AVLIYO BADRIDDIN ESHON. Badriddin eshonning qabri Xiva shahrining g‘arbiy qismida Badirxon qishlog‘ida joylashgan. Bu muhtaram zot XVII asrda Xiva shahrida tavallud topgan. YOshligida Xivadagi madrasalardan birida ta’lim olgan va qorixona ochib, eshonlik bilan shug‘ullangan. Ulug‘ obod kishilardan biri bo‘lib etishgan. Atrofiga so‘filar yig‘ib, xalq orasida amru-ma’ruf yuritgan va halq e’tiborini qozongan buyuk zot bo‘lgan. Vafotidan keyin Badirxon qishlog‘ida (shu qishloq uning vaqf eri bo‘lgan) dafn qilinib, gumbaz, xonaqo, qorixona va masjid qurilgan. Keyinchalik shu qishloqning badavlat kishilari tomonidan uning tevaragi obod qilinib, katta qabristonga aylantirilgan. Xozirda ham bu joyda Badriddin eshonning qabri va uning atrofidagi qabriston saqlanib, u erga mayitlar qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |