A n V a r c h o r iy e V


  Iogani Gotlib Fixte 1762-yilda tug‘ilgan. Avval Iena, keyinroq Lepsig uni-


bet337/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi


Iogani Gotlib Fixte 1762-yilda tug‘ilgan. Avval Iena, keyinroq Lepsig uni-
versitetlarini tugatgan. Xonadon o ‘qituvchisi bo'lib ishlagan. 1755-yilda Iena uni-
versitetida professor bo‘lgan. 1805— 1806-yillarda Erlangen va Kenigsberg univer-
sitetlarida ma’ruzalar o ‘qigan. 1810-yilda Berlin universitetining dekani bo‘lgan.
1814-yilda vafot etgan. Uning falsafiy qarashlari «Fanshunoslik» (1794), «Yopiq
savdo davlati» (1800) asarlarida bayon etilgan.


yati shundan iboratki, u ong bilan faoliyat orasidagi o'zaro 
aloqadorlik mexanizmining m ohiyatini ochib berishga harakat 
qildi. U ning e ’tiro f etishicha, inson ongi bilan faoliyati birli­
gining asosida doim o harakatda bo'lgan inson o'zligining ifo- 
dasi «Men» yotadi. «Men» insonning fikrlash doirasida mavjud 
bo'lgan barcha o'zgarishlarni o'ziga qam rab oladi, shuning 
uchun ham «Men» yuksak faollikka ega bo'lgan fikrlovchi 
subyektdir.
Fixtening ta ’kidlashicha, inson «M en»idan tashqarida tu r­
gan «Men emas» ham borligini unutmaslik darkor. «Men emas», 
shubhasiz,«Men»ga o'z ta’sirini o'tkazadi. H atto uning maz­
munini ham belgilab berishi mumkin. Faylasufning e’tiro f 
etishicha, insonning fizik tabiati uning tabiiy mayllaridan tarkib 
topgan. Shuning uchun ham, b a’zan «Men emas» «Men»ning 
rivojlanishiga ichki stimul beradi. Xuddi shu holat, o 'z navbati­
da, insonning axloqiy burchini bajarishiga to'siq bo'ladi, inson 
axloqini yemiradi. Insondagi «Men emas» qancha kuchli bo'lsa, 
«Men»ning axloqiy imkoniyatlari shuncha zaif bo'ladi. Shunday 
qilib, Fixte inson «Men»i bilan «Men emas» orasidagi o'zaro 
aloqadorlik, o 'zaro ta ’sir m exanizm ining m ohiyatini ochib 
berishga harakat qiladi.
Fixtening fikriga muvofiq, «Men» bilan «Men emas»ning o'zaro 
aloqadorligi ularning bir-biriga mos tushishi yoki tushmasligi in­
son ongi va faoliyatining birligini ta ’minlovchi qudratli omildir. 
Xuddi shu qoida Fixte dialektikasining mag'zini tashkil etadi. 
Lekin, deb ta’kidlaydi faylasuf, «Men» bilan «Men emas» orasida­
gi o'zaro aloqadorlik, o'zaro ta ’sir mexanizmining mohiyatini 
faqat aql imkoniyatlari yordamida emas, balki uni bilishda ong- 
sizlik elementlari ham ishtirok etadi. Ko'rinib turibdiki, Fixte 
insonning ongi bilan faoliyati orasidagi o'zaro aloqadorlikni, o'zaro 
ta’simi bilishda nafaqat onglilik, balki ongsizlik ham ishtirok etishini 
e’tirof etadi.
Fixte «Men» bilan «Men emas» orasida ziddiyat mavjudligi, 
o'sha ziddiyat inson ongi va faoliyati orasidagi o'zaro aloqador­
lik, o'zaro ta ’sir mexanizmi o'zgarib turishi uchun ichki stimul 
berishini isbotlab berdi. U «Men» bilan «Men emas» oarsidagi 
o'zaro aloqadorlik, o'zaro ta ’sir mexanizmining mohiyati man- 
zarasini quyidagicha ta ’riflaydi. Chunonchi:


1.«Men» 
0
‘zining mavjudligini rasman tasdiqlaydi (tezis).
2. «Men» «Men emas»ning mavjudligini rad etadi (antitezis).
3. «Men» «Men emas»ning mavjudligiga iqror bo'ladi (sin­
tez).
Fixtening tushuntirishicha, «Men emas» «Men»ga o'xshash 
yoki uyqash emas, balki u inson ongining, ya’ni «Men»ning 
mahsulidjr. Ushbu holat inson atrofini o'rab turgan butun olam 
inson ongiga bog'liq emasligidan dalolat beradi. «Men» va «Men 
emas» haqida fikr-mulohaza yuritganda falsafiy fikrlash m adani­
yatining turli qirralari, bir ibora bilan aytganda, inson o'zligini 
ifodalovchi dastlabki subyekt «Men» haqida so'zlaymiz.
Fixtening inson ongi va faoliyati orasidagi o'zaro aloqador­
lik, o'zaro ta ’sir haqida fikr-mulohazalaridan ko'rinib turibdiki, 
«Men» «Men emas»ni, o'z navbatida, «Men emas» «Men»ni 
vujudga keltiiadi. Doimo harakatda bo'lgan bunday g'ildirak holatni 
tavsiflash uchun nemis mutafakkiri «intellektual intuitsiya» tus- 
hunchasini falsafiy muomalaga kiritadi.
Intellektual intuitsiya insonning aqliy faoliyatiga ichki stimul, 
quw at berib turadi. Intellektual intuitsiya inson erkinligi bilan 
bog'liq. Shuning uchun ham Fixte inson erkinligining holati, 
darajasini aniqlash — falsafaning eng muhim vazifalaridan biri 
bo'lm og'i lozim, deb hisoblaydi va inson erkinligi namoyon 
bo'lishining turli ko'rinishlarini o'zida mujassamlashtiruvchi sis- 
temani yaratishga kirishadi. O'zi tuzib chiqqan ijtimoiy siste- 
mani «erkinlikning dastlabki sistemasi», deb ataydi. Ushbu sis- 
tem a insonni turli ijtimoiy zug'umlardan, ulaming quli, cho'risi 
bo'lish kabi yaramas g'ayriinsoniy illatlardan himoya qiladi.
Fixtedagi inson erkinligi muammolari haqidagi fikrlash fran­
suz m a’rifatparvarlari ta’sirida hosil bo'lgan edi. Insonning erkin- 
lik tom on intilishi zaruriyatga asoslangan amaliyot natijasida 
sodir bo'ldi. Nemis mutafakkirining fikricha, inson erkinligi 
darajasini kishilardagi donishmandlikdan emas, balki o 'sha kishi 
faoliyat ko'rsatayotgan tarixiy davr, tarixiy shart-sharoitdan 
izlash lozim. Shuning uchun ham odam lar faoliyatidagi xud- 
binlik, ichi qoralik sabablarini Germ aniyadagi ijtim oiy-iqti­
sodiy tuzum ning qoloqligidan qidiradi. Kishilar insoniy fazilat­
lari, xislatlarini yanada rivojlantirm oq uchun Germaniyadagi 
ijtimoiy qoloqlikni tugatish zarur, deb hisoblaydi va m am -


lakatda «biqiq savdo davlati» barpo etishga qaratilgan bir qa­
to r takliflar, loyihalar ishlab chiqadi. Fixte ishlab chiqqan 
loyihada Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o ‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlab berish bilan birga, nemislarni ilohiy- 
lashtirishga, uni boshqa millatlardan ustun qo'yishga qaratilgan 
b a’zi mulohazalar ham bor edi.
Insonning aqliy faoliyati bilan uning onggi orasidagi o ‘zaro 
aloqadorlik muammolari haqida nemis klassik falsafasining namo- 
yandalaridan biri Shelling Fridrix Vilgelm Iozef1 ham bir talay 
fikr-mulohazalarni bildirdi. Shelling ong deganda «intellektual in­
tuitsiya» natijasi, hosilasini tushundi. Lekin uning fikriga ko'ra, 
«intellektual intuitsiya» hamma kishiga xos xislat emas, balki mumtoz 
kishilarga, ayrim talantli odamlarga xosdir, deb tushuntirdi.
Insondagi ong, eng aw alo, o'z zaruriyati uchun xizmat 
qiladi. Ana shu m a’noda inson ongi erkin bo'ladi. Lekin kishi­
laming erkin fikrlashi qandaydir qonun asosida sodir bo'ladi. 
Boshqacharoq aytganimizda, inson erkin fikrlashi qandaydir 
qonuniyat asosida ro'y beradigan jarayondir. Shellingning fikriga 
ko'ra, xuddi shu jarayonda ruh bilan tabiat, subyekt bilan 
obyekt, erkinlik bilan zaruriyat qo'shilib-qorilib ketadi.
Shelling ta ’limotining asosiy mavzusi — bilish jarayonidagi 
obyekt bilan subyekt orasidagi o'zaro aloqadorlikni o'rganishga 
qaratilgan. Uning tushuntirishicha, bilish jarayonida obyekt b i­
lan subyekt aloqadorligi ayniyat qonuni asosida sodir bo'ladi. 
Bu qonunga muvofiq inson aqliy faoliyati birlikdan ko'plik tomon 
siljib boradi. Ana shu jarayonda inson o'zini o'zi anglaydi.
Shelling falsafasida inson erkinligi muammolari asosiy o'rin 
egallaydi. Uning «Inson erkinligining mohiyati haqidagi va shu 
bilan bog'liq predmetlar to'g'risidagi falsafiy tadqiqot» (1809-y.) 
asarida xuddi shu muammoga katta e ’tibor berildi2.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish