A n V a r c h o r iy e V


bet308/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

Mo'minov I.M.
Tanlangan asarlar. 1 tom. Toshkent, 1963, 116 —117-betlar.


Mirza Bedil o‘z asarlarida zamondoshlari faoliyatini kuzatib, 
ba’zi birovlar inson degan ulug' nomga dog‘ tushirayotganligi, 
amal, mansab, boylik, manmanlikning quli bo'lib qolayotgan- 
ligini kuyinib tasvirlaydi. Oqibatda, insonning buyukligi uning 
boyligi va amali bilan belgilanadigan bo‘ldi. Inson o'zligini 
yo'qotishi tufayli vujudga kelgan bunday fojia mutafakkirni taaj- 
jubga soldi. Insonni asliga — buyukligiga qaytarmoqchi bo'ldi.
«Irfon» dostonida ta’kidlaganidek, inson insoniyligini ifo­
dalovchi, uni buyuklikka ko'taruvchi barcha fazilatlar, xislatlar 
insonning o'zida mavjud. Hatto jannatni ham, do'zaxni ham 
boshqa joydan emas, insonning o'zidan izlash lozim. Inson 
qanchalik yaxshi fazilatlar urug'ini eksa, ular jannat mevalari 
belgisidir. Agar yomon ishlami bajarsa, yomon ishlarga rahnamolik 
qilsa, unda, shubhasiz, do'zaxga eshik ochiladi, deb ta’kidlaydi.
Mirza Bedil o'zining «Ruboiyot» asarida, inson xulq-atvoridagi 
fazilatlar, xislatlar, salbiy illatlami tahlil qilishdan muddao, 
unga yaxshilik qilishni, ezgu ishlar bilan shug'ullanishni o'rgatish, 
yomonliklardan xalos qilishdir, deb uqtiradi. Inson ongi va faoli­
yati orasidagi o'zaro aloqadorlikni o'rganuvchi insonshunos 
tadqiqotchilarni ushbu murakkab fenomenni milliy yoki diniy 
mansublik nuqtayi nazardan emas, balki umuminsoniy qadriyatlar 
qarichi bilan tahlil qilishga chaqiradi. Inson diniy, irqiy, milliy 
mansubligidan qat’i nazar, u eng buyuk hurmat-e’tiborga molik 
oliy qadriyat ekanligini ta’kidlaydi.
Mirza Bedil fikricha, dunyoning tinchligi-yu, obodligi ham, 
tashvish-u quvonchlari ham insonning o'ziga bog'liq. Shunday 
ekan, inson o'zining buyukligini namoyon qilib, bu dunyoni 
obod-farovon qilmog'i, do'stlik, birodarlik, hamkorlik maska- 
niga aylantirmog'i lozim.
XVII 
asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida mu­
sulmon falsafasida barkamol inson g'oyalarini aholi orasida targ'ib 
va tashviq qilishda, mashhur turkman shoiri Maxtumquli — 
Firog'iy fidoyilik qildi1.

Mashhur turkman shoiri Maxtumquli — Firog‘ iy Turkmanistonning janubi- 
g‘arb tomonidagi Atrek daryosiga yaqin bo‘lgan Hojigovshon qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Boshlang‘ ich ma’lumotni ovul maktabida olgan. Xiva, Buxoro va Andijon ma­
drasalarida o‘zbek, turkman adabiyoti namoyandalari asarlarini har tomonlama 
o‘ rgangan. Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston bo‘ylab 
sayohatlar qilgan. Xalq og‘zaki ijodi, odamlarning tashvishlari va quvonchlari 
bilan yaqindan tanishgan. Bir qancha dostonlar, g‘azallar yaratgan. Asarlarida 
inson qadr-qimmatini ulug‘lagan. 1793-yilda vafot etgan.


Maxtumquli 
0
‘zining she’rlarida insonni hamma narsadan, 
olamdagi barcha mavjudot va maxluqotdan ustun qo'ydi1. Sharq- 
ning buyuk mutafakkirlari Rudakiy, Sa’diy, Nizomiy, Fuzuliy, 
Jomiy, Navoiy an’analarini davom ettirib, insonni ulug'ladi. 
Tabiatda mavjud bo'lgan barcha boyliklar insonga xizmat qilishi 
zarur, inson chinakam farovonlikka u dunyoda emas, bu dunyoda 
erishmog'i darkor, degan g'oyani ilgari surdi. Uning fikricha, 
bu dunyoda adolat, insof hukmronlik qilmog'i darkor. Kishilar 
faoliyati ijtimoiy adolat normalari, prinsiplari tarozisida 
o'lchanishi, baholanishini orzu qildi. Fuqarolar faoliyatini ba- 
holashda adolatsizlik qilgan, faqat o'z manfaatini o'ylagan 
o'zboshimcha beklar, to'ralar, oqsoqollarni qattiq tanqid qildi. 
Jafokash xalq manfaatiga befarq qaragan ijtimoiy-iqtisodiy tu- 
zumga nisbatan norozilik bildirdi. Zolim beklar, noinsof boylar, 
bosqinchi xonlar qilmishlarini g'azab bilan fosh etdi2.
Maxtumquli turli urug'larga bo'linib yashayotgan turkman 
xalqini birlashtirishga urinib ko'rdi. Bunday olijanob maqsadga 
erishmoqning yagona yo'li har bir qabila ichidagi ahillik, bir- 
biriga ishonchni barqaror etishdir, deb tushundi. Arzimagan kichik 
xusumat uchun bir qabila ikkinchi qabiladan o'ch olishi, qirpi- 
choq bo'lib talashishini qoraladi. Bunday qabohatni nodonlik, 
ko'rlik belgisi, deb baholadi. Uning tarqoq turkman qabilalarini 
yagona davlatga birlashtirish orzusi o'z zamonasi uchun niho­
yatda katta ahamiyatga ega edi3.
Maxtumquli jamiyat kelajagi xotin-qizlar bilan bog'liq deb 
o'ylardi. Shuning uchun ham, xotin-qizlar ozodligi, erkinligi 
haqida ko'p bosh qotirar edi. Xotin-qizlaming kamsitilishi, 
xo'rlanishini, ular haq-huquqlarining poymol qilinayotganligini 
ko'rib qattiq aziyat chekardi. Munis va muhtarama ayolni himoya 
qilishga urinar edi. U xotin-qizlami erkaklarning doimiy ham- 
rohi, hamfikri, ular kuchiga kuch, quwatiga quwat qo'shadigan, 
hayotiga bezak beradigan jonkuyar yaqin kishisi, deb bilardi. 
Ayollardagi odob-u ikromni, soddalik va muloyimlikni, kam- 
tarin va olijanoblikni sharaflardi4.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish