A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Umurtqalilarning sistematikasi



Download 0,81 Mb.
bet7/60
Sana15.04.2022
Hajmi0,81 Mb.
#553522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
Um-lilar.MAJ-19-20

Umurtqalilarning sistematikasi
Umurtqali hayvonlar kenja tipi ikkita bo’limga bo`linadi:
1. Juft suzgich qanotlari bo’lmagan va hozirgi zamon faunasidan to`garak og`izlilarni o`z ichiga olgan jag`sizlar.
2. Juft suzgich qanotlari yoki juft oyoqlari bo`lgan jag`lilar.
Jag`sizlar bo’limi o`z ichiga faqat bitulimi o`z navbatida ikkita katta sinfga bo`linadi.
I. Baliqlar katta sinfi. Ular o`z navbatida ikkita sinfga bo`linadi.
1.Tog`ayli baliqlar.2.Suyakli baliqlar.
II. To’rtoyoqlilar katta sinfi. Bular 4 ta sinfga bo`linadi.
1.Suvda va Quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar.2.Sudralib yuruvchilar yoki reptiliya.3.Qushlar.4.Sut emizuvchilar
Jag`lilar bo’limi sistematikasiga bog’lik bo’lmagan xolda 2 gruppaga bo`linadi:
1.Anamniyalar. Bularga birlamchi suvda yashovshi umurtqali hayvonlar kiradi.
2.Amniotlar. Bu gruppa quruqda yashaydigan umurtqali hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi.
Umurtqali hayvonlar fiziologik xolatiga ko’ra yana 2 ta gruppaga bo`linadi.
1.Sovuq qonlilar yoki poykilotermli hayvonlar. Bularga baliqlar, amfibiyalar va sudralib yuruvchilar kiradi. Bu hayvonlarning gavda temperaturasi o`zgaruvchan, tashqi muxit temperaturasiga qarab o`zgarib turadi.
2.Issiq qonlilar yoki gomiotermli hayvonlar. Bu gruppaga qushlar va sut emizuvchilar kiradi. U hayvonlarning gavda temperaturasi yuqori va o`zgarmas. Tashqi muxit temperaturasiga deyarlik bog’lik emas.

5-MA’RUZA
To`garak og`izlilar sinfi
REJA
1.To`garak og`izlilar sinfining umumiy tavsifi.
2.To`garak og`izliklar sinfi misolida daryo minogasining tashqi va ichki tuzilishi.
3.To`garak og`izlilarning sistematikasi.
4.To`garak og`izlilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi.

Tayansh iboralar: jag`lari, juft suzgich qanotlarining yo`qligi, burun teshigi, jabrasi, daryo minogasining ovqat xazm qilish, nafas olish, qon aylanish, siydik- tanosil sistemasi, skeleti, nerv sistemasi, to`garak og`izlilarni kenja sinflarga bo’linishi, kelib chiqishi, qalkondorlar sefalaspi, pteraspi.
Umurtqali hayvonlarning primitiv gruppasi bo`lib, minoga va miksinlarni o`zi ichiga oladi. To`garak og`izlilarning gavdasi silindirsimon cho`ziq bo`ladi. Terisi yalong’och, shilimshik. Juft suzgich qanotlari bo`lmaydi. Og’zi jag`siz bo`lib, og`iz surg’ichining to’rida joylashadi. Burun teshigi bitta. Xordasi umrbod saqlanadi. Orqа miyasining yon tomonlarida juft tog`ay o`simtalari metamer xolda joylashadi. Bu o`simtalar umurtqalilarning ustki yoylarining kurtagidir.
To`garak og`izlilarning tuzilishini minoga misolida ko`rib chiqamiz.
Tashqi ko’rinishi. Gavdasi uzun ilonga o’xshaydi va uch qismga – bosh, tana va dumga bo`linadi. Boshning oldingi past qismida og`iz oldi voronkasi bor. Og`iz oldi voronkasida shox tishlari bo`ladi. Boshning ikki yon tomonida bir juft ko`zi bo`ladi. Ikki ko`zining orasida toq burun teshigi bor. Boshining ikki yon tomonida yettitadan jabra teshiklari bo`ladi. Orqа tomonida oldingi va keyingi toq orqа suzgich qanotlari hamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Dum suzgich qanoti birlamshi teng pallali protaserkal tipda bo`ladi. Gavdaning ostida, tana bilan dum quchilgan yerda orqа chiqaruv teshigi va siydik- tanosil o`rnashgan.
Teri qoplagichlar yumshoq bo`lib, unda tashqi skeletning asari ham yo`q. Terisida talaygina bir xujayrali bezlar bor. Skeleti asosan tog`aydan tashkil topgan. O’q skeleti bo`lib umrbod saqlanadigan xolda xizmat qiladi. Xordani va orqа miyani biriktiruvchi to’qimali parda o`rab turadi. Orqа miya kanalining tashqi devorida xordaning chetlari bo`ylab mayda tog`aylarning juft qatori bor. Bu tog`aylar umurtqalar murtagi xisoblanadi.
Bosh skeleti miya qutisi, og`iz oldi voronkasi skeleti va visseral apparat skeletidan iborat.
Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va qisman ustidan o`rab oladi. Miya qo`tisining engsa bo’limi taraqqiy etmagan. Miya qutisining tagida asosiy plastinka, oldingi tomonida xidlov kapsulasi, keyingi qismida eshituv kapsulasi joylashadi.
Og`iz oldi voronkasi skeleti faqat to`garak og`izlilarga xosdir. U voronka devorining yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog`aylardan tuzilgan.
Visseral skelet jabra qutisidan, stilesimon tog`aydan va ko`z osti yoyidan iborat. Jabra qutisining o`zi tog`ay panjaradan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog`ayi tegib turadi.
Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajralgan.
Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miyaga nisbatan kichiq va miyacha uzunshok miyadan ajralmagan, bosh miyaning bo’limlari bitta gorizantal tekislikda joylashgan. Oldingi miya yarim sharlarining tagi targ`il tanadan tuzilgan, ustki yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Orqа miyasi lentasimon shaklda bo`ladi. Orqа miya nervlarining orqа va qorin bo`toqlari boshqa umurtqalilarga qarshi ularoq bir- biri bilan qo`shilib, aralash nerv tanasi xosil qilmaydi.
Sezuv organlari past taraqqiy yetgan. Eshitish organi faqat ichki quloqdan tashkil topgan va unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko`zida shox parda rivojlanmaydi. Xid bilish organi toq. Yon chiziq organi teri yo`zasiga joylashgan.
Ovqat xazm qilish organlari og`iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og`iz bo’shlig’iga ochiladi. Og`iz bo`shlig`ida shox tishlar va til bo`ladi. Og`iz bo`shlig`idan faqat to`garak og`izlilarga xarakterli ikkita naypastda nafas nayi va ustida qizilo`ngach nayi ketadi. Qizilo`ngach ichakka va ichak anal teshigiga ochiladi. Ichakning ichida xazm qilish yo`zasini kengaytiruvshi spiral klapani bo`ladi. Ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshqozon osti bezi ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshqozon osti bezi ichakning butun devoriga tarqalgan.
Nafas olish organlari. Yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarining ichki tomonidan yaproqsiz ichki jabra yo’llari ochiladi. Ichki jabra yo’llari nafas nayiga chiqadi. To`garak og`izlilarning jabra xaltachalari va ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda entodermadan rivojlanadi.
Nafas olishda suv tashqi jabra teshiklaridan jabra xaltachalariga va shu yo’l bilan orqаga qaytib tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi- lansetnikning qon aylanish sistemasi planida tuzilgan. Lekin minogalarda yurak bo’lmasa va yurak qorinchasidan iborat ikki kamerali yurak bor. Yurak qorinchasidan qorinl aortasi chiqadi. Uning har qaysi tomonidan qon olib keluvshi jabra arteriyalari chiqib, jabra oralik to`siqlaridagi jabra yaproqlariga keladi.
Oksidlangan qon olib ketuvshi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga yig’iladi. Aorta ildizidan oldingi tomonga qarab gavdaning bosh tomonini qon bilan ta’minlovshi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab, butun gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlovchi orqа aortasi chiqadi. Gavdaning bosh tomonidan venoz qon bir juft kardinal venalarga yig’iladi. Bularning har qaysi mustaqil ravshda vena sinusiga quyiladi. Ichakdan venoz qon–jigar kopka venasiga yig’iladi. Bu yerdan venoz qon jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi. Vena sinusi yurak bo’lmasiga, yurak bo’lmasi esa yurak qorinchasiga ochiladi.
Ayirish organi bir juft mezonefretik buyrakdan iborat. Bu buyrak gavda bo`shlig`ida joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldig’i bor. Siydik kanali bo`lib volf kanali xizmat qiladi va siydik tanosil teshigiga ochiladi.
Ko`payish organlari toq bo`ladi. Pishib yetilgan jinsiy xujayralar gavda bo’shlig’iga tushadi va siydik tanosil teshigi orqаli tashqariga chiqariladi, urug’lanish suvda o`tadi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish