A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


О’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI



Download 0,81 Mb.
bet2/60
Sana15.04.2022
Hajmi0,81 Mb.
#553522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Um-lilar.MAJ-19-20

О’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
A. QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITO`TI


Umumiy biologiya va uni o`qitish uslubiyati kafеdrasi
Zoologiya
(Umyrtqali hayvonlar)
(Ma'ruzalar matni)


Jizzax - 2019



Tuzuvchi:


Sanaеva Lola Shukurboevna - Umumiy biologiya va uni o`qitish uslubiyati kafеdrasi katta o`qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi


Taqrizchilar:


Mavlonov Xudoybеrgan Mavlonovich- A.Qodiriy nomidagi JDPI profеssori, biologiya fanlari doktori.
Raxmonqulov Umurqul Raxmonqulovich – A.Qodiriy nomidagi JDPI profеssori, biologiya fanlari doktori.

Ma’ruza matni A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pеdagogika instito`ti o`quv-uslubiy kеngashining 2019y yil «___» ___________dagi __ sonli yig`ilichida ko`rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.

1-MA’RUZA
Kirish. Xordalilar tipi
REJA:
1.Umurtqali hayvonlar zoologiyasi fanining predmeti va vazifalari.
2.Umurtqali hayvonlar zoologiyasi fanining qisqaсha o’rganish tarixi.
3.Xordalilar tipining umumiy tavsifi.
4.Xordalilar tipining sistematikasi.


Tayansh iboralar: xordali hayvonlar, oziq ovqat, teri, jun, muyna, xonaki hayvonlar biometod, zarari, tabiat muxofazasi, umurtqali hayvonlarni muhofaza qilish, to’g’ri foydalanish, hayvonlarni muhofaza qilish to’g’risidagi davlat qonuni (1997), qo’riqxona, qizil kitob, Aristotel, Linney, Pallos, Rul’e, N.Seversov, Berg, Terent’ev, Kashkarov, Shvars, Naumov, Shmalgao`zen, Zarudniy, Zoxidov, Sagitov.
O’q skeleti, nerv sistemjabra yoriqlari, xordalilar bilan umurtqasizlar o’rtasidagi umumiy belgilar, xordalilar tipining sistematikasi, kenja tiplar.
Biologiya fanlari ichida zoologiya aloxida va asosiy o’rinni egallaydi. Oliy o’quv yurtlarida zoologiya fanini umurtqasiz hayvonlar zoologiyasiga va umurtqali hayvonlar zoologiyasiga ajratib o’qish odat bo`lib qolgan. Bu nafaqat qulay, xatto metodik tomondan ham to’g’ridir.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasi, aniqrog’i, xordalilar zoologiyasi (chunki bu fan hayvonot olamidan faqat bitta xordalilar tipini o`z ichiga oladi) inson xayotida va tabiatda katta rol o’ynaydi.
Xordalilar hayvonlar ichida eng yuqori taraqqiy yetgan va murakkab tuzilgani bo`lib, har xil sharoitlarda yashaydi va yer yuzida keng tarqalgan. Xordali hayvonlar insonning xo’jalik faoliyatida katta axamiyatga ega, chunki xordalilar ichida oziq-ovqat, maxsulot, teri, jun, muyna beradigan turlari bor, boshqalari transport, qo’riqlash, sport va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Xordalilar xonaki hayvon zotlarini yaratishda tabiiy, manba bo`lib ham xizmat qiladi. Xonakillashtirish prosessi uzluksiz olib borilmokda. Masalan, bizning ko`z oldimizda tulki, ok tulki, norkа, los, tuyaqush va boshqa turlar xonakilashtirilmoqda. Umurtqali hayvonlar qishloq va o’rmon xo’jaligi, bog’ va xiyobon zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashda bebaxo kuch xisoblanadi.
Xordali hayvonlar faqat foydali bo`libgina qolmasdan, bularning ba’zi turlari qishloq xo’jaligi uchun zararlidir. Masalan, o’rmon-qoziqlar, sichqonlar, dala sichqonlari. Ba’zi turlari infeksiyalarni: vabo, tulermiya, ensefalit, bruselyoz va boshqalarni tarqatuvchi bo`lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar tipiga mansub bo`lgan hayvonlarning tuzilishi, sistematikasi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyusiyasi, xayot kechirishi, moslashishi, inson xayotida va tabiatdagi roli to’g’risida ta’lim beruvchi fandir.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasining kelajakdagi rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan to’g’ri foydalanish masalalari bilan bog’lik bo`ladi.

«Umurtqali hayvonlar zoologiyasi» fanining qisqacha tarixi.


Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qadimgi Gresiyaning buyo`q faylasufi va tabiatshunosi Aristotel tomonidan berilgan, uning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlarning kelib chiqishi», «Hayvonlarning kelib chiqish», «Hayvonlarning qismlar to’g’risida» kabi asarlarida 452 tur hayvon to’g’risida ma’lumotlar berildi. Aristotel hayvonlarni ikki gruppaga ajratgan: 1) qoni yo`q hayvonlar. 2) qoni bor hayvonlar. Bu umurtqali hayvonlar va umurtqasiz hayvonlarga mos kelardi. Qadimgi Rim olimi Pliniy ikkinchi (eramizning 23-79 yillar) o`zining «Tabiiy tarix» kitobida usha davrda ma’lum bo`lgan hamma hayvonlarni yozgan. eramizning boshidan to o’rta asrlarga qadar, ya’ni feodalizm davrida fanda ham turg’unlik boshlanadi.
Tiklanish davrida (XV-XVI asrlar) tabiatni va shu jumladan, hayvonlarni o’rganishga qiziqish kushaydi. Bu davrda hayvonlar to’g’risidagi tuplangan materiallar sistemaga solishni talab qilar edi. Mana shunday yirik zoologik ishlardan biri Shvesariya olimi K.Renserning (1516-1565 y.) «Hayvonlar tarixi» degan kitobi xisoblanadi. XVIII asrga kelib hayvonlarning hozirgi zamon sistemasi yaratildi. Bu ishda shved olimi K.Linneyning ximmati nixoyatda katta. K.Linney hamma hayvonlarni 6 ta sinf bo’ldi: sut emizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar, xasharotlar va chuvalchanglar. Sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga bo’ldi. Fransiya olimi J.Kyuv’e (1769-1832) organ va qismlarning o`zaro bog’likligi (korrelyasiya) to’g’risidagi ta’limni ishlab chiqdi. J.Lamark (1744-1829y) esa organik olam evolyusiyasi to’g’risidagi ta’limotning avtorlaridan biri edi.
Rossiya zoologiya bo’yicha ilmiy materiallar fanlar akademiyasi ekspedisiyalarining ishi natijasida yig’ildi. Akademik Pallas Volga bo’yi, Sibir, Kozog’iston va Ural faunasini o’rgandi. S.Steller O’zoq Sharqni, S.Gmelin Rossiyaning Evropa qismi janubini, I.Lepexin mamlakatning Shimoliy va Markaziy qismlarining Umurtqali hayvonlarini o’rgandilar. Zoologiyaning ekologik yo’nalishini rivojlantirishda MDU professori K.Rul’e (1814- 1858 y) katta xissa qo’shdi. Rul’ening shogirdi N.A.Seversov (1827-1885) o`z ustozining g’oyalarini Umurtqali hayvonlar ekologiyasi va zoogeografiyasi yo’nalishlarida kushaytirdi. Rus olimlarining baliqlar (K.S.Berg, 1876-1950), amfibiya va reptiliya (P.M.Terent’ev, 1903-1970 y), qushlar (G.P. Dement’ev, 1890-1968 y) va sut emizuvchilarni (S.I.Ognev, 1886-1951y) o’rganishdagi xissalari juda kattadir.
Umurtqali hayvonlarning ekologiyasining prof. D.N.Kashkarov (1878-1941y), akademik S.S.Shvars (1919-1976 y) prof. N.T.Naumovlar (1902-1982) batavsil va har tomonlama o’rgandilar. Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi akademik Shmal’gaozen (1884-1963) va uning ustozi akademik A.N.Seversevlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar.
Xordalilar tipiga tashqi ko’rinishi, yashash, sharoiti va xayoti har xil bo`lgan hayvonlar kiradi. Xordalilarning vakillari hamda xayot muxitlarida: suvda, yer ustida, yer tagida, daraxtlarda va xavoda yashaydi. Geografik tomondan bular yer sharining deyarli hamma qismiga tarqalgan. Xordalilar tipining hozirgi zamonda yer yuzida yashayotgan turlari 50 ming atrofida.
Xordalilar tipiga har xil lansetniklarni o`z ichiga olgan bosh qutisizlar, hozirgi zamon vakillari minogalar va miksinalarni umumlashtirgan to`garak og`izlilar hamda Umurtqali hayvonlarni olti sinfi, ya’ni tog`ayli va suyakli baliqlar, suvda va Quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Xordalilarga yana dengizlarda o`trok xolda xayot kechiruvchi hayvonlar- pardalilar ham kiradi.
Xordalilar tuzilishi va yashash sharoitlari har xil bo’lishiga qaramasdan quyidagi belgilari bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi:
1. Uk skeleti bo`lib xorda yoki orqа - tori xizmat qiladi. Xorda elastik egiluvshan o`zaklardan hamda vakuola xujayralardan tuzilgan tuqimadan tashkil topgan. Xorda ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma xisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordaliklarda xorda umrbod saklanadi, yuqori xordalilarda esa embrional organ xolida bo`ladi va keyinchalik xorda tog`ay yoki suyak umurtqalar bilan almashinadi.
2. Uk skeletining ustida ichi bo’sh nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashadi. Nerv nayining ichidagi bo’shliqqa nevrosel deyiladi. Nerv nayi embrional taraqqiyot davrida ektoderma xisobidan rivojlanadi.
3. Xazm nayining oldingi bo’limi (xalqum) devorining ikki tomoniga qator o`rnashgan va xalqum bo’shlig’ini tashqi muxit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo`ladi.Tuban xordalilarda jabra yoriqlariga joylashgan jabralar umrbod saqlanadi va nafas olish organi bo`lib xizmat qiladi. Quruqda yashaydigan Umurtqalilarda jabralar faqat embrion davrida xosil bo`ladi.
Yuqorida aytilgan uchta belgi bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham juda xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba’zi tiplarda ham uchraydi.
1. Xordalilar va nina terilarda ikkilamchi og`iz teshigi bo`ladi.
2. Xordalilarda nina terilarda va xalqali chuvalchanglarda ikkilamchi tana bo’shlig’i (selom) bo`ladi.
3. Yuqori taraqqiy etgan xordalilarning zarodishlarida va tuban xordalilarda ko`pgina organlar metamer (sigmentli) joylashadi. Xordalilarda tashqi sigmentasiya bo`lmaydi.
4. Xordalilar va ko`pchilik umurtqasiz hayvonlarning (bulutlar va kavak ichaklaridan tashqari) simmetriyali bo`lib tuzilgan.
Xordalilar tipi uchta kenja tipiga bo`linadi:
1.Lichinka xordalilar yoki pardalilar 2.Bosh qutisizlar
3.Bosh qutililar yoki umurtqalilar
2-MA’RUZA

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish