AVLIYO ALAMDORLI ESHON. Avliyo Alamdorli eshonning qabri Xiva shahrining shimoliy qismida, Sangar qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, bu kishini CHodirli (maxalliy xalqlar CHodillo)eshon deb ham atashadi. CHodirli eshon XVI asrda Buxorodan Xorazmga kelib, qoriyxona qurib, eshonlik, pirlik martabasiga erishgan. Bu muhtaram zot hamma vaqt boshida chodir solib o‘tirar ekanlar. SHu sababli bu kishini CHodirli eshon deb e’tiqod qilishib, vafotidan keyin aholi uning qabri tepasiga gumbaz, xonaqo qurib, ziyoratgohga aylantirishgan. Uning qabri ustiga tug‘ va a’lamlar tikib, tevaragini obod qilishganlar.
XX asrning 80 yillarida bu kishi qo‘nim topgan qabriston tekislanib, o‘rnida savdo korxonasi, Pedagogika bilim yurti va soliq inspeksiyasi binolari qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |