Ayrim suvo`tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti O°S dan past bo`lgan harorat
ta`sirida normal o`tadi. Ba`zi bakteriyalar va zamburug’larning sporalari hamda ba`zi
umurtqasiz
hayvonlar (kolovratka, tixoxodka va ne`matodlar (hasharotlar) tanasi suvsizlantirilgach, ularga -
190° -273°S li past harorat ta`sir ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. YOki ko`k-
yashil, diatom va yashil suv o`tlar ayrim vakillarining -73° -93°S li qaynar buloqlarda normal
o`sishi aniqlangan. Shimoliy qutbda suvning harorati 0°Sga teng bo`lganda ham ko`pgina suv
hayvonlari normal yashab suvo`tlar bilan ovqatlanadi. Shimol bug’usi, oq ayiq, tyulen’ va
pingvinlar hayoti ham past haroratda normal kechadi. Shunday qilib o`simliklar hayoti uchun
yilning eng issiq va eng sovuq oylaridagi o`rtacha haroratning umumiy miqdori, yillik
haroratning o`rtacha miqdori muhim rol’ o`ynaydi. Bunday yillik harorat yig’indisi (miqdori) Er
sharining turli nuqtalarida turlichadir. Masalan, Malay arxipelagida -9500°S, Toshkentda —
-5000°S, Astraxanda -4000°S, Odessada -3500°S, Sankt-Petrburgda -2000°S,
YAngi Er orolida -
400°S ni tashkil etadi. Shunga ko`ra har qanday o`simlik turi (yovvoyi holdagisimi, madaniy
holdagisimi) hamma joyda ham uchrayvermaydi. Demak, har qanday o`simlik turi o`z hayot
jarayonini to`liq o`tib nasl qoldirishi uchun yil davomidagi foydali harorat miqdoriga muhtojdir.
Shundagina, u normal o`sib rivojlanadi va urug’ meva hosil qilib bir yillik hayotini tugallaydi.
Er sharining biror joyidan ikkinchi bir joyiga qandaydir madaniy o`simlikni olib kelish,
uni o`stirib ko`rish va undan hosil olish uchun shu o`simlikning yillik foydali harorat miqdori
necha daraja ekanligi hisobga olinishi kerak bo`ladi. O`zbekistonda o`stirilayotgan g’o`za
o`simligi vegetatsiyasi uchun mavsum davomida 3500°S harorat zarur ekanligini hisobga
olganda uni Moskva yoki Sankt-Peterburg viloyatlari sharoitida ekish va
undan hosil olish
mumkin emasligi ayon bo`ladi. Hayvonlar hayotida ham harorat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko`pchilik hayvonlar o`zining doimiy tana haroratiga ega. Bunday hayvonlar
gomoyoterm
hayvonlar deyiladi. Tashqi muhitning ta`siriga ko`ra tana haroratini o`zgartiruvchi hayvonlar
yoki boshqacha aytganda, doimiy qat`iy tana haroratiga ega bo`lmagan hayvonlar
poykiloterm
hayvonlar deyiladi. Oraliq guruhga
kiruvchi hayvonlar esa geterotermlar deyiladi. Bu guruhga
kiruvchi hayvonlarning tanasi aktiv harakatda bo`lganda gomoyterm hisoblanadi. Uyquga ketgan
vaqtda esa ularning tana harorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati yo`qoladi.
Bunday hayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikanlar, ko`rshapalaklar, kolibrilar, olmaxonlar
hamda shunga o`xshash boshqalar kiradi.
O`simliklarda boradigan hayotiy jarayonlar haroratning minimal, optimal
va maksimal
ko`rsatkichlariga bog’liq. Masalan, fotosintez jarayoni harorat har 10°S ko`tarilganda ikki marta
ortadi. Optimal harorat esa 30—35°S atrofida bo`ladi. Xuddi shuningdek, nafas olish ham
o`zgaradi. Harorat o`simlikning ildiz orqali oziqlatsishiga ta`sir etadi. O`simlikning barcha
rivojlanish bosqichlari ham ma`lum darajadagi harorat omili bilan bog’liqdir. YUqorida
ta`kidlanganidek, barcha o`simliklarni haroratga bo`lgan munosabatiga ko`ra ikkita ekologik
guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta`sirida yaxshi o`sib rivojlanadigan termofil
o`simliklar va past harorat ta`sirida yashovchi psixrofil o`simliklar. Har ikki
guruhga mansub
o`simlik turlari o`ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o`simliklar hujayrasi
issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir
moylariga ega bo`lishi, o`zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim
davrini o`tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o`simliklar sovuq sharoitni
har xil holatlarda (ya`ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo-morfologik moslanish orqali
o`tkazadi. Bunday, moslanishlarga poyasining er bag’irlab o`sishi, novdaning yotiq yo`nalishi,
tuplanish bo`g’imi va ildiz bo`ynining
er ostida joylanishi, xazonrezgilik, po`kak I qavatning
yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo`lish kabilarni ko`rsatish mumkin. Shunday
qilib
o`simliklarni past haroratga bo`lgan munosabati yoki maslanishiga ko`ra uch guruhga bo`lish
mumkin:
1.Salqinga chidamsiz o`simliklar. Tropik zonada o`suvchi barcha o`simliklarni shu
guruhga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: