AVLIYO MUHAMMAD SHAYX. Muhammad SHayxning qabri Xiva shahrining “Mevaston” maxallasida joylashgan bo‘lib, shayx xazratlari XVI asrda Buxorodan Xorazmga kelib, Xiva shahrida shayxlik qilgan. Muhammad SHayx o‘z davrining ulug‘ shayxlaridan biri bo‘lib, uni xalq xurmatlab, vafotidan keyin shayxlik qilgan mavzeda dafn qilib, qabri tepasiga gumbaz, maqbara va qorixonalar qurishgan. Unga e’tiqod qilib, qabriga xayr-ehsonlar qilishgan. Bu maqbara xozir ham saqlanib turibdi va ziyoratgohga aylangan.
AVLIYO SHAYX ODIL. Xazrati SHayx Odil bobo qabri Xiva shahrining “Mevaston” mahallasining To‘rt SHobboz bobo qabristoni xududida joylashgan. Xazrati SHayx Odil bobo XVI asrda Turkistondan Xivaga kelib shayxlik qilib eshonlik martabasiga erishgan. Xorazm xalqi bu muhtaram zotni “valiullo”lardan deb unga e’tiqod qilishgan. Xazrati SHayx Odil vafotidan keyin uning qabri ustida baland peshtoqli gumbaz, xonaqo, va qorixonalar qurib, tug‘-a’lamlar ko‘tarib ziyoratgohga aylantirganlar.
XX asrning 40 yillarida bu maqbaraning g‘ishtlari buzib olinib, qurilishlarga ishlatilgan, maqbara tekislanib, uning ustidan yo‘l qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |