A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida tarbiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

10-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida tarbiya 
Maqsadli reja: 
1. Tarbiya jarayoni xususiyatlari
2.Tarbiyaning turlari 
3. Tarbiyaviy ishlarga yzxlit, tiximli yundoshuv. 
1. Tarbiya jarayoni xususiyatlari
Inson yoshlikdan ham kamolot chog’ida ham, keksalik davrida ham doim 
boshqalardan, hayot saboqlaridan ko’p narsa o’rganadi, ibrat oladi, zaruriy 
xulosalar qiladi. Lekin inson kamolotga asos bo’ladigan barcha omillar oila, 
mahalla va ta’lim muassasalaridagi tarbiyaning o’rnini bosa olmaydi. Zero, ota-


ona, muallim, murabbiy -ustoz yo’l boshlovchi, to’g’ri yo’lga etaklovchidir. 
Umuman olganda tarbiya, ta’lim berish jarayoni barcha ma’rifiy tadbirlar 
majmuasini ham o’z ichiga oladi. Talaba yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va kompleks 
kasbiy ma’naviy tarbiyani tashkil etishda, ularda insonparvarlik, vatanparvarlik, 
mehr-shavqat, iymon, diyonat, vijdon, sadoqat kabi ma’naviy-ahloqiy, pedagog 
odobi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Huquq va ongli intizom, aqliy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, nafosat va mehnat 
tarbiyasiga o’z ta’sirini ko’rsatib, tarbiya jarayoni rivojida to’g’ri yo’nalish 
beruvchi vazifasini o’taydi. Ta’lim – tarbiyaning samarasi va yutug’i – jamiyatga 
sog’lom fikrlovchi, o’ziga ishongan, mustaqil, erkin fikrini bayon qila oladigan 
shaxsni tarbiyalashdir.
Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va 
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni. 
Tarbiyaning ob’oyektiv qonunlari - o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va 
ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o’ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish 
talabalardagi turg’u bo’lgan anoanalardir. Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun 
zarur bo’lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barka mollik, 
yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik 
jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik 
vazifasini baja radigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, 
vazifasi, mazmuni o’ziga xosligi bilan farq qiladi. 
Ta’lim tarbiya berish bilan uyg’unlashgandagina, etuk ma’naviyat va 
ma’rifatga zamin bo’ladi. Ajdodlar merosi, ma’rifat darg’alaridan Abdulla 
Avloniyning ma’naviy ma’rifiy qarashlarida tarbiyaning inson ma’naviy-ahloqiy 
kamolotidagi ahamiyati beqiyosligini qayd etgan edi. “Tarbiya bizlar uchun yo 
hayot-yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat – yo falokat masalasidir” degan 
xulosaga keladi.
O’quvchilarni ma’lum bir kasb egasi qilish muhim pedagogik muammo bo’lib, bu 
masalaga buyuk mutafakkirlar ham e’tiborlarini qaratganlar. Masalan, Avesto, 
Qur’on Karim, Hadislarda, xuddi shuningdek, ma’naviyat yuldo’zlarining ta’lim – 
tarbiya sohasidagi qarashlarida kasbga yo’llash muammosiga alohida e’tibor 
berilgan. 
Texnologiya ta’limi yunalishi darslarida talabalarda iqtisodiy tarbiya, estetik 
tarbiya, aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi turlari ko’proq shakllantiriladi. 
Shuningdek, texnologiya ta’limi yunalishining mutaxassislik fanlarini oqitish 


jarayonida ham iqtisodiy, estetik, aqliy, mehnat, axloqiy,tabiat va ishlab chiqarish 
vositalari mulkiga nisbatan munosabat va muomula tarbiyalari beriladi. 
Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruratdan kelib chiqib, yosh avlodni 
tarbiyalash muammolari dastlab xalq og’zaki ijodiyoti, xalq pedagogikasi, yozma 
yodgorliklarida, mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlarida bosh mavzu bo’lib, 
komil inson shaxsini shakllantirish uchun zaruriy hodisa sifatida talqin etilgan. 
Inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqish uyg’otish va uni 
ehtiqodga aylantirish lozim. Chunki, insonning jamiyatda bo’lgan munosabatida, 
tevarak-atrofda kechayotgan voqyea-hodisalarga bo’lgan munosabatida namoyon 
bo’ladi; 
-Tarbiya jarayoni yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar bilan qonuniy 
munosabati natijasida amalga oshirilishini ta’minlash.
-Tarbiya jarayonining qonun, qoida, tamoyil va uslublarini pedagogikaning tarbiya 
nazariyasi qismi chuqur, atroflicha o’rganadi. 
Ta’limga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum maqsadga 
yo’naltirilgan, rejali ravishda amalga oshiriladigan o’qituvchi-talabalarning o’zaro 
muloqot-munosabati bo’lib, o’quv fanlariga oid tushinchalarni va etakchi 
g’oyalarni talabalar ongiga singdirib borishga asoslanadi. Buning natijasida 
talabada maolumot, tarbiya va umumiy shakllanish, rivojlanish amalga oshadi. 
Ta’lim berish talabalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayonidir. Ta’lim va tarbiya 
uzviy bog’langan jarayon bo’lganligi sababli tarbiyalangan komil inson aqliy 
kamolotiga tartibli ta’sir ko’rsatish orqali ilmli, barkamol inson bo’lib etishadi.Ijti 
momiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining 
xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo’naltirilganligidir. 
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va talaba(tarbiyachi va 
tarbiyalanuv chi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan 
samarali ham korlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va 
talabalarning faoli yatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga 
xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar asosida tashkil 
etiladi. Sub’yektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy 
munosabatlarini anglatish, ob’ektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, 
shakllanishi, hayotiy muam molarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. 
Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo’nalishi, shakli hamda ob’ektiv 


sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kel sa, shaxsni shakllantirish borasida 
shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jara yonining tashkil etilishi va 
boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki talaba ning yosh va psixologik 
xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o’rin tutadi. 
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. 
Tarbiya natijalari tez surhatda yaqqol ko’zga tashlanmaydi. O’zida insoniyat 
sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli 
davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda 
muhim o’rin tutadi. Chunki, yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada 
ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ay’ni o’quvchilik 
yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Keyinchalik 
tarbiya muvafaqiyati talabalik yillarida shaxsga to’g-ru tarbiya berishni shu 
yusinda davom etiriladi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning 
uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o’quvchi-talabalar va o’qituvchining 
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayoni dir. Talabalarda ijobiy sifatlarni 
qaror toptirishda yagona maqsad sari yo’naltirilgan, bir-birini to’ldiruvchi, boyitib 
boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Shu bois, oila, oily ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil 
etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o’tkazilishiga erishish maqsadga 
muvofiqdir. 
Talabani tarbiyalashda oily maktab yetakchi o’rin egallasa ham, talabalarga 
uzluksiz ta’sir o’tkaza olmaydi. Chunki, talabalar ma’lum muddatgina institutda,
o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo’lib, qolgan vaqtning asosiy qismini 
o’ilada, ko’chada, jamoat orasida o’tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, 
yozgi ta’til davrlarida talabalar oily maktab, o’qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. 
Demak,oliy maktabda talabalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo’lib, 
audatoriyadan va institutdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi 
vaqtda ular o’qituv chining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar. 
Talabalarga nisbatan oily maktabning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, 
audatoriyadan va institutdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga 
alohida ehtibor beriladi. Ayni vaqtda, respublikada talabalarning ta’lim-tarbiya oily 
ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo’shimcha ta’lim 
muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar xususiy 
fanlar va xorijiy tillarni mukammal o’rganishlari, texnika va badiiy yo’nalishlar 
bo’yicha bilim olish lari, amaliy faoliyat ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin. 
Shuningdek, oily ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo’nalish va 
mavzulardagi uchrashuv, ko’rgaz ma, ko’rik va suhbatlar talabalarning tafakkur 


dunyosini boyitishda, ularda mustahkam harakter va irodani tarkib toptirishda 
muhim o’rin tutadi. 
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil 
etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, 
vazifa lari va uslublarining birligi shaxsni shakllantirish g’oyasi amalga oshirish 
uchun xiz mat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki 
yaxlit tarzda o’zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik 
harakteriga ega bo’li shi mumkin. 
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik 
talablarga amal qilishi o’qituvchi bilan talabalar o’rtasidagi hamkorlikni 
ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab qiladi. Ikki tomonlama aloqa ikki 
yo’nalishda, yahni, o’qi tuvchining talabaga nisbatan ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri 
aloqa) hamda talabaning o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda 
tishkil etiladi. 
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g’oyasiga muvofiq endilikda 
talaba tarbiya jarayonining ob’ektigina bo’lib qolmasdan, sub’ektiv sifatida ham 
fao liyat ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi talabaning ichki imkoniyatlari, unga 
nis batan bo’layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. 
Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha 
urinishlar sama rasiz yakunlanadi. 
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada 
qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar 
talaba larda o’z tushunchalariga muvofiq paydo bo’lgan dastlabki sifatlar o’rtasida 
yoki talabalarga qo’yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o’rtasida 
ziddiyat larning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi. 
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko’pincha bolaning ongi bilan xulqi 
bir-biriga muvofiq bo’lmasligidan, o’qituvchi va tarbiyachilarning talabalar yosh 
va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fehl-atvori, harakteri, qiziqishlari, jismoniy, 
ruhiy va fiziologik sog’lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi. 
Demak, tarbiya jarayoni o’zida qo’yidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayon;
1) ko’p qirrali jarayon;
2)uzoq muddatli jarayon;
3)yaxlit tizimlilik jarayon;


4) ikki tomonlama aloqa jarayoni;
6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida uzluksiz tarbiya tizimi 
mazmunida qo’yidagi asosiy yo’nalishlar aks etishini toqozo qiladi: 
- kasbiy tarbiya, ma’naviy-ahloqiy tarbiya, jinsiy tarbiya, aqliy tarbiya, ijtimoiy – 
g’oyaviy (mafkuraviy) tarbiya, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, 
gigienik tarbiya, ekologik tarbiya, badiiy-estetik tarbiya. 
Talaba yoshlarni tarbiyalash:
milliy g’ururni tarbiyalash; 
Kompleks kasbiy ma’naviy tarbiyalash; 
Milliy g’oya ruhida tarbiyalash; 
Ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash; 
Milliy – ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash; 
O’zini-o’zi tarbiyalash; 
Shaxs tarbiyasini milliy g’urur tarbiyasi, jamoaviylik tarbiyasi, diniy bag’rikenglik 
tarbiyasi, oila tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, fuqarolik tarbiyasi, iqtisodiy, estetik, qliy 
va mehnat tarbiyalari mavjuddir.Shulardan ayrimlari ustida tuxtalamiz.
2. Tarbiyaning turlari 
Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda 
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki 
kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik 
jarayonning asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan 
ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini 
chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda 
ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat 
qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha 
natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol 
mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Mehnat tarbiyasi – yoshlarni barkamol, komil inson qilib ijtimoiy – ishlab 
chiqarishda qatnashishga amaliy tayyorlash, ularni darsga qilishga, o’qishga, 
mustaqil fikr yuritish va mustaqil o’z ustida ishlashga, to’garak mashg’ulotlariga 


qatnashishga, biror kasb- xunar ustalar ho’zurida bo’lishiga “Ustoz-shogird”, 
“Ustoz-shogird-ustoz” an’analarini tahlil qilishni shakllantirishdir.
Talabalarda mehnat tarbiyasi, mehnat tushunchalari, kasb turlarining – axloqiy 
tushunchalar, e’tiqodni, odatlarni shakllantirishni, axloqiy tajribani boyitishni 
nazarda tutadi. O’quvchi ta’lim olib, tarbiyalanishi bilan birga mehnat jarayonining 
o’zini o’rganishi, bilishi va uddalay olishi muhim vazifa qilib qo’yiladi.
Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shaxsda ma’naviy-axloqiy va irodaviy 
sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan 
ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina 
mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi, halol mehnat – kishi hayotining 
mazmunini tashkil qiladi. 
Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga 
qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan 
tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq», 
«Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan.
Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday 
muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, 
birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng 
muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. 
Mehnat orqali inson o’zining va o’zgalarning qadrini biladi. 
Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasb-hunarga 
qiziqtirishga alohida ehtibor berishgan. O’zlari farzandlariga mehnat sevarliklari 
bilan namuna bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov 
ta’kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib 
kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga 
qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni, bu narsa 
ularning sobitqadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz 
mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa 
davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir». 
Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamo atchilik 
o’z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o’quvchilarida mehnatga va mehnat 
ahliga to’g’ri munosabatni shakllantirishdagi mas’huliyatni chuqur his qilishlir 
kerak. 
Estetik tarbiya. Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini 
shakllantirish, mada niyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonu 


niyatlarini o’rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat 
ailadi. Bu asoslarni peda gogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go’zallikni his qila 
olish, tushunishga o’rganish vositalari va yo’llari belgilab beradi. 
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman» 
mahnosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqyelik, tabiat va mehnat munosabatlari 
hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgatish, 
ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, 
shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy 
tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat 
tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari 
quyidagilardan iborat:
shaxsga ijtimoiy voqyelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush
go’zalliklari va ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish; 
turmush go’zalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash;
unda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, 
go’zallikka muhabbat uyg’otish; 
go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik 
madaniyatni shakllantirish. 
Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor mehyorlarini tarkib toptirish, 
ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim 
muassasalarida musiqa va tasviriy san’at darslari, adabiyot kabi fanlarning 
o’qitilishi estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi. 
Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. 
Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda 
uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go’zallik va nafosatni 
his etishga undovchi vositadir. 
Xalqimizda, «Oq bo’lmasin, pok bo’lsin», «Pokliging – sog’lig’ing», «Sog’ yuray 
desang, ozoda bo’l», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan 
yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga 
o’rgatib kelishgan. 
Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda 
quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
o’quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish; 


ularda amaliy estetik ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda qo’yidagi 
holatlar ko’zga tashlanadi:
- estetik bilimlarning tarkib topganligi; 
- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; 
- estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish; 
- estetik tuyg’uning rivojlanganligi; 
- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi; 
- go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; 
- estetik idealning shakllanganligi; 
- fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish. 
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at, 
musiqa, xoreografiya to’garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, 
guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi. 
Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shaxsni 
estetik jihatdan shakllanishini tahminlash borasidagi mavjud talablarga javob 
bermayapti.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizim - qismlardan tuzilgan bir butun, ya’ni ma’lum 
tartibda joylashtirilgan bir-biri bilan bog‘liq qismlardan tuzilgan yaxlit bir narsa 
yoki hodisa degan ma’noni anglatadi. 
Ma’naviy ahloqiy tarbiya – aqliy, ilmiy amaliy va jismoniy jarayonni bir biri 
bilan o’zviy bog’lovchi, ularga to’g’ri yo’nalish beruvchi, bir biri bilan o’zviy 
bog’lovchi yaxlit tizim sifatida namoyon etuvchi vosita hisoblanadi. Insonning 
ma’naviy ahloqiy tarbiyasi uning Vatanga muhabbat va insonparvarlik, g’oyaviy 
ijtimoiy – siyosiy va mafkuraviy, Xalqimizda “yoshlar kelajagimiz mevasidir” deb 
aytilgan falsafiy iboralarda kelajagimiz taqdiri bugungi yoshlar tarbiyasi bilan 
belgilanadi.
Bo’lajak mutaxassisning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasida:
talaba yoshlarni jismoniy, ahloqan va fikran sog’lom bo’lishni ta’min etish;


har bir talabani mehnatsevarlik o’z yurtiga muhabbat va mehr-sadoqatli bo’lish 
ruhida tarbiyalash; 
Islomiy an’analari va moddiy qadriyatlardan o’z urnida oqilona foydalanish;
Mehnat ta’lim yo’nalishida mehnat trabiyasi bo’yicha dars va to’garak 
mashg’ulotlarini “Milliy g’oya” mavzular yangi tushunchalar, izlanishga yo’nalishi 
bo’yicha hayotiy-ta’limiy misollarga suyangan holda talaba, yoshlar ongiga 
singdirish. 
Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning 
ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom 
etmoqda. 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini 
egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini 
belgilab bergan, deydilar. 
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim 
asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga 
yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, 
shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga 
ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o’rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish, fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, 
aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi. 
Aqliy tarbiyaning vazifalari qo’yidagilar sanaladi: 
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish; 
- bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish; 
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish; 
- bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish; 
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o’rta ta’lim va 
kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish. 
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 


Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan 
erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar. Ilm egallang. 
Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, qayg’uli 
onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda 
quroldir» deydi. 
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima 
uchun farzdir» deydilar. 
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, 
bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va ehtiqodli bo’lganligini 
tasvirlaydi.
3.Tarbiyaviy ishlarga yaxlit, tizimli yondashuv. 
Bo‘lajak mutaxassislarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish ko‘p 
qirrali va murakkab jarayondir. Talabalarning ma’naviy-axloqiy shakl lanishi bir-
biri bilan uzviy bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan yaxlit ta’lim-tarbiya 
ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkazishning aniq va mukammal tizimigina, yaxlit ti zimli yondashuvgina 
tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning 
mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, talabaga nisbatan biri 
ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan qarama-qarshi ta’sir larning oldini olishga, 
bo‘lajak mutaxassislarga bir xil talablar qo‘yish va yakdillik bilan ta’sir 
o‘tkazishga imkon beradi. 
Oliy o‘quv yurtlarida ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, tadbirlar ko‘plab o‘tka 
zilishiga qaramay talabalar orasida axloq-odobga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-
harakatlar uchrab turadi, ya’ni oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan tar 
biyaviy ishlar hamma joyda ham kutilganidek natija beryapti deb bo‘lmaydi. 
Ayrim oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlar universitet, institut miqyosida, 
shuningdek, fakultet va guruhlarda biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan har tur li 
tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Odatda, bunday tar biyaviy 
tadbirlarda ko‘pincha faolroq talabalar qatnashadilar. Tarbiyaga muhtoj va 
tarbiyalash zarur bo‘lgan ayrim talabalar esa bu ishdan chetda qolaveradi.
Tarbiyaviy ishning ba’zan kam samara berayotganligining sabablaridan yana 
biri, yoshlarga axloqiy ta’sir o‘tkazish usullarining bir tomonlamaligidadir. oliy 
o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishida so‘nggi yillargacha og‘zaki bayon qi lish 
usuli ko‘proq qo‘llanib kelindi, talabalarni amaliy faoliyatga jalb etish usullariga 
esa juda kam e’tibor beriladi. SHuningdek, axloq-odobga doir suh batlar, 


ma’naviyatga doir mavzularda ma’ruza, doklad va munozaralar o‘tkazish usuliga 
ham etarli darajada e’tibor berilmas edi. Ayrim metodlarga yopishib olish va 
boshqalarga e’tibor bermaslik oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak mutaxas sislarda 
axloqiy fazilatlarni shakllantirish ishiga salbiy ta’sir etadi.Oliy o‘quv yurtlarining 
ko‘pchiligida hanuzgacha kasb odobi masalalari talabalarga de yarli o‘rgatilmaydi. 
Hatto, bitiruvchi kurs talabalarining ko‘pchiligi kasb odobi, o‘qituvchi odobining 
normalari va talablariga doir savollarga durus troq javob bera olmaydilar. 
Bularning barchasi tarbiyaviy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini susaytiradi. 
Natijada oliy o‘quv yurtining professor-o‘qi tuvchilari, jamoat tashkilotlari 
sarflayotgan kuch va g‘ayrat yoshlarning ma’ naviy-axloqiy tarbiyasi sohasida 
kutilgan natijalarini bermaydi. 
Pedagogik matbuotda tarbiya tizimi haqidagi masalaga borgan sari ko‘proq 
e’tibor berilmoqda. Pedagog olimlarning asarlarida bayon etilgan nazariy qoi dalar 
talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini ishlab chiqishga im kon 
beradi. Oliy maktabda bo‘lajak mutaxassislarni tarbiyalash tizimini yara tish oliy 
o‘quv yurtida amalga oshirilayotgan barcha tarbiyaviy ishlarning maqsa di, 
mazmuni, tarbiyaviy jarayon, tarbiyachi va texnik vositalar, tarbiyaning shakl 
usullarini belgilashga yordam beradi. Tarbiyaviy ishlar tizimi turli kurslar ning 
talabalari bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda izchillik va ketma-ketlikni saqlashga 
yordam beradi. YOshlarga yagona pedagogik talablar qo‘yish, yigit-qizlar ning 
individual xususiyatlarini va axloqiy kamolot darajasini e’tiborga olishni 
engillashtiradi. 
Oliy maktab talabalarida axloqiy sifatlar qandaydir biror universal shakl, 
vosita yoki usul yordamida emas, balki aniq maqsad, xilma-xil shakllar, vositalar 
va metodlar, har xil faoliyat turlari ta’sirida, ya’ni tarbiya tizimi natijasida 
shakllanadi. 
Tarbiyaviy ishlar tizimi ma’lum vazifani bajaradigan, tuzilish jihatdan o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan ko‘plab qismlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaviy tizim barka mol 
avlodni, yuksak axloqiy fazilatli mutaxassislarni shakllantirish maqsa diga 
bo‘ysundirilgan, o‘zaro bir-biriga bog‘liq va mos keladigan shakl, usul va 
vositalarning yaxlit birligidan iborat. Tizim tarbiya jarayonini boshqarish 
imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Tizimning qismlari o‘zaro bir-biriga ma’lum 
darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu qismlar biri ikkinchisidan ajralgan holda emas, balki 
ma’lum bir aloqada mavjud bo‘ladi. Masalan, yaxlit pedagogik jarayonda faqat 
ma’naviy-axloqiy tarbiyagina emas, balki aqliy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik, 
estetik va mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Mutaxassislik fanlaridan 
talabalarga ma’naviy axloqiy tarbiya berish maqsadida foydala nish, talabalarga 


estetik jihatdan ta’sir o‘tkazish, ularning aqlini o‘stirish, mehnatga o‘rgatish uchun 
ham imkoniyatlar yaratadi. 
Aloqadorlik yoki bog‘lanishlar — tarbiyaviy maqsad, mazmun, shakllar, vosi 
talar, usullarning o‘zaro bir-biriga to‘g‘ridan iborat bo‘lib, buning natijasi da tizim 
hosil bo‘ladi. Aloqalar to‘ppa-to‘g‘ri yoki bevosita bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy 
tarbiya tizimining qismlari ham o‘zaro bir-biri bilan ana shunday aloqada bo‘ladi. 
Masalan, mehnatni biz aqliy tarbiya tizimining tarkibiy qis mi deb hisoblaymiz. 
Mehnat faoliyati jarayonida talabalar axloqiy jihatdan ham kamol topadi. Axloqiy 
kamolat o‘z navbatida kishining mehnat faoliyatiga ta’sir etadi. Oliy o‘quv yurtida 
ta’lim jarayonida talabalarda axloqiy sifat lar shakllanadi, shuningdek, axloqiy 
kamolot o‘z navbatida ilmiy va professii onal pedagogik bilimlarni chuqurroq 
egallashga yordam beradi. Oliy maktabda amalga oshiriladigan ma’naviy-axloqiy 
tarbiya tizimining xarakterli xususi yati shundan iboratki, bu erda axloqiy tarbiya 
jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalarini belgilashda va uni tashkil etishda 
pedagogik fao liyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan, umuminsoniy va milliy axloq 
talab laridan kelib chiqa digan kasb odobi normalariga asoslaniladi. Ma’naviy - 
axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni unga mos keladigan shakllarda namoyon 
bo‘ladi. Tarbiya tizimi mazmundorlik bilan birga unga mos keladigan tashkiliy 
shakllarning xilma-xil, estetik ta’sirli, ixcham bo‘lishini taqozo qiladi. Ma’ lumki, 
pedagogik faoliyat hamma vaqt bir qolipda ish tutishni yoqtirmaydi. Tar biyaviy 
ishning xilma-xil shakllariga etarli darajada e’tibor bermaslik, bir xil tadbirni 
hadeb takrorlayverish tarbiyaviy ishning samarasini kamaytira di, bunday hol 
larda, hatto tadbirning mazmuni mafkuraviy va ilmiy jihatdan juda qimmat li 
bo‘lsa ham, u talabalarning ongiga, his-tuyg‘ulariga juda oz ta’ sir etadi. SHuni 
nazarda tutish lozimki, tarbiyaviy ishning shakllaridan biror tasi ham universal 
bo‘lishi, ya’ni hamma holatlar va har qanday sharoitda qo‘llanaverishi mumkin 
emas. 
Talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning shakllari, usullari uning mazmuni 
bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib, kasbiy pedagogik faoliyatning maqsadi va 
qonuniyatlarini aks ettiradi va oliy o‘quv yurtida amalga oshiriladigan ta’ lim-
tarbiyaning metodlari va vositalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tarbiya ning 
mazmuni faqat uning shakli tufayligina emas, balki metodlar orqali ham amalga 
oshiriladi. «SHakl» va «metod» tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi deb 
bo‘lmaydi, shuningdek, ularning birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yish, ular 
o‘rtasidagi birlikni rad etish ham mumkin emas. Tarbiyaning tashkiliy shakllari 
metodlar va usullar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaning shakl va usullari bevosita 
o‘zaro bir-biriga o‘tib turadi, ular ko‘pincha, vazifasiga qa rab o‘zgarib turadi va 
ularning biri ikkinchisidan, ma’lum darajada, shartli ravishda ajratiladi. SHuning 


uchun ham ayrim o‘quv qo‘llanmalarida konferen siya, ekskursiya, amaliy ishlar, 
ma’ruza, munozara, suhbat kabi tushunchalar ba’ zan ish shakli deyilsa, ba’zan 
metod deb talqin qilinadi. 
Pedagogik adabiyotlarda tarbiyaning shakl va metodlarini tasnif qilishga 
mualliflar turlicha yondashadilar. Tarbiyaviy ishlar odatda, tarbiyaning maqsa di 
va vazifalariga, uning xarakteri va davom etish vaqtiga qarab guruhlarga ajratiladi. 
Masalan, ommaviy ishlar, to‘garak ishlari, individual ishlar. SHu ningdek, 
mutaxassislik fanlarida tarbiyaviy ishlarning barcha shakllaridan quyidagi uch 
guruhga birlashganlarini olish mumkin: 1) og‘zaki bayon etish shakl lari: 
ma’ruzalar, dokladlar, munozaralar, konferensiyalar, uchrashuvlar va hoko zo; 2) 
amaliy ishlar: laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy foydali ishlar, ishlab 
chiqarish, pedagogik amaliyot, ilmiy to‘garaklar, ekskursiya kabi lar; 3) 
ko‘rsatmali ishlar: muzeylar, ko‘rgazma va stendlar, shon-shuhrat xonala ri va 
boshqalar. Tarbiyaviy ishning bu shakllari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ik kinchisini 
to‘ldiradi. 
Tarbiya tizimi tarbiyaviy ishlarning barcha turlarini yuqori darajada sama rador 
bo‘lishini talab etadi. Buning uchun esa quyidagi pedagogik talablarga amal qilish 
lozim: - tarbiyaviy ishning shakli tarbiyaning maqsadi va mazmuniga mos kelishi 
lozim. SHaklning tarbiyaviy kuchi uning chuqur mazmundorligida dir, lekin 
mazmun o‘ziga mos keladigan yorqin shaklga ega bo‘lmasa, u talabalarga kuchli 
ta’sir o‘tkaza olmaydi, tarbiyaviy ishning shakli yoshlarda ilmiy dunyo qarash, 
axloqiy e’tiqod, fuqarolik burchi va mutaxassislikka xos yuksak pro fessional-
axloqiy sifatlarni shakllantirishga maksimal darajada yordam be rishi zarur, u yoki 
bu tarbiyaviy ishning qimmati yoshlarni aktiv faoliyatga ko‘p roq jalb etib shu 
tariqa boshqalar bilan aloqa, muomala qilishga qanchalik keng yo‘l va 
imkoniyatlar ochib berishiga ham bog‘liq. 
Tarbiya metodlari o‘qituvchining qo‘lida o‘ziga xos qurol bo‘lib xizmat qi ladi. 
Ular yordamida talabalar ongiga ta’sir etiladi, bo‘lajak mutaxassislar ning hayot 
faoliyati yo‘naltiriladi va uyushtiriladi. Pedagogik adabiyotlarda tarbiya metodlari 
quyidagicha tasnif qilinadi: ishontirish metodi; aqliy xat ti-harakatlarni mashq 
qilish metodi; namuna, ibrat ko‘rsatish metodi; rag‘bat lantirish va jazolash 
metodlari. Oliy o‘quv yurtlarida tarbiya metodlarini qo‘llashning samaradorligi 
quyidagi pedagogik talablarga rioya qilishga bog‘ liq: tarbiyaning metodlari shu 
paytda, shu kursda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak; tar biya metodlari talabalarning yosh va 
individual xususiyatlariga, shuningdek, ularning hayotiy tajribasiga mos bo‘lishi 


lozim; tarbiyaviy ish jarayonida tar biya metodlarini birini ikkinchisidan ajratgan 
holda emas, balki o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash zarur. 
Har qanday tarbiya tizimining asosiy belgilaridan biri izchillik, ketma-ketlikdir. 
Oliy maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi ham ana shu 
qonuniyatga bo‘ysunadi. Bu talab tarbiyaviy ishning mazmunidan kelib chiqadi va 
tarbiyaga doir ishlarni tartibli, rejali uyushtirishni taqozo qiladi. 
Oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladigan barcha tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir 
dasturga binoan amalga oshirish, talabalarning o‘quv yurtida ta’lim olish davriga 
mo‘ljallangan tarbiyaviy ishlarning istiqbolli rejasini tuzish zar urligini hayotning 
o‘zi taqozo qilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida tarbiya jarayoni ni yaxshilash uchun 
har bir talaba, ya’ni bo‘lajak mutaxassis egallab olishi zarur bo‘lgan kasbiy-axloqiy 
sifatlarni tarbiyalashning ilmiy jihatdan asos langan, puxta o‘ylab tuzilgan dasturi 
kerak. 
Tarbiya tizimi bir necha tizimchalardan tuziladi. Umumiy tizimning har bir 
qismi o‘zining ichki tizimiga ham ega bo‘ladi. Masalan, oliy maktabda tala balarga 
berilayotgan professional ta’lim ma’lum bir tizim bo‘lib, u yoshlarga ijtimoiy-
gumanitar, psixologo-pedagogik, kasbiy ixtisosiy bilimlar va ma’ naviy-axloqiy 
tarbiya berishga xizmat qiladi. SHu bilan birga oliy maktabda o‘qitiladigan har bir 
predmet tuzilishi jihatidan o‘zining ichki tizimiga ham ega. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya guruh murabbiylari, jamoat tashkilotlari, tala balar va 
professor-o‘qituvchilar jamoasi ishida ham tizim bo‘lishi talab eti ladi. Tizim 
ayrim tarbiyaviy tadbirlar bilan guruh, kurs, fakultet talabala rining faoliyat turlari 
o‘rtasida bog‘lanishlar bo‘lishini, shuningdek, talaba larga jamoaviy ta’sir 
o‘tkazish bilan individual ishlar o‘rtasida ham bog‘la nishlar bo‘lishini taqozo 
etadi. 
Tizim tushunchasiga barcha tarbiyaviy ishlarni aniq uyushtirish ham kiradi. 
Tarbiyaviy ishlar tizimi oliy o‘quv yurtining butun jamoasi, kasaba uyushmasi, 
jamg‘armalar, kamolot yoshlar tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g‘ayrat sarf 
lashi natijasida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham bu tashkilotlar aniq, yaxshi 
ishlashi, talabalarga bir xil ta’sir o‘tkazishlari zarur. 
SHunday qilib, tarbiya tizimi quyidagilarni taqozo qiladi: oliy maktabda 
ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalarini izchil va muntazam ravishda amalga oshi 
rish; tarbiyaviy ishlarning mazmunini har bir kurs talabalarining kuchiga mos qilib 
belgilash; tarbiyaviy ishning xilma-xil shakllari, vositalari va usulla rini birgalikda, 
bir-biri bilan bog‘liq ravishda qo‘llash; tarbiyaviy ishlarda uzviylik, izchillik va 
ketma-ketlikka amal qilish; tarbiyaviy ishlarning nati jalarini muntazam ravishda 


hisobga olib, tahlil qilib, baholab borish.Tarbiya tizimi talabaning oliy maktabda 
ta’lim olish yillari davomida deyarli o‘zgar maydi. Faqat uning mazmunigina 
yangilana boradi. Tarbiyaning maqsad va vazifa lari hamda bu vazifalarni hal 
etishga yordam beradigan faoliyat turlari, tar biyaning shakllari, metodlari, turli 
ichki va tashqi ta’sirlar nati jasida shaxsning kamolotga erishish etaplari, darajalari 
tarbiya tizimining asosiy qismlari hisoblanadi. 
Talaba egallab olishi zarur bo‘lgan kasbiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlar 
tarbiyaning aniq vazifalari sifatida kun tartibiga qo‘yiladi. Tarbiya tizi mida ular 
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, yaxlit holda shakllana boradi. Tarbiyachi biror fazilatni 
o‘stirishga asosiy diqqatni qaratgan paytda tarbiyaning maqsadi, va zifasini ham 
aniqroq qilib belgilaydi, lekin, odatda, pedagogning «biror fazilatni shakllantirish» 
sohasida amalga oshirgan ishlari shaxsning butun ma’naviy qiyofasini 
o‘zgartirishga xizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida belgilangan 
vazifalar butun pedagogik jarayonni jonlantiradi, uning ta’sirchanligi va 
samaradorligini oshiradi. 
YUqorida ta’kidlaganimizdek, ma’naviy-axloqiy tarbiya, avvalo, fan 
asoslarini egallash jarayonida amalga oshiriladi. U yoshlarda kasbiy, axloqiy 
tasavvurlar, tushunchalar, odatlar, mehnat malakalari va xulqni shakllantirish ni, 
shuningdek, kishining tashqi olamga, jamiyatga, jamoaga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
munosabatini nazarda tutadi. Tarbiya tizimi talabalarga axloq-odobga doir 
muntazam, izchil bilimlar berishni talab etadi. 
O‘quv predmetlarining tarbiyaviy imkoniyatlari ularning mazmunida ob’ ektiv 
ravishda mavjud. Lekin bu imkoniyalarni yuzaga chiqarish masalasi peda gogning 
mahoratiga bog‘liq. Oliy o‘quv yurtlarining mavjud o‘quv dasturlari tar biyaviy 
g‘oyalarga va uni amalga oshirish uchun aniq materiallarga boydir. Ijtimoiy-
gumanitar, ixlisoslik va psixologo-pedagogik fanlarning o‘quv das turlari, o‘quv 
qo‘llanmalari va darsliklarida bo‘lajak mutaxassislarni ma’na viy-axloqiy jihatdan 
o‘stirishga yordam beradigan fakt va misollar etarlicha berilgan. Ularda, ayniqsa, 
vatanparvarlik va insonparvarlik, mas’uliyat, axlo qiy-irodaviy, professional va 
boshqa sifatlarni o‘stirish uchun asos bo‘ladigan materiallar mavjud. 
Ijtimoiy-gumanitar, pedagogik va ixtisoslik fanlarini o‘rganish jara yonida 
talabalarda ilmiy dunyoqarash shakllanadi. CHuqur insonparvarlik ruhi bilan 
sug‘orilgan ilmiy dunyoqarash bo‘lajak mutaxassislarda axloqiy ongni, axloqiy 
sifatlarni shakllantirish uchun zamin yaratadi. Ilmiy bilimlar g‘oyaviy 
e’tiqodlarning asosidir. 


O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida va auditoriyadan tashqari ishlar paytida 
talabalar guruh, kurs va fakultet jamoasida mavjud bo‘lgan munosabatlarning 
mohiyatini va boshqalarga nisbatan o‘zining mas’uliyatini anglaydi. Ikkinchi va 
uchinchi kurs talabalarida ta’lim jarayonida umuminsoniy va milliy axloqqa doir 
bilimlar va birinchi kursda hosil qilingan malakalar takomillashadi.
Talabalar ayni shaxs va jamoa manfaatlariga zarar etkazuvchilarga murosa siz 
bo‘lishlari, axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va jamoaga qarshi xatti-harakatlar ni 
keltirib chiqaradigan sabablarni bilib olishlari va ularning oldini olish uchun 
kurashishlari kerak. Hosil bo‘lgan axloqiy ko‘nikma va malakalarni tala balar 
ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot davrida qo‘llaydilar. 
Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining obektiv qonunlarini chuqur 
o‘rganish asosida yuqori kurs talabalarida ijtimoiy hodisalarni va o‘z xatti-
harakatlarini baholay olish malakasi hosil bo‘ladi. Talabalar maktab o‘quvchilarida 
umuminsoniy va milliy axloqni tarbiyalashga doir o‘zlari egal lab olgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini pedagogik amaliyot davrida amalda qo‘llaydilar. 
Oliy o‘quv yurtida bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi 
ularda professional-pedagogik sifatlarni shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq 
holda amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarining yangi o‘quv rejalari va dasturlarini 
professional hamda axloqiy tarbiya nuqtai nazaridan tahlil qi lish - ularning bu 
sohada juda katta imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatdi. 
Barcha kurslarda talabalarning tanlagan kasbini egallashga yo‘naltirilgan faoliyati, 
ularda professional bilimlar va malakalar hosil qilishga, shuning dek, huquqiy 
davlat, demokratik fuqarolik jamiyatida yuksak mavqeini anglab, bo‘lajak 
mutaxassis uchun zarur bo‘ladigan axloqiy sifatlarni egallab olishga yordam 
beradi. Bu vazifani barcha kafedralarning professor-o‘qituvchilari va jamoat 
tashkilotlari maktablar, xalq ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda bajaradilar. 
SHu maqsadda talabalarning eng yaxshi va tajribali o‘qituvchilar bilan, sinf 
rahbarlari, tarbiyaviy ishlarning tashkilotchilari, xalq maorif organlarining 
rahbarlari bilan uchrashuvlari muntazam ravishda o‘tkazilib turiladi. Talabalar va 
yosh o‘qituvchilarning ilmiy-metodik konfensiyalari tashkil tiladi. 
Oliy o‘quv yurti talabalariga professional-axloqiy tarbiya berish ishida barcha 
kafedralarning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishlari lozim. Fakultetda 
ixtisos fanlardan dars beradigan o‘qituvchilar maktab dasturiga tez-tez murojaat 
etib, talabalar olgan bilimlarni maktabda qaysi fanlarni o‘qitishda qo‘llash 
mumkinligiga e’tiborni jalb etadilar. Axloqiy sifatlar nutq va tafakkurni o‘stirishga 
yordam beradigan mavzularda referat va ma’ru zalar yozdirib, ularni seminar va 


konferensiyalarda tinglab, muhokama qila dilar. Ixtisoslik fanlari kafedralari 
talabalar uchun turli maxsus kurs va seminarlar, to‘garaklar uyushtiradilar. 
Bulardan maqsad talabalarga maktabda o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni 
uyushtirishga doir bilim va malakalarni o‘rgatishdan iborat. 
Oliy o‘quv yurtining talabalari ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg‘ulot larda 
nazariy va metodik bilimlarni egallab oladilar. SHu bilan birga talaba lar 
o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni bajarishga ham bevosita jalb etiladi. Birinchi 
kurs talabalari tashqari muassasalarda, o‘quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlarni 
bajaradilar; ikkinchi (uchinchi) kurslarda yozgi oromgohlarda tar biyachi bo‘lib 
ishlaydilar. YUqori kurs talabalari maktablarda pedagogik amali yot davrida 
o‘quv-tarbiya ishlarini bajarish sohasida malaka va ko‘nikmalar ho sil qiladilar. 
Talabalarda professional-axloqiy sifatlarni o‘stirish birinchi kursdan boshlanadi. 
Pedagogika fanini o‘rganish bunga katta yordam beradi. Talabalar o‘qituvchi 
degan sharafli kasb haqida, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiya lashda uning 
roli to‘g‘risida ma’ruzalar tinglaydilar. O‘zbekistonda ta’lim tizimi, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi bilan tanishadilar, ta’lim, tarbiya, ma’lumot kabi 
tushunchalarni o‘rganadilar. Pedagogika kursi bilan bog‘liq ra vishda maktab va 
maktabdan tashqi tarbiya muassasalariga borib, ularning fao liyati bilan 
tanishadilar, o‘qituvchilar, maktab rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. 
Talabalar o‘quvchining kun tartibi va maktab gigienasi talablarini bilib 
oladilar. Mehnat va dam olish tartibiga amal qilish zarurligini o‘quvchilarga 
tushuntiradilar, ularni o‘z-o‘ziga xizmat qilishga jalb etadilar. Bolalar uchun shu 
mavzularda yozilgan kitoblarni o‘qib, kinofilm va spektakllarni ko‘rib, o‘quvchilar 
bilan u haqda suhbatlar o‘tkazadilar. 
Talabalarda mutaxassisga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘stirish, vaqtli 
ommabop adabiyotlarni o‘qishga qiziqish uyg‘otish maqsadida kafedralar, dekanat 
va jamoat tashkilotlari xalq ta’limi va axloq - odob masalalariga doir mavzularda 
munozara va konferensiyalar uyushtiradilar. Talabalar o‘zlari egallayotgan 
mutaxassislikka doir fanlarni chuqur o‘rganadilar, kafedra o‘qi tuvchilari bilan 
birgalikda o‘quvchilar olimpiadalarini tashkil etish va o‘tka zishda, har xil turnirlar 
va konkurslarda, fan olimpiadalarida ishtirok eta dilar, maktablardagi fan 
to‘garaklariga rahbarlik qiladilar. Talabalar yozgi oromgohda amaliyot o‘tashga 
puxta hozirlik ko‘radilar. Pedagogika va psixologiya kafedrasi tarbiyaviy ishlarni 
olib borish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etadi. Bu tadbirlar natijasida talaba 
o‘smirlar va yoshlar tashkiloti, kamolot ijtimoiy harakati faoliyatining mazmuni va 
asosiy yo‘nalishlarini bilib oladilar. Bolalar bilan bajariladigan ishlarni 
rejalashtirish, amalga oshi rish va ish natijalarini hisobga olishni o‘rganadilar. 


Tarbiyaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish, har turli o‘yinlarni uyushtirish 
metodikasini egallay dilar. Pedagogik kundalik yuritishni, pedagogik amaliyot 
uchun kerakli hujjat larni to‘ldirishni, psixologo-pedagogik kuzatish materiallarini 
umumlash tirib, axborot yoki doklad tayyorlashni o‘rganadilar. 
Uchinchi (to‘rtinchi) kurs talabalari o‘zlari o‘qitadigan fanlardan dars berish 
metodikasini o‘rganadilar, dars o‘tish malakasini hosil qiladilar, o‘zlari va 
o‘rtoqlari o‘tgan darsni tahlil etadilar. Maktab o‘qituvchisining ilg‘or tajribasini 
o‘rganib, dastur asosida ish rejasini tuzadilar, darslik va boshqa o‘quv qurollarini 
tahlil qiladilar. 
Bo‘lajak mutaxassislar sinf rahbari ishining metodikasini o‘rganib ola dilar, 
ayrim o‘quvchiga va sinf jamoasiga psixologo-pedagogik tavsifnoma tuzib, shu 
asosida jimoa oldida turgan vazifalarni belgilaydilar va ma’lum vaqtga 
mo‘ljallangan tarbiyaviy ish rejasini tuzadilar va uni bajarishda qat nashadilar. 
Darslardan bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash yo‘lla rini o‘rganib 
oladilar. 
Talabalar fan to‘garaklari, foto va kino to‘garaklari, bodiiy havaskorlik 
to‘garaklari, sport seksiyalarining ishini uyuushtiradilar va ularga rahbarlik 
qiladilar. Oliy o‘quv yurtida egallab olingan bilim va ko‘nikmalar bu ishda juda 
qo‘l keladi. Bo‘lajak mutaxassislar o‘smirlar va yoshlar tashkilotlari ishlariga 
pedagogik rahbarlik qiladilar. Ota-onalar bilan pedagogik mavzu larda suhbat 
o‘tkazish malakasini egallab oladilar. Ular pedagogik amaliyot jarayonida 
maktabning o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash sohasidagi tajri basi bilan 
tanishadilar. 
Bitiruvchi kursda talabalarning professional ta’limi va axloqiy tarbiyasi 
takomillashtiriladi. Ular o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy axloq ruhi da 
tarbiyalash sohasida maktab, oila va jamoatchilik oldida turgan vazifalarni to‘la 
tasavur etadilar, maktab va oila bu sohada hamkorlik qilishini, bolaga bir xil ta’sir 
o‘tkazish zarurligini bilib oladilar. 
Bitiruvchilar o‘qituvchi va sinf rahbari sifatida sinfda barcha ta’lim-tarbiya 
ishlarini bajarishni o‘rganib oladilar, sinf jamoasi va ayrim o‘quvchi lar bilan 
ishlashni, pedagogik, axloqiy mavzularda doklad yoki ma’ruzalar tay yorlab 
o‘quvchilar oldida, ota-onalari hamda o‘qituvchilar oldida so‘zga chiqish 
malakasiga ega bo‘ladilar. 
Bitiruvchi kurs talabalari ilg‘or pedagogik tajribalarni yangi pedagogik 
texnologiyalarni ijodiy qo‘llay olishni, maktabda bajariladigan metodik ish lar 
tizimini bilishi lozim. Pedagogik amaliyot davrida ular har bir darsni ilmiy jihatdan 


yuqori saviyada o‘tkazish malakasini va pedagogik mahorat asos larini 
egallaydilar. Vaqtli matbuot va pedagogik adabiyotlar ustida mustaqil ishlay olish 
malakasini hosil qiladilar. 
Oliy o‘quv yurtlarida ta’limning professional yo‘nalishini tahlil qilish shuni 
ko‘rsatdiki, talabalarning professionaol faoliyati ularda tanlagan kasbiga xos 
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Talabalarni 
tarbiyalash vazifalari umuminsoniy va milliy axloqning mohiyatini anglash, uni 
qat’iy e’tiqodga aylantirish. professional bilim va malakalar asosida xulq 
me’yorlamn egallab olish bilan birga, bo‘lajak mutaxas sisning butun ma’naviy 
qiyofasini shakllantirishni nazarda tutadi. Bo‘lajak mutaxassislarga mehnat 
tarbiyasi berishning maqsadi talabalarda mehnatga ijo diy munosabatni qaror 
toptirish, shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashti rib ishlashga intilish, aqliy va 
jismoniy mehnat madaniyatini hosil qilish dan iborat. Talabalar oliy maktabda 
ta’lim olayotgan paytlaridayoq o‘quvchilar ni ijtimoiy foydali va aqliy mehnatini 
uyushtirish malakasini, bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yo‘llarini 
o‘rganib oladilar. Talabalarning mehnati asosan tanlagan kasbini egallab olishga 
qaratilgan bo‘ladi. Profes sional pedagogik ish yoshlarda maktabning bo‘lajak 
o‘qituvchisi uchun zarur ma’ naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat 
qiladi. Talabalar o‘quv jarayonida va auditoriyadan tashqari ishlarda mehnatning 
inson hayotidagi ro lini tushunib oladilar. Fakultetda, guruhda bajariladigan 
ishlarda faol ish tirok etib, bilimlarni qunt bilan egallaydilar, guruhda, fakultetda, 
o‘quv bi nosi va turar joylarda navbatchilik qilib, o‘quv binosini, auditoriyalarni 
toza saqlashda qatnashadilar. 
Talabalarda uquv mehnatiga nisbatan mas’uliyat hissi, mustaqil ishlar rejasini 
tuzish va uni bajarish malakasi hosil bo‘ladi. Mutaxassislik fan larini o‘rganish 
nalijasida talabalar mehnat tarbiyasida maktabning roli to‘g‘ risida aniq tasavurga 
ega bo‘ladilar, bolalarning o‘quv ishlari, sinf va maktab dan tashqari mehnat 
faoliyatining tarbiyaviy ahamiyatini, mehnat tarbiyasi me todlarini bilib oladilar. 
Talabalar bu sohadagi o‘z bilimlarini pedagogik amaliyotda qo‘llaydilar. 
Pedagogik amaliyot davrida sinf jamoasi va ayrim o‘quvchilarning mehnat 
tarbiyasiga rahbarlik qilib, ijtimoiy foydali ishlarni rejasini tuzib chiqa dilar va 
o‘quvchilar mehnatini bevosita uyushtiradilar. Bolalarning mehnat tarbiyasiga doir 
ma’ruza va dokladlar tuzib, ota-onalar bilan suhbatlar o‘tka zadilar. 
Tanlagan kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan bunday mehnat jarayonida talabalarda 
mehnat intizomini buzuvchilarga nisbatan murosasizlik, tejamkorlik hamda 
mulkka to‘g‘ri munosabat tarbiyalana boradi. Ijtimoiy foydali mehnat jara yonida 


intizomlilik, tashkilotchilik, mas’uliyat kabi muhim ma’naviy-axloqiy sifatlar 
shakllanadi va mustahkamlanadi. 
Oliy o‘quv yurti, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilot lari—
talaba yoshlarning tarbiyachilari faqat shulardangina iborat emas. Tevarak-
atrofdagi muhit ham yigit va qizlarning axloqiy tarbiyasiga jiddiy ta’sir etadi. Bu 
ishda keng jamoatchilik ham katta rol o‘ynaydi. Matbuot, ra dio, televidenie, 
badiiy adabiyot, kino, teatr, ommaviy sport ishlari va boshqa lar yoshlarga 
tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi. 
Oliy maktabning o‘quv rejalarida tavsiya etilgan tanlangan va maxsus kurs 
hamda seminarlar ham bu sohada katta imkoniyatlarga ega. Fakultativ mashg‘u 
lotlar, ayniqsa, mahalliy sharoitni, har bir viloyat, oliy o‘quv yurti va fakul tetning 
o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda talabalarning bilim saviyasini, 
professional-axloqiy tayyorgarligini oshirishga imkon beradi. 
Talabalarning qiziqishlari va intilishlariga, shuningdek, egallayotgan kasbiga 
mos keladigan fakultativ mashg‘ulotlar jarayonida erkin muomala va fikr alma 
shuv uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Talabalar u yoki bu masalaga doir 
o‘z fikr-mulohazalarini bayon etadilar, faollik va tashabbuskor lik ko‘rsatadilar. Bu 
bo‘lajak mutaxassislarda axloqiy qarashlar va e’tiqodni mustahkamlashga yordam 
beradi, jamoa bilan shaxs o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosa batlar vu judga keladi va 
bu munosabatlar jamoaning har bir a’zosiga ijobiy ta’sir etadi. 
MA’NAVIY – 
АХLOQIY 
SHAKLLANISH 
BOSQICHLARI
Tarbiyaning 
mazmuni 3 
Tarbiya jarayoni

Murabiy va 
tarbiyachi
vazifalari 5 
Tarbiyaning
Maqsadi 

Talaba –
tarbiyalanyvchi 1 
Tarbiyaviy natija: 
tarbiyalanganlik 
darajasi 

Tarbiyaning 
shakl-usullari 



14-rasm. Tarbiyaga tizimli yondashuv. 
Oliy maktabda talabalarning professional qiziqishlari va intilishlari bilan 
bevosita bog‘liq ravishda amalga oshirilayotgan klub ishlari ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaga doir ishlar tizimida muhim o‘rin egallaydi. Xullas, ma’na viy-axloqiy 
tarbiya tizimining barcha . qismlari talabalarning xilma-xil fao liyati bilan bevosita 
bog‘liq. Bu faoliyat jarayonida talabalar jamoasida obek tiv axloqiy munosabatlar 
vujudga keladi. Mashg‘ulotlar va faoliyat turlarini bajarish natijasida obektiv 
munosabatlar ularning shaxsiy odob muomala munosabatiga
aylanadi va shu jarayonda bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari 
kamol topa boradi. 
Tarbiyaga texnologik yondashuv. Texnologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, 
“techne”-san’at, mohirlik, uquv va «logos» — ilm, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Texnologiya moddiy ishlab chiqarish — sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va 
boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash 
usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va 
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan fan. Har bir sohaning o‘ziga 
xos texnologiyasi bo‘ladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik, qurilish texno 
logiyasi va boshqalar. Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan 
bo‘lsa, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan 
bo‘lsa, tayyorlanadigan mahsulol (avtomobil, bino va boshqalar) shunchalik sifatli 
bo‘ladi. Texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamo 
naviy usullarini yaratishdan iborat. Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnolo 
giyalar ham yangilanib va o‘zgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani 
ishlab chiqish uchun texnologik huj jatlarni ishlab chiqish, tipovoy texnologik 
jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar, uskunalardan foydalanishning yagona 
tartibi bo‘lishi lozim.
Umumiy holda tarbiyaviy ishlarga texnologik yondashuv: 
- tarbiya jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratishni; 
- tarbiyadan mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni 
muvofiqlashtirish, ketma-ket bosqichma-bosqich amalga oshirishni; 
-mo‘ljallangan ishlarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi. 
Pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlarga asoslanadi. Tizim 
tushunchasi bo‘laklardan tashkil topgan yaxlit bir narsa yoki hodisa, birikma 
ma’nolarini bildiradi. Pedagogik tizim — ta’lim-tarbiya texnologiyasining asosi, 


zamini hisoblanadi. Pedagogik tizim bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy-
pedagogik hodisa bo‘lib, u, tarbiyalanuvchi (1); ta’lim-tarbiyaning maq sadi (2); 
ta’lim-tarbiyaning mazmuni (3); ta’lim-tarbiya jarayoni (4), tarbiyachi, texnik va 
boshqa vositalar (5) va ta’lim-tarbiyaning shakl-usullaridan (6) tuzi ladi. 
15-rasm. Tarbiyaga texnologik yondashuv. 
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi obektiv xususiyatiga ega. U har bir jamiyatning 
moddiy-ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqadi; ijtimoiy buyurtma sifatida davlat 
hujjatlarida umumiy tarzda ifodalanadi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi tizim hosil 
qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha komponent lari ta’lim-
tarbiyaning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi va maqsadni amalga oshirishga xizmat 
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxsni, yuksak ma’naviy-axloqli, 
yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassisni tarbiyalash maqsadi ta’lim-tar biya 
ishlarining mazmunini belgilaydi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va maz muni 
tarbiyaviy vazifa shaklida ifodalanadi, aniqlanadi. Tarbiyaviy jara yon, tarbiyachi 
yoki tarbiyaning texnik va boshqa vositalari, ta’lim-tarbiyaning shakl-usullari 
tarbiya texnologiyasi deb ataladi. Pedagogik amaliyotda tarbiya texnolo giyasi 
yordamida aniq ifodalangan tarbiyaviy vazifani tarbiyalanuvchi o‘zlashti rib, 
egallab oladi. O‘qituvchi-tarbiyachi boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik roli ni 
bajaradi. 
Amallarni ketma-ket, 
izchil bajarish 
Tarbiyaviy natija: 
tarbiyalanganlik
darajasi 
Tarbiyaviy ishlarni 
bulaklar, amallarga 
ajratish
Loyihalashtirilgan 
ishlarning barchasini 
birdek bajarish
TEXNOLOGIK 
YONDASHUVNING 
KOMPONENTLARI


Ayrim amaliyotchi pedagoglar «pedagogik texnologiya» deganda texnologik 
yondashuvga asoslanmagan ba’zi foydali, samarali usullarni yoki ta’lim-tarbiya 
jarayonida texnik vositalarni qo‘llashni tushunadilar. Vaholangki, pedagogik 
texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha, o‘ziga xos belgilar va xususiyatlar 
ga ega bo‘lgan, tizimli, texnologik yondashuvga asoslanadi. U pedagogikada ijti 
moiy muhandislik tafakkurining mahsuli, texnokratik ilmiy fikrning ta’ lim-tarbiya 
sohasidagi loyihasi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijasini ma’ lum darajada 
standartlashtirish takrorlanadigan pedagogik siklga aylanti rishdir. 
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik sikl(jarayon)ni yaratish oson ish 
emas. Bunga ta’lim-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta’lim-tarbiya mazmuni 
va o‘quv-biluv materiallarining har xilligi, talaba-tarbiyalanuvchi larning 
qobiliyatlari, xotira, iroda kabi ruhiy xususiyatlari bir xil emasligi kabi qator 
faktorlar sabab bo‘ladi. SHunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda pedagog, 
psixolog olimlar pedagogik texnologiyani ishlab chiqdilar, ular yarat gan 
pedagogik texnologiya takrorlanadigan pedagogik sikl bo‘lib, ta’lim-tar biyaviy 
ishda rejalashtirilgan (loyihalashtirilgan) natijalarni kafolat laydi. 
Takrorlash uchun savol-topshiriqlar. 
1. Tarbiya jarayonini qanday xususiyatlari bor? 
2.Tarbiyaning qanday turlari bor? 
3. Tarbiyaviy ishlarga yzxlit, tiximli yundoshuv? 
4. Tarbiyaning qanday ob’oyektiv qonunlari bor? 
5. Tarbiya jarayoni o’zida qanday xususiyatlarni namoyon etadi?
6. Tarbiya tizimini qanday belgilari bor? 
7. Tarbiyaga texnologik yondashuv tushunchasi nimani anglatadi? 
8. Iqtisodiy tarbiya haqida ayting 
9. Estetik tarbiya haqida ayting 
10. Aqliy tarbiya haqida ayting 
11. Mehnat tarbiyasi haqida ayting

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish