A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


Ekologiyada foydalaniladigan uslublar. e



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

Ekologiyada foydalaniladigan uslublar. ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarda ko`pincha 
tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekosistemalarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. 
Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan 
uslublardir. Ammo modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan 
uslublardan hisoblanadi. Shuning uchun ushbu uslub haqida bir oz ma`lumot berishga harakat 
qilamiz. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarni, fiziologik funktsiyalarni hamda evolyutsion 
va ekologik jarayonlarni va shunga o`xshashlarni soddalashtirish yo`li bilan o`xshatish 
ma`nosida umumlashtirish, dinamik yoki statik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil 
qiluvchi tadqiqot uslubidir. 
Biz populyatsiyalardagi murakkab hodisalarni matematik  modellar  yordamida 
o`rganmoqchimiz, ya`ni populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz. Bu erda 
populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta`siri, 
evolyutsiyaning har xil omillari ta`sirida o`tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari 
bilan bog’lab o`rganiladi. Jonsiz olamda dinamik jarayonlar juda ko`p uchratiladi. Ularni 
modellashtirish ham oson. Ammo tirik organizmlar uchun dinamik modellar yaratish nisbatan 
ancha qiyin. SHuning uchun dinamik modellar yaratishdan avval statik modellar bilan 
shug’ullanilgan. O`simlik barglarining joylanish tartibi yoki mollyuska chig’anoqlarining burma 
(spiral’) chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga 


misol bo`ladi.Dinamik modellar shaxsning o`sishiga oid bo`lib, ularni 1831 yilda bel’giyalik 
olim Adol’f Ketls tuzgan edi. Model’ voqelikni aniq aks ettirishi, uning kelib chiqish 
qonuniyatlarini saqlab qolishi kerak., Model’ tuzilgandagi mushohada, olingan modellarning bir-
biriga o`xshashi juda ko`p hodisalarning ma`nosini ochishga, ularni tahlil qilishga imkon 
beradigan darajada bo`lishi lozim. Model’ tuzganda biz individlarning tug’ilish va tirik qolish 
mexanizmlarini  populyatsiyalardagi  ichki  aloqalarga  bog’lashimiz,  populyatsiya 
ko`rsatkichlarini esa biotik va abiotik muhit orqali aniqlashimiz kerak. Bundan tashqari, 
individlarning genetik xususiyatlari ham muhim rol’ o`ynaydi. Ma`lumki, tabiatda bir jinsli 
populyatsiya yo`q, individlar genotipi nasllar soniga, ko`payish jarayoniga katta ta`sir ko`rsatadi. 
Demak, populyatsiyaning har bir guruhi o`ziga xos ko`payish ko`rsatkichlariga ega bo`ladi. Bu 
omillarni hisobga olmay turib to`g’ri model’ tuzish mumkin emas. Matematik modellash 
biologik, geografik hodisalarni aniq sharhlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli 
omil sifatida katta ahamiyatga ega. 
 
Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi haqidagi fikr qadimdan 
ma`lum bo`lgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli g’arizalari 
(instinktlari), baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o`simklarnnng tashqi qiyofasi tuproq va 
iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi ma`lumotlar keltiriladi. Uyg’onish davridagi ishlarda 
o`simlik va hayvonlarning tuzilishlari yashash sharoitlari bilan bog’liq holda o`rganiladi. 
XVII—XVIII asrlardagi ekologik ma`lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini 
o`rganishga qaratilgan edi. XVIII asrda Rossiya o`lkasi bo`ylab o`tkazilgan sayohatlar 
natijalariga asoslanib, ko`pchilik sayyohlar (S. P. Krasheninnikov, V. I. Lepexin, P. G. Pallaslar) 
o`simliklar va hayvonot dunyosi iqlimning o`zgarishiga qarab o`zgarishi haqidagi fikrlarni o`z 
asarlarida bayon etganlar. J- Byuffon (1707—1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga 
tashqi muhitning ta`siri masalasi ko`tarilgan edi. J. B. Lamark (1774—1829) dastlabki 
evolyutsion ta`limotni o`rtaga tashladi va o`simlik hamda hayvonlarning evolyutsion 
o`zgarishlarida eng muhimi— tashqi muhit ta`siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik 
ma`lumotlar (A. Gumbol’dt, 1769—1859) o`simliklar geografiyasida yangi ekologik yo`nalishni 
keltirib chiqardi. 
Iqlim ta`siri tufayli hayvonlar biologiyasiga va tarqalishiga bag’ishlangan ishlar ham 
vujudga keldi. K. F. Rul’e (1814—1858) o`z tajribasini hayvonlarning atrofini o`rab olgan tashqi 
muhit o`rtasidagi murakkab munosabatlarni o`rganishga qaratdi.  1859  yilda  CH.  Darvin 
«Tabiiy tanlash yo`li bilan turlarning kelib chiqishi» asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, 
ya`ni tur bilan muhit o`rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko`rinishlari tabiiy 
tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.  
XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o`simliklar va hayvonlarning iqlim 
omillariga moslanishlarini o`rganish bilan mashg’ul bo`ldi. A. N. Beketov , (1825—1902) 
o`simliklarning ichki va tashqi tuzilishlaridagi xususiyatlari, ularning geografik tarqalishi bilan 
bog’liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini ko`rsatdi. 
Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A. F. Middendorf tomonidan o`rganildi. 1877 
yilda| nemis gidrobiologi K. Myobius biotsenozlar haqidagi u tasavvurlarni asoslab berdi. 
Jamoalarni o`rganish turli uslublar bilan boyidi va o`simliklar jamoasi (fitotsenologiya) 
o`simliklar ekologiyasining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqdi. O`simliklar jamoasi haqida G. 
F. Morozov va V. N. Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar. V. N. Sukachev, B. 
A. Keller, V. V. Alexin, V. G. Ramenskiy, A. P. Dennikov, xorijda F. Klementes, Q. Raunkier, 
T. Dyu Rie, I. Braun — Blanke va boshqalar umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta 
hissa qo`shdilar. 30—40-yillarda hayvonlar ekologiyasi bo`yicha umumiy ekologiyannng 
nazariy masalalari bilan birgalikda yangi ma`lumotlar to`plana boshlandi. Umumiy 
ekologiyaning rivojlanishida D. N. Kashkarovning 1933 yilda chop qilingan «Muhit va jamoa» 
degan asari keyinchalik «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan birinchi yozilgan darslik 
bo`lib qoldi. 30- yillarda ekologiyaning yangi tarmog’i hisoblangan populyatsion ekologiya 
vujudga keldi. Uning asoschisi ingliz olimi CH. Elton hisoblanadi. 
Evolyutsion va ekologik masalalarni o`z ichiga qamrab olgan ekonisha, ya`ni tabiatda 


turning yashashi uchun zarur bo`lgan muhitning barcha omillari yig’indisi haqidagi tushunchalar 
g’arb olimlari J. Grinnell, Ch. Elton, R. Makartur, D. Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati 
tufayli fanga kiritildi. Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda 
M.  S.  Gilyarov,  S.  S.  Shvartslar  katta  hissa  qo`shdilar.  I.  S.  Serebryakov  tomonidan  gulli  
o`simliklarning hayot shakllari tasnifoti ishlab chiqildi. 40-yillarning boshlarida tabiiy 
sistemalarni o`rganish jarayonida yangi yo`nalish kelib chiqdi. 1935 yili ingliz olimi A. Tensli 
ekosistemalar,  1942 yilda esa V. N. Sukachev biogeotsenozlar haqidagi ta`limotni ilgari 
surdilar. 
50- yillarning boshlarida G. Odum, YU. Odum, R. Ui-tekker, R. Margalef va boshqalar 
biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. ekosistemali 
tahlilning rivojlanishi biosferani yangi, ya`ni ekologik asosda o`rganish imkonini yaratdi. 
Biosfera hadidagi ta`limot XX asrning yirik tabiatshunos olimi V. I. Vernadskiy nomi bilan 
bog’liqdir. Hozirgi vaqtda «Inson va biosfera» mavzuidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlari tabiat 
bilan jamiyat o`rtasidagi asosiy qonuniyatlarni yanada chuqurroq o`rganishga qaratilgan. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish