A n V a r c h o r iy e V


bet304/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

Семенов Л.А.
Заботый Среднеазиатский философ XVII века и его “ Трактат
о сокрытом” (Известия общества для изучения таджикских и иранских 
народностей за его пределами). Том 1. Тошкент, 1928, 16 1—163~betlar.
2 Boborahim Mashrab 1640-yilda Namanganning Andigon qishlog‘ ida kosifr- 
bo‘ zchi Valibobo oilasida dunyoga keldi. Boshlang‘ ich bilimni namanganlik Bozor 
Oxunddan oldi. 1655-yildan e’tiboran qashg‘arlik mashhur soTiy Hidoyatullo 
Ofoq Hojadan saboq oldi. SoTiylik sirlarini o‘rgandi. 1672—1673-yilda Ofoq Xoja 
dargohini tark etdi. Namanganga kasalmand onasi Bibi Salima huzuriga qaytdi. 
Onasi vafotidan so'ng deyarli qirq yillik umri safarda, darbadarlikda o‘tdi. 
Amaldorlar riyokor ruhoniylar, mutassib mullalarni uzluksiz tanqid qildi. 17 11-
yilda Balx viloyati, Kunduz shahar hokimining farmoni bilan osib o‘ldiri!di.


fazilatlar, xislatlar, xosiyatlar Xudodan olingan, shuning uchun 
ham Ollohni sevgan har bir kishi, yaxshi odamlarni sevishlari, 
qattiq hurmat qilishlari zarur, deb hisoblaydi.
Mashrab o‘zi yashagan jamiyatdagi barcha noxushliklarning, 
odamlar boshiga tushgan jabr-u sitamlaming sababini adolatsiz- 
likdan, zo‘ravonlikdan, jamiyatning boshqaruv iplarini o'z 
qo'llarida ushlab turgan amaldorlar, dindorlar faoliyatidan izlaydi. 
Uning fikriga ko‘ra, insonga bo'lgan munosabatlardagi adolat- 
sizliklarni fosh etish, jamiyatda inson yovuzlikka qarshi kurash 
olib bormoq uchun qalandar bo'lish lozim. Adolatsizlik, jabr- 
zulm, zo'ravonlik, o'zboshimchalikka qarshi kurashni va bu borada 
haqiqatga erishishning birdan-bir yo'li qalandarlik deb biladi. 
Qalandarlik vositasi bilan inson axloqiy poklikka erishishi mum­
kin, deb hisoblaydi. Buning uchun adolattalab, insonparvar 
kishilar boshiga kuloh, ustiga janda kiyishi, qo'lida aso tutib, 
shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib, odamlarni halollik- 
ka, hokim-u boyvachchalarni insof-u diyonatga chorlashi zarur. 
Insonparvar, adolatparvar kishining o'zi, eng awalo, nafsini 
tiyishi, mol-u dunyo to'plashga intilmasligi, ozga qanoat qilishi, 
o'zining halol mehnati bilan kun kechirishi, hatto birovlar 
bergan xayr-u ehsonni ham olmasliklari, puldor boylar bilan 
hamtovoq bo'lmasliklari darkor.
Boborahim Mashrab odamlarni xushxulq, xushsuxan bo'lishga 
da’vat etadi. Ularni g'ayriinsoniy qiliqlardan uzoq turish, takab- 
burlik qilmaslik, yolg'on so'zlamaslikka undaydi. Uning 
ta’kidlashicha, kishi hech qachon o'zining nasli-nasabi, avlod- 
ajdodi bilan mag'rurlanmasligi, o'z imon-u e’tiqodini sotmas- 
ligi lozim.
Shoir ijodida mehnatkash fuqaroning orzu-umidlari, g'am-u 
tashvishlari o'z ifodasini topdi. Ilohiy sevgi, Xudoga muhabbat 
jozibali tasvirlandi. Mehnatkash xalq chinakam baxt-saodatdan 
mahrum ekanligi haqida ro'y-rost gapirdi. Mashrab kishilar og'ir 
ahvolini o'zining mashaqqatli turmushini tasvirlash orqali ba­
yon etdi. Boshiga tushgan musibatlar sababchisi qilib sevimli 
yorining bevafoligini ko'rsatdi. Odamlar turmush tarzidagi baxt- 
sizlikning sababini tengsizlikdan, adolatsizlikdan izladi. Farovon 
turmush, xushchaqchaq kunlami qo'msadi. Shunday kunlarga 
yetishni orzu qildi. Insondagi barcha yaxshi fazilatlar va xislat-


lami Xudo bilan bog‘ladi. Faqat Xudoni chinakamiga sevgan 
kishida eng olijanob insoniy fazilatlar, xislatlar mujassam bo'ladi. 
Shuning uchun ham shoir o'z asarlarida ilohiy muhabbat, Xudo 
bilan qovushish haqida fikr yuritadi. Odamlarda eng yaxshi insoniy 
fazilatlami shakllantirish yo'llari, uslublarini izlaydi. Bir-biriga 
hamdard, vafodor bo'lishga, jamiyatdan g'ayriinsoniy illatlami 
surib chiqarishga chaqiradi.
Mashrabning fikriga muvofiq, axloqiy poklikning eng muhim 
ko'rsatkichi — ota va onani hurmat qilishdir. Farzand hech 
qachon o'z ota-onasiga xiyonat qilmasligi, ulaming hurmat- 
izzatini hamisha joyiga qo'yishi darkor. Shoir onani mo'min- 
musulmonlaming eng muqaddas sajdagohi — Ka’baga qiyoslaydi. 
Otani esa ko'zning gavhariga, sham bo'lib ravshan yonib turuv- 
chi nurga o'xshatadi. Ota-onani hurmat-izzat qilishga chaqiradi. 
Otani ranjitgan farzand hech qachon unib-o'smasligini, chunki 
otaning duosi, hatto Payg'ambar duosidan ham ustunroq tu- 
rishini ta’kidlaydi.
Boborahim Mashrab odamlarni ma’rifatli bo'lishga, bilim, 
hunar egallashga chaqirish bilan birga, zolim va nodon, firib- 
gar va axloqsiz kishilarni diyonat va adolatga, insof va 
haqgo'ylikka chaqiradi. U o'z davri uchun ijodiy faol ish olib 
borib, hikoyatlar, axloqiy-ma’rifiy g'azallar yaratdi. Ularda 
insoniy barkamollikni targ'ib etish bilan birga, munofiqlikni 
keskin qoraladi, kishilarni hamjihat va hurfikr bo'lib yashashga 
undadi.
Musulmon insonparvarligi normalari, prinsiplariga sodiq qol­
gan Mashrab, islom dini talabalarini asosan tan olsada, uning 
ayrim tomonlarini tan olmas, ba’zan ularga shubha bilan qarar- 
di. Hatto ayrim diniy aqidalami, «muqaddas» marosimlami men- 
simay, ularni o'zgartirish tarafdori edi. Ayrim din arboblarining 
so'zi bilan ishi bir emasligi uchun ularni qattiq tanqid qilardi*. 
Shuning uchun dindorlar Mashrabni ashaddiy dushman, deb 
bilardilar. Dindorlami hajv qilgani uchun 1711 -yilda Balx hoki- 
mi Mahmudxon farmoni bilan ma’rifatparvar, insonparvar shoir 
osib o'ldirildi.

Qarang: 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish