AVLIYO SHAYX JALOL BOBO. Xazrati SHayx Jalol boboning qabri Xiva shahrining Deshon-Qal’asida Imorat degan joyda (Sayid Mohi Ro‘y Jahon qabristoni xududida) bo‘lib, bu tabarruk zot asli Turkistonlik bo‘lib, XIII asrlarda Turkistondan Xiva shahriga kelib shayhlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Vafotidan keyin shu mavzeda dafn qilinib, qabri ustida baland peshtoqli maqbara va gumbaz qurilgan. So‘nggi davrlarda bu maqbaraning atrofi qabristonga aylanib, XX asrning 80 yillarida bu qabriston tekislanib uni ustiga ma’muriy binolar qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |