•
O’yinning maqsadi ;
•
O’yin vazifalari va ularning bajarish izchilligi;
•
O’yin qoidalari;
•
G’oliblarni aniqlash tartiblari ishlab chiqilgan bo'Iishi kerak.
Maqsad — insonni u yoki bu faoliyati jarayonida erishishi lozim bo’lgan
dasturlashtirilgan, rejalashtirilgan natija. Maqsad tekshirib ko’riladigan va
erishiladigan (amalga oshiriladigan) bo’Iishi lozim.
Maqsad ikki turda bo’ladi:
- O’qituvchi faoliyati maqsadlari.
- O’quvchi faoliyati maqsadlari.
O’qituvchi faoliyati maqsadlari o’quvchi, talaba shaxsini rivojlantirishga
qaratilgan. U o’z ichiga qo’yidagilarni oladi:
•
O’quvchi, talabalarning yangi mavzuni o'rganish
loyihasini tasavur qila
olishiga yordamlashish;
•
O’quvchi, talabalarning dalillar, tushunchalar,
qonunlar haqidagi
ko’nikmalarini mustahkamlash;
•
O’quvchilarni o'rgangan bilimi va malakasini xilma-xil sharoitlarda mustaqil
qo’llay bilishga o’rgatish, «amaliyot» da sinab ko’rish;
• mavzu bo’yicha o’quvchi, talabalarning bilimi, uquvi, malakasini
oshirish,
mustahkamlash va nazorat qilish.
O’yin o’tkazish uchun qanday tayyorgarlik ko’rishda o’qituvchi uchun
tavsiyalar, talabalar uchun ko’rsatmalar beriladi. Talabalar qanday rol o’ynashadi,
o’yinning qoidalari, uni o’tkazishni qadam-baqadam ko’rsatmasi beriladi. Juda
ko’p o’yinlarda talabalar hayotdagi personajlarning rolini o’ynashadi. Masalan,
sotuvchi, xaridor, ishlab chiqaruvchi, xizmatchi va hokazo.
O’yin o’tkazish shartlarida har bir rol bajaruvchining maqsadi va unga qanday
erishish mumkinligi ko’rsatiladi. Masalan, istalgan
materiallardan masalan,
metallarni turlari buyicha har bir qanashchi rol uynaydi, ular o’zlarini
xarakteristikasi buyicha ma’lumotlarni tuliq ifodolovchi sifatida qatnashadilar.
3) Modellashtiruvchi o'yin o'tkazilayotganda darsning maqsadini yaxshi
tushunmaslik oqibatida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarni to'g'rilash
hamda
qarama-qarshi muloqot o'rnatish imkoniyatini qoldirishni ko'zda tutishi kerak.
4) Modellashtiruvchi o'yin asosida dars o'tishda talabalar o’yin jarayonida ham
bilim oladi. Muhokama qilish jarayonida o’qituvchi tomonidan berilgan savollar
talabalarga o'yin davomida bajarilgan ishlar,
voqealarni umumlashtirishga,
darsning asosiy mazmunini tahlil qilishga yordam berishi kerak. Talabalar
to’qnashgan qiyinchiliklar, o’zi uchun ochgan yangiliklarni aniqlash, o’yinni real
hayot
voqealari bilan taqqoslash, o’tilayotgan darsning mazmuni bilan bog’lash
asosida ko’rsatilgan asosiy mutaxasisslik buyicha tushunchalarning mag’zini
chaqish, nglab yetish hamda xulosa chiqarishga yordam berishi kerak.
5) Modellashtiruvchi uyin boshqa o’yinlardan farq qilishini tushuntirish kerak.
Masalan, kim birinchi bo’lib masalani yechadi yoki krossvord tuzadi va hokazo.
Bular, asosan, qandaydir bir musobaqani ifodalaydi. Modellashtiruvchi o’yinlarga
esa, albatta, real ijtimoiy yoki mutaxasisslik jarayonni soddalashtirilgan ifodasi,
unda qatnashish imkonini beradigan o'quv tajribasi sifatida qarash mumkin.
Modellashtiruvchi amaliy o’yinlar talabalarga shu jarayonning o’zini yoki
insonlarning hatti-harakatini, o’zlarini qanday tutishlari, ya’ni tanlov muammosini
qanday hal etishlarini namoyon qilishi tufayli mutaxasisslik buyicha voqea,
hodisa, jarayonlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Chunki, shu
jarayonning o’zida ular qatnashadilar, sinab ko’radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: