AVLIYO AKIZAK BOBO. Akizak (egizak) boboning qabri Xiva shahrining Deshon qal’asida joylashgan bo‘lib, bu Akizak bobolar XVI asrning oxirlarida Xiva shahrida tavallud topgan bo‘lib, Sayid otaning avlod nabiralaridan hisoblanadi. Ular ikki og‘a-ini bo‘lib, shayxlik va obidlik bilan shug‘ullangan. Vafotlaridan keyin shu maskanda qo‘nim topib, aholi ularning qabrlariga e’tiqod qilib, gumbaz va xonaqolar qurishgan.
Xiva xukmdorlaridan biri Madamin Inoq Akizak boboning qabri ustida masjid, xonaqo, qorixonalar qurdirgan, tug‘ – a’lamlar bilan bezatgan. Muhammad Raximxon Feruzning “qulota”si Matmurod devonbegi 1890 yillarda bu imoratlarni g‘ishtdan qayta qurdirgan. Bu imoratlar bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |