ozuqa joylashishiga nisbatan ma`lum burchak hosil qilgan holda. to`xtaydi. Qushlar esa uzoq
joylarga uchib ketayotganida Quyoshga qarab mo`ljal oladi; b) dengiz va okean suvlari tagida
yashaydigan . jonivorlar, quruqlikda yashaydigan ba`zi qo`ng’izlar o`z
tanasidan nur chiqarish
xususiyatiga ega. Bu hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat sodda
hayvonlardan tortib baliqlargacha xosdir. Bakteriyalar, zamburug’lar va ayrim tuban o`simliklar
ham shunday xususiyatga egadir. Biolyuminestsentsiya hayvonlar hayotida signal vazifasini
o`taydi. Signal tufayli ular turli hayot jarayonlari (jinsiy marosim, dushmandan himoyalanish,
dushmanni chalg’itish, o`ljaga tashlanish kabilar)ni bajaradi: v) yorug’lik organizmlarning
rivojlanishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`rmon suvsariga qish mavsumida qo`shimcha
yorug’lik ta`sir etilganda uning homiladorligi tezlashib, muddatidan oldinroq bolalagan. Uzoq
muddatda yorug’lik ta`sir ettirilganda hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarda jinsiy balog’atga
etish tezlashgan; suv tagida yashaydigan karakatitsa o`zini dushmandan himoya
qilish uchun
suvni yoritib yuboradigan suyuqlik chiqaradi; suv betida yashaydigan ba`zi hayvonlar esa qora
suyuqlik chiqarib dushmandan himoyalanadi. Ba`zi hasharotlar kunlar qistsarishi natijasida
ko`payish jarayonini to`xtatadi, kunlar uzayishi bilan esa ko`payish qayta tiklanadi. Bushshg
sababi shuki, uzun kun bosh miyadagi gipofiz beziga ta`sir etib ichki
sekretsiya bezlari ishini
kuchaytiradi va jinsiy bezlarga ham signal beradi. Amaliyotda kun uzunligini sun`iy ravishda
o`zgartib o`simlik va hayvonlarning hosildorligi va naslini ko`paytirish yoki qisqartish mumkin.
Harakatda bo`ladigan hayvonlar o`ziga joy tanlashda yoritilish darajasini ham hisobga oladi.
Kecha - kunduz davomidagi faollik uchun ma`lum darajada yorug’lik talab etiladi. Hayvonlar
kunduzgi, tungi va g’ira shirada faol hayot kechiruvchi turlarga ham ajratiladi. Ularning faolligi
yilning mavsumi, iqlim sharoitlari va yorug’likning o`zgarishiga qarab o`zgarib turishi mumkin.
Masalan, chala cho`l zonalarida yumronqoziqlar jazirama issiq kunlari
ertalab va kech paytlari
aktiv faoliyatda bo`lib, kunduzgi vaqtni uyalarida o`tkazadilar. Ular havo bulut bo`lgandagina
kunduzi uyalaridan chiqishlari mumkin. Xuddi shuningdek, cho`ldagi qushlar ham yozning issiq
kunlari boshqa joylarga uchib ketadilar. Ularning o`ta aktiv (maksimum) faoliyati bahor, kuz va
qish fasllarining kunduzgi soatlariga to`g’ri keladi.
SHunday qilib, hayvonlar ham yorug’likka bo`lgan munosabatiga ko`ra bir necha guruhga,
chunonchi, yorug’sevar, soyasevar hayvonlarga va yorug’likning o`zgarishiga keng yoki tor
(qisqa) doirada moslashgan guruhlarga bo`linadi. Hayvonlar yorug’lik yordamida atrofdagi
mavjudotlarni ko`radi va yon atrofga qarab mo`ljal oladi. Turli hayvonlarning ko`rish
organlari
ularning rivojlanish pog’onasiga ko`ra turli darajada taraqqiy etgan va yashash sharoitlari bilan
bog’liq holda rivojlangan. Masalan, ba`zi chirqildoq ilonlar infraqizil nurlarni ko`ra olganligi
sababli o`ljasini qorong’ida ham ovlaydi. Asalarilar esa ul’trabinafsha nurlarni ajrata oladi,
ammo infra qizil nurlarni ajrata olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: