2. Dars utish metodlariga turli jihatidan yondashish.
Didaktika va metodikaning maqsadi: ta’lim berish, o‘qitish, o‘rgatishni amalga
oshirishdir. Didaktika “nimani?”va “nima uchun?”o‘qitish kerak degan savollar
bilan shug‘ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog‘liq holda “qay tarzda, qanday?”
va “nimalar yordamida o‘qitish?” lozim masalalari bilan shug‘ullanadi. Didak
tikaning an’anaviy “qanday o‘qitish kerak?” degan savoli o‘z navbatida o‘qitish
metodlari kategorisiyaga olib boradi. Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. U qo‘yilgan maqsad bilan natijani bog‘laydi. Dars berishning mazmuni
shu fanda mujassamlashgan obyektiv reallik bilan aniqlanadi. Metodika fanning
o'quv jarayonidagi harakati, rivojlanish shaklidir. Fan bilan uni o'qitish o'rtasidagi
farq shundaki, fan bevosita obyektiv reallik bo'lib, uning rivojlanish qonunlarini
ifodalash bilan birga, o'quv predmeti sifatida ana shu jarayonni bevosita
tasvirlaydi. Umuman olganda, o'qitish, ilm berish obyektiv dunyoni bilishni shu
fan erishgan yutuqlar darajasiga ko'taradi. Fan doimo rivojlanib yangi kashfiyotlar,
bilimlar bilan boyib boradi. O'z navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular
ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib boriladi.
Mutaxasisslik ta’minotining yangi qirralari, muammolari ularni yechish
yo'llarini o'rganish jarayonida beto'xtov chuqurlashib boradi. O'quv jarayonida
yangi metodlar qo'llaniladi, yangi o'quv kurslari kiritiladi. Mutaxasisslik fanlardan
dars berishni ma'naviy, nazariy tomonidan yuqori bosqichga ko'tarish ko'p jihatdan
ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan o'quv shakllari, metodlari, talabalarni
uslubchi olimlarning ishlarini o'rganishlari darajasiga ham bog'Iiq.
Metod juda kup komponentlarni jamlagan holda ta’lim – tarbiyaning maqsadi,
o‘qituvchi tanlagan maqsadga etish usullari, o‘qituvchi bilan – larning hamkorlik
qilish yullari, ta’lim maqsadini aniq o‘quv materiali mazmunida ifodalash, ta’lim –
tarbiya jarayoning(qonun, qonuniyatlar, tamoillar) mantiqi, axborotlar manbasi,
o‘qituvchining mahorati, ta’lim – tarbiya jarayoni qatnashchilarining faolligi,
o‘qitish vositalari va usullari tizimi va boshqa qirralari bor.
Ta’lim metodlari bir tomondan, obektiv xarakterga ega bo‘lib, qaysi pedagog
qullashidan qa’tiy nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan
bog‘liq.Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarining
doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatini mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi
tomondan, subektiv xarakterga ega bo‘lib, u pedagog shaxsini, o‘qituvchi – tala
balarning o‘ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi.
Metodlarning obektiv hamda su’bektiv xarakteri haqida fikrlar xilma-xildir.
Metodlarning ob’ektiv xarakterini butunlay inkor qilib, u tuliq su’bektiv xarak
terga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzda
yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo‘lgan,
to‘la ob’ektiv xarakterga ega deydiganlar ham, mavjud. Haqiqat, odatda, barcha
fikrlarning o‘rtasida to‘g‘iladi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy
bo‘lgan ob’ektiv tomoni, didaktika nazariyasi, kup holatlarda esa eng yaxshi
bo‘lgan amaliy yullari tavsiya etiladi.
Metodlarning obektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoillar,
ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining
shakllarga xos bo‘lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning su’bektiv jihati
pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligi va aniq
sharoitiga bog‘liq.
Dars jarayonini har ikki tomoni bir butun bo‘lib, birlashgan holda tashkil
etiladi. Uning amaliy ifodasi qo‘yilgan maqsadga kura erishilgan natijada o‘z
aksini topadi. Metodlarning obektiv jihatini didaktik tamoili nuqtai nazaridan
talqin etish, uning nazariyasi ishlab chiqish, amaliyotda qullanilishi zarur bo‘lgan
eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffa
qiyatli echish imkonini beradi. Metodlarni muvofiqlashtirish uchun esa pedagoglar
mahorat bilan ijodiy yonda shish zarur bo‘ladi. SHuning uchun ham o‘qitish
metodlari yuqori darajadagi san’at bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiyada metodlar qator funksiyalarni bajaradi. Metodlar
yordamida qo‘yilgan maqsad amalga oshiriladi. O‘qituvchi talaba-larning bilim
olishga da’vat qiladi. Bilishni faollashtirishning asosiy, ayrim paytlarda esa yagona
stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Metodlar yordamida o‘qituvchi o‘quv jarayonini
kechishi va natijasini diagnostika qiladi, zarur o‘zgartirishlar kiritadi.
Metodlar ta’lim mobaynida ta’lim – tarbiya berish, kamolotga boshlash
funksiyasi,bilim olishga da’vat etish,istak, xoxish o‘yg‘otish, bilim va kunikma
hamda malakalarni o‘zlashtirish saviyasini nazorat qilish kabi funksiyasiyalarini
utaydi. SHu boisdan o‘qituvchi darsni mavzu materialini mohiyatiga qarab, turli
uslubiy jihatlarni tahlili asosida o‘qitishga yondashadi, ya’ni mavzu materialini ga
etkazishning talabi qay darajada bo‘lsa, o‘qituvchi darsda shu metodga asosli
yondoshuvni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |