texnologiya jarayonlari yuzasidan emas, balki talaba larning o‘zlashtirish uchun
ancha qiyin bo‘lgan jarayonlarga nisbatangina tadbiq qilish maqsadga muvofiqdir.
Bularga mahsulot va materiallarga ishlov berish jarayonlardagi ishlar (arralash,
randalash va egovlash, parchin lash, parmalash va rezba qirqish, bichish va tikish,
taom tayyorlash, erga ish lov berish va ekin ekish, avtomobil, traktor va boshqa
qishloq xo‘jalik texnikasini ishlatish va ta’mirlash)ni kiritish mumkin.
Talabalar texnologiya usullarini to‘g‘ri egallab borgan sari o‘qituvchi ularga
mustaqil topshiriqlarni bajarishga kirishish uchun ruxsat beradi, bu topshiriqlarni
bajarish jarayonida ular o‘zlari o‘zlashtirgan texnologiya va kasb usullaridan foyda
lana oladilar. Mehnat va kasb usullariga oid mashqlarni bajarish vaqtida qo‘yidagi
talablarga rioya qilish lozim:
1. O‘quv-moddiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi (yaxshi ishlaydigan asbob-
uskunalar, moslamalar va trenajyorlarning mavjud bo‘lishi).
2. Texnologiya va kasb usullarining yorqin va qo‘lay ko‘rsatilishini
hamdalarning bu usullarni to‘g‘ri va to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash.
3. Bevosita kuzatish va nazorat qiladigan qurilmalardan foydalanish yo‘li bilan
texnologiya harakatlarini mustaqil nazorat qilish vazifasini amalga oshirish uchun
yo‘l-yuriqlar berish.
4. Talabalarning texnologiya va kasb usullarida yo‘l quyyadigan kamchi
liklariga tezda barham berish yo‘llari uylangan bo‘lishi kerak.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning amaliy saviyasini oshirish uchun talaba
larni o‘qituvchi nazorati ostida mustaqil ishlashga o‘rgatish maqsadida texnologiya
va texnikaga oid ma’lumotnoma, adabiyotlar va hujjat lar bilan ishlash uslubidan
foydalaniladi. Bu uslubning mohiyati tala balarning darslik, ma’lumotnoma, tex
nologik hujjatlari bilan mustaqil ish olib borishini tashkil etishdan iborat. Faoliyat
ning bu turi zarurli gini fan-texnikaning taraqqiyoti
oliy maktaboldiga quyyayot
gan talablar, xususan talabalarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’lumotnomalar
va texnikaga oid boshqa adabiyotlardan mustaqil ravishda bilim olishga o‘rgatish
talablari toqozo qilinmoqda.
O‘quv materialining mazmuniga uning murakkabligiga qarab talaba larning
o‘zlashtirishi uchun ancha qo‘lay bo‘lgan ayrim mavzularni darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalaridan mustaqil o‘rganib olishni tajriba qilib ko‘rish kerak. Bu, o‘z nav
batida, talabalarga mustaqil bilim olish, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan
farqlay bilish, texnikaga doir kitoblardan, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish va
kerakli ma’lumotlarni tez topa bilish imkonini beradi.
Talabalarning darslik va ma’lumotnoma adabiyoti ustida mustaqil ishlashi
tayyorlanadigan mahsulotlar va detallarning texnologik jarayon larini ishlab
chiqish vaqtida ham talab qilinadi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish uslubi bo‘lgan mustaqil o‘quv-ishlab chiqa
rish topshiriqlarini bajarishdan talabalarning mashqlar jarayonida hosil qilingan
texnologiya va kasb ko‘nikmalari malakalarini to‘la-tukis shakllantirish, yanada
takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Mustaqil o‘quv-ish
lab chiqarish topshiriqlarni bajarish vaqtida talabalardan mustaqillik namunasini
ko‘rsatishni, ishda zarur aniqlikka, texnologiyani tashkil etishda puxtalikka, oz
jismoniy va aqliy texnologiya sarflangan holda ishning unumi bo‘lishi va unga
ijodiy yondoshishiga rioya qilishni talab etish lozim.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar doirasiga mustaqil
o‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlarni bajarish darsning boshqa qismlariga nisbatan
ko‘p vaqt oladi. Binobarin, mashg‘ulotning bu qismi talabalarning texnologiya va
kasb ta’limi hamda tarbiyasiga oid ko‘pgina masalalarni hal qilishda etakchi rol
uynaydi.
Mutaxassislik fanlaridan berilgan topshiriqlarning bajarilishi amaliy ta’lim
mashg‘ulotlarida olingan texnik-texnologik bilimlarni, grafik va hisoblashga oid
ko‘nikmalarni mustahkamlash vositasigina bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga tala
balarning bilishiga oid faolligini va ijodiy mustaqilligini oshiradi, ularni hayotga,
ijodiy texnologiyaga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: