I. BOB. MANZARALI BOG'DORCHILIK VA GULCHILIK TARIXI.
Inson paydo bo`libdiki u tabiat ne`matlaridan, uning go`zalligidan
baxramand bo`lib kelmoqda. Demak inson va tabiat bir-biri bilan chambarchas
bog`liq. Ibtidoiy odamlar o`z go`shasi atrofida o`suvchi egulik va kasalliklarga
da`vo bo`luvchi o`simliklarni qidirib topishga harakat qilishgan. Tabiatning yamyashil libosga o`ralishi uning qo`ynida ochilib turgan rang-barang gullar, barg
shoxlari, ularning tana tuzilishlaridagi o`zgarishlar bilan hamohang. Gulzorlar
rang-barangligi hamda xushbo`y hidlari bilan insonni o`ziga rom qilib, sehrlab
o`ziga tortadi. Gullarga bo`lgan intilish, qiziqish insonga xos bo`lib, avlodlardan
o`tib kelayotgan tabiatga bo`lgan tug`ma muhabbat belgisidir. Go`zal manzaralar,
gulzorlar inson kayfiyatini ko`taradi, ruhan tetik qiladi va estetik did bag`ishlaydi.
Qolaversa bu go`zalliklardan zavqlana bilish uni chuqurroq tuyish va unga to`g`ri
munosabatni shakllantirish insonning madaniyati hamda estetik mezoni belgisidir.
Arxeologik qazilmalardan hamda shu narsa ma`lumki, qadimgi dunyo
xalqlari o`simliklardan oziq-ovqat, dorivor va manzarali o`simliklar sifatida
foydalanishgan. Eron, Hindiston, Yaponiya, Markaziy va Janubiy Amerika xalqlari
qadim vaqtlardan beri yirik va ochiq gulli yovvoyi o`simliklardan, shuningdek
dorivor xususiyatga ega bo`lgan o`simliklardan o`z ehtiyojlariga yarasha
foydalanishgan. Bu o`simliklar bilan ular o`zlari yashagan joylarni bezashgan va
Gullar kishilarga estetik zavq berishdan tashqari, ular shahar va qishloqlarni
tutun, ishlangan gaz va hakazolardan saqlashdek juda katta sanitar ahamiyatga
moyillikdir. Ko`pgina o`simliklar fitontsidlik (o`simlikdan chiqadigan,
bakteriyalarni yo`qotadigan uchuvchan moddalar) xususiyatga ega. Bog` va
xiyobonlar shahar havosini tozalovchi o`ziga xos arteriya hisoblanadi. Daraxt va
butalar harorat tebranish qo`lamini ma`lum darajada qo`llrshni me`yorlaydi, issiq
kunlarda havo namligini ko`paytiradi, meliorativ va suv saqlash xususiyatiga ega
bo`ladi. Yashil o`simliklar turli xil ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan ayrim
holatlarga va ko`cha shovqinlariga qarshi kurashda ayniqsa, katta ahamiyat kasb
etadi.
To`g`ri tashkil etilgan gulchilik yuqori foydali tarmoq hisoblanadi. Shuning
uchun gulchilik ham qishloq xo`jaligining boshqa tarmoqlari singari ishlabchiqarish unumdorligini oshirish asosida rivojlanishi zarur. Bu masalalarni
muvaffaqiyatli echishda soha mutaxassislari va gulchilik bilan shug`ullanuvchilar
o`z bilimlarini yanada boyitish bilan ko`proq tarqalgan manzarali o`simliklarni
etishtirish, ularning navlarini ko`paytirish, agrotexnikasini mukammallashtiri
Do'stlaringiz bilan baham: |