A n V a r c h o r iy e V


bet322/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

2 Muqimiy
. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959, 185-bet.


Zavqiy1 fuqarolar manfaatini himoya qiladigan adolatli, in­
sonparvar jamiyatni «dono va ma’rifatparvar hukmdor barpo 
etadi», degan g‘oyadan voz kechdi. Xonlar, beklar, eshon-u 
mullalar turmush tarzini kuzatgan shoir, xon cheksiz hokimi­
yat egasi bo'la turib, bu hokimiyatdan o‘z shaxsiy manfaati 
uchun foydalansa, fuqarolar manfaatini himoya qilmasa, doimo 
aysh-u ishrat, kayf-u safoda bo'lsa, mamlakat o‘ziga o‘xshagan 
buzuq kishilar maslahati bilan idora qilinsa, bunday mamlakat, 
shubhasiz, xarobaga aylanadi. Xuddi shuning uchun ham, jami­
yatni insonparvarlashtirishning asosiy sharti — xonlik tuzumini 
tugatishdir, degan fikrni bayon qiladi. Xonlik tuzumini tugat- 
masdan — insonparvar, demokratik jamiyat qurib bo'lmaydi, 
degan xulosaga keldi. Zavqiy o‘z vatanida bugunmi, ertami ana 
shunday fuqaroviy jamiyat qurilishiga, «zamona inqilob bo'lishi 
muqarrar»2ligiga qattiq ishonardi.
O'zbek milliy madaniyatining yirik namoyandalaridan biri, 
ma’rifatparvar shoir, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy3 
Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o'zgarmasdan qolmasligi, 
baxtli farovon kunlar kelishiga, «shohlar bir kun gado, bir 
kun gado shahzod»4 bo'lishiga qattiq ishonadi. Shuning uchun 
ham, tinimsiz inson eng oliy qadriyat deb ulug'lanadigan in-
Ma’rifatparvar qo'qonlik shoir Ubaydulloh usta Solih o‘g‘li — Zavqiy (uning 
tahallusi) 1853-yilda tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni mahalla maktabida olgan. 
Madrasai Oliy, Madrasai Chilpakda o‘qigan. Fors, arab tillarini mukammal 
o'rgangan. Musulmon adabiyoti namoyandalari asarlarini chuqur bilgan. Farg‘ona 
vodiysi shaharlarini bir necha bor kezib chiqqan. 1900-yilda Sharq mamlakatlari 
b o ‘ylab 
sayohatda bo‘lgan, xususan, Makka va Madinani ziyorat qilgan. Butun 
umrini mahsido‘ zlik bilan o‘tkazgan shoir 19 2 1-yilda vafot etgan.

Zavqiy.
Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959, 95-bet.
3 Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilda Qo'qonda tug‘ilgan. Boshlang‘ ich 
ma’lumotni Qo‘qonda olgan. Rus-tuzem maktabi va madrasada o‘qigan. Sharq 
adabiyoti klassiklarining asarlarini chuqur o‘ rgangan. Fors, arab, rus tillarini 
mukammal bilgan. 1910—19 14-yillarda Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ ilonda maktab 
ochib, o‘quvchilarga saboq bergan. Maktablar uchun darsliklar, o‘quv qo‘ llanmalar 
yozgan. Jahon madaniyati yutuqlari bilan yaqindan tanishish, odamlar quvon­
chlari va tashvishlarini o‘ z ko‘zi bilan ko‘ rish maqsadida Afg‘oniston, Hindiston, 
Suriya, Turkiya, Arabiston bo'ylab sayohat qilgan. Makkada bo‘ lgan. Umrining 
asosiy qismini ijod bilan o(tkazgan. Yuzlab she’rlar, maqolalar, qissalar, drama- 
lar, komediyalar yozgan. 1929-yilda fojeali halok bo‘lgan.

Hamza.
Mukammal asarlar to‘plami. To‘ rt tomlik. Ikkinchi tom. Toshkent, 
1981, 33-bet.


sonparvar, demokratik jamiyat qurish g'oyasini targ'ibot va tash­
viqot qiladi. Fuqarolam i jahon madaniyati yutuqlaridan bahra- 
mand bo'lishga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning e’tirof etishicha, inson m an­
faatlarini ulug'lovchi, fuqaroviy jam iyat qurmoq uchun, eng 
awalo, odamlarni milliy mahdudlik balosidan xoli qilmoq darkor. 
Uning ta ’kidlashicha, agar biz milliy, ayniqsa, diniy qadriyat- 
larimizga o'ralib yashayversak, ko'p o'tm asdan bid’atlar orasida 
yashovchi, faqat ismi bor, jismi yo'q bir millatga aylanib qolamiz. 
Bunday holatda biz kelajak avlodlarimiz oldida kechirib bo'lmas 
xatoga yo'l qo'yamiz. Shuning uchun ham, hozirdan bu dardni 
davolash yo'llarini izlab topishimiz lozim 1, deydi. Ana shunday 
yo'l fuqarolar ongi va shuurini milliy mahdudlik illatidan xoli 
qilishdir, deb o'ylaydi. Milliy mahdudlik, milliy biqiqlik illati­
dan millatni xoli qilmoq uchun, fuqarolami jahon sivilizat- 
siyasi, xususan, jahon ilm-fani yutuqlari bilan oshno qilmoq, 
ulami nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat 
ruhida tarbiyalamoq zam r, deb hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy chor Rossiyasining Turkistonda 
amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining g'ayriinsoniy 
mohiyatini ochib tashladi. C hor Rossiyasi chinovniklari va ular­
ning nog'orasiga o'ynayotgan mahalliy amaldorlar, riyokor din- 
dorlarning g'ayriinsoniy xulq-atvori, xatti-harakatini uzluksiz 
masxara qildi. Odamlarga mustamlakachilarga qarshi kurashmoq 
uchun birlashish zarur ekanligini takrorlashdan charchamadi. 
«Birlashsun emdi boshimiz, maslakka qarshi yoshimiz», «Bir- 
lashing Turkiston», «Qo'l ushlashing, birlashing emdi, Turkis­
ton», «Haq yo'lida jon bersak, bo'lsak millat qurboni», deb 
xitob qildi.
Hamza 1917-yil fevral voqealariga katta umid bilan qaragan 
edi. Fevral voqealari Turkiston xalqlariga erkinlik, hurriyat ato 
etadi, deb o'ylardi. Shuning uchun ham 1917-yil o'rtalarida 
yozgan «Uyon vatan» she’rida: «Ey Islom eli! Bu kun millatga 
o'lsun ham a himmatimiz! Bitdi istibdod! Yetsun Hurriyat! Bit- 
sun nazorat, qullik asorat!» deb yozgan edi. «Turkiston mux-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish