir chegara mavjud emas, ularning mazmuni mohiyati ham to‘la 
ochilgan emas; 

jamiyat yerdan foydalanishini davlat boshqaruvining umumiy tizimida 
ularning o‘rni va roli aniqlanmagan; 

yerdan foydalanishning chegaralilik tizimida ularning o‘zaro nisbatlari 
belgilanmagan; 

yerdan foydalanishning boshqarish sohasida har birining aniq maqsadi, 
vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari mavjud emas. 
Birinchi galda “muvofiqlashtirish” va “boshqarish” terminlarining mazmunini 
tushunib olish zarur. Muvofiqlashtirish (lotincha regulo so‘zidan)-to‘g‘irlayman, 
tartibga 
keltirman 
ma’nosini bildiradi[29,1112b]. Ojegovaning lug‘atida 
“muvofiqlashtirish” termini 1) tartibga keltirish, yo‘lga qo‘yish; 2) rivojlanishni 
yo‘naltirish, bir tizimga, tartibga keltirish maqsadida nimanidir harakatga keltirish 
kabi ma’nolarni bildiradi. 
Demak,“muvofiqlashtirish” termini eng avvalo, ma’lum bir to‘la birlikning 
elementlari yoki tarkibiy qismlarini tartibga solish, tizimlash tushuniladi. Yerdan 
foydalanishda esa yer munosabatlarini muvofiqlashtirish ularni ma’lum bir tartibga 
keltirilgan holatga yoki tizimga keltirishni bildiradi, qaysiki aynan ushbu holatda ular 
(yer munosabatlari) yerlardan oqilona va samarali foydalanish uchun eng yuqori 
sharoitni ta’minlaydi. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishda yer resurslaridan 
foydalanishning doimiy o‘zgaruvchan sharoitiga muvofiq ularning tizimlarini eng 
maqbul holatga keltirib turishning doimiy jarayonidir, ya’ni jamiyatdagi yer 
munosabatlarini muvofiqlashtirishni dialetik nuqtai nazardan qarash zarur. Yer 
munosabatlarini muvofiqlashtirishning maqsadi yer resurslaridan keyingi foydalanish 
uchun eng maqbul sharoitni ta’minlaydigan (yaratadigan) yer munosabatlarini 
shakllantirish, shuningdek, yerdan foydalanishga rivojlanayotgan jamiyatning 


137 
talablari o‘zgargan holatda uni (tizimni) to‘g‘rilashdan iborat. Bu yerdan 
foydalanishni davlat boshqaruvining birinchi hamda eng ustuvor kichik tizimi 
hisoblanadi.(22-rasm)
Boshqarish-turlicha tabiatga ega bo‘lgan tizimlarni ma’lum bir tartibda 
saqlanishini, faoliyat rejimini ushlab turilishini ta’minlaydigan ushbu tashkil etilgan 
tizimlarning funksiyasi, elementi, ular dasturlari va maqsadlarini amalga 
oshirishidir[29,1388b]. Boshqarish-bu: kimningdir yoki nimaningdir harakatini 
boshqarish, yo‘naltirishdir [29,743b]. Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinadiki, yer 
resurslaridan foydalanishni boshqarish-bu yer resurslaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
foydalanish bo‘yicha jamiyat rivojlanishining aynan ushbu daqiqasiga aniqlangan 
maqsad yoki dasturlarni amalga oshirish hamda yer munosabatlarining mavjud 
tizimini ushlab turish jarayonidir. Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish 
jamiyatni yerdan foydalanishini davlat boshqaruvining ikkinchi kichik tizimidir.
Shunday qilib, muvofiqlashtirish yerlardan foydalanishni bashoratlash, ularni 
taqsimlash (qayta taqsimlash), foydalanish va qayta tiklash bo‘yicha yuzaga 
keladigan yer munosabatlari tizimini shakllantiradi, yerlardan foydalanishni 
boshqarish esa tizim tomonidan berilgan parametrlarda yerlardan oqilona va samarali 
foydalanuvchi yerdan foydalanishni rivojlanishini ta’mirlaydigan ushbu tizimini 
barqarorligini (uni mumkin bo‘ladigan to‘g‘rilashlarini hisobga olgan holda) 
saqlashga yo‘naltirilgan. Aynan shu holat jamiyat yerdan foydalanishini davlat 
boshqaruvining qarab chiqilayotgan ikkita kichik tizimi mazmunlaridagi asosiy 
farqlar hisoblanadi. Shularga mos tarzda ikkita kichik tizim o‘zlarining turli 
vazifalariga, ularni amalga oshirish usullari va uslublariga ega, yerdan foydalanishni 
davlat boshqaruvi tizimida turlicha rol o‘ynaydilar hamda ma’lum bir o‘rinni 
egalaydilar. 
Qarab chiqilayotgan tushunchalarning mohiyati, maqsad va vazifalari shuni 
ko‘rsatadiki, yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish hamda yer 
resurslaridan foydalanishni boshqarish o‘rtasida maqsadli mohiyati, mazmuni hamda 
yer resurslaridan foydalanish va tashkil etish jarayonida ular tomonidan hal 
qilinadigan masalalarning ketma-ketligida yirik farq mavjud. 
Aynan ushbu farq jamiyat yerdan foydalanishining umumiy tizimida har bir 
ushbu tushunchalarning aniq joyi va ahamiyatini aniqlaydi. Ikkinchi tomondan, 
jamiyat yerdan foydalanishiga moddiy-abstrakt tizimi sifatida, shu jumladan o‘z 
ichiga yerlardan foydalanishini Davlat boshqaruvi kichik tizimini birlashtiradigan 
konseptual yondoshuv nuqtai nazaridan haqqoniy ravishda hisoblash mumkinki, 
ohirigi o‘z navbatida ikkita kichik tizimdan, ya’ni yer munosabatlarini davlat 
tomonidan muvofiqlashtirish va yer resurslaridan foydalanishni boshqarishdan iborat. 


138 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish