XVI—XVII asrlar musulmon falsafasida barkamol inson
g'oyalarini targ'ibot va tashviqot qilishda fidoyilik qilgan shoir-
lardan yana biri — So'fl Olloyor edi1. U sunniylik g'oyalari
tarafdori, ayniqsa, naqshbandiya ta’limotining targ'ibotchisi edi.
Asarlarida ilohiy muhabbat, Payg'ambarlarga sadoqat, ayniqsa,
islomiy imonni har tomonlama ulug'ladi. Inson faoliyatidagi
g'ayriinsoniy qiliqlar, ma’naviy-axloqiy qashshoqlik sabablarini
imonsizlikdan izladi. Shuning uchun ham odamlarni imonli
bo'lishga chorladi2. Uning fikriga ko'ra, imon shunday bir ilo-
hiy-axloqiy «markazki», xuddi shu qudrat tufayli musulmonlar
bir-birlariga yaqinlashadilar.
Imonli bo'lish uchun, eng awalo, Xudoni tanimoq, dil
bilan ham, til bilan ham uning yaqinligini tan olmoq zarur.
Imonli bo'lishning dastlabki shartlaridan biri ziyoli, bilimli,
ilmli kishilar suhbatida bo'lishdir. Bunday suhbatlarda bo'lgan
inson o'z-o'zidan munofiq, johil kimsalar davrasidan o'zini
olib qocha boshlaydi. Ulamolar, yaxshi kishilar suhbatida bo'lgan
kishi asta-sekin savob ishlar qilishni o'ziga odat qila boshlaydi.
Chunonchi, tashnaga suv beradi, bemordan hoi so'raydi,
kambag'al bechoraga shafqat ko'rsatadi, ota-ona hurmatini o'rniga
qo'ya boshlaydi va hokazo. Imonli kishi barcha yaxshiliklarga
amal qilishni o'ziga odat qiladi.
So'fi Olloyorning fikriga ko'ra, imon mustahkamligini ifo
dalovchi eng muhim alomat — so'z bilan ish (amaliyot)
birligidir. Amaliyotning imondan ajratilishi imonsizlikdir. Iy-
monsiz kishilar do'zaxiy odamlardir. Shoirning tushuntirishicha,
imonni mustahkamlamoq uchun uzluksiz bilim, ilm-urfon egal-
lamoq zarur. Haqiqiy ilm fidoyilari — Payg'ambarlarning vori-
sidir. Payg'ambarlar esa hech qachon pul, mol-u dunyo
yig'maganlar. Olim-u fozillardan ilm-u donish meros bo'lib
qolgan, xolos.
So‘fi Olloyor 1644-yilda Samarqand shahri yaqinidagi Minglar qishlog‘ ining
So‘fiy guzarida tug‘ilgan. Dastlabki ma’lumotni ota-onasidan olgan. 0 ‘ n besh
yildan ortiq Buxoro madrasalarida tahsil olgan. 0 ‘zining diniy, falsafiy, xususan,
inson kamoloti haqidagi qarashlarini «Maslakul-muttaqyn», «Maxzanul-mute’in»,
«Murodul-orfiyn», «Sirojul-tolibiyn», «Najotul-tolibiyn», «Sabotul-ojiziyn» kabi
asarlarida bayon qiladi. Surxondaryo viloyatining Denov yaqinidagi qishloqlardan
birida 1724-yilda vafot etgan.
2
Download
Do'stlaringiz bilan baham: