A. N. Valiyev, B. R. Haqberdiyev, N. X. Gulomova, Z. A. Boboyeva



Download 8,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/126
Sana01.07.2022
Hajmi8,83 Mb.
#727494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Chizmachilik (Mashinasozlik chizmachiligi).Valiyev.A.N 2

Mualliflar
5


K IR ISH
Chizmalami to ‘g ‘ri chizish usullari, shuningdek, chizmachilik x o ‘ja- 
ligining barcha sohasini to ‘g ‘ri tashkil qilish haqidagi fan 
chizm achilik
deyiladi.
Chizmachilikning dastlabki b o ‘limi 
geometrik chizmachilik
bo‘lib, u 
k o ‘plab geometrik yasash usullarini o ‘z ichiga qamrab olgan.
Model va detallam ing ko‘rinishlarini chizish, ularda zarur qirqim va 
kesim bajarish qoidalari
proyeksion chizmachilikda
o ‘rganiladi.
Xalq xo ‘jaligining tarm og'iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar 
har xil nom bilan yuritiladi. Zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, 
dvigatellar, o ‘lchash asboblari va boshqa texnik buyumlarni yasash uchun 
tuzilgan chizmalar 
mashinasozlik chizmalari
deyiladi.
Bino, ko‘prik, to ‘g ‘on, y o i , kanal, mudofaa inshootlarini qurishda 
ishlatiladigan chizmalar 
muhandislik-qurilish chizmalari
deyiladi.
Yer sathini tasvirlash chizm alari 
topografik chizm alari
deyiladi. 
Topografik chizm alardan xaritalar tuzishda, m uhandislik inshootlarini, 
GES, suv om bori kabilam i loyihalashda va ularni berilgan m a’lum 
maydonda to ‘g ‘ri joylashtirish maqsadida foydalaniladi.
Standartlashtirish - texnika taraqqiyotini tezlashtirish, kom pleks 
m exanizatsiya va avtom atlashtirishni ishlab chiqarishda joriy qilish, 
korxonalami ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, mahsulot sifatini 
yaxshilash va uning tannarxini arzonlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. 
Chizma standartlari qonun kuchiga egadir. Chizmalami standartlashtirish 
bilan chizmalami chizishda xilma-xillik yo‘qotiladi. Natijada chizmalami 
taxt qilishda b ir xillikka erishildi, chizm alar qayerda, qachon va kim 
tomonidan chizilganidan qat’iy nazar, barcha kishilar tomonidan to ‘g ‘ri 
tushunilishi ta’minlandi.
0 ‘zbekistonda chizm achilik fan sifatida XX asm ing 30-yillaridan 
o ‘qitila boshlangan va bunda R ossiya olim lari ham da u yerda nashr 
qilingan darsliklaming ahamiyati katta bo‘lgan.
R ossiyada birinchi b o ‘lib 1721-yilda Yekaterinburgdagi m aktabda 
chizm achilik fani o ‘q itila boshlangan. Bu m aktablarda chizm achilik
6


lani asosiy fanlardan biri hisoblanib, o ‘quvchilar m ashina detallari, 
sex planlarini chizish bilan shug‘ullanganlar. Chizm alarga o ‘lcham lar 
qo'yilm agan. OMchamlar chiziqli yoki ko ‘ndalang masshtablar bo‘yicha 
aniqlangan.
1828-yilda chizmachilik va rasm bitta umumiy kurs qilib birlashtirilgan 
va shu yili chizmachilik fan sifatidamaktabda o ‘qitilish yili deb hisoblanadi.
1932-yildan boshlab chizmachilik alohida fan sifatida ajratildi. Dastur 
bo'yicha 4 ta asosiy b o ‘lim:
• Geometrik chizmachilik;
Proyeksion chizmachilik;
• Aksonometrik chizmachilik;
• Natural chizmachilik o ‘qitila boshlandi.
1986-1987 yilgi ta ’lim islohotlaridan keyin chizm achilik kursi bir 
muncha ertaroq (yangi struktura b o ‘yicha 7-sinfdan boshlab) yangi darslik 
bo‘yicha o ‘qitila boshlandi.
Hozirgi kunda chizm achilik kursi m am lakatim izda um um ta’lim
m aktablarining 8-9-sinflarida haftasiga 1 soatdan o ‘qitilm oda. Dastur 
m azm unida chizm achilik kursining asosiy b o ‘lim larining k o ‘pchiligi 
bo'yicha o ‘quvchilarga boshlang'ich bilim lam i berish nazarda tutiladi. 
Ayni paytda umumiy o ‘rta ta’lim m aktablarida TDPU faxriy professori 
Ikrom Rahmonov tomonidan yozilgan «Chizmachilik 
8
», «Chizmachilik 
9» darsligidan foydalanilmoqda.
Fanni o ‘q itish m eto d ik a sig a A .D .B o tv in n ik o v « C hizm achilik
o ‘qitish asoslari» (1966-y.), V.N.Vinogradov «Chizmachilikdan darsdan 
tashqari ishlar», «C hizm achilikdan fakultativ m ashg‘ulotlar» kitoblari 
orqali o ‘z hissalarini qo‘shganlar. Mustaqil 0 ‘zbekistonda esa professor 
E.l.R o‘ziyev va dotsent A.O .Ashirboyevning «M uhandislik grafikasini 
o'qitish metodikasi» darsligidan foydalaniladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida ham o ‘zbek tilida k o ‘plab darsliklar nashr 
ctildi va hozirda ham nashr etilmoqda, nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Respublikamizdagi grafikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan 
hurm atli olim larim izdan T oshkent to ‘qim achilik va yengil sanoat 
institutining dotsenti Yusufjon Q irg‘izboyev (1912-1995) o ‘zining uzoq 
yillik sam arali m ehnatini grafika b o ‘yicha k adrlar yetishtirishga va 
chizma geometriya, chizmachilik darsliklarini yozishga sarf qildi. Ilk bor 
o'zbek tilida yozilgan «Chizma geometriya» (1950) darsligining muallifi
7


Yu.Qirg‘izboyev keyinchalik «Chizma geometriyadan masalalar to‘plami» 
(1970), «Mashinasozlik chizmachiligikursi» (1981), «Texnik chizmachi lik» 
(1978) kabi darsliklarni nashr ettirdi. Bu darsliklar keyinchalik qayta-qayta 
nashrdan chiqdi va hozirda ham ulardan foydalanilmoqda.
Chizma geometriyadan darsliklar yozgan olim larim izdan yana biri 
Toshkent temir yo ‘l transporti injenerlar instituti professori, texnika fanlari 
nomzodi Rahim Qoriyevich Xorunovdir. U «Chizma geometriya kursi» 
kitobini nashr ettirdi. Toshkentda injenerlik grafikasi b o ‘yicha har oyda 
o ‘tkaziladigan shahar ilmiy-metodik seminar tashkil qilib, unga umrining 
oxirigacha o ‘zi rahbarlik qildi.
Perspektiva bo ‘yicha birinchi bo ‘lib dotsent Ikrom Rahmonov 1973 
va 1993 (ikkinchi to ‘ldirilgan nashri) yillarda «Perspektiva» nomli o ‘quv 
qo'llanm ani, 1984-yili «Chizma geometriya kursi» darsligini yaratdi.
Texnika fanlari nom zodi, professor Sh.K.M urodov boshchiligidagi 
bir guruh olimlar tomonidan yozilgan «Chizma geometriya kursi» (1988) 
darsligi nafaqat 0 ‘zbekiston, balki 0 ‘rta Osiyoda ham ushbu fan bo‘yicha 
yozilgan eng salmoqli o ‘quv adabiyoti sifatida tan olinadi.
Yana o ‘zbekistonlik olimlardan J.Yodgorov, E.Sobitov, L.Xakimov, 
P.Adilov, T.Rixsiboyev, R.Ismatullayev, T.Azimov, Sh.Abdurahmonov, 
D.Q o‘chqorova,E.R o‘ziyev,A.Abdurahmonov,R.Sindarov,A.Ashirboyev, 
A.Valiyev, N.Y odgorov, M .X alim ov, S.Saydaliyev v a boshqalar bu 
sohadagi ilmiy faoliyatlari bilan fan rivojiga o ‘z hissalarini qo'shgan va 
hozirda ham q o ‘shib kelmoqdalar. Bundan tashqari k o ‘plab m illiy va 
mahalliy olimlarimizni ham keltirishimiz mumkin.
8


I BO B. M A S H IN A S O Z L IK C H IZ M A C H IL IG I B O ‘Y IC H A
D A STLA BK I M A’L U M O T L A R

Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish