qoraqarag’ayzorlardagi qoraqarag’ayni, O`rta Osiyo tog’larining archazorlarida o`suvchi
archaning bir necha turlarini, sakoovulli cho`llarda esa saksovulni ko`rsatish mumkin. Jamoada
har qanday dominant turlar biotsenozga ta`sir etavermaydi. Ular orasida edifikator turlar ajratilib,
jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo`lib, fitotsenozning
xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O`zbekistondagi qumli cho`llarda daraxt ko`rinishidagi
edifikator tur oq saksovuldir. Dashtlarda chim hosil qiluvchi chalov va betagalar, o`rmonlarda
esa oddiy qarag’ay, qoraqarag’ay, eman kabi daraxtlar edifikatorlar hisoblanadi. Ba`zi hollarda
hayvon turlari ham edifikator hisoblanishi mumkin. Masalan, katta maydonda tarqalgan, er
kovlovchi xususiyatga epa bo`lgan sug’urlar koloniyasi o`simliklarning o`sish sharoitiga,
mikroiqlimga va asosan landshaft xarakteriga katta ta`sir ko`rsatadi. Dominant turlarga nisbatan
ozroq miqdorda uchraydigan, ammo fitotsenozda ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan turlar
subdominant (ikkinchi hukmron) turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan tashqari
jamoa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham mavjud. Ular komponentlar deyiladi Kam
sondagi va noyob turlar ham biotsenozning hayotida muhim rol’ o`ynaydi. Biotsenozdagi har bir
turning rolini aniqlashda ularning mo`lligi, uchrovchanligi va hukmronlik darajasi kabi miqdor
ko`rsatkichlar e`tiborga olinadi. Fitotsenozlarda mo`llik og’irlik, ball va o`simliklar soni bilan
ifodalanadi. Masalan, Toshkent atrofidagi efemerli cho`llarda 1 m
2
maydonda 5000 nusxadan
ortiq o`simlik ro`yxatga olingan bo`lib, 47 turdan iborat ekanligi aniqlangan. Og’irlik usuli
amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning hosildorligi
shunday usul bilan aniqlanadi. Uchrovchanlik darajasi biotsenozda turlarning tekis yoki notekis
tarqalganligini ifodalaydi. U umumiy namuna maydonchalar sonini tur uchragan maydonchalar
soniga nisbatan hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Dominantlik darajasi ayni bir tur individlar
sonining ushbu guruhdagi umumiy soniga nisbatini bildiradi. Masalan, ma`lum maydonda 200 ta
qush ro`yxatga olingan bo`lsa, shulardan 80 tasi sayroqi qushlarni tashkil etadi. Demak, sayryuqi
qushlarning dominantlik darajasi 40% ga tengdir.
Biotsenozlarda bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi. Shunday qilib,
biotsenozdagi turlarni miqdor va sifat jihatdan xarakterlash natijasida uning turlar tarkibi haqida
ma`lum bir xulosaga kelish mumkin. Biotsenozning yuqorida ko`rsatib o`tilgan tuzilish
birliklaridan tashqari uning funktsional tuzilish birligi, ya`ni konsortsiyalar xarakterlidir.
Biotsenozlarning hosil bo`lishi va yashashi asosida muayyan (bironta) joydagi organizmlarning
o`zaro munosabati, ular o`rtasidagi aloqa yotadi. B. N. Beklemishev bunday munosabatlarni
vositali va vositasiz turlararo munosabatlarga bo`lib ko`rsatadi. Jamoada har bir turning o`zaro
aloqasi, tashqi muhitga bo`lgan talabi va ta`siri shu turning ekologik o`rni yoki ekologik nshiasi
deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmning tabiatda egallagan o`rni deyilganda uning
hayot tarzi, oziqlanish usuli tushuniladi. V. N. Beklemishev tasnifotiga ko`ra bunday ekologik
o`rin (ekonisha) to`rt toifaga bo`linadi:
trofik, topik, forik va fabrik.
Trofik aloqa bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida namoyon bo`ladi. Bunda o`lja
o`lik yoki tirik holda emish bo`lishi mumkin. Masalan, buni ninachi uchun hasharotlarning
emish bo`lishi, go`ng qo`ng’izning to`yoqli hayvonlar tezagi bilan oziqlanishi, asalarining
asalshira bilan oziqlanishi kabi misollarda tushuntirish mumkin.
Topik aloqa bir tur tomonidan ikkinchi turning yashash sharoiti o`zgartirilishida
namoyon bo`ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o`rmondagi daraxtlar tomonidan
shu erlarda o`suvchi o`tlar hayotiga ko`rsatiladigan ta`sirlarda bu yaqqol namoyon bo`ladi.
Forik aloqa bir turning tarqalishiga ikkinchi turning ta`sir etishida ko`rinadi. Ko`pgina
hayvonlar tomonidan o`simlik urug’ va mevalarining tarqalishi bunga misoldir. Shunday
tarqalish aktiv yoki passiv tarzda o`tishi mumkin. Bir turning o`ziga in qurishi uchun boshqa
turning qoldiqlaridan foydalanishida
fabrik aloqa namoyon bo`ladi. Masalan, qushlar in qurish
uchun daraxtlarning bargi, shoxchalarini tashib keladi, hayvonlarning jun va patlaridan
foydalanib in quradi.
Do'stlaringiz bilan baham: