3.Sovuqqa (yoki ayozga) chidamli o`simliklar, Bu guruhga mo``tadil va sovuq iqlimli
zonalarda o`suvchi o`simliklar kiradi.O`simliklarni yuqori haroratga bo`lgan munosabatiga ko`ra
ham uch guruhga bo`lish mumkin:
1.Issiqqa chidamsiz o`simliklar. Masalan, suvo`tlar, suvda o`suvchi gulli o`simliklar va
mezofit o`simliklar. Ular -30°S dan yuqori haroratga chidamsizdir.
2.Issiqqa ko`nikkan o`simliklar. Masalan, cho`l va dasht zonalarida o`suvchi o`simliklar.
3.Issiqqa chidamli o`simliklar. Masalan, issiq suvlarda o`suvchi suvo`tlar va ayrim
bakteriyalar. Million yillar davomida o`simliklar va hayvonlar ana shunday past (sovuq) va
yuqori (issiq) haroratga nisbatan moslanishga majbur bo`lganlar. Natijada ularning ichki va
tashqi tana tuzilishida qator moslanish belgilari vujudga kelgan. O`sish, shox-shabbalarning
o`zaro tig’iz (zich) bo`lib o`sishi, sharsimon (dumaloq) ko`rinishda bo`lib o`sish, barglarning
nihoyatda kuchli qirqilgan bo`lishi, hujayra shirasida zahira moddalar, jumladan saxaroza, shakar
moddalar miqdorining ortishi kabi moslanish belgilarini ko`rish mumkin. Yuqori (issiq)
haroratga nisbatan ham qator moslanishlar mavjuddir. Chunonchi, barg va poyalarning nihoyat
sertuk bo`lishi, mum moddasi bilan qoplanganligi, vaqtincha bargsiz bo`lishi (yoki vaqtincha
barglarning to`kilishi), barglarning nihoyatda kichrayishi yoki ularning tangacha barglar
ko`rinishida bo`lishi, barglar labcha (og’izcha) larining chuqur joylanishi, ildizlarning tuproq
ostiga juda chuqur ketishi va hokazolarni ko`rsatish mumkin.
Yuqorida ko`rib o`tilganidek hayvonlar o`simliklarga nisbatan ko`proq o`z tanasi
haroratini boshqara olishi bilan ajralib turadi hamda tana haroratini idora etishning turli xil
imkoniyatlariga ega. Harorat hayvonlarning qaysi iqlim zonasida yashashi bilan bog’liq holda
avvalo ularning vazniga va ichki organlarining katta-kichikligiga, ko`payishiga va boshqa hayot
jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, issiq o`lkalarda yashovchi ko`pgina sutemizuvchi
hayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o`lkalarda yashovchi shu xildagi
hayvonlarnikiga nisbatan engil va kichikdir. Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi
qiyofasiga, ko`payishiga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, tundrada, mo``tadil zonada yashovchi tulki
va Afrikadagi fenek degan tulkini olsak, ular ekologik jihatdan o`xshash yoki bir-biriga yaqin
turlardir. Lekin turli iqlim zonasida yashaganliklari uchun ular tashqi ko`rinishi, ayniqsa,
quloqlarining shakli, katta-kichikligi bilan bir-birlaridan keskin farqlanadi. Xuddi shuningdek,
Arktika va baland tog’ mintaqasida yashovchi ba`zi hasharotlarning rangi Quyosh nurini ko`proq
yutganligi sababli qoramtir rangda bo`ladi. Ko`pchilik suv hayvonlarining tuxumi ham shunday
qoramtir pigmentga boy bo`ladi. Demak, hayvonlar ham g’gurli xil harorat ta`siriga
moslashadilar. U hayvonlarning haroratga moslanish yo`llari asosan uch xildir, ya`ni kimyoviy,
tabiiy, termoregulyatsiya va xulq-atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit haroratining pasayishiga
javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi. Bunday
moslanishning ko`rinishlari ba`zi bir baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi.
Tanadan issiq ajratishning o`zgarishi, ya`ni ortiqcha bo`lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni
ushlab qolish tabiiy termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo`l bilan harorat omiliga
moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslanishlar kuzatiladi: tananing junlar
bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo`lishi, yog’ zahirasining joylanishi, teri yoki nafas yo`li
orqali suv bug’latishni boshqarish va hokazo. Ko`pchilik hayvonlar uchun tana haroratini
boshqarishda ularning instinktdan kelib chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bularga
poza (gavdaning holati) larni o`zgartish, boshpana topish, murakkab er ostki uyalar (inlar)
qurish, boshqa joylarga uyalar qurish, uzoq yoki yaqin masofalarga ko`chib yurishlar
(migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda hayvonlarning guruhli xatti-harakatlari ham
muhim ahamiyatga ega. Masalan, cho`lda yashovchi tuyalar jazirama issiq kunlari bir-birlariga
yonboshlagan holda bir joyga to`planib yotadilar, natijada ular to`plangan joyning o`rtasidagi
harorat 39°S, ya`ni tana haroratiga teng bo`ladi. eng chekkadagi tuyalarning elka tomonidagi
junlari 70°S gacha qizib ketadi. Gomeoterm hayvonlarning issiqlik balanslarini idora etishda
yuqoridagi moslanish yo`llaridan birgalikda foydalanish ularning har qanday tashqi noqulay
harorat ta`siridan saqlanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: