A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o‘qitish ishlarini rejalashtirish



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

8-Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o‘qitish ishlarini rejalashtirish 
Maqsadli reja: 
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirishning ahamiyati, 
o‘qituvchilarning o‘quv yiliga tayyorgarligi. 
2. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv dasturlari. 
3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning o‘quv yuklamalari, ishchi o‘quv 
dasturlari. 


4. Dars rejalari, o‘quv uslubiy majmualari va o‘qitish jarayonida 
foydalaniladigan o‘quv adabiyotlari va darsliklar. 
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirishning ahamiyati, 
o‘qituvchilarning o‘quv yiliga tayyorgarligi. 
O‘quv jarayonini rejalashtirishning ahamiyati.O‘quv jarayonini rivojlantirish 
oliy maktablarda talabalarning mashg‘ulotlarga tayyorlanishida aso siy urin tutadi. 
O‘quv jarayonini rejalashtirish tufayli o‘qituvchi va talaba larning mashg‘ulotlarda 
texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarini o‘qitishning vazifalari 
va maqsadlariga, uning tamoyillariga ham da talabalar bilan ishlashga qo‘yiladigan 
boshqa talablarga muvofiq xamma ish larni oldindan kurish mumkin. O‘quv 
jarayonini rejalashtirishda o‘qituvchi quyidagi asosiy didaktik vazifalarni hal 
qiladi.
O‘quv jarayonini moddiy jihatdan o‘z vaqtida ta’minlash imkoniyati yarati 
ladi. Ustaxonalarni turli materiallar va asboblar bilan ta’minlash muddat lari 
oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning ahamiyati katta. CHunki o‘z vaqtida moddiy 
ta’minlash qiyin. O‘qituvchi o‘quv materiallarini alohida darslarga taqsimlab, 
texnologiya buyicha mazkur aniq mavzuni urganishgacha talabalar fizika, ximiya, 
matematika va boshqa fanlardan qanday bilimlar olganliklarini aniqlaydi, shu 
asosida texnologiya ta’limi bilan fanlarning asoslarini urganish orasi dagi didaktik 
bog‘lanishni ta’minlash imkonini beradi. YOg‘och va metallarga ishlov berish 
ustaxonalarining o‘zaro muvofiq ishlab borishga erishildi. O‘quv ustaxonalarida 
turli buyumlar tayyorlanadi. Bunda talabalarning ishlash moslashtirishi muhim 
ahamiyatga ega. Bunga esa rejalashtirishda erishiladi. CHorak, yarim yillik va 
yakunlarini chiqarishda o‘qituvchi uchun rejani baja rilishini tekshirishi oson. 
Bunda rejadagi ish bilan amalda bajarilgan ishni taqqoslash yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.
O‘qituvchilarning oliy ta’limda tala balarning umumkasbiy hamda 
umumtexnologiya bilim va kunikmalarini shakl lantirish ishlariga tayyorgarlik 
jarayonini uchta bosqichga bo‘lish mumkin, ya’ni o‘qituvchining o‘quv yiliga 
tayyorlanishi, o‘qituvchining navbatdagi mavzu buyicha mashg‘ulotlarga 
tayyorlanishi, o‘qituvchining darsga tayyorlanishi kabilardir.
O‘qituvchining o‘quv yiliga tayyorlanishi. O‘qituvchi o‘quv yili tugashi bilan 
yangi o‘quv yiliga tayyorlanishi boshlanadi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi jixoz 
va asboblarning xolatini tekshiradi. Jixozlardagi mayda nosozlik larni 
o‘qituvchining o‘zi bartaraf etadi. O‘rtacha va kapital ta’mirlash talab qilsa, 


o‘qituvchi ma’muriyat nomiga talabnoma tuzadi va uni bajarilishi tadbirlarini 
qo‘llaydi. Asboblar olishga alohida talabnoma tuziladi.
O‘quv ishini rejalashtirish kasb-hunar kolleji dasturini va undagi tushun tirish 
xatini o‘rganishdan boshlanadi. Tushuntirish xatida mashg‘ulotlarni ng vazifalari, 
o‘quv jarayonini tashkil qilish, kursatmali qo‘llanmalardan foydalanishi, talabalar 
faoliyatini tekshirish, baholash va xokazolarga oid metodik ko‘rsatkichlarni tahlil 
qilish kerak. So‘ng dasturning mazmuni chuqur o‘rganib, unda har qaysi sinfda 
talabalar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilim, kunikma va malakalar va mavzular u 
yoki bu mavzularga ajratilgan soatlar miqdori texnologiya obektlarining taxminiy 
ruyxati berilgan.
Buyumlarni tayyorlashda ularni ijtimoiy foydali bulishi quyidagi talablarga javob 
berishi kerak:
- buyumlarga ishlov berish o‘quv dasturdagi mavjud operatsiyalardan iborat 
bo‘lishi kerak.
- buyumlarni tayyorlash aniqligi va vaqt normasi talabalarning kuchi etadigan 
bo‘lishi kerak.
- buyum vazifasi va konstruksiyasiga kura talabalar tushuna oladigan bo‘lishi 
kerak.
20. SHaripov SH. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishining pedagogik 
sharoitlari: (Texnologiyava texnologiya ta’limifakutetlari misolida). Diss. ped. fan. 
nomzodi. – T. 2000. 205 b.
Texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarini har xil korxonalarning buyumlari asosida 
tashkil qilish, talabalarning unumli foydali texnologiyani tashkil qilishga harakat 
qilish lozim.
O‘qituvchilarning navbatdagi mavzu buyicha mashg‘ulotlarga tayyorlani shi. 
O‘qituvchining navbatdagi mavzu buyicha mashg‘ulotlarga tayyorlanishi kalen 
dar-reja tuzishdan boshlanadi. Kalendar-reja o‘quv yiliga tuzilishi mumkin. Agar 
oliy maktab shartnoma buyicha korxona orqali moddiy ta’minlanishning doimiy 
ishonchli manbaiga ega bo‘lsa, rejani bemalol o‘quv yiliga tuzish mum kin. 
Butun gurux bilan frontal tarzda o‘rganib bo‘lmaydigan mavzular uchun alo hida 
grafik tuziladi. Masalan: agar oliy maktabda tokarlik stanogida ishlov berish, 
termik ishlash, maishiy elektr isitish asboblarini ta’mirlashni frontal o‘rganish 
uchun etralicha jihozlar va isitish qurilmalari bo‘lmasa, talabalar dasturida nazarda 
tutilgan ishlarni navbati bilan bajaradilar.


Mavzular buyicha darslarga tayyorgarlik qilishda quyidagilarga amal qilish lozim.
- mavzuning o‘quv fanidagi urni va talabalar egallashi kerak bo‘lgan bilim, 
kunikma va malakalar doirasi;
- nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;
- talabalarning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarligi;
- materiallarning mantiqiy bayoni;
- talabalar ijodiy ishlarining imkoniyatlari;
- mavzuni urganishdan kutilgan natijasi;
- darslar bilan talabalarning sinfdan tashqari mushg‘ulotlari orasidagi bog‘lanish. 
O‘qituvchi har bir mashg‘ulotning mazmunini oldindan bilsa,talabalarning 
tayyorgarliklarini aniqlash va ular oldiga o‘tilgan materialni takrorlashga doir 
topshiriq quyish imkoniga ega bo‘ladi. YUqorida ko‘rsatilgan barcha ishlar 
natijasida navbatdagi temani o‘rganishning kalendar rejani tuzilishi ham mumkin.
O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. O‘qituvchini darsga tayyorlanishga 
tavsiya berishimizdan oldin uni o‘zi qanday fazilat va mahoratlarga ega bo‘lishi 
haqida tuxtalamiz. 
Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi o‘z 
fanini xususiyatini hisobga olgan holda quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim:
1) Siyosiy, g‘oyaviy, ongli bo‘lishi, ya’ni davr o‘zgarishi bilan qabul 
qilinayotgan farmonlar qarorlar qonunlarni tushuna oladigan, erkin fikr yurita 
oladigan va talabalarga ham etkaza oladigan bo‘lishi lozim.
2) O‘qituvchi yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak ya’ni DTS 
talablariga va ta’lim dasturiga kiritilgan bo‘limlarni yaxshi bilishi lozim.
3) YUqori pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. 
4) O‘z kasbiga muhabbat O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy 
etishiga ishongan talabalarni o‘z Vatanini sevgan har bir talabani ulg‘ayib biror 
kasb egallashga kamol toptirishga ko‘maklashadigan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchida quyidagi qobiliyatlar bo‘lmog‘i zarur: bilish qobiliyati, 
tushuntira olish, kuzatuvchilik, nutq, talabchanlik, to‘g‘ri muomila qila olish, obro‘ 
orttirish qobiliyati. Mutaxassislik fanlari o‘qituvchisining obro‘si uning 
ma’naviyati saviyasi, bilim doirasi, dunyo qarashining kengligi o‘z fanini puhta 


bilishi va o‘z ustida ishlashi bilan belgilanadi. O‘qituvchi obro‘sini belgilovchi
mezonlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: o‘qituvchi bilimdon, ijodkor, 
xalol inson, tadbirkor, mehribon, shirin so‘z, talabchan, fidoyi va kitobxon 
bo‘lmog‘i lozim. Mana shu sifatlarni o‘zida mujassamlantirgan o‘qituvchi talabalar 
muhabbati, xalqning e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Uzoq izlanishlar natijasida maktab 
o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida etakchi va asosiy rol o‘ynovchi xususiyatlar 
mavjud ekanligi va ular xalqning boshqa vakillaridan keskin farqlanishi kashf 
etilgan. mutaxassislik fanlari o‘qituvchisining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan
va ular muayyan darajada tartibga keltirilib tavsiflab berilgan. Ulardan eng 
muhimlarini keltiramiz: andishalilik, bag‘rikenglik, dilkashlik, samimiylik, ibrat 
namunaviylik, sabr toqatlilik, sahovatlilik, pedagogik odoblilik, ma’naviylik, 
yuksaklik, yuksak tuyg‘ularni egallaganlik, ijtimoiiy faollik, nutqiy qobiliyatlilik, 
tashabbuskorlik, tashkilotchilik o‘qituvchining ushbu etno psixologik xususiyatlari
milliy dastur vazifalarini bajarishda qo‘l kelishi shubhasizdir.
Mutaxassislik fanlari o‘qituvchilarining faoliyati talabalarni kasbiy etukligini 
shakllantirishga qaratilgan bo‘lib darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yangi 
pedtexnologiya usullarini to‘g‘ri tanlash, talabani o‘zlashtirishini nazorat qilishi 
lozim. O‘qituvchini darsga tayyorlanishida tashkiliy va metodik xarakterdagi 
tadbirdarni, shuningdek mahoratini oshirishtadbirlarini ifodalash mumkin. 
O‘qituvchini darsga tayyorlanishida ilg‘or ommalashtirgan metodik adabiyotlar 
bilan tanishish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchiga mashg‘ulotlar boshlangunga 
qalar talabalarga o‘quv mehnat topshirig‘i sifatida belgilanadigan ob’ektni 
tayyorlash tavsiya qilinadi.Bu metodik nuqtai nazaridan bir qancha sabablarga 
ko‘ra muhimdir. Birinchidan, topshiriq mehnat usullarini mukammal egalaganini 
va shaxsan tamuna bo‘lishini kurgan talabalar nazarida o‘qituvchining obro‘si 
ortadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi tayyorlagan namunalar talabalarga etalon sifatida 
xizmat qiladi. Uchinchidan, o‘qituvchi mehnat jarayonini mustaqil bajarib, 
talabalarqanday qiyinchiliklarga duch kelishini, qanday xatolarga yul qo‘yishlari 
mumkinlig i aniq tasavur qiladi. 
Talabalarning xatolarning tahlil qilish o‘qituvchining darsga tayyorlanishida 
muhim urin tutadi. Tajriba talabalarning xatolarni tuzatishga o‘quv vaqtining 10 
protsenti ketishini ko‘rsatmoqda. Ba’zan o‘qituvchi yangi materialni etarlicha aniq 
bayon qila olmasa, mehnat usulini bajarishni etarlicha yaqqor kursata olmasa, 
uning aybi bilan xatolar sodir bo‘ladi. Ba’zan esa talaba o‘qituvchining 
tushuntirishlarini etarli darajada diqqat-e’tibor bilan kuzatib bormasa, ish vaqtida
boshqa ishlar bilan ovora bo‘lsa, uning aybi bilan xatolar sodir bo‘ladi.Xatolar 
ob’ektiv sabablarga ko‘ra ham ruy beradi. Ayrim hollarda ayrim materiallarga 
ishlov berish uchun talabaning jismoniy rivojlanishi etarli bo‘lmay qoladi.


O‘qituvchi o‘quv yilini rejalashtirishda bir qancha didaktik vazifalarni hal 
qiladi.
1. Texnologiya ta’limi fanini dasturi bo‘limlariga mos holda o‘quv jarayonini
moddiy jihatdan o‘z vaqtida tayyorlash imkoniyatini beradi. O‘quv ustaxonalarini 
o‘z vaqtida yangi zamonaviy asbob uskunalar, o‘quv ko‘rgazma manbalari bilan 
ta’minlaydi. 
2. Texnologiya ta’limi fanining mazmuni bilan boshqa fanlarning orasidagi
bog‘lanish yoritiladi. O‘qituvchi o‘quv materialini darslarga alohida taqsimlab, 
boshqa fanlardan bilimlarni aniqlaydi. 
3. O‘quv yili davomida talabalar tomonidan bajariladigan ishlar aniqlanadi. 
4. Talabalar bilan olib boriladigan darsdan tashqari ishlar yo‘nalishi 
aniqlanadi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi ustaxonadagi jihozlar va asbob 
uskunalarning mayda nosozligini o‘zi tuzatadi. Gurguhdagi iqtidorli talabalarni 
aniqlaydi, ularni qiziqish va bilimlarini o‘stirish yo‘llarini aniqlaydi va belgilab 
beradi. O‘qituvchi har bir talabani asbob uskunalar bilan ta’minlaydi. 
O‘qituvchining vazifasi mashg‘ulot rejasini aniq va to‘liq qilib tuzishdir. 
O‘qituvchi darsga tayyorlanishida o‘quv adabiyotlari ustida ishlash metodik 
adabiyotlar va qo‘llanmalarni qarab chiqishi kerak. CHunki dars rejasi to‘g‘ri 
batafsil yozilgan bo‘lsa bu o‘qituvchiga shuncha ko‘p yordam beradi. O‘qituvchi 
har bir darsini texnologik xaritalar yordamida olib boradi va talabalarga 
bajariladigan amaliy ish mazmunini kirish, joriy, yakuniy yo‘riqnoma davrida 
tushuntirib beradi. Har bir dars yakunida talabalar tomonidan bajarilgan amaliy ish 
natijalari baholanadi. 
2. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv dasturlari. 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirish o‘quv jarayonini aniq 
tashkil etishdan iborat bo‘lib, u didaktik prinsiplarga va talabalarning texnologiya 
tayyorgarligiga dastur talablariga mos kelishi kerak, shuning uchun 
rejalashtirishga ko‘proq e’tibor berish lozim, busiz ta’lim va tarbiya ishida yaxshi 
natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini rejalashtirish—yunalishning 
tayyorlov o‘quv rejasi, ishchi o‘quv rejalari va dasturini bajarilishini, o‘quv 
materialining mazmunini to‘liq javob beradigan ob’ektlarni to‘g‘ri tanlashni,
boshqa fanlar bilan aloqani o‘quv moddiy bazadan oqilona foylanishning, asbob-
uskuna bilan taminlashni, ko‘rgazmali va o‘quv qo‘llanmalar bilan taminlashni, 
o‘quv dasturlariga binoan o‘qituvchilarning kalendar ishchi o‘quv rejalarini 


bajarilishini, texnologiyani ilmiy tashkil etish talablariga muvofiq ravishda yo‘lga 
qo‘yishni ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini 
rejalashtirish ikki qismdan, ya’ni birinchisi, Davlat ta’limi standarti talablari 
asosida o‘quv rejalarni va fanlarni namunaviy dasturlarini ishlab chiqish,ikkinchisi 
mutaxassislik fanlarini o‘qitadigan o‘qituvchilarini o‘z faoliyat olib boradigan 
ishlarini rejalashtirishlaridan iborat. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini 
rejalashtirish vaqtida quyidagi xujjatlar tuzib chiqiladi:
o‘quv uslubiy majmualari 
kalendar ishrejalari 
kalendar—mavzu rejasi; 
shaxsiy ish reja 
o‘quv ishlab chiqarish ishlarining tro‘yhati; 
yig‘ma mavzuli reja; 
aniq mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lgan dars rejasi; 
Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda 
Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tug‘ri sida»gi Qonuni, Uzbekiston 
Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Uzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta’lim 
tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chikish va joriy etish tug‘risida»gi 5 
- sonli qarori,Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 24 
iyundagi 293-sonli karori bilan tasdiqlangan “Uzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markazi tug‘risida Nizom”, Uzbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy 
ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiklash tug‘risida»gi 343-sonli 
qarori,Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkama sining «Uzbekiston 
Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish 
tug‘risida»gi 2004 yil 20 iyulidagi 341-sonli qarori, Uzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011 yil 20 maydagi «Oliy muassasalarining moddiy-texnika 
bazasini mutaxas sislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari 
tug‘risida»gi PK-1533- sonli qarori, Uzbekiston Resiublikasi Oliy va urta 
maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 18 iyuldagi “YAngilangan «Oliy ta’lim 
yunalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori»ni ijro va amalda foydalanish 
uchun kabul kilish tug‘risida”gi 302-sonli buyrugi, Uzbekiston Respublikasi Oliy 
va urta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 14 maydagi «Oliy ta’lim yunalishlari 


va mutaxassisliklari Klassifikatori»ga uzgartirish va kushimchalar kiritish 
tugrisida”gi 158-sonli buyrug‘i kabi hujjatlarga asoslanadi. 
Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha Davlat ta’lim standarti Davlat hujjati 
hisoblanib, unda bir necha punketlarda qullanish sohasi, foydala niladigan 
atamalar, ta’riflar, qisqartmalar, ta’lim yunalishining tavsifi, yunalishi buyicha 
bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi, kasbiy faoli yatining soxalari, kasbiy 
faolitning qamrash jabhalari va ob’ektlari, kasbiy faoliyati turlari, kasbiy 
moslashuv imkoniyatlari, ta’limii davom ettirish imkoniyat lari,tayyorgarlik 
darajasiga kuyiladigan talablar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tashkiliy-boshkaruv 
faoliyati, ta’lim muassasalarida olib boriladigan ilmiy-pedagogik va pedagogik 
ishlar, ishlab chikarish faoliyati, ta’lim dasturlari buyicha bilim, malaka va 
kunikmalarga kuyiladigan talablar, gumanitar va ijtimoiy-iktisodiy,matematik va 
tabiiy-ilmiy,umumkasbiy, ixtisoslik, qushimcha va tanlov fanlariga, malakaviy 
amaliyot, pedagogik amaliyot, kurs va bitiruv malakaviy ishi, ta’lim dasturlarini 
uzlashtirish buyicha amalga oshiriladigan sharoitlarga belgi langan, ta’lim 
dasturlarini uzlashtirish buyicha amalga oshiriladigan sharoit larga belgilangan, 
o‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash buyicha, ta’lim jarayonini 
ukuv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlash, o‘quv jarayonkning moddiy-
texnika bazasi buyichakabi quyiladigan talablar kursatilgan bo‘ladi. 
SHuningdek,tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baxolash 
tartibi, Davlat ta’lim standartining amal kilish muddati,yunalishi buyicha ta’lim 
dasturinig tuzili shi, bibliografik ma’lumotlar va kelishilgan vazirlik va qumitalar 
ruyxati kursatilgan bo‘ladi.
Oliy ta’limda DTSga asosan o’quv jarayoni asosiy hujjatlari quyidagilardan iborat: 
1.O’quv rejasi. Har bir sinfda o’tiladigan predmetlar, haftada necha soatdan va 
o’quv yili davomida jami shu sinfda necha soat dars o’tilishi kerak ekanligi 
ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha o‘quv rejasi davlat xujjati hisoblanadi, bu 
xujjatda barcha barcha kurslarda o‘rgatilishi kerak bo‘lgan fanlar ro‘yxati, soatlar 
miqdori,o‘qitish vaqti vadavomiyligi berilgan bo‘ladi.Jumladan, shu yunalishdagi 
barcha mutaxassislik fanlarini tashkil etuvchi umumkasbiy, ixtisoslik, qushimcha 
va tanlov fanlarini ro‘yxati, soatlar miqdori,o‘quv vaqti va davomiyliyligi berilgan 
bo‘ladi.Texnologiya yoki texnologiya ta’limi yunalishi buyicha o‘quv rejasi Oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qitiladigan fanlar, 
o‘qitish uchun ajra tilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi
davlat xujjatiga o‘quv rejasi deyiladi. O‘quv rejasini tuzishda quyidagilar e’tiborga 
olinadi: 


- maqsad-ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni amalda qo‘llay olish; 
- ta’limning o‘zaro bog‘liqligi, umumiy o‘rta ta’lim, KHK va oliy ta’lim; 
- o‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmiga ajratilgan soatlar talabaning yoshi, 
kursi bilim saviyasiga qarab belgilanadi. O‘quv rejasida umumta’lim fanlari, 
so‘ngra mutahassislik fanlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti, fakultativ 
makshg‘ulotlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘quv rejasini to‘liq bajarish maqsadida
unga tushuntirish xati ham beriladi. O‘quv rejasini bajarilishini o‘quv muassasasi 
rahbarlari tomonidan nazorat qilib boriladi. 
2. O‘quv dasturi—DTS asosida texnologiya ta’limi fanini o‘qitishning 
mazmun-mohiyatini, maqsadi va ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, 
amaliy kabi vazifalarni belgilaydi. O‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi ruyxatidan utgan sung namunaviy o‘quv dasturi hisoblanadi. Namunaviy 
o‘quv dasturi har bir predmet buyicha alohida-alohida mavjud bo‘lib, texnologiya 
ta’limi buyicha o‘quv dasturi boshqa fanlar dasturidan farq qiladi. 
Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yunalishi fanlarini o‘qitishning maqsadi—
talabalarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan 
tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatga qiziqish, 
mehnat sevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga,
ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga 
oshirishdan iborat. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni 
bajarish lozim bo‘ladi:
Ta’limiy vazifa—talabalarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun 
ularga texnologiya jarayonlari, kasb asoslarini o‘qitish va kasb tanlash bilan 
uyg‘unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan 
bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida texnologiya qurollari, vositalari, jarayonlari, 
hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texnologiyalar asosida 
egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari shu sohaning ilg‘or vakillari 
faoliyati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy vazifa—talabalarning umumtexnologiya ko‘nikmalarini 
shakllantirish jarayonida ma’naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, 
vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.
Rivojlantiruvchi vazifa—talabalarning kasbgacha tayyorgarligini 
rivojlantirish, texnologiya ta’limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol 
shaxs bo‘lib etishishlariga yordam berish. 


Ijodiy vazifa—texnologiya ta’limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid 
bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo‘lishni 
ta’minlash uchun talabalarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.
Amaliy vazifa—buyum, narsa namunalari asosida zaruriy bilimlarni 
amalda bajara olish. 
Texnologiya ta’limi yunalishini mutaxassislik fanlari o’quv dasturlari kirish, o’quv 
fanining maqsadi va vazifalari, fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va 
malakasigaqo’yiladigan talablar, fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro 
bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi, fanning ta’limdagi o’rni, fani 
o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, fanning nazariy 
(bo’lim va mavzular kursatilgan) mashg`ulotlari mazmuni,amaliy mashg`ulotlarni 
(bo’lim va mavzular kursa tilgan) tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar, 
seminar(mavzular) mashg`ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar, 
laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar, kurs ishini bajarish 
bosqichlari va uni himoya etish, kurs ishi mavzulari, pedagogik amaliyotni tashkil 
etish bo’yicha ko’rsatmalar, mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni, 
dasturning informatsion-uslubiy ta`minoti, foydalaniladigan asosiy darsliklar va
o’quv qo’llanmalar ro’yxati kursatilgan bo’ladi. Shuningdek, texnologiya ta`limi 
yunalishiga oid mutaxassislik fani boyicha o’quv dasturi talabalarni qanday bilim 
va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish 
uchun qanday ish ob`ektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan 
asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma`lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday
bo’limlarga ajratib o’rganish kerakligi, shuningdek, har bir bo’limni o’rganish 
uchun ajratilgan soatlar me`yori ko’rsatilgan bo’lib, oily va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Texnologiya ta’limi yunalishdagi mutaxassislik fanlari buyicha 
darslarning kalendar mavzu rejasi: 
dars o‘tish kunlari; 
dastur mavzusi; 
darsni tashkil qilish shakllari; 
darsni o‘tish metodlari; 
sarflanadigan material; 
ishchi, yordamchi va o‘lchov asboblari; 
uskuna va moslamalar; 


ko‘rgazmali qurollar va adabiyotlar; 
texnik-texnologik xujjatlar; 
kasb tanlashga oid materiallar; 
soat; 
Kalendar mavzuli rejani mavzu va mavzuchalar, ajratilgan soat, ositish vaqti, 
oqitish shakli, dars metodi, ish ob’ekti, qaralayotgan yoki ishlov berilayotgan 
hodisa yoki predmeti, o’lchash va ishchi asbobli jihozlar, jihozlar, moslamalar, 
qurilmalar, texnik hujjatlar, fanlararo vog’lanish, texnik vositalar,kasblar, 
adabiyotlar (jami 15ta punkt)asosida tuliq ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, 
rejani tulig’icha tuzish uchun mashg’ulotlarda bajariladigan ishlar hajmiy miqdori 
va qaralayotgan mutaxassislik fanini tabiy – ilmiy wikldagi bog’liqlik grafigi kerak 
bo’ladi. Bu hajmiy miqdor grafigi tuzish uchun ham darslarning mavzuli 
rejasigagina amalga oshirib bo’lmaydi, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir, chunki 
qaysi mavzu uchun qanday ish ob`ekti tanlash kerakligi va uning izchilligini yoki 
boshqa fanlardagi mavzuga qaysi mavzuni bog’lab o’tish kerakligini aniqlash 
uchun birinchi navbatda mehnat ta`limi darslarida o’tiladigan mavzular va ularning 
ketma-ketligini aniqlash zarur bo’ladi. Shu sababli kalendar mavzuli rejani to’liq 
ishlab chiqish ikki bosqichli bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilar asosida kalendar mavzuli reja tuzishda quyidagi ko’rsatmalarga 
amal qilish kerak: 
O’qitish shakli talabalarni bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish uchun 
ular qay tarzda tashkil etilganligini xarakterlaydi; 
Mutaxassislik fanlarini o’qitishning bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, ular 
yunalishdagi ta`lim-tarbiyaviy ishlar xarakteri, o’quv jarayoni shart-sharoitlar va 
ta`limning umumiy maqsad hamda vazifalarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Kalendar mavzuli reja o’quv rejasi va o’quv dasturi asosida har bir o’qituvchi 
tomonidan mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va 
kafedra uslubiy uyushmasi va yig’ilishida, fakultet kengashida muhokamasi orqali 
o’quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanadi. 
Kalendar mavzuli reja har bir bo’limini qanday mavzularga ajratilab, ular qanday 
ketma-ketlikda, necha soatdan va o’quv yilining qaysi qismlarida o’qitilishi. Bu 
mavzular o’qitishning qaysi shakl, metod yordamida o’rgatilishi, har bir mavzuni 
o’qitishda qaysi ishni bajarish, buning uchun qanday asbob-uskunalar, xom ashyo,. 
texnik–texnologik hujjatlar zarurligi, shuningdek, o’qitishning texnikaviy 


vositalari, adabiyot va metodik qo’llanmalarning qaysilari zarur bo’lishini oldindan 
ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, har bir guruh uchun bir yilga mo’ljallab tuziladi. 
Amaliy mashg’ulotlarda qilinadigan ishlar royxati – har bir kursda o’quv yili 
davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, 
bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga 
oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko’rsatuvchi 
hujjat bo’lib, har bir maktab o’qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, tushgan 
buyurtmalar, o’quv dasturida ko’rsatilgan ish ob`ektlarining namunaviy ro’xatini 
hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga solinib ishlab chiqadi va kafedra, 
dekanat yig’ilishlarida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Amaliy 
mashg’ulotlarda qilinadigan ishlar royxati va kalendar mavzuli reja bir vaqtda 
tuziladi. 
Mehnat ta`limi darslarini tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlar bilan bog’liqlik grafigi–har 
bir mavzu mazmuni yoritishda uning mohiyatini talabalar tomonidan chuqur, ilmiy 
asoslangan holda tasavvur etishlari, vaqtdan unumli foydalanish, nazariy 
bilimlarini amalda, hayotda va ishlab chiqarishda qo’llash imkoniyatlarini keng 
yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o’qituvchi 
tomonidan tuziladi hamda u kalendar mavzuli rejada o’z ifodasini topadi. 
3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning o‘quv yuklamalari, ishchi o‘quv dasturlari. 
Mutaxassislik fanlarini buyicha o‘quv yuklamalari mutaxassislik fanlari 
nomlari, o‘qitilishi muljallangan kurs, smestr, talabalar soni(yil boshida dekanat 
tomonidan olinadi), potoki, guruhlar soni, fanlar buyicha ma’ruzaga muljallangan 
o‘quv soatlari, fanlar buyicha amaliy mashg‘ulotlarga muljal langan o‘quv soatlari, 
fanlar buyicha laboratoriya mashg‘ulotiga mul jallangan o‘quv soatlar, fanlar 
buyicha seminarga muljallangan o‘quv soatlar, fanlar buyicha kurs va bitiruv 
malakaviy ishlarga (bir talabaga muljallan ganini umumlashtirish asosida olinadi, 
bir o‘qituvchiga ettitagacha talabani bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilishi 
mumkin) muljallangan o‘quv soatlari, fanlar buyicha barcha turdagi malakaviy 
amaliyotlarga( bir talabaga muljallangani ni umumlashtirish asosida) muljallangan 
o‘quv soatlari, barcha turdagi nazorat larga muljallangan o‘quv soatlari, ochiq 
darslar, ilmiy tadqiqot ishlari, MD ishlarini tayyorlash, talabalar bilan ishlash va 
yakuniy davlat atestatsiyasiya sida qatnashishgamuljallangan o‘quv soatlar 
miqdorlaridan tashkil topadi. O‘quv yuklamasi kafedra buyicha tuliq o‘quv soatlari 
miqdori va o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan fanlar buyicha soatlar miqdoridan 
iborat bo‘ladi. Ik kala miqdorning jami soati bir xil bulishi, ya’ni miqdor bilan 
taqsimot bir xil bulishi, miqdorda qancha o‘quv soati bo‘lsa, taqsimot ham 
shuncha o‘quv soati bo‘lishi kerak. Kafedra o‘quv soatlari miqdorini kafedra 


mudiri tayyorlaydi, fakultet dekani, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, tekshiradi, o‘quv 
ishlari prorektori tasdiqlaydi.O‘quv yuklamalari bir yilda bir marta o‘quv yili 
boshida tayyorla nadi va yil oxirigacha qoladi. 
Ishchi o‘quv dasturlari kaferadagi o‘ziga taqsimlangan mutaxassislik fan lari 
buyicha tegishli (bilim sohasi:, 100000 – gumanitar, talim sohasi: 110000 – 
pedagogika, talim yunalishi: 5112100 – texnologiya ta’limi) kursatgichlari 
buyicha o‘qituvchi tomonidan tayyorlanadi, kafedra va dekanat yig‘ilishlarida 
tasdiqlanib, institut ilmiy kengashiga tavsiya qilinadi va kengashda tasdiqlanadi. 
Ishchi o‘quv dasturi kirish, fanning maqsad va vazifalari, talabalar bili miga, 
kunikmasiga, malakalariga qo‘yilgan talablar, faning boshqa fanlar bilan aloqasi, 
fanning maqsadi va vazifalari, fanni o‘qitishda qullanila digan zamonaviy 
vositalar, qurollar, uslublar va texnologiyalar, fan buyicha taqsimlangan o‘quv 
soatlar miqdori, audatoriya soati, mustaqil ish soati, umumiy soat, nazorat turlari 
buyicha talaba tuplashi mumkin bo‘lgan maksimal ballar miqdori,fandan tuplashi 
kerak bo‘lgan maksimal –minimal ballar, maksimal –minimal joriy va maksimal –
minimal oraliq hamda maksimal –minimal yakuniy ballar, utish bali va uni 
koeffitsent buyicha topish mezoni 
formulalari kursatilgan bo‘ladi. SHuningdek, ishchi o‘quv dasturida JN,ON, 
YANda baholash mezoni nazorat shakllari buyicha baholash mezoni(a’lo 86-
100%, yaxshi 71-85%, o‘rta 55-70%, qoniqarsiz 0-55%, ON, JN – 70 bal, 
qoniqarsiz 0-38,5, YAN-30ball qoniqarsiz 0-16,5)lari keltirilgan bo‘ladi.
Dasturda amaliy mashg‘ulot va seminar mashg‘ulotlar, o‘quv va pedagogik 
amaliyotlar buyicha ajratilgan soat, JN maksimal balli, o‘tkazi lish shakli 
muddatlari, mashg‘ulotni utkazish uslubi kabi kursatgichlar bilan aniqlanashi 
kursatilgan bo‘ladi. 
Amaliy kunikmalar yakuni buyicha joriy nazoratni umumiy bali, utkazish 
shakli va muddatihisobga olinadi. Reyting texnologik kartasi ON,JN,YAN, 
umumiy ballar va 1soatlik ballarga asoslanadi. 
4. O’quv uslubiy majmualari, dars rejalari, oqitish jarayonida foydalaniladigan 
o’quv adabiyotlari va darsliklar. 
O’quv uslubiy majmua - oily ta’lim oqituvchisini bir o’quv yilida olib 
boradigan o’quv, uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarini jamlovchi yul-yuriqli 
o’quv qullan ma tariqasida bo’lib, u Oliy va o’rta maxsus ta’lim VazirlIgi 
tasdiqlagan meyoriy o’quv metodik hujjatlar asosida har bir fan buyicha har bir 
oqituvchi ishlab chiqadigan o’quv uslubiy hujjat hisoblanadi.


O’quv usubiy majmualar har biri bir necha banddan iborat bo’lgan ikkita guruh 
dan va ikki qismdan ya’ni Oliy va o’rta maxsus ta’lim VazirlIgi tasdiqlagan o’quv 
metodik hujjatlar va adabiyotlar va joriy o’quv –uslubiy ta’minot qismlaridan 
iborat bo’ladi. 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim VazirlIgi tasdiqlagan o’quv metodik hujjatlar va 
adabiyotlar qismi qo’yidagilarni o’z ichiga oladi.
1. O’quv – mye’yoriy hujjatlar guruhi:
a)Davlat ta’lim standarti;
b)o’quv ryejasi;
v)o’quv dasturi; 
g)Moddiy –texnik va o’quv –metodik ta’minotga qo’yiladigan talablardan 
iborat bo’ladi.
2. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi grifini olgan o’quv adabiyotlari guruhi;
a) darslik;
b) o’quv qo’llanma; 
v) uslubiy qo’llanmalaridan tashkil topasi. 
Joriy o’quv –uslubiy ta’minot qismi qo’yidagilarni o’z ichiga oladi.
Joriy o’quv–mye’yoriy hujjatlar:
a)ishchi o’quv rejasi,
b)ishchi o’quv dasturi,
v)kalyendar – tematik ryejalardan tashkil topadi.
Joriy o’quv–uslubiy ta’minot:
a)ma’ruzalar matni;
b)laboratoriya;
v)semenar va amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari;
g)semenar va amaliy mashg’ulotlarni tarqatma matyeriallari;


d)semenar va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish va qo’llash bo’yicha uslubiy
tavsiyanomalari;
e)JN, ON, YaN bo’yicha ballar taqsimoti va topshiriqlar mazmuni baholash 
myezonlari;
j)ON va YAN savolnomalari;
z)mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy tavsiyanomalar;
i)kurs ishi mavzulari kabi bandlarni o’z ichiga oladi. 
O’quv uslubiy majmuada bilim sohasi, ta’lim sohasi, ta’lim yunalishi, 
majmuani tuzuvchi, majmuaga taqriz bergan taqrizchilar, majmuada foydalangan 
oquv dars mate riallari, manba va adabiyotlar va boshqa shu fanni samarali o’qitish 
uchun zaruriy uslubiy yul-yuriqlar kompleksi keltirilgan bo’lishi kerak.
Dars rejasi.Tanlangan shakl va metodlar asosida mashg’ulotni qanday tashkil etish, 
uning tuzilishi va mazmuni qanday izchillikda amalga oshirishini ko’rsatuvchi 
hujjat bo’lib o’qituvchi tomonidan har bir mashg’ulot uchun alohida-alohida 
tuziladi Dars rejasining tuzilishi nazariy mashg’ulot, amaliy mashg’ulot, aralash va 
ekskursiya mashg’ulotlari boyicha bir-biridan keskin farq qiladi. 
Dars rejasi va konspekti o’qituvchining darsga tayyorlanganligini ko’rsatuvchi 
hujjatlardir. Dars konspekti asosan nazariy ma’ruzalarga muljallangan bo’lib, dars 
rejasida ko’rsatilgan izchillikda yozilgan bo’lib. Unda talabalarga etkazilishi zarur 
bo’lgan asosiy tushunchalar, sxema va chizmalar hamda esda saqlab qolish 
nisbatan qiyin bo’lgan ma`lumotlar aks ettiriladi. Bunda o’quv dasturida 
ko’rsatilgan me`yoridan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi.
Dars konspekti darslik va metodik adabiyotlar, hamda o’qituvchining tajribalari 
asosida yozilib, dars rejasi bilan bir vaqtda maktab direktorining o’quv ishlari 
boyicha muovini tomonidan tasdiqlanadi va dars rejasi va konspekti bilan 
o’qituvchi darsga kiradi 
Amaliy mashg’ulotlar davomida o’qituvchi uchun o’quv rejasi va dasturi berilgan 
holda o’quv mashg’ulotlariga kirishgacha bo’lgan barcha hujjatlar bilan 
tanishadilar va ularni ishlab chiqadi. Bu ishlarni amalga oshirish quyidagicha 
tartibda bajariladi.
Amaliy ish. Dars rejasi va konspektini ishlab chiqish. Tushuntirish. 
O’qituvchining dars rejasini tuzish va konspekt yozish ishlari mashg’ulotga 
tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bunda darslik va metodik 


adabiyotlar boyicha to’plangan va talabalarga qay tarzda, qanday izchillikda 
yetkazilishi kerak ekanligi rejalashtiriladi. 
Rejalashtirishda dastlab har bir mavzuni o’qitishda ko’zda tutilgan maqsad 
aniqlanadi. Aniqlangan maqsadga erishi uchun o’qitish metodi va shakli, didaktik 
sharoitlar hamda dars turlari tanlanadi. Tanlashda nazariy darslarda nazariy 
bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish, amaliy darslarda mehnat ko’nikma va 
malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, nazariy va amaliy darslarda bilim, 
ko’nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, umumlashtiruvchi kino 
yoki ekskursiya darslarida bilim ko’nikma va malakalarni umumlashtirishlar 
e’tiborga olinadi.
Turli darslar uchun dars rejasi turlicha ko’rinishda bo’ladi. 
Masalan: 
I. Nazariy dars rejasining tuzilishi. 
1. Sana.............................................................................................. 
2. Dasturdagi bosh mavzu “.............................................................” 
(Har bir yangi bo’limning dastlabki mavzusiga reja tuzishda yoziladi). 
3. Dars mavzusi: “.............................................................................” 
4. Darsning maqsadi: “.....................................................................” 
A) Ta`limiy.............................................................................................. 
B) Tarbiyaviy............................................................................................... 
V) Rivojlantiruvchi................................................................................. 
5. Darsni jihozlash: “......................................................................” 
6. Darsni tashkil etish: 
A) salomlashish; 
B) davomatni aniqlash; 
V) navbatchi tayyorlash; 
G) sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish. 
7. Oldingi mavzuni takrorlash: Bunda quyidagi variantlardan foydalaniladi: 


A) talabalar o’rtasiga savol tashlash; 
B) talabalarning bir-birlariga savollar berishlari; 
V) tarqatma materiallar orqali; 
G) testlar yordamida; 
D) bilimlarni sinash mashinalari yoramida; 
(tanlangan variant boyicha oldingi mavzu mazmuni asosida bir necha savollar 
tuziladi). 
8. O’qituvchi tomonidan oldingi mavzuni qisqacha takrorlash va yangi 
mavzuga bog’lash (sharoitni hisobga olgan holda). 
9. Yangi mavzuning bayoni: 
(Mavzu mazmunining bayon qilinishi yoki yetkazilishidagi izchillik va ketma-
ketlik rejasi tuziladi). 
A) 
B) 
V) 
10. Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzu mazmuni boyicha savollar 
tuziladi: 
A) 
B) 
V) 
11.Darsni yakunlash va uyga vazifa berish: 
Talabalar javoblarini umumlashtirish, ularni baholash. 
Uy vazifasini bajarish boyicha topshiriq va ko’rsatmalar berish. 
Amaliy dars rejasining tuzilishi. 
1. Sana.............................................................................................. 
2. Mashg’ulot mavzusi: “....................................................................” 
3. Mashg’ulot maqsadi: “.....................................................................” 


A) Ta`limiy.............................................................................................. 
B) Tarbiyaviy............................................................................................... 
V) Rivojlantiruvchi................................................................................. 
4. Ish ob`ekti: “................................................................................” 
5. Darsni jihozlash: “......................................................................” 
6. Darsni tashkil etish: 
A) salomlashish; 
B) davomatni aniqlash; 
V) audatoriyaning darsga tayyorgarligini tekshirish. 
7. Dastlabki yo’l-yo’riqlar. Mavzu mazmuni va masadiga muvofiq 
bajariladigan ishlarni qaytarzda amalga oshirish boyicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatish 
rejasi tuziladi. 
A) 
B) 
V) 
8. Talabalarning amaliy ishlarini tashkil etish va nazorat etib borish: 
A) talabalarni xomashyo va asbob-uskunalar bilan ta`minlash; 
B) ish o’rnini to’g’ri tashkil etish va ish uslublarni to’g’ri qo’llashlarini 
kuzatish. Ularga yakka tartibda joriy yo’l-yo’riqlar ko’rsatish; 
V) ish uslublarini qo’llash va xavfsizlik texnikasi qoidalari ko’pchilik 
tomonidan buzilsa, yalpi ravishda joriy yo’l-yo’riqlar berish? 
G) bajarishda ularga qiyinchilik tug’dirgan o’qituvchiga oldindan ma`lum 
bo’lgan ishlarni amalga oshirish boyicha talabalar faoliyatini kzatish va tegishli 
yo’l-yo’riqlar brish. 
9. Yakuniy yo’l-yo’riqlar: 
A) buyumlarni tayyorlashga qoyilgan texnik-texnologik talablarni tekshirish 
va baholash; 


B) ishni namunali tarzda bajargan talabalarni rag’batlantirish va ayrim 
kamchiliklarga yo’l qoygan talabalarga uni tuzatish boyicha yo’l-yo’riqlar berish; 
V) uyga vazifa. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish