Suv o`ziga xos xususiyatlarga ega. Okeanlardagi hayotni belgilovchi omillarning eng
muhimi suvning bosimidir. Chuqurlik ortishi bilan bosim ham ortib boradi. Bosimga keng
doirada moslashgan evribat turlar (dengiz tipratikonlari, mollyuskalar, krevetkalar,
qisqichbaqalar) ma`lum. Gidrobiontlar uchun suvdagi erkin kislorodning miqdori katta
ahamiyatga ega. Chuchuk suvda 0°S da 10,2 m s
3
/l, 30°S da 5,5 sm
3
/l, xuddi shu hajmdagi
dengiz suvlarida 8,0 va 4,5 sm
3
/l O
2
bo`-ladi. Ma`lumotlar ko`rsatib turibdiki, haroratning
ko`tarilishi bilan kislorodning miqdori kamayar ekan, bu o`z navbatida iliq suvlarda yashovchi
organizmlar uchun nafas olishda uning tanqisligi vujudga kelishini bildiradi.
Okeanlardagi organizmlar uchun suvning sho`rlanish darajasi ham katta ahamiyatga ega.
Dunyo okeanlarining o`rtacha sho`rlanish darajasi 35% ni tashkil etadi. Dengiz suvida yashovchi
hayvonlar sho`rlangan suvga moslashgan bo`lib, ular odatda
gipotonik yoki gomeostatik
xususiyatga, ya`ni doimiy osmotik bosimni tanalarida saqlab qolish uchun dengiz suvidan ichib
turadi, yoki suvdagi tuzlarning miqdoridan qat`i nazar, tanasi doimiy osmotik bosimga ega
bo`ladi. Shunday qilib ba`zi hayvonlar ortiqcha suv yoki
tuzlarni vakuolalar, jabralar yoki
buyraklar yordamida chiqarib turadi yoki xitin, muguz qavatlari kabi himoya vositalariga ega
bo`ladi. Dengiz suvlarida ohaktosh tuzlarining bo`lishi maxsus turlar uchun muhim ahamiyatga
ega. Uning miqdori dengiz suvlarida 3,6% ni tashkil etadi.
Ohaktosh marjon riflari, mollyuskalar
chig’anog’i va diatom suvo`tlari sovutlari (pantsirlari)ning tuzilishida ishtirok etadi. Ko`pchilik
poykiloosmotik turlar tanasida tuz miqdori ortib ketgan vaqtda anabioz (tinim) holatiga o`tadi
(kovakichlilar, infuzoriyalar, kolovratkalar, ba`zi qisqichbaqasimonlar va boshqalar).
Dunyo okeanlarida suvning harorati ham organizmlar uchun muhim omil hisoblanadi.
Zonal harorat tartibi barcha okeanlar uchun xarakterlidir. Tropik zonalardagi yillik haroratning
amplitudasi 2°S- atrofida bo`lsa, o`rtacha iqlimli zonalarda 6—10°Sga boradi.
SHuning uchun
tropik va qutbdagi suvlarda stenoterm turlar uchraydi. Suvning harorati chuqurlik ortishi bilan
pasayadi. Lekin ma`lum chuqurlikdan boshlab harorat o`zgarmas bo`lib qoladi. Qutb atrofidagi
okeanlarda past haroratda muz qatlami hosil bo`ladi. Bunday sharoitda yashovchi organizmlar
pagofillar deyiladi va ularning hayoti muz ustida o`tadi (tyulenlar, oq ayiq va boshqalar).
Okeanning tubiga qarab yorug’likning kuchi va tarkibi ham o`zgarib boradi. Suv odatda ko`p
miqdorda qizil nurlarni yutib qoladi, ko`k binafsha nurlarni esa yaxshi o`tkazadi. SHuning uchun
ham yashil va qo`ng’ir suvo`tlari sayozroq
joylarda uchrab, qizil suvo`tlari 200 m gacha bo`lgan
chuqurliklarda tarqalgan. Hayvonlarning ranglari ham chuqurlikka bog’liq ravishda o`zgarib
boradi. Oqish rangli hayvonlar yuza qatlamlarda uchrasa, g’ira-shira zonalarda qizil rangli
hayvonlar keng tarqalgan. Okeanning chuqur qatlamlarida yashovchi organizmlarda
biolyuminestsentsiya hodisasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: