AVLIYO BIBI ONA VA HOJAR ONA. Bu maqbara Xiva shahrining Ichon Qal’asining shimoliy devorining ichki qismida (Sayot qishlog‘i) (qadimgi Gulanbog‘) joylashgan bo‘lib, Xiva xoni Muhammad Rahimxon soniy – Feruz tomonidan 1864 yilda islom dinining asoschisi Muhammad (s.a.v) payg‘ambar naslining vakillaridan bo‘lgan Bibi Hojar qabri ustiga mashhur alloma Najmiddin Kubroning onasi xotirasiga barpo qilingan binodir. Qishloqda yakka qolgan onasini o‘g‘li Urganchga olib ketaman deganida, ona rozi bo‘lmasdan, o‘z kulbasini bog‘ deb, shu erda qolishga qaror qilgan.
Bibi Hojar qabrining qachon paydo bo‘lgani noma’lum. Xonlikdagi muqaddas ziyoratgohlardan biridir. Maqbarada bir necha marta ta’mirlash tiklash ishlari olib borildi. 1997 yilda Xivaning 2500 yillik yubileyi munosabati bilan Bibi Hojar maqbarasi ham tubdan ta’mirlandi. Bugungi kunga kelib bino qurilish konstruksiyalarining tabiiy nurashi, er osti sizot suvlari sathining yuqori bo‘lishi bois ularning salbiy ta’siri tufayli bino devorlari, intereri, gumbazning ichki tomoni ta’mirtalab ahvolga kelgan.
Bu qabrlar bir vaqtlar katta tepalik ostida qolgan bo‘lib, yosh-yalanglar bu tepalikni ustida kurash tushib, oshiq o‘ynab yurar ekanlar. Rivoyatlariga ko‘ra bir kuni bu ikkala muhtarama ayollar Xivalik mashhur zargarlardan biri – Jumaniyoz zargar deganining tushiga kirib: “Ey bolam biz ona-singil” shu tepalik ostida yotibmiz. Iloji bo‘lsa bizni ustimizdagi tepalikni ochib, mozorlarimizni obod qilgin- demishlar. Bu voqea, 1915 yillarda voq’e bo‘lib, ertalab Jumaniyoz Zargar masjidga borib, u erda namozga to‘plangan xaloyiqqa voqeani gapirib beribdi. U aytibdiki: “Ey birodarlar qal’aning orqa (shimoliy) tamondagi katta tepalikning ostida ikkala avliyo xotunlarning qabri bor ekan. Kecha ular meni tushimga kirib, bizlarni qabrimiz ustidagi tuproqni olib, qabrlarimizni obod qiling. Bu butun xaloyiqg‘a ma’lum qiling”- dedilar. Buni eshitgan xaloyiq darhol xamjihat bo‘lib kelib, ul tepalikni tuproqlarini olib tashlagan ekanlar, tuproq ostidan xaqiqatan ham ikkita qabr chiqibdi.
Qabrlarni tozalab, ta’mirlab, tevaraklarini obod qilib, qabrlar ustiga peshtoqli xonaqo, masjid, baland darvoza va atrofini g‘ishtdan baland ko‘tarib, obod qilishibdi. Ko‘p o‘tmay Jumyoz zargar boyib ketibdi. Opa-singil avliyolarni yanada obod qilib, oshxona, maxsus ziyoratxona qurdiribdi. Buni ko‘rgan xaloyiq bu mo‘‘tabar avliyolarga e’tiqod bog‘lab, nazr-niyoz, xayr-ehson qilib, qabrlari ustiga tug‘-a’lamlar tiklab muqaddas ziyoratgohga aylantirishgan. 1930 – yillarda bu imoratlar buzilib, g‘ishlari qurilish ishlariga ishlatilib, faqat qabrlarigina saqlanib qolgan va yangidan ta’mirlangan. 1995–96 yillarda maqbara va u joylashgan qabristonni obod qilish ishlari Ro‘zmat Madaminov fermerlar uyushmasi boshqaruvi raisi Matyoqub Madaminov rahbarligida amalga oshirilgan.
“O‘ZBEKISTONNING JAMOAT INSHOATLARI VA MUQADDAS QADAMJOLARI TARIXI ” FANI ISHCHI O’QUV DASTURI BO’YICHA IV-KURS 8-SEMESTR UCHUN SEMINAR MAVZULARI VA AJRATILGAN SOATLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |