AVLIYO SHAYX AFRUZ. Avliyo shayx Afruzning qabri Xiva tumanidagi Pishkanik qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, bu maqbarani “yorti gumbaz” ham deyishadi. SHayx Afruz bobo Xorazm o‘zbeklaridan bo‘lib, Buxorodagi bir madrasada ilm olib, Xorazmga qaytib kelgan va shayxlik bilan shug‘ullangan. Rivoyatlarga qaraganda Avliyo shayx Afruz juda karomatli shayxlardan bo‘lib, bu muhtaram zot vafotidan keyin shu qishloqda dafn qilingan va qabri muqaddas ziyoratgohga aylangan. Davlatmand kishilar uning qabrini obod qilib, xonaqo gumbaz qurib, undan murod – maqsadlarini tilagan. Bu maqbara xozirda ham shu qishloqda mavjud bo‘lib, tevarak-atrofi qabristonga aylanib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |