AVLIYO BIBIHADICHA ONA. Bibi Xadicha onaning qabri Xiva tumani Pishkanik qishlog‘ida joylashgan. Bu muhtarama XVII asrlarda shu qishloqda tug‘ilib, o‘qimishli ayollardan bo‘lib, yoshlarga bilim bergan.
Rivoyat qilishlaricha Bibi Xadicha ona tabiblik bilan ham shug‘ullangan: ayollarni isitmasini tushirgan, turli og‘riqlarni to‘xtata olgan, turli giyohlardan malham (dori) tayyorlagan, og‘ir tuqqan ayollarni davolagan. SHu karomatlari bilan xalq e’tiborini qozongan. Vafotidan keyin shu qishloqda dafn qilinib, qabri ustida maqbara, gumbaz, qorixonalar qurilib, tug‘-a’lamlar tiklangan. Natijada bu maqbara katta ziyoratgohga aylangan. Xozirda ham bu maqbara saqlanib qolgan bo‘lib, uni tevaragida katta qabriston paydo bo‘lgan. Bu erga xozirgi kunda ham mayit ham qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |