AVLIYO URGUT ESHON. Urgut bobo eshonning qabri Xorazm viloyati Xiva tumanining Sayot qishlog‘ida joylashgan. Bu muhtaram zot (inson) Xorazmga kelib, SHayx Muxtor otaning xizmatlarida bo‘lgan so‘filaridan biri bo‘lgan. Urgut eshon SHayx Muxtor valiydan ta’lim olib, shayxlik ma’rtabasiga erishgach, Sayot qishlog‘ida SHayxlik qiligan va atrofiga so‘filar yig‘ib, amri-ma’ruf ishlari bilan shug‘ulangan.
Urgut eshon vafotlaridan keyin uni qabri ustiga gumbaz, xonaqo, masjidlar qurilgan va xalqlar u kishiga e’tiqod qilishib, katta avliyo darajasiga ko‘tarilgan. Xozirda ham Sayot qishlog‘ida Urgut bobo qabri, masjidi saqlangan bo‘lib, atrofi katta qabristonga aylantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |