Mavzu: Singapur Reja



Download 26,67 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi26,67 Kb.
#429052
Bog'liq
Orifjonov.X


Mavzu: Singapur
Reja:

  1. Singapur davlati tabiiy sharoiti va tarixi

  2. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.

  3. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari

  4. Oʻzbekiston bilan aloqalari.

1.Singapur orol Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2500 mm. Katta daryosi — Singapur.


Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi, ularda tropik oʻsimliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band.
Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. Konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi.
Singapurning ilk tarixi maʼlum emas. 14-asrga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik (yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275 yil S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349 yil Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377 yildan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-asr boshlarida esa Tan davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor sultonligi kuliga oʻtgan. 1819 yil orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. 1826—1946 yillarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Singapurni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959 yildan Hamdoʻstlik tarkibidagi "oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 yillarda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 yil 9 avgustda undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965 yil sentdan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan, 1997 yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avgust — Milliy kun (1965).Ekin ekiladigan yer kamligi sababli qishloq xoʻjaligi unchalik rivojlanmagan va mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar axoliyey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palmasi yetishtiriladi. Choʻchqa va parranda boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchiligi bilan shugullaniladi. Transport yoʻli uzunligi —83 km, avtomobil yoʻllari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Jurong. Singapur shahri yaqinida xalqaro aeroport bor. Tashqi savdosida qayta eksport qilish katta oʻrin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan. Chetga mashina va asbobuskuna (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSH, Malayziya, Yaponiya, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi (2002 yilda Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Pul birligi — Singapur dollari. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy-maʼrifiy muassasalari va madaniyati. S.da davlatga karashli tibbiy muassasalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar universitetning tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 i., oʻrta maktabda 6 yil (3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy boʻlib, davlat oʻrta maktablarida pul toʻlab oʻqiladi. Dare, asosan, ingliz tilida olib boriladi, xitoy, malayya, tamil tillari ham oʻqitiladi. Turli kasblarni oʻrgatuvchi hunartexnika taʼlimi tizimi mavjud. 1980 yilda Nanyan va Singapur universitetlari negizida Milliy universitet tashkil etildi. Politexnika instituti, texnika va ped. kollejlari ham bor. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, S. Milliy universiteti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi; Milliy muzey (1848—49), Badiiy muzey va galereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy oʻquv yurtlari huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalarida, Dengiz jonivorlari biol.sini oʻrganish markazida, Janubi-Sharqiy Osiyoni oʻrganish institutida olib boriladi. Singapur shahrida 19-asrga xos eklektika inshootlari koʻproq uchraydi. Uning yevropacha qismida zamonaviy meʼmorlik namunalari, Xitoy dahasida tor koʻchalar va kam qavatli uylar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga oʻrnatilgan turar joy va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt anʼanaviy sanʼati (dondang sayeng ashula uslubi, jotet raqsi va boshqalar) bilan bir qatorda hind va xitoy qushiqraqs uslublari ham urf boʻlgan. 60 yillar oxiridan buyen sanʼat festivallari oʻtkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va pedagog Go Sun Te, anʼanaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va boshqalar bor.

2. Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yil qabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2011-yil Iyul oyidan boshlab Dr. Tony Tan, Respublika 7-prezidenti), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.


Singapur Demokratik Partiyasi (abbrev: SDP: 新加坡民主党;,: 新加坡民主黨; Tamil: சிங்கப்பூர் மக்களாட்சி; Malay: Parti Demokratik Singapura) Singapur ijtimoiy demokrat partiyasidir.

Partiya 1980 yilda Chiam See Tong tomonidan tashkil etilgan. U bosh kotib sifatida 1984 yilda Pasirga yagona aʼzo boʻladigan Parlament deputati etib saylanganida birinchi Parlament aʼzosiga aylandi. 1991 yilgi umumxalq saylovida partiyaning eng yaxshi namoyishlari, ikkita SDP aʼzosi — Ling How Doong va Cheo Chay Chen — parlamentga uchta deputat bilan saylandi. Biroq, Chiam 1993 yilda partiya Markaziy qoʻmitasining qoʻliga tushib, keyin 1996 yil dekabr oyida partiyani tark etdi. U SDPning anʼanaviy Partiya konferentsiyasidan beri Bosh kotib boʻlib qolgan Chee Soon Xuan tomonidan tayinlandi. Partiya liberal inson huquqlari kun tartibiga koʻproq eʼtibor qaratgan, ammo 1997 yilgi umumiy saylovlardan buyon parlamentdagi vakillikni kafolatlamaydi.
Xalq harakati partiyasi (qisqartirish: PAP) a siyosiy partiya yilda Singapur 1954 yil 21-noyabrda tashkil etilgan.
Xalq harakati partiyasi asosiy partiyadir konservativ markaz-o‘ng[8] siyosiy partiya yilda Singapur va vakili bo'lgan ikki zamonaviy siyosiy partiyalardan biri Parlament.[9][10]
O'shandan beri hukmron partiya 1959, u 1954 yilda avvalgi talabalar tashkilotidan kelib chiqqan mustaqillik tarafdorlari siyosiy partiyasi sifatida tashkil etilgan va u millatning siyosiy tizimida hukmronlik qilishni davom ettirgan. PAP-da mavjud hukmronlik qildi Singapur siyosati va shahar-davlatning tezkor siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida markaziy rol o'ynagan.[11]
Singapur siyosatining markaziy o'ng tomonida joylashgan Xalq harakati partiyasi mafkuraviy jihatdan konservativ. Partiya umuman qabul qildi liberal iqtisodiy siyosat- yoqimli erkin bozor iqtisod, lekin ba'zida shug'ullangan davlat aralashuvi. Ijtimoiy siyosatni qo'llab-quvvatlaydi fuqarolik millatchiligi va kommunitarizm bilan ijtimoiy konservativ yondashuv. Tashqi siyosatda u kuchli harbiy salohiyatga ega bo'lib, strategik pozitsiyasi tufayli mamlakat mustaqilligining kafili bo'lib xizmat qiladi. shahar-davlat

3.Singapurda sanoat, ayniqsa elektronika va kemasozlik sohalari yaxshi rivojlangan. Singapur — jahonning eng yirik savdo portlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligida asosan kauchuk yetishtiriladi. Kauchuk Singapurning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Malayziya, Yaponiya, Gonkong. Temiryo’llarining umumiy uzunligi – 38 km. Avtomobil yo’llari uzunligi – 2597 km.


Bundan ellik yil muqaddam Singapur shahri aholisining o'rtacha aholi jon boshiga YaIM 320 AQSh dollaridan kam bo'lgan rivojlangan davlat edi. Bugungi kunda u dunyoning eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biridir. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan Yalpi Ichki Mahsulot 60.000 AQSh dollari miqdoriga ko'tarildi va bu Markaziy razvedka boshqarmasi raqamlariga asoslangan dunyoda oltinchi o'rinni egalladi. Mintaqa va tabiiy resurslardan mahrum bo'lgan bir mamlakat uchun, Singapurning iqtisodiy yuksalishi hech narsaga qodir emas.
Globallashuvni, erkin bozor kapitalizmini, ta'limni va qat'iy pragmatik siyosatni qamrab olgan holda, mamlakat geografik kamchiliklarini bartaraf etish va global savdo sohasida etakchi bo'lishga erishdi.
4.Jahon tajribasidan shu narsa ma’lumki, hech qaysi davlat xalqaro aloqalarsiz, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy munosabatlarga kirishmasdan rivojlana olmaydi. Biron bir davlat bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilar ekan, bu birinchi navbatda xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalar rivojlantirishga yoʻl ochsa, boshqa tarafdan ikkala davlat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi munosabatlarni vujudga kelishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan, diplomatik aloqalarning oʻrnatilishi har ikkala davlat manfaatlari uchun ijobiy hodisa boʻlib qolaveradi.
Oʻzbekiston mustaqillikkka erishganidan keyin Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan oʻzaro aloqalarga katta e’tibor berdi. Xususan, Oʻzbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasida Yaponiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur kabi mamlakatlar bilan iqtisodiyot, sarmoya, ilm-fan va texnologiya, ta’lim, sogʻliqni saqlash va sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda Singapur davlati bilan aloqalar rivojlanib bormoqda.
Singapur Respublikasi Oʻzbekistonning mustaqilligini 1992-yildayoq e’tirof etgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach, ya’ni 1997-yil 8-aprelda esa ikkala davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilgan. Tez orada Singapur davlatida Oʻzbekiston elchixonasi ochildi. Shu tariqa ikkala davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar rivojlana boshladi. Qisqa muddat ichida ikkala davlat oʻrtasida diplomatik va savdo-iqtisodiy shartnomalar imzolandi. Xususan, Oʻzbekiston va Singapur delegatsiyalari hamkorligida
2003-yil 15-iyulda qabul qilingan oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish va rivojlantirishga qaratilgan “Iqtisodiy va madaniy hamkorlik” toʻgʻrisidagi bitim iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish yoʻlidagi muhim huquqiy asoslardan biri boʻldi.
XXI asr boshlariga kelganda Oʻzbekistonning Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash va savdo munosabatlarida Singapur birinchi oʻrinni egallagan. Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi 2005-yilda 2003-yilga nisbatan uch barobarga oshgan va 2005-yilda bu koʻrsatkich 76,1 million AQSH dollarini tashkil etgan (eksport hajmi 71,2 million AQSH dollar, import esa 4,9 million AQSH dollar). Bu yillar davomida Singapur Oʻzbekistonning eng yirik savdo sherigi boʻldi. 2006 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 86,2 million dollarni tashkil etdi. Eksport va import munosabatlari yildan-yilga oʻsib bordi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil yanvar oyida Singapurga davlat tashrifi bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning asosiy voqeasi boʻldi. Shu yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovni Singapur Prezidentining “Istana” saroyida rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Ushbu rasmiy tashrif chog’ida Prezident Islom Karimov Singapur Prezidenti Sellapan Ram Natan bilan uchrashdi.
Tashrif ikkala davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Uning natijasida 2007-yilda Singapur Biznes federatsiyasi hamkorligi bilan har yili ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston va Singapurda biznes-forumini oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, 2007-yil sentyabr oyida Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti faoliyatini Toshkentda tashkillashtirish toʻgʻrisida (Toshkentdagi MDIS) qaror qabul qilindi. Bu esa mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, eksport-import aloqalarining kengayishiga turtki bo’ldi.
Natijada, 2006-yildan 2011-yilgacha ikkala davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash 101,8 mln. AQSh dollarigacha koʻtarilgan boʻlsa (shundan 70 mln AQSH dollari eksport hajmiga, 31,8 mln AQSH dollari esa import hissasiga toʻgʻri keladi), 2017-yiga kelib, Oʻzbekiston Statistika Qoʻmitasining ma’lumotlariga koʻra, ikkala davlat oʻrtasidagi savdo aylanmasi yil oxirida 66,4 million dollarni tashkil etdi (shundan 56,1 mln dollari ekspor hajmiga, 10,3 mln dollari import hajmiga toʻgʻri keladi).
Bu yillar ichida Oʻzbekistonda Singapur sarmoyadorlari ishtirokidagi qoʻshma korxonalar barpo etish yoʻlga qoʻyildi. Agar 2006-yilda Singapur sarmoyadorlari ishtirokidagi korxonalar soni 12 tani tashkil etgan boʻlsa (shulardan 2 tasi butunlay Singapur sarmoyadorlariga tegishli), 2011-yilga kelib esa bu korxonalar soni ikki barobarga oshib, 21 tani tashkil qilgan. Shulardan 16 tasi qoʻshma korxona va 5 tasi toʻliq xorijlik sarmoyadorlarga qarashli. Shu bilan birga Singapurda ham qoʻshma korxonalar barpo etildi. Xususan, 2011-yilda Singapurda 3 ta qoʻshma korxona qurildi. 2014-yil oxirigacha Singapur sarmoyadorlari jami 2,1 mlrd dollar hajmdagi loyihalarda ishtirok etdilar. Respublikasi Statistika Qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2016-yilda Oʻzbekistonda Singapur sarmoyadorlari ishtirokidagi korxonalar soni 32 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 8 tasi butunlay Singapur sarmoyadorlariga tegishli boʻlgan. Oʻzbekistonda Singapurning 10 ta korxonasi akkreditatsiyadan oʻtgan.
2017-yilga kelib ikkala davlat oʻrtasidagi diplomatik va iqtisodiy aloqalar yanada rivojlandi. Aynan shu yilga kelib, hamkorlik aloqalar oʻrnatilganligiga 20 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam davlatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 20 yilligi munosabati bilan bir-birlariga tabrik yoʻllaganlar.
Ikkala mamlakat oʻrtasida nafaqat iqtisodiy, balki ta’lim sohasida ham hamkorlik aloqalarini davom ettirilmoqda. Masalan, 2018-yil 21-may kuni Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti Singapur milliy universitetining global munosabatlar boshqarmasi boshligʻi Jasper Tang boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Institutga tashrif Singapur milliy universiteti-ning “Study Trip for Engagement and EnRichment” oʻquv programmasi doirasida amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2018-yil 25-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining raisi Alisher Kurmanov hamda “Six Clouds Pte Ltd” (Singapur) kompaniyasining bosh ijro etuvchi direktori Von Xve Kiat boshchiligidagi kompaniya vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar qulay investitsiya muhitini, raqobatbardosh iqtisodiy shartsharoitlarni yaratish hamda tadbirkorlarning erkin faoliyati uchun qonunchilik asoslarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
2019-2029-yillarda “Six Clouds Pte Ltd” kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida Oʻzbekiston-Singapur mintaqaviy oʻquv markazi hamda tadqiqotlar va taraqqiyot boʻyicha integratsiyalashgan markaz tashkil etish nazarda tutilayotgani qayd etildi. Bu markazlar Oʻzbekistonning maktabgacha, maktab, oʻrta maxsus va oliy ta`lim tizimiga yangi dasturiy mahsulotlar va interaktiv raqamli oʻqitish platformalarini, shu jumladan ingliz va xitoy tillarini, matematika hamda maktabgacha va maktab dasturlarining boshqa asosiy fanlarini animatsion video orqali oʻqitish dasturlarini joriy etish imkonini beradi.
Mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirish hamda turizm sohasiga xalqaro kompaniyalarni jalb etish maqsadida poytaxtimizda 19-21-noyabr kunlari Turizm sohasida birinchi Xalqaro Investitsiya forumi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitalari tomonidan mamlakatimiz Tashqi ishlar, Tashqi savdo vazirliklari hamda Savdosanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda dunyoning 48 mamlakatdan 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

2019-yida ham mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar rivojlanishda davom etdi. Xususan, 2019-yil 3-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituda “Oʻzbekistonning eko turizm salohiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda turli davlat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlardan ekspertlar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi hamda Oʻzbekistonning eko turizm salohiyatini oshirish borasida takliflarini bildirishdi. 2019-yil 29-mart kuni Maybank ofisida elchixona tomonidan Singapur ishbilarmon doiralari uchun Oʻzbekistonning sarmoyaviy, savdo va sayyohlik salohiyatining taqdimoti oʻtkazildi. Sal oldin, ya’ni 2019-yil


20-mart kuni Oʻzbekistonning Sungapurdagi elchisi Qaxramon Shakirov Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi dekani Denni Kuax bilan uchrashuv oʻtkazgan edi. Uchrashuvlar natijasida har ikkala mamlakatlar uchun manfaatli bitim va kelishuvlar amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakatda xorijiy sarmoyalar miqdorining koʻpayishi tashqi investorlarning shu mamlakatda barqaror rivojlanish va siyosiy totuvlik davom etishidan manfaatdor ekanligini oshiradi. Bu borada
Oʻzbekistonning xorijiy sheriklar topishdagi muvaffaqiyati ikki muhim omil, ya’ni respublikaning muhim jugʻrofiy-siyosiy joylashuvi va tabiiy zaxiralarning moʻlligi omillari unimli foydalanishga bog’liq ekanligi ma’lum. Shu jihatdan, Oʻzbekiston uchun boshqa yirik rivojlangan davlatlar qatorida, eng avvalo, YaIDlar tajribasidan foydalangan holda ular bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish ham mamlakat iqtisodiyoti oʻsishi uchun muhim omildir. Oʻzbekiston Singapur bilan olib borgan savdo va diplomatik aloqalar ham Oʻzbekiston belgilab olgan taraqqiyot bosqichida muhim tajriba vazifasini oʻtamoqda.
Download 26,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish