zarur, deb hisoblaydi va
0
‘zining «Bahoriston» asarida Sharq-
ning bir donishmandini o‘g‘Iiga qilgan pand-u nasihatini misol
qilib keltiradi. «...Erta tongda og‘zingga biror luqma ovqat tiqmay
eshikdan chiqma, chunki to‘qlik
xushmuomalalik va chuqur
mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir».1
Abdurahmon Jomiy ham Sharqning boshqa mutafakkirlaridek,
o‘zi yashayotgan jamiyatda adolat o‘matishni orzu qiladi. Buning
uchun adolatning dushmani bo'lgan jaholatning vujudga kelish
sabablari, uni bartaraf etish yo‘llarini qidiradi. U jaholat va adolatni
inson qismatining
biri-biriga zid ikki tomonidir, deb tushunadi.
0 ‘zining «Bahoriston» asarida qayta-qayta ta’kidlaganidek, hamma
zamonlarda ham o'sha ikki tomon orasida kurash davom etib
kelgan. Barcha zamonlarda ham, hatto Xudoni ham aldamoqchi
bo‘lgan rahbarlar — «yolg‘onchi farishtalar» bo'lganligi sir emas.
Podshohlar o'z mamlakatlarida adolatni o‘matmoqlari uchun,
eng awalo, fuqarolami o‘sha «yolg‘onchi farishta»lar zug‘umidan,
ulaming noinsofliklaridan himoya qilishlari zarur.
Buning uchun
davlatpanoh o‘ta sinchkov, o'ta odil bo‘lmog‘i darkor. Lekin
mamlakatda adolat
0
‘matishda, bitta podshohning sa’y-harakati
kamlik qiladi. Adolatni o'matish, nafaqat podshohdan,
balki uning
mulozimlaridan (vazir-u vuzarolar), yaqin kishilaridan alohida
mas’uliyat talab etadi. Agar podshoh atrofidagi mulozimlar dono
kishilar bo'lsa, mamlakatda ma’rifat, ilm quloch yozadi. Bundan
fuqarolar manfaat ko'radi, xazina javohirotga to'ladi, deydi Jomiy.
Abdurahmon Jomiy zulm tugatilgan, ezuvchi. va eziluvchi
ham bo'lmagan, barcha teng huquqqa ega bo‘lgan fozil jami
yatni qurishni orzu qiladi. Fozil jamiyatning bunyodkorini adolat
li, xalqparvar Shoh siymosida ko'radi. Bunday davlat boshlig‘ining
ijtimoiy qiyofasini o‘zining «Xiradnomai Iskandar» («Iskandar
aqlnomasi») asarida Iskandar obrazida gavdalantiradi.
El-ulus
dardi bilan yashovchi, uning dardiga quloq soluvchi, nohaq
qon to‘kishning oldini oluvchi hukmdor haqida orzu qiladi.
Adolatli shohning eng olijanob fazilati odillik deb o'ylaydi.
Odillikni nurga qiyos qiladi. Zo'rlikni esa zulmatga o'xshatadi.
Davlat tepasida turgan kishi adolatli bo'lishi bilan birga ma’rifatli
bo'lmog'i zarur. Ammo nodon kishi ham adolatli bo'lishi
mumkin.
Nodonlik adolatli boshliqni noto'g'ri yo'lga boshlashi mumkin.
Har qanday nodonliklardan boshliqni ma’rifat saqlab qoladi. Faqat
ma’rifatli shoh adolatli hukm chiqarishi mumkin.
Jomiyning
ta’kidlashicha, davlat qonunga asoslanib boshqarilishi lozim. Qonun
ustuvor bo‘lgan jamiyatda fuqarolar farovon yashaydi. Odamlar
o'zlarining kundalik amaliy faoliyatida qonunga rioya qilishlarini
adolatning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri, deb hisoblaydi.
Jomiyning fikriga ko'ra, shariat talablariga javob beradigan
har qanday harakat ham adolatli bo'lavermaydi.
Qabul qilingan
qarorlar xalq tomonidan ma’qullansa, qo'llab-quwatlansa, bun
day tadbirlami adolatli desa bo'ladi. Kishilarga ziyon yetkazuvchi
tadbirlar hech qachon adolatli bo'lishi mumkin emas. El, xalq
ko'nglini olgan hukmdorgina hurmat-izzatga sazovor bo'ladi.
Rahmdillik va adolat bilan ish tutadigan Shoh, uning fikriga
ko'ra, duolarga muhtoj emas.1 Abdurahmon Jomiy johillik bilan
musulmon bo'lib, xalqni azob-uqubatga tutgandan ko'ra,
kofir
bo'lib yaxshi va adolatli ish tutgan ma’qul, deydi.
Naqshbandiya ta’limotida insonning axloqiy qiyofasi haqidagi
teran fikrlami xurosonlik mutafakkir Husayn Voiz Koshifiy2 asar
larida ham ko'rish mumkin. Koshifiyning fikriga ko'ra, kishilar
orasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimining mag'zini axloqiy mu
nosabatlar tashkil etadi. U axloqiy munosabatlami kishilaming
kundalik turmush tarzi, amaliy faoliyatidan qidiradi.
Uning inson
axloqiy qiyofasi haqidagi qarashlari «Axloqi Muhsiniy», «Anvari
Suhayliy», «Risolayi Xotamiya» va «Futuwatnomai Sultoniy»,
«Tavsiri Husayniy»,
Koshifiy insonni olamdagi mavjudotlaming eng buyugi, sar-
vari, deb biladi. Shuning uchun ham inson — eng oliy qadri-
yatdir, degan fikrni har tomonlama asoslab beradi. Xuddi shu
1
Download
Do'stlaringiz bilan baham: