9-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini buyicha talabalar bilimi, kunikma va
malakalarni tekshirish hamda baholash
Maqsadli reja
1.Bilim,kunikma va malakalarni tekshirish hamda baholashning vazifalari
2. Talabalar bilimini baholashning namunaviy normalari.
3. Bilim,kunikma va malakalarni baholash
1. Bilim,kunikma va malakalarni tekshirish hamda baholashning vazifalari.
Talabalar uzlashtirishini nazorat qilish ularning o’zlashtirgan bilimi, egalagan
kunikmasi, shaklangan malakasi va hosil qilingan uquv mahoratlarini tekshirishdan
iboratdir. Fan va texnikaning taraqqiyoti kishilarning umumta’limiy va kasb-kor
liik tayyorgarligiga tobora yuksak talablar qo’ymoqda. Hozir ta’lim jarayonini
rejalash-tirish va tashkil etishda faqat bilimlarni o’zlashtirish hamda amaliy ko’
nikma va malakalar hosil qilishni ko’zda tutish mumkin emas. Ta’lim jarayonida
talabalar bilimlarni mustaqil holda to’ldirish va ularni nazariy hamda amaliy
vazifalarni hal qilishda qo’llash, ko’nikma va malakalarini shakllantirish bilan bir
vaqtda, ta’lim olish mobaynida o’zlarida uddalay olish va jismoniy uquv
mahoratlarini rivojlangan holda egalash ham nihoyatda zarurdir.
Bilimlar, kunikmalari va malakalarini tekshirish talabalarga texnologiya
ta’limini o’qitish, ularni tarbiyalash sifatini oshirishning ta’limi natijalarini o’z
vaqtida tekshirish talabalarda bilimlar va kunikmalari sifati uchun javobgarlik
hissini rivojlantirishga yordam beradi, ularning intizomini yaxshilaydi va
o’zlariga nisbatan talabchan bulishni urgatadi, ishda kamchiliklarga yul
quymaslikka va o’zini doimiy ravishda kamol toptirib borishga undaydi. Bilim,
kunikma va malakalarni tekshirish talabalar kasbkorlik tayyorgarligi darajasini
aniqlashga yordam beribgina qolmasdan, shu bilan birga yana bir muhim
vazifani - ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va mehnat kunikma hamda malakalarini
mustahkamlash vazifasini ham bajaradi.
O’qituvchining muhim didaktik vazifasi talabalarning dastur materialini to’la
o’zlashtirishlariga erishishdan iboratdir. Ta’limning natijasi to’laqonli bilimlar,
kunikma va malakalar bo’lishi lozim. Bunday bilimlar talabalarda mumkin qadar
yuksak saviyada tarkib topgan alohida sifatli bilim va ko’nikmalar majmuidir.
Pedagog olimlarning ko’pchiligi bilimlarning sifatlari deganda ularning to’liqligi,
chuqurligi, operativligi, aniqligi, umumlashganligi,kengligi, tizimliligi, ongliligi va
mustah kamligini tushunadilar.
Talabalarning o’zlariga xos va psixologik xususiyatlari har xildir. Shuning
uchun ulardagi bilimlarning sifati ham turlicha bo’ladi. Masalan, xotirasi quchli
talabalar dastur materialini darrov eslab qoladilar,ya’ni ularda bilimlarning to’laligi
muvaf faqiyatli shakllanadi, lekin bilimlarning mustahkamligi sekin shakllanishi
mumkin. Bundan tashqari bilimlarning tizimliligi sekin shakllanadigan talabalar
ham bor. Shuning uchun o’qituvchi guruhdagi bir talabaining o’ziga xos va
psixologik xususiyatlarini bilishi shart. Busiz talabalarni to’laqonli bilimlar bilan
qurollantirib bo’lmaydi. O’quv faniga qiziqish, amaliy vazifalarni b ajarish yoki
boshqa fanlarga doir materiallarni muvaffaqiyatli o’rganish uchun dastur
materialini o’zlashtirishi zarurligini anglash, talabalarning yangi materilni
o’zlashtirishga tayyorligi, mashg’u lotning amaliy yunalishi, ta’lim natijalarini
nazorat qilishning ob’ektivligi, material ning hajmi va murakkabligi uni o’rganish
uchun ajratilgan vaqtga muvofiqligi talabalarda sifatli bilimlar o’zlashtirishi,
kunikma va malakalarning shakllanishining muvofiq shartlaridir.
Talabalar o’zlashtirishini nazorat qilishni tashkil etishda bilimlarning chuqurligi,
to’laligi, operativligi, aniqligi, umumlashganligi, kengligi, tizimliligi, ongliligi va
mustaxkamligi kabi sifatlarini ma’lum darajada tekshirish va hisobga olish zarur.
Tekshirish va baholashning asosiy ob’ektlari: bilim, mehnat topshiqlarini
rejalashtirish, ish o’rnini tashkil qilish, xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiena
qoida lari, topshiriq mehnatining usullari va jarayonni, amaliy ishda bilimlardan
foydalanish, o’quv mehnat topshirig’ini bajarish sifati, chizmalarni o’qish,
konstruksiyalash, modellashtirish, modelni yig’ish, mahsulot va materiallarga turli
xilda ishlov berish, elektr zanjirni yig’ish ko’nikmalaridan; shaxsning ma’naviy-
irodaviy xususiyatlari (mehnatsevarlik, mustaqillik va hokazolar)dan, sarflangan
ish vaqtining miqdoridan iboratdir.
O’qituvchi talabalar mehnati jarayoni va uning natijalarini tekshirishda ishlab
chiqilgan baho normalaridan foydalanib eng avvalo ulardagi bilim va
ko’nikmalarning sifati saviyasini, ular ishning usullari va yo’llarini qanchalik
o’zlashtirganini, ish vaqti normasini qanday bajargani va hokazolarni aniqlashi
kerak.
Bilimlarni,yozma-grafik topshiriqlarning va laboratoriya amaliy ishlarning
bajarilishini tekshirish bo’yicha baho normalari talabalarning bilim va
ko’nikmalari ga quyiladigan asosiy talablar ro’yxatidan iborat bulib, mana shu
talablarga muay yan darajada rioya qilingani uchun «5», «4» va hokazo baholar
qo’yiladi.
Bundan tashqari o’qituvchilarga Reyting tomonidan ishlab chiqilgan
uzlashtirishni tekshirishni “reyting tizimi” tavsiya qilinadi. Bunda uzlashtirish
natijalari ma’lum bir qabul qilingan ballar bilan baholanib, sungra umumiy
natijalar baholarga aylantiriladi.
Mazkur normalarida tekshirishning asosiy ob’ektlari hisobga olingan va bular
o’qituvchiga talabalar mehnatini umumiy yo’sinda,yakka tartibda nazorat qilish
imkonini beradi.
Ishlab chiqilgan baho normalarining muhim xususiyati shuki, ular
o’qituvchilar- ning o’zi emas, balki talabalar ham tushunishiga va foydalanishiga
mullangan. Talaba lar baho normasini bilishlari, tushunishlari, ta’limiy hamda
amaliy ishlarda mazkur normalarning talablariga iloji boricha rioya qilishga
intilishlari kerak. Agar talaba o’qituvchining mehnat natijalariga qo’yiladigan
talablarini oldindlan bilsa, unga guruh jurnalidagi baho nima uchun qo’yilganini
har gal tushuntirib o’tirish zarur bo’lmaydi.
2. Talabalar bilimini baholashning namunaviy normalari.
Talabalarga texnologiya ta’limini o’qitishda nazariy va texnik-texnologik bilimlar
o’rgatiladiki, ulardan foydalanishni urgatish uchun talabalarning sifatli va unumli
ishlashiga yordam beradi.
Talabalardagi bilimlar sifatining darajasini faqat talabalar mehnatining natijala
riga qarab haqoniy va aniq tekshirish mumkin. Lekin bu so’z o’qituvchi
talaba larning bilimlarini amaliy ish boshlanmasdan oldin tekshirmasligi kerak, -
deganimiz emac. Gap shundaki, talabalar dasturda ifodalangan bilimlardan amaliy
ishni bosh lashda, jumladan, mehnatni to’g’ri rejalashtirishda, zagotovkalarning
o’lchamlarini hisoblashda, laboratoriya kursatgichlarini asoslashda,
parmalanadigan teshiklar diametrini belgilashda va hokozolarda foydalanishlari
zarur. Buning uchun talabalarning bilimlarini differensial yo’sinda baholash, ya’ni
dastur materialining to’la o’zlashtirilganini, o’z bilimlarini so’z bilan bayon etish
ko’nikmasini alohida baholash lozim. Ana shularni hisobga olib quyidagi «baho
normalari»da sifat va miqdor kursat kichlari beriladi.
Sifat va miqdor mezonlaridan foydalanish talabalarning o’zlashtirishini
haqqoniy baholash imkonini beradi. O’rtacha kursatkichlarga qarab esa o’qituvchi
ishining ayrim jihatlari haqida fikr yuritish mumkin. Bilimlar sifatini tekshirish
bo’yicha baho normalarini ko’rsatmali qo’llanma sifatida ishlab ustaxonaga ilib
qo’yish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ko’rsatmali qo’llanmaning oxirida izoh
o’rnida quyidagi punktlarni yozib qo’yish lozim:
Dastur materialini o’rganishda texnik mehnatga doir so’zlar va tushunchalarni
puxta eslab qolish kerak.
Og’izaki javobda fikrlarni «texnika tili» bilan ifodalash, ya’ni texnikaga doir
so’zlar va tushunchalarni to’g’ri qo’llash hamda talaffuz etish zarur.
Laboratoriya-amaliy ishlarni, yozma-grafik topshiriqlarni va amaliy ishlarni sifatli
bajarish uchun bilimlar kerak.
O’quv-ishlab chiqarish korxonalarida, anchagina ixtisoslik va
mutaxassliklar bo’yicha ta’lim beriladi. Lekin ularda hozircha ilmiy jihatdan
asoslangan va amalda tekshirilgan «Baho normalari» yo’q.
Yangi ixtisosliklar kiritilgan hollarda oily ta’lim yunalish o’qituvchilari o’zlari
baho normalarini ishlab chiqishlari zarur. Quyida ana shunday baho normalarini
ishlab chiqish bo’yicha umumiy tavsiyalar keltiriladi.
Talabalarning nazariy texnika va texnologiyaga doir bilimlari hamda ko’nikmalari
bo’yicha baho normalarini ishlab chiqishda qo’yidagilarni hisobga olish kerak:
- texnologiyaga, texnikaga, iqtisodiyot va mehnatni hamda ishlab chiqarishni
tashkil etishga doir nazariy bilimlarni;
- texnologiyaga va konstruktorlikka doir hujjatlarni bilishni;
- texnologiyaga va konstruktorlikka oid kunikma va malakalarni tushunishni va
zarur bo’lsa, tahlil qilishni bilishi;
- asosiy texnologik operatsiyalar va texnologik jarayonlarni bilishni;
- asosiy asbob va jihozlarni (o’lchash, arralash, parmalash, ranlalsh, qirqish,
payvandlash, tekshirish moslamalarini, priborlar, agregatlar, mexanizm va
mashinalarni, stanoklar, tikuv mashinalari, ularning vazifasini, ishlash prinsipini,
boshqarilishi, tuzatilishi va hokazolarni) bilishni;
- xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiena qoidalarini bilishni;
- asosiy adabiy manbalarni, ta’limning texnik vositalarini va ulardan
foydalanishni bilishni;
- har xil o’quv fanlari (matematika, kimyo, fizika va hokazolar) bo’yicha tegishli
ma’lumotlardan foydalana olish ko’nikmasini;
- ishlab chiqarish mazmunidagi masalalarni hal qilish (ashyolarning zarurligini,
ularni ishlash rejimlarini hisoblash va hokazolar) uchun turli bilimlardan mustaqil
foydalanishni;
- buyumlar tayyorlashning yoki qandaydir ishni bajarishning sifatini nazorat
qilish ko’nikmasini.
Amaliy ta’lim bo’yicha baho normalarini ishlab chiqishda quyidagilardan
foydalanish tavsiya etiladi:
- navbatdagi ishni rejalashtirishda mustaqillikdan, ish urni ratsional tashkil
qilishdan;
- tekshirish, sozlash, rostlashdan (masalan, dastgohni sozligini tekshirishdan,
moslama yoki qolipni sozlashdan, tirqish va hokazolarni rostlashdan);
- mustaqil holda boshqarish, ishlash, qayta tiklash, tanlash va hokazolardan;
- tanlashni asoslash; ishlov rejimi, bo’yoqning rangi, ishlov usullari, texnologik
operatsiyalari va hokozolar nima uchun shunday tanlanganini isbotlashdan.
Talabalarning ixtisoslik va kasvkorlik tayyorgarligiga doir bilimlari va
kunikma hamda malakalarini tekshirish va baholashda bilim, ko’nikma va
malakalarini tekshirish jarayoni qo’yidagi didaktik masalalarii hal qilishga
yo’naltiriladi.
1.Bilim, ko’nikma va malakalar sifatini aniqlash. Bilim, ko’nikma va malakalar
ning sifati eng avval ularning puxtaligi va ongliligi bilan xarakterlanadi. Bilim,
ko’nikma va malakalarning puxtaligiga ishonch hosil qilish uchun ularni faqat
o’zlashtirilayotgan paytda emas, balki talabalarning keyingi faoliyatlarida ham
tekshirish kerak.
Shunday qilib, butun ta’lim davomida talabalarni tizimli va rejali ravishda nazorat
qilish haqida ran boradi.
Texnologiya darslarida olinadigan bilim, ko’nikma va malakalarning sifati ko’p
jihatdan ularning «ixchamligi», ya’ni ularni talabalar yangi mehnat sharoitlarida
qanchalik qulay olishlariga bog’liq. Masalan, talabalar oldiga yog’och va metal
larni tokarlik stanogida ishlashga oid bilim va malakalaridan foydalanib ko’n
dalang randalash stanogini (uni ishga tushirmay) boshqarishni mustaqil ifodalash
topshirig’ini qo’yish mumkin. Umumtexnik ta’lim vazifalaridan kelib chiqib,
talabalar bunday topshiriqlarni bajarishga tayyorlangan bo’lishi kerak.
2. Talabalarni o’quv faoliyatlarida rag’batlantirish. Bilim, ko’nikma va malakalarni
tekshirish o’qituvchi talabalarga yordam ko’rsatishining muhim vositasidir.
O’qituvchi tekshirish jarayonida talabalarning ishlaridagi xatolarni kursatish bilan
cheklanib qolmay, bu kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam bersagina samaraga
erishish mumkin. Bundan tashqari o’qituvchilarga ular bajargan ish bosqichlari
ning umumiy xarakteristikasini beradi, bunda u talabalarda ishning bajarilgan
ishlardan farqlari haqida, uning murakabligi yoki javobgarligi va hokozolar
buyicha talabalarda aniq tasavvur hosil qiladi. Natijada talabalarda kelajakni
kurishga, ishni tug’ri tashkil qilishga,topshiriqlarni sifatli bajarishga ishtiyoq
uyg’onadi.
3. O’quv jarayonini tashkil qilish va utkazishdagi nuqsonlarini aniqlashda
yordam berish. O’qituvchi talabalar ishini tekshirishda uzini ishi haqida ham hukm
chiqaradi, agar talaba ishi yaxshi bulsa,o’qituvchini ishi qoniqarli, agar teskari
bulsa o’qituvchi yanada uz ustida ishlashini va jarayonni samarali tashkil qilishga
tug’ri keladi.
4. Talabalarda o’z-o’zini kortrol qilish malakalarini tarkib toptirish. O’qituvchi
tekshirish jarayoniga talabalarni ham jalb etish kerak va uzi ham bevosita kuzatib
botish kerak.
5. Talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini tekshirish ularning faoliyatiga
qushilishi.Talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini tekshirish oldidan ishlab
chiqilgan reja asosida utishi hamda talabalarning faoliyatiga tarkiban qushilib
ketishi kerak.Bunda o’qituvchi mehnat topshirig’ini bajarish uchun qanday
talabalarga qanday bilimlar kerakligi, kunikma va malakalardan foydalanishni
aniqlaydi va shunga kura tekshirish utkazadi.
Hozircha bilim,kunikma va malakalarni tekshirish ishida hali ham qator
kamchiliklar bor. Ya’ni ular, oily ta’limni ayrim o’qituvchilari texnologiya ta’limi
buyicha o’zlashtirishni sun’iy ravishda oshirishga olib keluvchi foiz
kursatgichlariga moyilllik bilan qaraydilar. Ba’zi o’qituvchilar utilgan materialni
talabalardan surashni tajriba qilib kurmaydilar, kupincha talabalarning bilim,
mehnat kunikma va malakalari sifatini tekshirishni bajarilgan tamaliy, grafik va
boshqa ishlarning miqdori bilan almashtiradilar. Bu hol tekshirishni tarbiyaviy
vositadan ko’ra quruq maqsadga aylantirib quyyadi. Ushbu kamchiliklarni asosiy
sababi, ta’lim jarayonida teskari aloqa degan pedagogik nazariyaning etarli
darajada ishlab chiqilmaganligidir. Bu jihatdan texnik vositalarni, birinchi
navbatda, tekshiruvchi qurilmalarni( repetitor-mashinalar, imtihon talaba
mashinalar,urgatuvchi mashinalar va hokozolarni) qo’llanishni istiqbolli soha
hisoblash kerak. Utilgan material yuzasidan surab chiqish dasturning o’tilayotgan
yangi materiali bilan mavzu jihatidan, mazmun va mantiqan bog’liq bulgan
mavzusi yuzasidan utkazish maqsadga muvofiqdir, ya’ni talabalar o’tilgan
tmaterialni yaxshi tushunmas ekanlar, yangi materialni ularning ongiga etkazib
bulmaydi.
O’tilgan mavzu yuzasidan tuzib chiqiladigan savollar yangi materialni
o’rganish uchun asosiy zamin bulib xizmat qilishi kerak. Takrorlash uchun kup
savollar berishga mahliyo bulmay, yangi mavzuni o’rganish uchun zarur bulgan
asosiy g’oyalarni aniqlash lozim. Surash vaqti uncha uzoq bulmasligi kerak.
Surash uslubi xilma-xil bo’lishi mumkin va u birinchi navbatda o’rganilayotgan
mavzu mazmuniga bog’liq buladi.
Agar yangi mavzu materiali uzlashtirishga qiyinlik qilsa, u holda utilgan
butun surashni yangi mavzuni (kichik qismlar tarzida) bayon qilish bilan qushib
olib borish kerak. Shu bilan birga texnologiya ta’limi o’qituvchisi to’liq yoki
qisman berilgan baho quyishi kerak, bu bahoning nima uchun quyilganini
izohlab berish zarur.
Texnologiya ta’limi buyicha o’quv materialining o’zlashtirilishi darajasini
suhbat yuli bilan aniqlash. Tekshirishning bu uslubidan mavzu materiali ma’lum
darajada talabalarga tanish bulgandagina foydalanish mumkin. Texnologiya
ta’limi o’qituvchisi “metallarni egovlash” operatsiyasini o’rgatishga kirishgan
paytda talabalarning
“YOg’ochlarni arralash” jarayonini o’rganish vaqtida olgan bilimlari va meh
nat kunikmalaridan foydalanadi.Talabalar ana shu ikki jarayonni tahlil qilish
asosida xulosa chiqaradilar, bu ikkala jaroayonni nimalar birlashtirib turishi va
ularning farqi nimada ekanligi haqida bir fikrga keladilar.O’qituvchi mazkur
mavzu yuzasidan o’zlashtirilgan material hajmida savoolllar berar ekan, talaba
larning urganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarni kengaytirish imkoniga ega
buladi. Bir talabaning o’zi suhbat jarayoniga xilma-xil savollarga javob berishi
uchun o’qituvchi tomonidan bir necha marta chaqirilishi mumkin. Bu holda
talabaning hamma bergan javoblarini hisobga olgan holda baho quyiladi.
Talabalar javobining sifatli bulishi va ularning suhbat vaqtida yaxshi uslubi
uchun xos bulgan xususiyatdir.
Mutaxassislik fanlari buyicha talabalar bilimi, kunikmasi, malakalarini
tekshirishning quyidagi uslublarini keltirishimiz mumkin.
Yangi materialni mustahkamlanganligini tekshirish. Tekshirishning bu
uslubidan talabalarning o’zlashtirish darajasini, birinchi navbatda mehnat
usullarini tekshirish zarur bulib qolganda foydalaniladi. Shu maqsadda o’qituvchi
yangi mavzuni mustahkamlashga oid savollar ro’yxatini beradi, bu bilan asosan
yangi bayon qilingan materialning mazmuni qamrab olinadi. Lekin yangi o’quv
materialini mustahkamlashni o’qituvchi boshqacha tashkil etishi mumkin.
Masalan, agar o’quv materiali talabalarning tushunishi uchun nazariy jihatidan
qiyinlik qilsa, unda bayon qilinayotgan materialni qismlarga mantiqan tugal
bulaklarga bulish maqsadga muvofiq bulib, ana shunda har bir qism talabalar
tomonidan mustahkamlanishi mumkin. Boshqa holda, o’qituvchi yangi material
tushuntirib bergach, uni darslik, o’quv qullanmasi buyicha o’qib chiqishni talaba
larga tavsiya qilishi, sungra savollar berish yuli bilan materialning qanday
o’zlashtirilganligini tekshirishi mumkin.
O’quv materialini mustahkamlash vaqtida o’qituvchi jurnalga faqat yaxshi
javoblar uchun baho quyishi mumkin va lozim,shu bilan birga bu baho talabaga
nima uchun quyilganini aytib utish kerak. Bunday holda qoniqarsiz baho
quymaslik kerak, chunki har bir talaba ham darsda yangi materialni tuliq
o’zlashtirishga qodir bulavermaydi.
Mustaqil urganishga berilgan topshiriqni tekshirish. Talabalar bilimi, kunikma
va malakalari darajasini tekshirishni bu uslubi butun tekshirish tizimida asosiy
uslublardan biri hisoblanadi. Psixologlarni ta’kidlashicha, o’quv materialini kitob
buyicha yoki o’qituvchini tushuntirishi buyicha talabalarni eslab qolish yuli bilan
bir marta ishlab chiqilganda, hatto kuchli talabalar ham uning taxminan 70-
75% ini yaxshi uzlashtirishga muvafaq buladilar. Demak, mustaqil urganishga
berilgan top shiriqlarni tekshirish, nazoratning boshqa uslublari bilan bir
qatorda,o’quv materialini o’zlashtirish sifatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga
egadir. Agar tekshirish uslubi yangi urganilayotgan mavzu bilan mustahkam
bog’liq bulsa va butunlay uning asosida tuzilgan bulsa, unda mustaqil urganishga
berilgan topshiriqlarni dars boshlanishidan oldin surash ma’qul va ahamiyatli
uslubdir.
O’quv materialining xususiyatiga, dars tipiga, uning maqsad hamda
vazifalariga tula-tukis muvofiq keladigan tekshirish uslubi to’g’ri tanlangan
uslub hisoblanadi. Mustaqil urganishga berilgan topshiriqlarni tekshirishni yangi
materialni urganish yoki darsda ilgari tayyorlangan vazifalarga o’xshash yangi
material, mashqlarni bilan qushib olib borish o’zining ijobiy tomonini kursatdi.
Bunga hamma talabalar ishga jiddiy kirishib ketdilar, chunki uyga berilgan vazifa
yuzaki emas, balki astoydil tekshirilayotganini kuradilar va shu sababli ularning
vazifalarni bajarishga bulgan munosabati o’zgardi.
Amaliy laboratoriya ishlarini tekshirish. O’qituvchi laboratoriya ishlarini
bajarish jarayonida talabalarga yordam berib boradi,o’zining kundaligiga har bir
talabaning mustaqilllik darajasini, ayniqsa mashg’ulotning zveno shaklidagi
topshiriqlarning to’g’ri bajarilganligini, bajarilgan ulchovlar, tuzilgan eskizlar,
chiqarilgan xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va qayd qiladi. Demak, amaliy-
laboratoriya ishlari jarayonida o’qituvchining tekshirishi natijasida aniqlangan
ma’lumotlar va tayyorlangan yozma hisobotlarning natijalari talabalarga xolisona
baho quyishni ta’minlaydi. O’qituvchi talabalar tomonidan taqdim qilingan yozma
hisobotlarni baholash bilan cheklanmay, butun guruh ishtirokida bu hisobotlarni
muhokama qiladilar, kamchiliklar kursatiladi, xulosalarni oydinlashtiriladi. Ana
shunday tekshirishgina amaliy-laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida olingan
bilimlar va mehnat kunikmalarining yaxshi bulishini ta’minlaydi.
Texnik vazifalarni hal qilishni tekshirish. Talabalar bilimi va kunikmalarini
tekshirishning bu uslubi keyingi vaqtlarda tobora muhimroq bulib bormoqda.
Chunki xilma-xil texnologik va texnik vazifalarni hal qilishning o’zi ijodiy, texnik
tafakurni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa oily maktab talabalarning kasbiy
tayyorgarligi mazmuniga nisbatan quyilayotgan asosiy talablardan biridir.
Talabada bilim olish ehtiyojini vujudga keltirish kerak, bu faoliyat qiziqarli texnik
vazifalarni hal qilish jarayonida namoyon bulishi mumkin. Shu vaqtda talaba o’zi
olgan bilimlardan bemalol foydalanib, bilishga oid ijodiy vazifalarni hal qilish
uchun aqliy va irodaviy kuch sarflansin.
Talabalar tomonidan bajarilgan texnik vazifalarga baho berishda o’qituvchi
turli omillarni, chunonchi; hal qilish usulining oqilonaligini, vazifani hal qilish
vaqtida talabaning fikrlashiga xos bulgan mantiqiy – mazmun
xususiyatini,olingan bilim lardan mohirlik bilan foydalana bilish, amaliy texnik
yoki texnologik vazifalarni hal qilishning ahamiyatini, chiqarilgan xulosalar va
umumlashmalarning muhimligini hisobga olishi lozim.Talabalar hal qilgan texnik
vazifalarni muhokama qilinishi,xato va kamchiliklar aniqlanishi va ularni tuzatish
yullari belgilab olinishi kerak.
Bir yoki bir necha mavzu yuzasidan takroriy – umumlashtiruvchi darslarla
telshirish. Bilimlarni tekshirishda takroriy-umumlashtiruvchi darslar o’zining
aniqligi va ilmiy bilishga oid materiallarga boy bulishi tufayli talabalarning
umuman fan buyicha emas, balki muayyan o’quv materiali buyicha olgan
bilimlarining qandayligini aniqlash imkonini beradi. Shu sababli takroriy –
umumlashtiruvchi darslar talabalar bilimini juda aniq tekshirish va ularning
rivojlanishidagi bundan ham yuqoriroq bosqich hisoblanadi. Takroriy –
umumlashtiruvchi surash uchun emas, balki javoblarning yuqori sifatli bulishiga
erishish maqsadida butun guruhning ishini faollashtirish zarur. Surashning bu turi
o’quv materialining xususiyati va mazmuniga, uning fanlararo aloqasiga qarab,
darsning turli vaqtlarida (darsning boshlanishida- yangi materialni tushuntirish
vaqtida, darsning oxirida – yakunlovchi instruktaj vaqtida ) o’tkazilishi mumkin.
Surash jarayonida o’qituvchi birinchi navbatda, olgan bilim va malakalariga
shubha bilan qaraydigan, uning fikricha o’z ustida muntazam ishlaydigan
talabalardan surashi, bunda talabalarga murojat qilishdagi bir xil shakllardan
qochishi, ularning izzat rafsini qadrlashi, hadeb bir talabadan surayverib
boshqalarni esdan chiqarib quymasligi kerak.
Bilim,kunikma va malakalarni tekshirish hamda baholash ikki xil formada frontal
va indivudual tarzda olib boriladi.
Frontal surash kamroq qo’llanadi va undan biror murakkab mehnat usulini,
nazariy qoidani butun gruppa qanchalik to’g’ri o’zlashtirganini tekshirish zarur
bo’lib qolganda foydalaniladi. Odatda tayyor buyumlarni baholashda frontal
tekshirish qo’llanadi.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish og’zaki, yozma va amaliy bo’lishi
mumkin.
Og’izaki tekshirish talabalar bilimining saviyasi, puxtaligi va ongliligini
aniqlash imkonini beradi.
Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kamroq, odatda talabalar bilimini «sinab»
ko’rish kerak bo’lganda, ya’ni talabalar berilgan mavzuni o’rganishga u yoki bu
masala bo’yicha qanday bilimlar bilan kelgani va bu bilimlar mavzuni
o’rgangandan keyin qanchalik to’lganini aniqlash zarur bo’lganda qo’llanadi.
Bilimlarni amalda tekshirish texnologiya ta’limida alohida o’rin tutadi, chunki,
talabalarning texnologiya ta’limi yunalishi darslaridagi faoliyati asosan ijtimoiy
foydali mahsulot yaratishga qaratilgan bo’ladi va shu yo’l bilan moddiy ifodasini
topadi.
Keyingi yillarda o’qituvchilar dasturlashtirilgan nazorat qilishdan keng
foydalanmoqdalar. Bunda so’rash vaqtini qisqartirish va unga hamma talabalarni
qamrab olish mumkin bo’ladi. Tajriba bilimlarni dasturlashtirilgan nazorat qilishni
qo’llash talabalarni aktivlashtirishi, bilim, saviyasini oshirishi, bilimlarning
mustahkamligini ta’minlashini ko’rsatmoqda.
3.Bilim, kunikma va malakalarni baholash
Talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini tekshirish baholash bilan yakunlanadi.
Baho urganish mehnati jarayonini texnologiya nuqtai nazanidan tugallangan
bosqichlari uchun quyiladi. Ba ob’ektiv bulishi lozim va uni ob’ektivligi, ayrim
talabalar mehnati natijalarini taqqoslash imkonini beruvchi miqdor va sifat
kursatgichlari( mahsulotning aniqligi, ular miqdori va hokozolar)ga asoslanadi.
Bahoni quyidagi yagona talablar asosida quyilishi ham uning ob’ektivligidir.
1.Ishlash aniqligi. Aniqliq talablari mashg’ulotlarni borishiga ijobiy ta’sir etishini
hisobga olib, o’qituvchilar o’z ish tajribalanini umumlashtirib ana shu talablarni
mustaqil ishlab chiqishlari kerak. Talablar qaysi guruhda bajarilishini hisobga
olingan holda har bir mehnat operatsiyasi uchun alohida belgilanishi lozim. Bunda
qator xulosalar chiqarish mumkin.
1)konturi tug’ri chiziqli, shakli uncha murakkab bulmagan detallarni tekislikda
rejalash talabalarning qulidan keladi.
2)talabalar chizma buyicha rejalashni uddalaydilar, shablon buyicha rejalashni
ta’limning boshida, shuningdek ancha keyingi bosqichlarida murrakab buyumlar
uchun qullash maqsadga muvofiq.
3)rejalash aniqligi o,5 mm orasida buladi.
4) rejalashning aniqligi zagotovkaning qattiqligiga bog’liq bulmaydi.
5)o’q chiziqlaridan boshlab rejalashga qaraganda baza chiziqlardan (yoki
hoshiyadan)boshlab rejalashda katta aniqlikga erishiladi.
6) rejalash aniqligiga quyiladigan chiziqlarning paralelligi va perpendikulyarligi
kabi talablar bir yula emas,balki asta-sekin kiritilishi kerak.
2. Vaqt normasi. Mehnatni normalash talabalar intizomiga ta’sir kursatadi,
ularning vaqtni tejab ishlashga urgatadi, texnik ijodiyotni rivojlanishiga yordam
beradi, mehnat unumdorligini oshirishga yunaltirilgan ratsionalizatorlikka
undaydi. Ular vaqt normasini oshirib bajarishga intilib,texnologik jarayonni
ratsionallashtirish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, uncha murakkab
bulmagan moslamalarni quyish va hokozolar buyicha o’z takliflarini kiritadilar.
Korxonalarning ish amaliyotida mehnatni normalashning ikkita asosiy uslubi;
tajriba-statistik va hisoblash analitik uslublari qullaniladi.
Texnologiya ta’limi darslari uchun tajriba-statistik uslubi ancha mos keladi. Bu
uslub normalashni olib boruvchi shaxsning subbektiv tajribasiga yoki shunga
uxshash ishlar korxonaga bajarilgan va qayd qilingan bulsa, ularni bajarish
tajribasiga asoslanadi. Bunda mazkur konkret korxonadagi mehnatni tashkil qilish
sharoitlari, shuningdek ishda foydalaniladigan jihoz va asboblar hisobga olinadi.
Hozirgi vaqtda har xil jihozlangan yuqori kurs talabalarining jismoniy rivojlanishi
bo’yicha ancha farq qilishi ham juda jiddiy masaladir. Mehnatni normalashda
jismoniy rivojlanishni hisobga olmaslik mumkin emasligi mutlaqo ayondir.
Bunday sharoitda hamma kurslarga mos yagona vaqt iormasini belgilash qiyin.
Shu sababli mehnatni normalash o’qituvchiga yuklanadi, ya’ni amalda
normalashning tajriba-statistik uslubi qo’llanadi.
Vaqt normasini belgilashda dam olish uchun vaqtni to’g’ri ajratish juda muhimdir.
Talaba organizmi rivojlanish bosqichida bo’ladi, shu sababli uning uzoq vaqt
jismoniy nagruzkalar ostida bo’lishi mumkin emas. Buning uchun faqat dam olish
vaqtini emas, balki ish bilan dam olishning, shuningdek ish sur’atining
almashinuvini ham belgilash kerak. Ish rejimining sanab o’tilgan barcha
elementlarini o’qituvchi talabalar faoliyatining xarakteriga bog’liq ravishda,
ularning ishlarini kuzatish asosida belgilaydi.
Talabalarning bilimlari. Talabalarning amaliy ishlari ularning bilimlariga
asoslanib tashkil qilinadn. SHu sababli ularning faoliyatini baholashda talabalar
dastur materialini qanday hajmda va qanchalik chuqur o’zlashtirganini hisobga
olish kerak.
4. Mehnat usullarini to’g’ri bajarish. Mehnat operatsiyasi usullardan iborat
bo’lib, har bir usul ko’p yillik tajribada ishlab chiqilgan va u harakatlarning
shunday ketma-ketligi va shunday konstruksiyada bajariladiki, natijada insonning
eng kam jismoniy mehnat sarflashi va eng ko’p unumdorlikka erishishi
ta’minlanadi. SHu sababli talabalar asbobni ushlash, ish holatida turish, asbobning
ishlov berilayotgan sirtga nisbatan qanday holatga tutish haqidagi ko’rsatmalarni
qat’iy bajarishlari kerak. Mehnat usullarish to’g’ri bajarish ko’nikmalari
o’qituvchi tomonidan baholanadi.
5.
Ish o’rnini tashkil qilish. Ishlab chiqarish novatorlarining ish
tajribalari ish o’rnini to’g’ri tashkyl qilishda mehnat unumdorlignni oshirishning
ko’pgina rezervlar yashirinib yotishini ko’rsatmoqda. Xuddi shuning uchun
amaliy mehnatga doir birinchi mashg’ulotlardanoq bu masalaga katta ahamiyat
beriladi. Talabalar mehnat madaniyatining saviyasi ko’proq o’z ish urnini
to’g’ri tashkil qila olishiga bog’liqdir.
6. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Agar ishning xavfsizligini
ta’minlovchi qoidalar buzilsa, Jarohatlanish xavfi tug’iladi.Talabalar xavfsiz
ishlash qoidalarini buzishi turgan gap. CHunki ular ko’pincha o’z yoshlariga xos
bo’lgan «hech nima qilmaydi» degan ishonch bilan beparvolik qiladilar. Jihozlap
va asboblarni ishlatishdagi mehnat usullari va hokozolarni bajarishdagi xavfsizlik
qoidalarini buzgan talabalarning bahosini pasaytirish kerak.
Texnologiya ta’limi o’qituvchilarining ish tajribalarini o’rganish taxminiy baho
mezonlarini qo’yidagicha ifodalash imkonini beradi:
«5» ball — hamma talablar bajariladi, shu bilan birga buyum o’lchamlarining
aniqligi dopusk maydonining 1/3 qismi atrofida bo’ladi;
«4» ball — javoblarda noaniqliklarga yo’l qo’yiladi va ular talabalar
tomonidan mustaqil tuzatiladi: buyum o’lchamlarining aniqligi dopusk
maydonining 1/2 qismi atrofida bo’ladi; vaqt normasi belgilanganidan 10...15%
ortiq bo’ladi; mehnat ussularini noto’g’ri bajarish yuz beradi; mehnat xavfsnzligi
va ish o’rnini tashkil qilish qoidalari buziladi, bular o’qituvchi aytganidan keyin
takrorlanmaydi.
“3”ball — javoblarda noaniqliklarga yo’l qo’yiladi, bular o’qituvchi
yordamida tuzatiladi; buyum o’lchamlarining aniqligi dopusk maydoni ichida
o’zgarib turadi; vaqt normasi belgilanganidan 20%) va undan ziyod ortiq bo’ladi;
mehnat usullarini notug’ri bajarish, mehnat xavfsizligi va ish urnini tashkil qilish
qoidalarining noto’g’ri bajarilish hollari ruy beradi, bular o’qituvchi
ko’rsatganidan keyin ham takrorlanaveradi.
“2”ball javoblar talabalarning o’quv materialining asosiy qoidalarini
bilmasliklaridan darak beradi; buyum ulchamlarining aniqligi dopusk maydoni
chegarasidan tashqariga chiqadi; mehnat xavfsizligi qoidalari va ish o’rnini tashkil
qilish qoidalari kup jihatdan buziladi;mehnat usullari noto’g’ri bajariladi;
«1» ball o’quvchi o’quv materialini bilmaydi, tuzatib bo’lmas braklarga yul
qo’yiladi.
Mutlaqo tushunarliki, har doim ham baho mezonlar bir xil darajada
bo’lavermaydi. Masalan, talabaning og’izaki javobi «5» ballga loyiq, buyum
sifati «4» ballga, mehnat usullarini bajarish esa «3» ballga loyiq, bunday
holda baho urtacha ball sifatida qo’yiladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1.Talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini tekshirish nima bilan yakunlanadi?
2. Bilim,kunikma va malakalarni tekshirish hamda baholashning qanday vazifalari
bor?
3. Talabalar bilimini baholashning qanday namunaviy normalari?
4. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish necha xil bo’lishi mumkin?
5. Talabalar uzlashtirishini nazorat qilishning xususiyatlarini ayting.
6. Talabalar bilimini baholashning namunaviy normalarini gapiring.
7. Talabalarning ixtisoslik ta’limiga bilimlari baholashni gapiring.
8. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish turlarini gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |