A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

 
 
 
 
 
 
 


   
 KIRISH 
Kishilik jamiyati jadal rivojlanib borayotgan bir davrda tabiiy muvozanatni, ya`ni 
ekologik holatni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish dunyo miqyosiga ega bo`lgan muammo 
bo`lib qolmoqda. Inson tabiatning bir bo`lagi. SHuning uchun tabiatni muhofaza qilish, uning 
boyliklaridan rejali va samarali foydalanish insonlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. 
Bundan ko`rinadiki, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni kishilar baxt-saodati uchun 
xizmat qildirish muhim ilmiy va ijtimoiy - iqtisodiy muammo bo`lib, uni hal etishda, ya`ni tabiat 
bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishda inson hayoti uchun va kelajak avlod 
manfaatlarini ko`zlab optimallashtirishda tabiiy fanlarning ahamiyati kattadir. Tabiiy 
boyliklarning xo`jalik muomalasiga kiritish va ulardan inson ehtiyojiga ko`proq sarf qilish 
kuchaygan sari ming yillar davomida barqaror bo`lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson 
bilan tabiat o`rtasidagi munosabat murakkablashib, joylarda ekologik holat keskinlashib 
bormoqda.  
Amaliy ahamiyatga ega bo`lgan bu muammolar bilan birga respublika doirasidagi 
ekologik muammolar ham mavjud. Ekosistemalarning turg’unligi va muvozanatini ekologik 
idora  etish  ana  shular  jumlasidandir.  O`rmonlar,  o`tloqlar  va  suv  havzalari,  dasht,  cho`l  va  
boshqa tabiiy ekosistemalarda o`simlik va hayvon turlari ozuqa zanjirlari orasidagi munosabatlar 
ob-havo sharoitini, yirtqichlar, parazit hasharotlar va kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlar 
muvozanatni saqlab turadi. Demak, har qanday jamoada mutlaqo zararli va ortiqcha turlar yo`q. 
Hamma turlar o`ziga xos vazifani ado etadi. ekosistemada birga yashaydigan turlar soni o`z-
o`zidan boshqariladi. Turlar bir-biriga qancha ko`p moslashgan bo`lsa, sistema o`shancha 
ko`proq barqaror bo`ladi. Demak, tabiatdagi ekosistemalarning uyg’unlik, o`z-o`zini boshqarish 
jarayonlariga iloji boricha odamzod aralashuvini cheklash lozim. Keyingi muammo 
bioindikatsiyalardan keng foydalanish bo`lib, u yer yuzida tarqalgan organizmlarning yashash 
sharoitlari bilan chambarchas bog’langan. 
Respublikada ekologik muammolar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rejalashtirish 
jarayonida uning ketidan keladigan noxushliklarni oldindan ko`rmaslik oqibatida kelib chiqdi. 
Chunonchi, 60-70 yillarda suv resurslarining haddan tashqari ko`p miqdorda samarasiz 
ishlatilishi qanday oqibatlarga olib kelishi o`ylab ham ko`rilmagan. Sug’oriladigan erlarda eng 
yuqori miqdorda turli zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish, almashlab ekishni bo`g’ib 
qo`yish, paxta yakkahokimligiga keng yo`l ochish, erlarning meliorativ sharoitiga e`tibor 
bermaslik, chorvalar mahsuldorligini oshirish to`g’risida tegishli chora-tadbirlarni amalga 
oshirmaslik — joylarning tabiiy ekologik muhitlariga qarab turli mahalliy muammolarning qelib 
chiqishiga sabab bo`ldi. 
“Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. 
Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib, tsivilizatsiyaning hozirgi kuni va 
kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoni hal qilishga bog’liqdir”
*

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida, “Yer, yer osti boyliklari, 
suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ta`kidlanishi ham bejiz emas. 
 «Ekologiya” fanidan tayyorlangan  o`quv uslubiy majmuasi hozirgi davr ekologiyasining asosiy 
vazifalari, turli ekologik muammolar haqida to`la ma`lumot olish va ularni hal qilishda katta 
ahamiyat kasb etadi.  
                                                        
*
 И.А.Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари.-Т.: Ўзбекистон, 1997. 115-116 б.  



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish