A. qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


- shart. Tezkor savollarga javoblar



Download 456 Kb.
bet4/4
Sana26.03.2017
Hajmi456 Kb.
#5380
1   2   3   4

4- shart. Tezkor savollarga javoblar.

15t a misol beriladi. Eng birinchi bo'lib qo'ng'iroq chalgan guruh javob beradi. Har bitta to'g'ri javobga 1 ball qo'shiladi.

54:9 = 6 12:2 = 6

10:5 = 2 7-7 = 49

6-2 = 12 15:5 = 3

3-4=12 6-3 = 18

0-45 = 0 12:4 = 3

18:3 = 6 23-0 = 0

45:5 = 9 20: 10 = 2

1x100=100



5- shart. Geometrik shakllar bilan topshiriqlar bajarish.

Hakamlar baholarni e'lon qilgunlariga qadar guruhlarga «Klaster» usulida yozilgan misollar tarqatiladi. Belgilangan 5 daqiqa ichida birinchi bo'lib misolni yechgan guruh 5 ball bilan rag'batlantiriladi.

Hakamlar oxirgi shartning ballini va umumiy ballami e'lon qiladilar. Doskadagi guruhlar nomi yozilgan konvertlarga umumiy ballar yozilgan kartochkalar solinadi. G'olib guruhga ko'krak nishoni topshiriladi. Sardorlar bellashuvi o'tkaziladi. Eng ziyrak, zukko, bilimdon sardor saylab olinadi. Har bir sardorga rasm solingan ko'rgazma tarqatiladi. Rasm asosida og'zaki masala tuzish va masalada aytilgan narsaning ahamiyati, foydali tomonlari haqida so'zlab berish topshiriladi. Eng yaxshi masala tuzgan sardor ko'krak nishoni bilan taqdirlanadi.

III. Darsni yakunlash. Bu dars davomida barcha o'quvchilar ishtirok etadi. Eng muhimi, o'quvchilar jamoa bilan ishlashni o'rganadilar. Ular o'zgalar fikrini hurmat qilishga, iqtidorli o'quvchilarga tenglashishga harakat qiladilar.

2.5. Noan’anaviy o’qitish usullaridan foydalanilgan holda o’tilgan 1 soatlik dars ishlanmasi. (3-sinflar uchun)
Maqsadlar: O'quvchilarni matematika fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularni erkin, mustaqil ishlashga o'rgatish, aqliy faoliyatini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va o'stirish.

Darsning jihozi: Sinf xonasi chiroyli bezatilgan. «Bilimdonlar bellashuviga xush kelibsiz!», “Zukkolarga oq yo’l”, «Quvnoqlarga quvonch yor bo'lsin» shiorlari osilgan. Har bir guruhni baholab borish uchun ballar yozilgan kartochkalar, rag'bat uchun bayroqchalar, g'olib va faol ishtirokchilarga berish uchun turli ertak kitoblar, albomlar hozirlangan. Guruh a'zolari o'z joylarini egallaydilar.

Tadbirning sharti: Sinfda.gi o'quvchilarning eng iqtidorlilaridan 12 nafari tanlab olinadi va guruhlarga birlashtiriladi. Bellashuv jarayonida har bir guruhga 4 tadan shart qo'yiladi. Ularga,matematika fanidan misol va masalalar, topishmoqlar, boshqotirmalar yechish topshirig'i beriladi.

Har bir guruhda 4 tadan o'quvchi bo’lishi kerak. Eng avval sardorlar tayinlanadi va guruhlarga nom qo'yiladi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlanadi.

O'qituvchi: Assalomu allaykum, hurmatli ustozlar, aziz davramiz ishtirokchilari! «Bilimdonlar bellashuvi»ga xush kelibsiz! Bugungi bellashuvda siz, o'quvchilarimizning birinchi yarim yillikda olgan bilimlarini qay darajada ekanligini, ularni nechog'li topqirliklarini guvohi bo’lasiz. Ishtirokchilarni davraga taklif etsak.

O'qituvchi guruh; va uning sardorlarini birma-bir tanishtiradi.

1-guruh — «Bilimdonlar»

2-guruh — «Zukkolar»

3-guruh — «Quvnoqlar»



Tanishuv tugagach, qizlar ijrosida qo'shiq raqsi bilan ijro etiladi. O’qituvchi bellashuv shartlari bilan tanishtiradi.

1-shartga guruh a'zolari matematika faniga oid she'riy masalaga javob berishlari kerak bo'ladi. . I

To'g'ri javob 5 ball bilan baholanadi.

2-shart: O'tilgan mavzularga doir 4 tadan misol yechish.

3-shart: Masalalar yechish.

4-shart: Savollarga og’zaki javob berish.

5-shart: Boshqotirmani yechish va so'nggi, 6-shartda esa sardorlar o'zaro bellashadilar. Unda “Kim marraga tez yetadi?» o'yini o’ynaladi. Qaysi guruh ko’p ball to'plasa, shu guruh g'olib bo’lishi va bayroqcha bilan taqdirlanishi, guruh sardori «Oltin toj» sohibiga aylanishi ham aytib o'tiladi. Shartlar tanishtirilgach, bolalar raqslarimizdan birini ijro etadilar.

1-shart: She'riy masala.

Ko'm-ko'k archa ostida jajji belanchak, Belanchakda hayvonlar uchar xushchaqchaq. 9 malla bo'richa, 7 tulkicha, 8 ayiq bolasi va 2 juft quyoncha.

Hisoblang, bolajonlar, hammasi qancha?

2-guruhga:

O'ynar edi ? ta qizaloq,

Keng chamanzorda. Ularga qo'shildi 14 dugona, Ayting, ja'mi qizlar sonini. Ular bo'ldi nechta?

3-guruhga Hovlimizda bor shaftoli daraxti, Mevalari juda totli. Xil-xil pishgan mevalarni «Sanab ko’rsam 45 dona. Farrux yebdi 5 ta kecha, Qani toping bari nechta?



Musiqali ta’naff us o'tkaziladi.

1-shart bo'yicha hay'at a'zolarining qo'ygan ballari e'lon qilinadi.

2-shart: Har bir guruh uchun 4 tadan misol doskaga yozib qo'yiladi. O'quvchilar misollarni yechishlari kerak.

1. «Bilimdonlal'» guruhiga: 48-37= 100-13= (35+18)-12= 46+34=

2. «Zukkolar» guruhiga: 72-28= 100-26= 80-(50-14)= 72-1-18=

3. «Quvnoqlar» guruhiga: 48-27= 100-18=100-(35+23)= 26+44=

Guruhlarning ishlari hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va e'lon qilinadi.

2-shart bajarilguncha o'quvchilar ilm, kitob haqida she'rlardan namunalar aytishadi. 3-shart: Masalalar yechish.

1. «Bilimdonlar»guruhiga:

Birinchi likobchada 15 ta, ikkinchi likopchada undan 8 ta kam, uchinchi likobchada esa ikkinchi likopchadagidan 2 ta ortiq nok bor. Uchala likobchadagi noklar nechta?

2. «Zukkolar» guruhiga: Birinchi qopda 18 kg, ikkinchisida undan 7 kg ortiq, uchinchi qopda esa birinchi qopdagiga qaraganda 3 kg ortiq sabzi bor. Uchala qopda necha kilogramm sabzi bor?

3. «Quvnoqlar» guruhiga: «Tiko» avtomobilida 29 litr, «Neksiya» avtomobilida undan 39 litr ortiq, «Matiz» avtomobilida esa «Neksiya» avtomobilidagidan 12 litr kam benzin bor. Uchala mashinada necha litr benzin bor?

3-shart qanday bajarilgani hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va e'lon qilinadi.

Qiziar ijrosida raqs ijro etiladi.

4 shart: Savollarga og'zaki javob berish.

Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi.

1. «Bilimdonlar» guruhiga:

1. 60 soni 20 sonidan nechta ortiq?

2. 20 sm necha dm ga teng?

3. Birinchi kesmaning uzunligi 7 sm, ikkinchi kesma undan 11 sm uzun, uchinchi kesma ikkinchisidan 3 sm kalta. Uchala kesmalarning uzunligini toping.

4. 67 sonidan oldin, lekin 63 sonidan keyin kelgan sonlarni ayting.

2. «Zukkolar» guruhiga:

1. 80 soni 154 sonidan nechta kam?

2. 40 sm necha dm ga teng?

3. Birinchi kesma 9 sm, ikkinchi kesmaning uzunligi undan 8 sm qisqa, uchinchi kesmaning uzuniigi ikkinchi kesmadan 3 sm uzun. Uchala kesmalarning uzunligini toping.

4. 84 sonidan keyin, lekin 89 sonidan oldin kelgan sonlarni ayting.



3. «Quvnoqlar» guruhiga: 1.15 soni 70 sonidan nechta kam?

2. 70 sm necha dm ga teng?

3. Uchta sonning yig'indisi 80 ga teng. Agar birinchi va ikkinchi sonning yig’indisi 20 ga teng bo'lsa, unda uchinchi sonni toping?

4. 75 sonidan oldin, lekin 71 sonidan keyin kelgan sonlarni ayting.



Vatan haqida qo'shiq kuylanadi.

Hay'at a'zolari mazkur shart bo'yicha ballarni e'lon qiladilar.

5-shart: Boshqotirmani yeching.

Har bir guruhga 1 tadan boshqotirma beriladi.

Boshqotirma javoblari hay'at a'zolari tomonidan tekshiriladi va ballari e'lon qilinadi.

Oxirgi shart: Sardorlar bellashuvi.

Bellashuv sharti bilan tanishtiriladi. Ular berilgan shakllardan foydalanib, uycha yasashlari kerak.

Oxirgi shart ham hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va natijalar e'lon qilinadi. Barcha shartlar bo'yicha ham guruhlarnmg toplagan umumiy ballari jamlanib e'lon qilinadi. Eng ko'p ball to'plagan guruh aniqlanib, bayroqchalar bilan taqdirlanadi. G'olib guruh sardori esa «Oltin toj» sohibiga aylanadi va qarsaklar bilan olqishlanadi. Guruhlardagi eng zukko, bilimdon o'quvchiiar turli ertak kitobchalar, albomlar bilan taqdirlanadi. Bellashuv yakunida o'qituvchi o'quvchilar va hay'at a'zolariga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

O'qituvchi: Aziz o'quvchiiar, hurmatli ustozlar, qadrli mehmonlar. Mana, bugun biz 3-sinf o'g'il-qizlarining topqirlik bahsida ishtirok etdik. Ularning nechog'li bilimdonliklarini guvohi bo'ldik va quvondik. Bilimdon bolajonlar, kelgusidagi o'qish va ishlaringizga omad sizlarga doimo yor bo'lsin, hamisha a'lochilar safida qoling.

Tadbir yakunida barcha bolalar «Uzbekistan» qo'shig'ini ijro etishadi.



Xulosa

Boshlang’ich sinf matematika kursida algebra elementlarining o’rni juda muhim hisoblanadi.

Boshlang’ich sinf matematika kursida algebra elementlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishiga bag’ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi natija va xulosalarni oldik:

- Boshlang’ich sinf matematika kursida algebra elementlarini o’qitish uchun alohida bo’lim ajratilmagan, birinchi sinfdan to’rtinchi sinfning ohirigacha arifmetik, geometrik materiallarni, miqdorlarni va matnli masalalarni yechishni o’rgatish jarayonida algebra elementlari ham o’qitib boriladi. Bu bo’limlar bir-biriga bog’lab o’qitiladi;

- ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi;

- algebra elementlarini yangi pedagogik texnalogoyalardan foydalangan holda o’qitish, o’quvchilar tomonidan shu mavzularni Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasida o’zlashtirishlarini kafolatlaydi;

- algebra elementlarini yangi pedagogik texnalogoyalar asosida o’qitish. O’quvchilarning shu fanga qiziqishlarni ta’minlaydi;

- algebra elementlarini boslang’ich sinf matematika kursida yangi o’qitish usullardan foydalangan holda o’qitish, o’quvchilarni shu mavzular bo’yicha olgan bilimlarni amaliyotga qo’llay olishga o’rgatadi;

- agar boshlang’ich sinf o’qituvchilari algebra elementlarini o’qitishda bitiruv ishida bayon qilingan ta’lim texnologiyalardan foydalansalar, o’uvchilarning shu mavzu bo’yicha yetarli darajada bilim, malakla va ko’nikmalar hosil qilishi kafolatlanadi.

Bu xulosa va natijalarga shu mavzularni o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali o’quvchilarning bilimlarini oshganligini tekshirib ko’rib ishonch hosil qildik.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish”. – T. “O`zbekiston”, 2010.

    2. I.A.Karimov “Jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari”. T. “O`zbekiston”, 2009.

    3. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida”. – T. “O`zbekiston”, 2008

    4. I.A.Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. Toshkent., O’zbekiston NMIU, 2012 y.

    5. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”

    6. “Ta’lim to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent.

    7. “Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi” 4 maxsus son. Sharq. Toshkent. 1999 yil.

    8. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” – 2002 y.

    9. N.U. Bikbayeva va boshqalar. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O’qituvchi” 1996 yil.

    10. B.Toshmurodov. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomilashtirish”. Toshkent. “O’qituvchi” 2000 yil.

    11. R.J.Ishmuhammedov “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari”. Toshkent 2009 yil.

    12. M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O’qituvchi”. 2004 yil.

    13. M.E.Jumayev “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum”. Toshkent. O’qituvchi. 2004 yil.

    14. M.Axmedov va boshqalar. “Matematika 1 sinf uchun darslik”. Toshkent 2003 yil.

    15. M.Axmedov va boshqalar “Matematika o’qituvchi uchun darslik”. O’qituvchi. Toshkent 2003 yil.

    16. L.Levenberg. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. O’qituvchi 1989 yil.

    17. N.U.Bikbayeva, L.Sh.Levenberg “3 sinflarda matematika: Metodik qo’llanma”. Toshkent O’qituvchi 1989 yil.

    18. L.P.Stoylova. A.M.Pishkolo. “Boshlang’ich matematika kursi asoslari” Toshkent. O’qituvchi 1991 yil.

    19. M.I.Moro, A.M. Pishkalo “Metodika obucheniya matematiki v 1-3 klassax”. Moskva. Prosvesheniye 1978.

    20. Xalq ta’limi jurnali sonlari.

    21. Boshlang’ich ta’lim jurnali sonlari.

    22. Ma’rifat gazetasi sonlari.

    23. Internet saytlari. www.ziyonet.uz, www.referat.uz, www.referat.ru, www.5ballov.ru


Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish