1
Фейербах JI. Избранные философские произведения. В двух томах. Том
1. М., 1955, 190-bet.
Feyerbax odamlarning baxtli-saodatli bo'lishlarini orzu qiladi.
Uning e’tirof etishicha, odamlarning baxtli-saodatli bo'lishi ijti
moiy muhit bilan bog'liq. Chunonchi, ijtimoiy muhit insonning
baxt-saodatga erishishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi yoki
to'sqinlik qilishi mumkin. Odamlar baxtli-saodatli bo'lishlari uchun,
jamiyatning barcha sohalarida ijtimoiy adolat prinsiplari hukm
ronlik qilmog'i darkor. Baxt-saodat, eng awalo, insonning mod-
diy-ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishida namoyon bo'ladi. In
sonning baxt-saodatga erishishida uning irodasining mustahkamli-
gi, prinsipialligi alohida e’tiborga molikdir. O'z navbatida, inson
baxt-saodatga erishmog'i uchun boshqalar bilan birlashmog'i lozim,
degan g'oyani ilgari suradi. Faylasufning ta ’kidlashicha, odam-
laming baxt-saodatga intilishi, u yaratgan axloq ilmining asosini
tashkil etadi.
Feyerbax jam iyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini, kishilar
o'rtasida tenglik, do'st-u birodarlikni qaror toptirishning yagona
yo'li, yangi din — muhabbat dinini shakllantirishdir, deb biladi.
Uning fikriga muvofiq, bunday din gumanistik axloq rolini
bajarmog'i, fuqarolami bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli qilib
tarbiyalamog'i lozim. Bu dinga ko'ra, «Inson insonga Xudo»ga
aylanmog'i kerak. Kishilar tabiatida mavjud bo'lgan xudbinlik,
hasad kabi g'ayrigumanistik illatlami bartaraf etm og'i zarur.
Feyerbaxning fikriga ko'ra, yangi dindagi muhabbat xudbin
lik, hasadning o'zi emas, balki kishilarni undan ozod qiluvchi
vositadir. M uhabbat — kishilarni xudbinlikdan, hasaddan quti-
lishga undovchi, ulami yaxshilikka, ezgulikka da’vat etuvchi buyuk
quroldir. Aniqroq qilib aytganda, Feyerbax yaratgan bu qurol —
yaratish, bunyod etish qurolidir. Shuning uchun ham muhabbat
dini jamiyat hayotining m uhim prinsipiga aylanmog'i darkor.
Faylasufning muhabbat haqidagi fikr-mulohazalari o'zining sodda,
oddiyligiga qaramasdan yangi gumanistik g'oyalami yaratish uchun
asos yaratdi.
Feyerbaxning tushuntirishicha, antropologiya tufayli, inson
dinning haqiqiy m azmunini bilib oladi. Uning fikriga muvofiq,
inson tabiatida mavjud bo'lgan turli his-hayajonlar, kechinm a-
lar, iztiroblar, chunonchi, quvonch va tashvish, muhabbat va
loqaydlik, qo'rquv va jasorat mavjudligi uchun yuzaga keladi.
Bunday m hiy kechinm alar bo'lm asa dinga ehtiyoj tug'ilm as edi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, klassik fal
safa namoyandalari insonning inson darajasiga ko'tarilishida aql
asosiy rol o'ynaydi, deb tushuntirdilar. Insondagi intellektual
imkoniyatlami qadrladilar. Lekin inson tarixiy taraqqiyotning
mahsuli ekanligini e ’tiborga olmadilar. Shunday bo'lishiga qara-
masdan, klassik falsafa namoyandalari inson falsafasi taraqqiyo-
tiga munosib hissa qo'shdilar. Chunonchi, nemis klassik falsafa
sining namoyandalari: birinchidan, dialektika ta ’limotini har
tomonlama rivojlantirdilar. Uni faqat «sof aqlni tanqid» qiluvchi
vosita (Kant) emas, balki insonning eng nodir qobiliyati —
bilishning yaxlit bir butun sistemasi, deb tushuntirdilar. Ik-
kinchidan, dialektik fikrlash uslubini tarixiy taraqqiyot jarayo-
niga tatbiq etib, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini yaratishga urinib
ko'rdilar. Uchinchidan, ijtimoiy taraqqiyot doimo harakatda
bo'lgan jarayon ekanligi, ertam i-kechm i faylasuflar ijtimoiy
taraqqiyot qonunlarini bilib olishlariga ishonch hosil qildilar.
G umanistik g'oyalarni har tom onlam a ulug'ladilar. Insonni
e ’zozlash falsafaning vositasi emas (Kant), balki asosiy maqsa-
didir, uning universal predmetidir (Feyerbax), degan xulosaga
keldilar.
XIX
asrning ikkinchi yarmida Yevropada bir guruh fayla
suflar klassik falsafa an’analarini qattiq tanqid qilgan bo'lsalar,
ikkinchi guruh faylasuflar uning asosiy qoidalarini himoya qila
boshiadilar. Boshqacha aytganimizda, Yevropa falsafiy tafakkuri-
ning bir qutbida klassik falsafaning tanqidchilari, ikkinchi qut
bida uning himoyachilari to'plana boshladilar. Shuning uchun
ham XX asr falsafasining eng muhim xususiyati — antiklassik
va noklassik falsafa paydo bo'lganligi bilan xarakterlanadi.
XIX
asrning 40—50-yillarida neokantchilik, neogegelchilik,
neotomizm, marksizm tarafdorlari klassik falsafa an ’analarini
himoya qila boshladilar. Xususan, neokantchilik falsafasi asosiy
qoidalarini shakllantirishda Marburg va Baden maktabi nam o
yandalari fidoyilik qildilar. Marburg maktabining asoschilari:
G .K ogen
(1842—1918-y.),
P .N a to rp
(1 8 5 4 -1 9 2 4 -y .),
E.Kassirerlar (1874— 1945-y.) Im m anuil Kantning transenden
tal falsafasini rivojlantirishga harakat qildilar. Boshqacha aytga
nimizda, bilishning transendental uslubini yaratishga, ilmiy bil
ish jarayonini psixologizmdan xalos qilishga urindilar.
Marburg falsafa maktabi namoyandalari fikriga ko‘ra, inson
ilmiy bilimlarining manbai bilinishi zarur bo'lgan subyekt, ya’ni
inson ongining strukturasi emas, balki fanning mantiqiy struk-
turasidir. Ko'rinib turibdiki, marburgliklaming ishontirishicha,
bilish jarayoni ichki strukturasini o'rganishni bilish jarayonining
o'zidan emas, balki bu jarayondan tashqarida turgan boshqa
aloqalardan boshlash zarur. Bunday holatda bilish jarayoni sof
bilish mantig'iga aylanib qoladi. Shuningdek, marburgliklar in
son bilimlarini hosil qilish jarayonini aniq fanlaming mantiqiy
asosiga tayanib o'rganish lozim, deb tushuntiradilar. M antiq inson
bilimlarining haqiqatga muvofiqligini emas, balki to'g'riligini,
vujudga kelish jarayonidagi umumiylik va zaruriylik qonuniyat-
larini o'rganm og'i lozim, degan fikr-mulohazalarni o'rtaga tash-
laydilar.
Neokantchilik g'oyalarini har tomonlama rivojlantirishda Baden
falsafa maktabi namoyandalari: V.Vindelband (1848— 1915-y.),
G.Rikkert (1863—1936-y.) munosib ulush qo'shdilar. O'zlarining
butun sa’y-harakatlarini ilmiy bilish metodologiyasini yaratishga
qaratdilar. Badenliklarning tushuntirishicha, tabiiy fanlar hodisa
va voqealarning takrorlanib turadigan tom onlarini o'rganm og'i,
bunda umumlashtirish, qonunlashtirish (rasmiylashtirish) uslub-
lariga tayanm og'i, madaniyat haqidagi fanlar esa individuallash-
tirish, tasvirlash uslublaridan foydalanishi zarur.
Baden falsafa maktabi namoyandalari, olamdagi eng noyob
mavjudot — insonni o'rganishda, uning individual, o'ziga xos
xususiyatlarini umuminsoniy qadriyatlar chig'irig'idan o'tkazib
tahlil qilish zarurligini alohida ta’kidlaydilar. Insonning inson bo'lib
shakllanish jarayonida umuminsoniy qadriyatlaming ahamiyati
beqiyos ekanligini ta’kidlash bilan birga, G.Rikkert aytganidek,
qadriyatlami baholash bilan qo'shib-qorib yuborib bo'lmaydi.
Chunki baholash — bu aniqlangan dalillar chig'irig'idan tashqariga
chiqa olmaydigan, subyektiv munosabatlardir. Qadriyatlar esa
subyektga bog'liq bo'lmagan reallikdir. Ulaming har qaysisi o'zicha
alohida harakat qiladi. Qadriyatlar aprior, transendental, umum
ahamiyatga ega bo'ladi. G.Rekkert o'rinli ta ’kidlaganidek, qadri
yatlar individuallikning ta ’rifi emas, balki shaxs individual ongi
orqali ijtimoiy aloqalami vujudga keltimvchi, ijtimoiy ongning
ideal shaklidir. Individual va ijtimoiy ong orasidagi o'zaro aloqa-
dorlik tarix va madaniyat to'g'risidagi fanlarda o'z ifodasini topadi
hamda qadriyatlami individuallashtirishning muhim sharti, deb
hisoblanadi.
Kant asos solgan nazariy va amaliy aql o'rtasidagi farqqa
tayanib, neokantchilar falsafa bilan fan o'rtasida chegara bor,
deb o'ylaydilar. Ulaming fikriga muvofiq, fan nazariy fikr-mu-
lo h azalarg a, h o d isalar va v o q ealar to 'g 'risid a g i em p irik
m a’lumotlarga asoslansa, falsafa turli normalami, qadriyatlami
o'rganishi zarur.
Shuning uchun falsafa — aksiologiya, ya’ni qadriyatlar
to'g'risidagi ta ’limot bo'lib, uning predmeti subyekt bilan qadriyat
orasidagi aloqadorlikni o'rganishdan iborat bo'lmog'i lozim emish.
Shunday qilib, neokantchilar inson o'zligini anglash taraqqiyo
tida qadriyatlaming m a’lum ierarxiyasini aniqlab berishga intil-
dilar. Falsafiy bilimlarning yangi tarm og'i, qadriyatlar haqidagi
fan — aksiologiyaga asos soldilar.
Noklassik falsafa taraqqiyotiga diniy falsafa ham o 'z ta ’sirini
o'tkazdi. Bunday holatni klassik falsafa an ’analarini himoya qilib
chiqqan falsafiy oqim lardan biri — neotom izm da yaqqol
ko'rishimiz mumkin.
Neotomizm — katolitsizmning tarmoqlaridan biri bo'lib, XIX
asming 70-yillarida Vatikanning qarorlari ta ’sirida vujudga keldi.
Uning asoschisi — Rim papasi Lev XIII dir. Neotomizm
g'oyalarini jahonda targ'ibot va tashviqot qilishda XX asming
m ashhur neotom istlari: J.M ariten (1882—1973-y.), E.Jilson
(1884—1978-y.), G .M arsel ( 1 8 8 9 -1 9 7 3 -y .), P .T eyyar de
Shardenlar (1881—1955-y.) jonbozlik qildilar.
Neotomizm o'rta asr tomizmidan tubdan farq qiladi. Unda
Foma Akvinskiy qarashlaridagi asosiy g'oyalar nemis klassik fal
safasining asoschilari Kant, Shelling, Gegel qarashlari bilan
birlashtiriladi. Ana shunday nuqtayi nazar bilan fikr-mulohaza
yuritgan neotomistlaming tushuntirishicha, insoniyat bosib o'tgan
tarixiy taraqqiyot har bir kishining xatti-harakatiga bog'liq bo'lib,
oldindan transendental kuchlar tom onidan belgilab beriladi.
N em is klassik falsafasi yutuqlariga suyangan neotom istlar
din bilan fanni bog'lam oqchi bo'ladilar. N eotom istlam ing
tushuntirishicha, din va fan hech qachon biri — ikkinchisiga
zid kelmaydi, balki biri ikkinchisini to'ldiradi. D in ham, fan
ham aslida odamlarni yagona maqsadga yetaklovchi ikki yo‘ldir.
U lar yagona maqsad deganda Xudo tom on borishni nazarda
tutadilar.
Neotomistlar fikriga muvofiq, inson aqliy bilishining manbai
tafakkurdir. Olamdagi barcha mavjudotlar yaratuvchisi Xudo
bo‘lganidek, inson tafakkurini ham Xudo yaratgan. Shuning
uchun inson aql-zakovatining asosiy maqsadi — Olloh m arha-
matini bilishga qaratilmog‘i darkor. Lekin insonning bilish bo
rasidagi faoliyatining chegarasi bor. Inson ilmiy bilish yorda
mida faqat tabiatda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar sir-u
sifatlarini bilib olishi m um kin, afsuski, dinda bo'ladigan
o'zgarishlaming sababini bila olmaydi. Chunki diniy aqidalar
inson aqli imkoniyatlaridan ustun turadi, inson aql-zakovati
yordamida Xudo borlig'ini bilib bo'lmaydi. Inson, yuqorida e’tirof
etilganidek, faqat moddiy olamda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni
bilish orqali Olloh qudrati va ifodasini biladi.
N em is klassik falsafasining ra tsio n alistik , g u m an istik
an ’analariga suyangan neotomizm, XIX asming 70-yillarida olam
bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik muammolarini Xudo
bo rlig 'i, uning karo m atlari, olijanob fazilatlari, xislatlari
chig'irig'idan o'tkazib tahlil etgan bo'lsa, XX asiga kelib o'zining
hayotdagi m o'ljallarini (orientatsiyasini) tubdan o'zgartirdi.
Boshqacharoq aytganda, neotomizm ham diniy falsafaning boshqa
yo'nalishlari kabi o'zining hayotdagi orientatsiyasini qayta ko'rib
chiqdi. Targ'ibot va tashviqot markaziga inson va uning manfaat
larini himoya qilishni maqsad qilib qo'ydi. Butun kuchini odam
larni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbi-
yalashga, jahonda tinchlikni barqaror qilishga safarbar etdi.
Klassik falsafa a n ’analarini himoya qilishda neogegelchilar:
R.Kroner (1884—1974-y.), G.Lasson (1862-1932-y.), B.Kroche
(1866—1952-y.), JJe n tile (1875-1944-y.), F.Bredli (1846-1924-
y.), J.Roysa (1855—1916-y.), J.Val (1 8 8 8 -1974-y.), A.Kojev
(1902—1968-y.). J.Ippolit (1907—1968-y.) «Gegel tom on orqaga
qaytish» shiori ostida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib bordilar.
Klassik falsafa qoidalarini tanqidiy o'rganishda va uning gumanistik
asoslarini har tomonlama rivojlantirishda nemis mutafakkirlari Karl
Marks (1818—1883-y.) va Fridrix Engels (1820-1895-y.) fido-
yilik qildilar.
Hozirgi zam on ilmiy-falsafiy adabiyotlarda Karl M arks va
Fridrix Engelsning gumanistik qarashlari yuzasidan bir-biriga
qaram a-qarshi fikrlar bayon qilinm oqda. Xususan, ayrim ta d
qiqotchilar Karl Marksning inson to ‘g‘risidagi ta ’lim otini ta n
qidiy tahlil qilsalar, ikkinchi guruh jam iyatshunoslar Karl
Marks ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida inson muammosiga e ’tibor
bermagan,
0
‘zining butun diqqat-e’tiborini kapitalistik ishlab
chiqarish usulining m ohiyatini ochib berishga qaratgan, de-
yishmoqda. Uchinchilari esa Karl Marks falsafada inson m uam -
mosini hal qilishda baholi qudrat o 'z hissasini q o ‘shdi, de-
moqdalar.
Fikr va mulohazalarning turli-tum an bo'lishidan q a t’i nazar
Karl M arksning inson to ‘g‘risidagi qarashlariga xolisona baho
berish, inson to'g'risidagi fikr-mulohazalari qanday bo‘lsa shun-
dayligicha, har qanday siyosiy bo'yoqlarsiz kelajak avlodlarga
yetkazish, bugunning talablariga javob bermaydigan qoidalarini
tanqid qilish va ijobiy tom onlarini saqlab qolish, undan ta n
qidiy foydalanish insonshunoslikning dolzarb vazifalaridan
biridir.
Alohida ta ’kidlash zarurki, K.Marks falsafiy ta ’lim otining
ayrim tanqidchilari uning qarashlarini soxtalashtirayotirlar.
Marks qarashlaridagi gum anistik fikr-m ulohazalar m ohiyatini,
undagi fuqarolam i har qanday zulm dan, zo ‘ravonlikdan ozod
qilishga, insonni har tom onlam a erkin rivojlanishi uchun zarur
b o ‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ijtim oiy
yo'nalishni tushunib yetm ayotirlar yoki tushunishni istam a-
yotirlar.
Inson to ‘g‘risidagi markscha konsepsiya ham jahon ijtimoiy
taraqqiyotining rivojlanish darajasidan kelib chiqdi. C hu n on
chi, ijtimoiy m unosabatlardagi keskin o'zgarishlar insonning
axloqiy degrodatsiyaga giriftor bo'lishi, uning ongi va faoli
yatida begonalashuvning vujudga kelishi sabablarini har to
m onlam a tahlil qilish zaruriyati kundan-kunga ortib boraverdi.
Qashshoqlik, om m aning har tom onlam a talanishi, odam larni
ekspluatatsiya qilishning kuchayib ketishi, ijtimoiy antoganizm,
depersonalizatsiya, antigum anizm ning o'sib borishi — bular-
ning hammasi inson tabiati, uning ijtimoiy mohiyati to'g'risida
avval mavjud bo'lgan nuqtayi nazarlarni qayta ko‘rib chiqish-
ni taqoza etdi. Shunday qilib, inson m anfaati, ehtiyoji, in
tilishi bayram ona tantana emas, balki ijtimoiy hayotning real
m anzarasi edi. Xuddi shu zaruriyat K. Marks uchun, inson
ijtimoiy m anfaatini him oya qiladigan yangi konsepsiyani ish
lab chiqishga turtki bo'ldi.
Marksdagi insonparvarlik g'oyalari tahlilini uning «1844-yil
iqtisodiy-falsafiy qo‘lyozmalari»da ko'rish mumkin. Marksizm tari-
xining tadqiqotchisi O.Komyuning1 ta ’kidlashicha, bu asarda in
soniyat bosib o'tgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo'li, insonning
tabiatga, jamiyatga bo'lgan munosabati masalalari aks etgan. Xuddi
shuning uchun ham, ushbu asarni Marksning inson to'g'risidagi
nazariy fikrlari debochasi desak bo'ladi. Shuningdek, O.Komyu
«qo'lyozmada» bayon etilgan inson to'g'risidagi fikr-mulohaza-
lami absolutlashtirib yubormaslik zarurligini ham eslatib o'tadi.
Chunki qo'lyozmada «ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining bayoni, hali
Feyerbaxcha gumanistik nuqtayi nazardan bo'yab amalga oshi-
rilgan edi»2.
K.Marksning «1844-yilning iqtisodiy-falsafiy qo'lyozmasi»ning
tahlili shundan dalolat beradiki, uning inson to'g'risidagi fikr-
mulohazalari, nafaqat falsafiy qarashlari sistemasida muhim
ahamiyatga ega edi, balki butun ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarining
mohiyati — yadrosini tashkil etadi. Uning keyingi yillarda shakl
langan ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari xuddi shu yadro atrofida markaz-
lashdi.
K .M ark sn in g in so n to 'g 'r is id a g i fik rla rin i «F ey erb ax
to 'g 'risid ag i tezislar»dan3 bilib olish m um kin. O 'sh a tezis-
la rn in g
b ir in c h is id a
« 1 8 4 4 -y iln in g
iq tis o d iy -f a ls a fiy
qo'lyozm asi»da inson to 'g 'risid a olg'a surilgan g 'o y alar dav
om ettirilgan. C hunonchi, M arks insonning ongi bilan faoli
yati orasida o 'z a ro aloqadorlik m uam m olarini o'rganishga
alohida e ’tib o r berdi. U ning fikriga m uvofiq, tashqi olam ni
in ’ikos oynasida idrok qilish emas, balki subyektni obyekt
bilan o'zaro aloqadorligi, inson faoliyatining natijasidir. Inson
faoliyati deganda, nafaqat olam ni hissiy idrok qilish yoki
Download Do'stlaringiz bilan baham: |